X X I X bob. M u d o fa a va xavfsizlik
533
www.ziyouz.com kutubxonasi
davlat xavfsizligini ko'zda tutmay, shaxs huquq va erkinliklarini;
jamiyatning moddiy va ma’ naviy boyliklarini; davlatning konsti
tutsiyaviy tuzumi, suveriniteti, hududiy yaxlitligini saqlashni ham
ko'zda tutadi.
Prezidentimizning; “ Demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy o'zga-
rishlarni amalga oshirish, ma’ naviy taraqqiyotga erishish, shu
ningdek, O'zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorligini
kuchaytirishining asosiy sharti va garovi - mamlakatimizning
xavfsizligini ta’ minlash, jamiyatimizda tinchlik, barqarorlik, mil-
latlar va fuqarolar o'rtasida totuvlikni saqlash va ko'z qorachig'i-
day asrashdir” 1 - degan so'zlari mamlakatimiz xavfsizligining
ahamiyatini yanada to'laroq ko'rsatadi.
Mamlakat milliy xavfsizligini saqlashda davlatning olib bora-
digan tashqi siyosati ham muhim rol o'ynaydi. Shu tufayli milliy
xavfsizlikni saqlash bilan bog'liq davlatimizning tashqi siyosati-
ning ustuvor yo'nalishlari 2005-yildagi Oliy Majlis Palatalarining
qo'shma majlisida Prezident tomonidan ko'rsatib o'tildi.
M a ’ ruzada O'zbekiston tashqi siyosatining mazmuni, maqsa-
di bitta - u ham bo'lsa, O'zbekiston manfaatidir, deb alohida qayd
qilindi. Hamda O'zbekistonning xavfsizligi Markaziy Osiyodagi
tinchlik va barqarorlikka, qo'shni davlatlardagi ahvolga bog'liqligi,
O'zbekistonning xavfsizligini ta’ minlash yo'lida xalqaro va min-
taqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi e ’tirof
etildi.
Xavfsizlik va uning ta’ minlash usullaridan bo'lgan mudofaa
ahamiyati yuqoriligi e ’ tiborga olinib, shu masalalarning asoslari
Konstitutsiyaviy tartibda mustahkamlangan.
O'zbekiston Konstitutsiyasi mudofaa va xavfsizlikka alohida
XXVII bobni ajratgan.
O'zbekistonning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini,
aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish konstit’utsi-
yaviy normada o 'z ifodasini topgan- (125-modda).
Mamlakat mudofaasi va xavfsizligini ta’ minlash doimo ustu
vor masalalardan bo'lib kelgan.
1 Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz. —
Т.: O'zbekiston, 2000. - 35-bet.
534
www.ziyouz.com kutubxonasi
О
zbekiston Prezidenti ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining to'q-
qizinchi sessiyasida jamiyat hayotidagi muhim ustuvor yo'nalish-
larni ko'rsatar ekan: “ Ikkinchi ustuvor yo'nalish. Bu - mam
lakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni, davlatimizning hududiy
yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimizning tinchligi
va osoyishtaligini ta’minlashdan iborat” 1, - deb qayd qilgan edi.
Bundan ко rinib turibdiki, mudofaa va xavfsizlik faqat davlat
va mamlakat xavfsizligi, chegaralar daxlsizligi uchun emas, fuqa
rolarning tinchligi va osoyishtaligi, normal turmush kechirishini
ta’ minlash uchun ham zarur.
“ Mudofaa to‘g ‘ risida” gi Qonunga asosan, mudofaa yaxlit bir
tizim b o ‘ lib (Qonunning 2-moddasi), u aniq prinsiplar asosida
tashkil qilinadi.
Mudofaa sohasidagi O'zbekiston siyosati prinsiplari quyi-
dagilardan iborat:
- boshqa davlatlarga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, tashqi
tajovuzlarning oldini olish;
- xalqaro huquq normalariga muvofiq ravishda kollektiv
xavfsizlik tizimida ishtirok etish;
- harbiy qurilishning zamonaviy urushlar va qurolli mojarolar
xususiyatiga mosligini ta’minlash;
- yalpi qirg'in qurollarini ishlab chiqarishni, qayta ishlashni,
egallashni, saqlashni, tarqatishni va joylashtirishni rad etish;
- Qurolli Kuchlarning mamlakatga beriladigan har qanday
tajovuzni daf etishga doimiy tayyor turishi;
- mudofaani yetarli darajada bo'lishi;
- harbiy xizmatni sharafli ekanligini ta’minlash.
Mamlakatda mudofaa ishlarini tashkil qilish, xavfsizlik, xavf-
sizlikni saqlashga e ’tibor hech vaqt va hech qanday holda susay-
tirilmasligi kerak.
Hozirgi davda mamlakatimiz xavfsizligiga jiddiy xavf tug'di-
rayotgan narsa — bu terrorizm bo'lib qolmoqda. Uning mudhish
ishlaridan bir necha marta aziyat chekildi va qurbonlar berildi.
1 Karimov I A. O'zbekistonda demokratik o*zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari. - Т.: O'zbekiston.
2002. - 19-bet.
535
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shuning uchun bu xavfga qarshi kurash yo'llari haqida Prezident
o'zining bir necha nutqlarida to'xtalgan1.
Mamlakat mudofaasi, xavfsizlikni tashkil etish birgina davlat
ning ishi emas. Albatta, bunda davlat asosiy rol o'ynaydi. U mam-
lakatdagi barcha kuchlarni mudofaa va xavfsizlikni ta’ minlashga
safarbar qiladi. Shu maqsadda fuqarolar mudofaasi tashkil qili
nadi. Bu ishga fuqarolar o'rgatiladi, ko'niktiriladi.
O'zbekistonda “ Fuqaro muhofazasi to'g'risida” 2 maxsus qo
nun mavjud bo'lib, unda fuqarolar muhofazasini tashkil etish bilan
bog'liq barcha masalalar huquqiy jihatdan hal qilingan.
Milliy xavfsizlikni ta’ minlashda mavjud xavf-xatarni oldindan
aniqlash, uni bartaraf etish choralarini oldindan ko'rib qo'yish ju
da katta foyda keltiradi. Shuning uchun mamlakatimizda xalqaro
masalalar, bo'lajak xavf-xatarlarni o'rganish, tadqiq qilish maqsa-
dida yetarli tuzilmalar tashkil qilingan.
Milliy xavfsizlikni ta’ minlashda mamlakat Prezidenti huzurida
tuzilgan maslahat organi - Xavfsizlik kengashi katta rol o'ynaydi.
U milliy xavfsizlik bilan bog'liq barcha masalalarni ishlab chiqish
va muvofiqlashtirishni ta’ minlaydi, shunga mas’ uldir.
Milliy xavfsizlikni ta’ minlashda mamlakatning Milliy xavfsiz
lik xizmati alohida rol o'ynaydi. Bu xizmatni, Konstitutsiyaning
93-moddasi 24-bandiga binoan, O'zbekiston Respublikasi Prezi
denti tuzadi. Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozi
midan ozod etadi, keyinchalik shu masalalar xususida chiqarilgan
Prezident farmonlari Oliy Majlis Senatiga tasdiqlash uchun kiri-
tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |