Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan



Download 4,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/93
Sana25.02.2023
Hajmi4,85 Mb.
#914459
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   93
Bog'liq
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan

 
3 soniyalik fakt
 
 
Ikkita tirqish yordamida 
bajariladigan tajriba 
yorug‘likning bir 
vaqtning o‘zida ham 
to‘lqin va ham zarracha 
ko‘rinishida namoyon 
bo‘ladigan ikki xil 
tabiatini ochib beradi. 
Aloqador mavzular: 

 
Korpuskulyar-to‘lqin 
dualizmi
  
(27-sahifa). 

 
To‘lqin funksiyasi 
kollapsi
 (47-sahifa) 

 
Oqimni optik 
taqsimlagich
  
(71-sahifa).

Kvant optikasi
 
(121-sahifa)
Mulohaza uchun 3 
daqiqa: 
 
Agar, tajriba 
o‘tkazayotgan odam 
yorug‘lik yo‘liga 
fotonlarni aniqlovchi 
detektor qo‘ysa va bu 
orqali, aniq bir fotonning 
ikkita tirqishlardan qaysi 
biridan o‘tishini 
aniqlamoqchi bo‘lsa, 
unda, tirqishlardan 
keyingi interferension 
tasvir ko‘rinmay qoladi 
(yo‘qoladi). Bu holda 
yorug‘lik o‘zini to‘lqin 
sifati bilan emas, balki, 
zarrachalar oqimi tarzida 
namoyon qiladi. Uiler 
taklif qilgan va «keyinga 
surilgan» deb ataladigan 
sal boshqacharoq 
tajribada esa, 
yorug‘likning to‘lqin 
yoki zarracha tabiatini 
tadqiq qilishga bo‘lgan 
tanlov, muayyan 
fotonning tirqishlardan 
biridan o‘tib 
bo‘lgachgina amalga 
oshiriladi. Ammo bunda 
ham, tajriba natijasi 
aynan qaysi xossani 
tekshirilayotganiga 
bog‘liq bo‘ladi.
Biografiyalar uchun
3 soniyadan: 
Tomas Yung
(1873-1929)
Ingliz fizigi. Ko‘plab 
ilmiy nazariyalar ustida 
ishlagan.
Richard Feynman 
(1918-1988)
Amerika fizigi. Nobel 
mukofoti laureati
Mumtoz to‘lqinlar 
misolida, ikkita 
tirqishlar va 
interferensiya bilan 
tajriba.


 


 
Asosiy tushunchalar 

 
 
Asosiy tushunchalardagi asosiy tushunchalar 
Burchak momenti yoki impuls
– fizika impuls bu – jism massasi va tezligining 
ko‘paytmasiga teng kattalik bo‘lib, harakat xossalaridan biridir. Burchak momenti esa, 
aylanayotgan jismning impulsi bo‘lib, uning kattaligi nafaqat massa va tezlikka, balki, 
aylanish o‘qigacha bo‘lgan masofaga ham bog‘liq bo‘ladi. 
Kvant elektrodinamikasi (KED)
– yorug‘lik va materiyaning o‘zaro ta’siri haqidagi 
nazariya. Bu nazariya relyatvistik kvant maydon nazariyasi ham deyiladi, chunki, unda 
kvant obyektlar maxsus nisbiylik nazariyasini inobatga olgan holda tekshiriladi va ushbu 
obyektlar elektromagnit maydoni bilan aloqadorlikka ega. Zarrachalar xatti-harakatini 
tushunishga yordam beruvchi oddiy konstruksiyalardan biri sifatida, har bir zarrachani 
ortidan yuradigan o‘ta tezkor soatni ko‘rib chiqish mumkin.
Kvant holati
bu – kvant zarrachalar xossalari to‘plamidir. Holat «toza» bo‘lishi mumkin; 
masalan, o‘lchash natijasida zarracha «yuqoriga» yoki «pastga» yo‘nalgan spinga ega 
bo‘lsa shunday deyiladi. Yoki, holat «aralashgan» bo‘lishi mumkin, bu holatda esa, spin 
yo‘nalishi haqida faqat taxmin qilinadi va uning ehtimolligi keltiriladi. Masalan, spinning 
yuqoriga yo‘nalganligi ehtimoli 40%, hamda, spinning pastga yo‘nalganligi ehtimoli 60% 
qabilida fikr yuritiladi.
Matritsa
– ustun va qatorlar bo‘ylab odatda to‘rtburchak shaklda joylashtirilgan sonlar 
to‘plamidan iborat matematik obyekt bo‘lib, aslida matritsalar istalgan o‘lchamlik 
miqdoriga ega bo‘la oladi. Matritsalar bir necha tenglamani bir vaqtning o‘zida yechish 
imkonini beradi.
Mumtoz fizika
– 1900-yilgacha, ya’ni, fizika fanida kvant nazariyasi hamda, nisbiylik 
nazariyasi maydonga chiqqunicha amalda bo‘lgan asosiy qonunlar va tamoyillar to‘plami. 
Mumtoz fizikaga oddiy misollardan biri – harakat uchun tadbiq qilinadigan Nyuton 
qonunlari bo‘lib, garchi nisbiylik nazariyasida bu borada yanada aniqroq qonunlar mavjud 
bo‘lsa-da, biroq, Nyuton qonunlari ham, kundalik amaliyotda baribir o‘zini oqlayveradi.

Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish