Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan



Download 4,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/93
Sana25.02.2023
Hajmi4,85 Mb.
#914459
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   93
Bog'liq
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan

Mulohaza uchun 3 
daqiqa: 
 
Agar voqe’lik haqiqatan 
ham oldindan aniq 
belgilab qo‘yilgan 
sabab-oqibat tamoyili 
asosida sodir bo‘lsa, 
demak, unda biz 
yashayotgan olamda, 
hamma narsaning taqdiri 
qat’iy fizik qonunlar 
vositasida avvaldan aniq 
belgilab qo‘yilgan 
bo‘lishi kerak. Shu 
jumladan bizning 
miyamiz faoliyati ham. 
Yoki, olmada harqalay 
iroda erki mavjud bo‘lsa 
kerak?
Biografiyalar uchun
3 soniyadan:
 
 
Lui de Broyl 
(1892-1987) 
Kvant mexanikasidagi 
determinik 
yondoshuvni 
shakllantirgan fizik. 
 
Bom izohiga ko‘ra, 
borliqda hamma 
narsa oldindan 
belgilab qo‘yilgan 
taqdirga asosan 
harakatlanadi.




 
1933 
 
Shryodinger bilan 
birgalikda, atom 
nazariyasini ochganligi 
uchun Nobel mukofotiga 
sazovor bo‘ldi. 
 
1947 
 
Prinstonga ko‘chib o‘tadi va 
Albert Eynshteyn bilan 
birga ishlay boshlaydi. Bu 
davrda u plazma fizikasi 
hamda, kvant mexanikasi 
sohalarida tadqiqotlar olib 
borgan.
 
1949
Magnit maydonida 
plazmaning diffuziyaga 
uchrash qonunini kashf 
qiladi. Hozirda bu qonun 
«Bom diffuziyasi» deb 
nomlanadi.
 
1917-yilning 20-dekabr 
sanasida AQSHning, 
Pensilvaniya shtati, Uilks-
Barr shahrida dunyoga 
kelgan. 
 
 
 
1939 
 
Pensilvaniya shtat kollejida 
bakalavr darajasiga erishdi. 
 
1940
 
Berklidagi Kaliforniya
universitetiga aspiranturaga 
kiradi va Robert 
Oppengeymerga shogird 
tushdi. 
 
1943
Fizika bo‘yicha fan doktori 
darajasini qo‘lga kiritadi va 
Manxetten loyihasida hisob-
kitoblar bo‘yicha ishtirok 
etadi. 
 
1951
Braziliyaga ko‘chib o‘tadi va 
o‘zining «Kvant nazariyasi» 
deb nomlangan ilk kitobini 
nashr ettiradi. 
 
1957 
Buyuk Britaniyaga ko‘chib 
o‘tadi va o‘zining 
«Zamonaviy fizikada sabab-
oqibat aloqasi va tasodiflar» 
nomli kitobini nashrdan 
chiqaradi
 
 
1959
Yakir Aaron bilan 
birgalikda Aaron-Bom 
effektini kashf qiladi. 
 
1980 
«Butunlik va yashirin 
tartib» nomli asarini chop 
ettiradi. Unda Koinot 
tuzilishining tub ildiz 
tamoyillari haqida fikr 
yuritadi. 
 
1990 
Qirollik Jamiyatiga a’zolikka 
saylanadi.
 
1992-yilning 27-oktyabrida 
Londonda vafot etdi 
 
1993 
O‘limidan so‘ng 
«Taqsimlanmagan Koinot: 
Kvant nazariyasining 
Ontologik ensiklopediyasi» 
asari bosmadan chiqdi. 
 


Devid Bom 
Kopengagen izohiga nisbatan qo‘rqmay shubha bildirgan olim Devid Bomning butun 
umri Olam tuzilishining sir-asrorlarini qidirish bilan o‘tdi. Uning bu boradagi 
harakatlari va qarashlari hayoti davomida o‘zgarib, turli yo‘nalishlarga burilib 
borgan. Chunonchi u 1930-yillarda kommunistik tuzum g‘oyalariga xayrixoh bo‘lgan 
edi. Shu sababli, Bom keyinchalik Qo‘shma Shtatlarni tark etib, umrining qolgan 
qismini vatandan yiroqda o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Koinotning qanday tuzilishi 
haqidagi muttasil mulohazalar ortidan Devid Bom avvaliga kvant mexanikasiga kirib 
kelgan bo‘lsa, keksaygan chog‘larida sharq afsonalariga chuqur berilish bilan izlana 
boshladi.
Bom 1949-yilda Kongressda o‘z ustozi Robert Oppengeymerga qarshi guvohlik 
berishdan bosh tortdi. Oppengeymerni bu paytda kommunistlar bilan aloqadorlikda 
ayblab so‘roq qilishayotgan edi. Shu sababli, Bomni hibsga olishdi va unga Kongressga 
nisbatan hurmatsizlik aybi qo‘yildi. Bu paytda Bom Prinstonda, Eynshteyn qo‘l ostida 
ishlayotgan edi. Voqealardan o‘zib ketgan Prinston Istiqbolli Tadqiqotlar instituti 
rahbariyati siyosiy ayblovlarga tortilayotgan xodimidan zudlik bilan qutulmoqchi 
bo‘ladi va Bomni tezkorlik bilan ishdan bo‘shatadi. Biroq, ko‘p o‘tmay, Devid Bomga 
qo‘yilgan barcha ayblovlar bekor qilinadi va olim oqlanadi. Bunday be’mani ishlardan 
hafsalasi pir bo‘lgan olim avvaliga 1951-yilda Braziliyaga va keyinroq, 1955-yilda 
Isroilga ko‘chib ketadi. U bir necha yil shunday darbadarlikdan keyin, 1957-yilda 
Buyuk Britaniyaga muqim yashashga ko‘chib kelgan. 1961-yilda e’tiboran u London 
universitetining Brikbek kollejida nazariy fizika professori bo‘lib ishlay boshlaydi. 

Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish