Bu to’qimalarning termik, ximik, elektrik yoki nur energiyasi tasirida zararlanishi tushuniladi. Bir necha etiologic faktorlar birga kelsa kombinirlangan kuyish deb ataladi.
+52C temperaturada to’qima hujayralarning ekspozitsiyasi buzilib o’limi kuzatila boshlaydi.
Zararlanish hajmi termik tasirning davomiyligiga bog’liq bo’ladi. Dastlabki tasir natijasida hujayrlar paranekroz holatida bo’ladi. Keyinchalik mikrosirkulyatsiya buzulishi---ishemiya---glikoliz rivojlanishi---oraliq mahsulotlarning hosil bo’lishi---kislorodning ekin radikallari --- hujayralarning o’limi.
1 stadiya – epidermisning reaktiv o’zgarishlari yuzaga keladi. Masalan teri giperemiyasi kuzatiladi.
2 stadiya – epidermisning nekrozi. Bo’shlig’ida seroz suyuqlik saqlaydigan pufakchaning hosil bo’lishi bilan tavsiflanadi.
3A stadiya – yuza derma qavatining nekrozi hosil bo’ladi.
Chuqur kuyishlar:
3B stadiya – dermaning barcha qavatlari nekrozga uchraydi. Qo’shimcha ravishda ter bezlari, yog’ bezlari, soch ildizlari ham nekrozga uchraydi.
4 stadiya – utun teri qavatining nekrozi va chuqurroq joylashgan to’qimaning ham zaarlanishi kuzatiladi.
Chap qo’lning alangadan chuqur 3a-3b darajada kuyishi
Elektr tokidan kuyish. 3b-4 daraja.
1-darajali kuyish
Muguzlanuvchi epiteliyning yuz aqavati zararlanadi. Terida qizarish, shish, mahalliy og’riq bilan kechad 2-4 kundan keyin tuzalish yuzaga keladi. Zaralangan epiteliy qipiqlanib tushib ketadi. O’zidan hech qanday iz qoldirmaydi.
2-dajali kuyish.
Muguzlanuvchi epiteliy Malpigi qavatigacha shikastlanadi. Seroz suyuqlik saqlaydigan pufakcha hosil bo’ladi. O’sih qavati shikastlanmaganligi uchun 1-2 haftada tuzalib ketadi.
3-darajali kuyish
3a-daraja : derma qavati qisman zararlanadi, tubini esa zararlanmagan bezlarning secretor kengaygan asoslari tashkil qiladi. Kuyishdan so’ng qora uoki jigarrang strup hosil bo’ladi. Seroz-gemmoragik suyuqlik saqlaydigan, bir-biriga qo’shilishga moyil bo’lgan pufakchalar hosil bo’ladi. Nerv oxirlai ham zararlanganligi uchun og’riq hissi kamaygan bo’ladi. Infeksiyaning qo’shilishi tuzalishni kamaytiradi.
3b-daraja: teri va teri-osti yog’ qavatining total o’limi bilan tavsiflanadi
4-drajali kuyish.
Teridan tashqari atrof to’qimaning ham zararlanishi, muskulning qovjirashi, suyakning ham zararlanishi kuzatiladi.