5.8 Akkusativ kelishigi
(Der Akkusativ, der Wenfall)
Tushum kelishigida harakat yo‘nalgan predmet yoki shaxs ifoda etiladi. Tushum kelishigining asosiy sintaktik funksiyasi kesimga tegishli bo‘lgan to‘ldiruvchini anglatishdan iborat.
Nemis tilida otning birlik tushum kelishik formasining yasalishi uning rodiga va qaysi turlanishda ekanligiga bog‘liq. Mujskoy rod otlarining bosh kelishikdagi der artikli tushum kelishigida den formasiga aylanadi. Bosh kelishikdagi der Tag tushum kelishigida den Tag formasiga ko‘chadi. Bu yerda asosan otning o‘zi o‘zgarmay, faqat artikl o‘zgaradi va u kelishik farqini ifoda etadi. Sredniy rod otlarining birlik tushum kelishik formasi bosh kelishik bir xil bo‘ladi. Bosh kelishikda sredniy rod oti das Buch formasida bo‘lsa, tushum kelishik birlikda ham shunday formada qoladi. Jenskiy rod otlarining bosh va tushum kelishigi ham huddi sredniy rod otlari kabi bir xil formada bo‘ladi. Bosh kelishikdagi die Frau tushum kelishigida ham die Frau formasida qolaveradi.
Lekin sredniy va jenskiy rod otlarining bosh va tushum kelishiklari forma jihatdan bir xil bo‘lsa-da ularning farqi ma’nosi seziladi.
Yuqoridagi kuchli (mujskoy, sredniy va jenskiy rodda) turlanadigan otlar to‘g‘risida gapirib o‘tildi , kuchsiz turlanadigan otlarning hammasi tushum kelishigida (e)n, qo‘shimchasini qabul qiladi. Masalan: den Student-en, den Knabe-n den Bären
Ma’lumki nemis tilida der, die, das aniq artikllaridan tashqari (otlar uchun) noaniq artikllar ham bor, chunonchi der o‘rniga ein, die o‘rniga eine, das o‘rniga ham ein artikllari ishlatiladi. Otlar birlik tushum kelishigida noaniq artikl bilan quyidagicha qo‘llanadi: den o‘rniga einen, die o‘rniga eine, das o‘rniga ein. Masalan: Ich lese einen Roman. Er kaufte eine Karte. Sie nimmt ein Kleid.
Nemis tili tushum kelishigidagi ot ko‘pincha aniq yoki noaniq artikl bilan, ba’zan esa artiklsiz ham qo‘llanadi: Ich trinke Tee
Tushum kelishigining ko‘pligi suffiks va umlautlar nemis tili otlarining ko‘plik formasini yasashdagi bo‘lgan to‘rt muhim qoidaga muvofiq qabul qilingan. Aniq artikl otlarning birlik va ko‘plik formasida, noaniq artikl esa otlarning faqat birlik formasida ishlatiladi: ein Buch – Bücher, eine Karte – Karten, ein Mann – Männer.
Tushum kelishigi formasi to‘ldiruvchi vazifasida kelib, harakatning tushum kelishigidagi so‘z bildirgan obektga yo‘nalganini ko‘rsatadi.
Vositasiz to‘ldiruvchi talab qiladigan fe’llar nemis tilida o‘timli (tranzitiv) fe’llar deb yuritiladi. Nemis tilida fe’llar tushum kelishigidagi to‘ldiruvchini talab qilish yoki talab qilmasligiga ko‘ra o‘timli (tranzitiv) fe’llar va o‘timsiz (intranzitiv) fe’llarga bo‘linadi. O‘timli fe’llar tushum kelishigidagi to‘ldiruvchini talab qiladi. O‘timsiz fe’llar o‘zida keyin tushum kelishigidagi to‘ldiruvchini talab qilmaydi. Masalan: schreiben, lesen fe’llari o‘timli bo‘lsa, sitzen va stehen kabi fe’llar o‘timsiz hisoblanadi.
Vositasiz to‘ldiruvchi (Akkusativobjekt) quyidagi ma’nolarni ifoda etadi:
1) ish-harakatdan anglashgan natijani: Er schrieb einen neuen Roman.
2) atash ma’nosini anglatadigan fe’llardan keyin ham vositasiz to‘ldiruvchi qo‘llanadi. Masalan: er ließ ihn einen Narren. Er nennte mich senen Freund.
3) tushum kelishigi lang, hoch, breit, weit, schwer, wert, alt sifatlari bilan qo‘llanganda, ular predikativ yoki attributiv sifatida qo‘llanib o‘lchov ma’nosini ifoda etadi. Masalan: einen Kilometer lang sein, ein Jahr alt sein, eine Tonne schwer sein.
4) ko‘pincha tushum kelishigidagi ot predmet yoki shaxsni ifodalab kelganda jo‘nalish kelishigi bilan birga qo‘llanadi: Ich will dir meine Arbeit zeigen.
Nemis tilida birdan ortiq tushum kelishigi ham qo‘llanadi: Sie nannten ihn einen Künstler. Ular uni rassom deb atadilar
Demak tushum kelishigining birdan ortiq qo‘llanishi nemis tiliga xos bo‘lgan grammatik holatlardan biridir.
5) tushum kelishigining fe’llarning infinitiv formasi bilan qo‘shilib kela olishiga tushum kelishigining maxsus oboroti deyiladi. Tushum kelishigining bu turi o‘zbek tilida tushum kelishigida kelgan so‘zdan keyin turgan infinitivni hozirgi sifatdoshining tushum kelishigi formasi yordamida ifoda etiladi: Wir hören ihn kommen – biz uning kelayotganini eshityapmiz. Wir sehen die Kinder spielen – Biz bolalarning o‘ynayotganini ko‘ryapmiz.
6) tushum kelishigi o‘rin va payt munosabatini ifodalaydi. O‘rin munosabati (räumliche Beziehungen) davomli ish harakat ma’nosini anglatuvchi quyidagi fe’llar bilan qo‘llanganda ifodalanadi: steigen, gehen, laufen, springen, fahren, fliegen, stürzen, rollen va boshqalar
Bunday xususiyatli otlar ko‘p emas: Straße, Weg, Pfad, Strecke, Schritt, Stück, abhang, Treppe va.b
Er ging (fuhr,lief) die Straße entlang.
Er stieg (sprang, lief, stürzte) die Treppe hinunter.
Tushum kelishigidagi payt munosabatini ifoda etuvchi otlar o‘rin munosabatlarini anglatuvchi otlarga qaraganda ko‘proq qo‘llanadi:
Ich wohne hier einen Monat (zwei Jahre).
Gestern habe ich den ganzen Tag an maenem Vortrag gearbeitet.
7) Ikki bo‘lakli absolyut akkuzativ (absolute Akkusativ) ham tushum kelishigi yordamida yasaladi:
Er trat ein, den Hut in der Hand
Er stand, den Blick in die Ferne.
Biz nemis tilidagi Nominativ, Genetiv, Dativ, Akkuzativ kelishiklarining yasalishi, qo‘llanishi va ularning ma’nolari haqida to‘xtalib o‘tdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |