Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
61
— Quvada g‘alabani tangrim o‘zi bizga in’om qilgan, mavlono! — dedi Qosimbek. 
Bu gapga qarshi chiqib bo‘lmas edi. 
— Albatta, bularning ko‘ngliga shu ishni xudo o‘zi solgan. Lekin o‘shandagi jasorati 
uchun yog‘iylar Tohirga nayza sanchib, uni og‘ir yarador qildilar. Jiyanim naq bir 
o‘limdan qoldi, janob Qosimbek! 
— Shundoqmi? — deb Qosimbek endi Tohirga iliqroq nazar bilan qaradi. — 
Samarqanddagi yog‘iylarimizda qasding bormi, yigit? 
— Ha, o‘chim bor. 
Qosimbek ketida sukut saqlab turgan tavochiga o‘girildi: 
— Bu yigitni Chilmahram tog‘i etagida askariy mashq o‘tkazayotgan navkarlar qatoriga 
qo‘shing! — So‘ng u mulla Fazliddinga izoh berdi. — Jiyaningizning mashqi yetilsin, 
harbiy muomalani o‘rgansin. Undan so‘ng amirzodam lozim ko‘rsalar, xos navkarlari 
qatoriga olurlar. 
Tohir mavlono Fazliddin bilan quchoqlashib xayr-lashdi-da, otiga mindi va tavochining 
ketidan Chilmahram tog‘iga qarab yo‘l oldi. 
_______________ 
* U l u f a — maosh va turarjoy.
7 
Beklarning mashvaratida Samarqand yurishini ramazon oyida boshlashga, tayyorlik 
ishlarining asosiy qismini O‘shning o‘zidayoq bitirib ketishga qaror qilindi.
Bobur onasining so‘zini yerda qoldirganidan xijolat bo‘lib, Qutlug‘ Nigor xonimning 
ko‘ziga tashlanmaslikka tirishardi. Safar tayyorgarliklaridan bo‘shagan paytlarda o‘z 
chodirida yolg‘iz o‘tirib kitob o‘qirdi. 
Bugun namozigar kechroq Bobur «Vaqoi’»* nomli daftarga otasining o‘limi haqida 
yozayotgan edi, yasovul kirib, Qutlug‘ Nigor xonim bilan Ali Do‘stbekning chodirga 
kirishga ijozat so‘rayotganlarini aytdi. Bobur daftarini yopib, onasini eshik oldida qarshi 
oldi va to‘rga o‘tqazdi. 
Qutlug‘ Nigor xonimning rangi xiyol o‘chgan. Uning peshonasidan yuqorida — sochining 
farq ochilgan jo-yida Bobur bir tutam oqargan soch tolalarini ko‘rdi. Endi qirq yoshga 
kirgan onaizor kampirlardek odmi kiyinar va qaddini egibroq yurar edi. Bobur onasiga 
allanechuk rahm qilib past tovush bilan gapirdi: 
— Onajon, so‘zim yerda qoldi, deb kuyunmang. Nasib bo‘lsa, Samarqanddan qaytganda 
hamma aytganlaringizni qilurmen. 
— Xudoning xohishi shunday bo‘lsa, biz bandalar qanoat qilgaymiz. Iloho, yaxshi 
niyatlaringizga yeting, shoh o‘g‘lim! 
Ali Do‘stbek baquvvat qo‘llarini fotiha uchun ochib: 
— Ilohi omin! — dedi. 
So‘ng katta-katta panjalarini qop-qora silliq yuziga, soqolsiz uzun iyagiga surtdi. 
Yuzi mo‘g‘ulcha bo‘rtgan bu chayir ko‘sa odam Boburning buvisi Eson Davlat begimga 
amakivachcha bo‘ladi. Shu sababli o‘z nomiga «tog‘oyi» degan so‘zni unvondek qo‘shib 
aytadi va Qutlug‘ Nigor xonimga akalarcha mehribonchilik ko‘rsatib yuradi. Hozir ham 
ko‘rpachalar ustiga o‘tirganlaridan keyin Ali Do‘stbek Qutlug‘ Nigor xonimga «Gapni 
ochaymi?» deganday bir qarab oldi. Xonim tasdiq ma’nosida bosh irg‘agach, Ali Do‘stbek 
tomoq qirib, siporish bilan so‘z boshladi: 
— Amirzodam, volidangiz ikkovimiz nozik bir muammoda sizning maslahatingizni olgani 
keldik. Muhtarama egachingiz Xonzoda begim hozir yigirma yoshdalar. Ayni uzatiladigan 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish