Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
3 
Quvaliklar tong yorishgandan kun yoyilguncha bo‘lib o‘tgan bu falokatni narigi 
qirg‘oqdagi devor va tomlardan mo‘ralab ko‘rib turar edilar. Ularning ba’zisi «yog‘iy 
battar bo‘lsin», deb shodlansa, ba’zisi ne-ne yigitlarning suvga oqib, balchiqqa botib, 
ming azoblar bilan o‘layotganidan achinardi. Tohir kechasi o‘rtoqlari bilan qilgan ishlarini 
boya Fazliddin tog‘asiga «uddasidan chiqolmadik», degan ma’noda ma’yuslanib aytib 
bergan edi. Keyin yuz bergan hodisani tomga chiqib ko‘rgan mulla Fazliddin narvondan 
tez pastga tushdi-yu, Tohirni bir chetga imlab chaqirib oldi: 
— O‘rtoqlaringga ayt! Hammalaring tezroq berkininglar! 
— Nechun, mulla tog‘a? 
— Ko‘prik arralangan joyidan singanga o‘xshaydi. Agar ko‘prikka o‘t qo‘yib 
yuborganlaringda ham bunchalik talafot bo‘lmas edi. Chunki yog‘iy ko‘prikning yongan 
joyini tuzatmaguncha ustiga cherik chiqarmas edi. Ular g‘aflatda qolib baloga yo‘liqqan! 
Agar qilgan ishlaringni bilib qolsa, hammamizni qirib tashlashlari aniq! 
— Yog‘iy hali naryoqda-ku? 
— Chig‘dovullari bu yoqqa o‘tgan ekan, men ko‘rdim. Gapni ko‘paytirmay, tezroq 
yashirin. To‘qayga chiqib ketinglar. Tez! 
Tog‘asi astoydil xavotir bo‘layotganini sezgan Tohir boshqa e’tiroz qilmadi-yu, 
o‘rtoqlariga sekin xabar berib chiqdi: 
— Arqon bilan o‘roq olinglar. Kim so‘rasa, o‘tinga boramiz, denglar. Lekin xo‘rak ikki-uch 
kunlik bo‘lsin. 
Besh yigit odamlarning ko‘ziga tashlanmaslikka tirishib, qishloqdan yakka-yakka 
chiqishdi-yu, to‘qay ichida uchrashishdi. 
Ko‘prik sinmasidan oldin berigi tomonga o‘tib qolgan chig‘dovullar Quvaning kadxudosini 
topib, uning yordamida duradgor ustalarni ko‘prik tuzatishga haydab chiqdi. Naryoqda 
qolgan navkarlar arqon tashlab, yog‘och tashib, ularga ko‘maklasha boshlashdi. 
Ko‘prik tuzatishga chiqqanlarning orasida Tohirning otasi ham bor edi. U kechasi 
o‘g‘lining qayoqqadir borib, sahar paytida charchab qaytganini sezgan edi. 
Duradgorlardan biri yog‘ochning arralangan joyini Tohirning otasiga ko‘rsatib, o‘z 
shubhasini aytmoqchi bo‘lganda, usta buning oldini olib labini tishladi: 
— Damingizni chiqarmang, — deb shivirladi. — Agar yog‘iy biror gumoningizga ishonsa, 
butun Quvaga o‘t qo‘yadi. Hammamizni qilichdan o‘tkazadi! 
— Gapingiz haq! 
Shundan keyin bu to‘g‘rida hech kim og‘iz ochmadi. Ikki kun deganda ko‘prik naridan-
beri tuzatildi-yu, yovning otliq askarlari bitta-ikkitadan bo‘lib, ehtiyot bilan o‘tishdi. 
Nihoyat, podshoh ham mulozimlari bilan ko‘prikdan o‘tib, Quvada to‘xtamasdan yo‘lida 
davom etdi. 
Yovning aravalarga ortilgan og‘ir yuklari va tuya karvonlari ko‘prikdan narida qolib ketdi. 
Shunga qaraganda yovning rejalarida qandaydir bir o‘zgarishlar yuz bergan edi. 
To‘qayda yashirinib yurgan Tohir Robiyadan xavotirda edi. Ota-onasi qizni qo‘llaridan 
kelganicha avaylab, yashirib yurganlarini bilsa ham, yovning hamon Quva atrofida 
o‘ralashib yurgani juda tahlikali edi. Uchinchi kuni yigitlarning xo‘raklari ham tugadi. 
Ahvol qanday bo‘layotganini bilish va xo‘rak g‘amlab kelish uchun Tohir o‘zi boradigan 
bo‘ldi. U kechki payt bir bog‘ qamishni orqalab sekin hovlilariga yaqinlashdi. Darvoza 
zanjir ekan, qo‘lining uchini tiqib, zanjirni tushirdi. Mulla Fazliddin bostirmaning oldida 
aravaning g‘ildiraklarini ko‘zdan kechirayotgan edi. Qamish ko‘tarib kirgan Tohirni ko‘rib 
unga qarab chopdi: 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish