Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
Quvasoyning suvi tobora ko‘tarilib bormoqda edi. Oldinda kelayotgan otliq chig‘dovullar 
uncha ko‘p emas edi, shuning uchun ko‘prikdan siyrak saf bilan o‘tib ketishdi. 
Ammo ulardan keyin kelayotgan saflar juda qalin edi. Har bir bekning navkarlari 
o‘zlariga qarashli yuklarni tuya qo‘shilgan og‘ir aravalarga ortib kelmoqda edilar. 
Chug‘uruqday behisob qo‘shin otlari, tuyalari, aravalari bilan birga yomg‘irli tongda qop-
qora selga o‘xshab ko‘prikni limmo-lim to‘ldirib kela boshladi. 
Ko‘prikning o‘rtasida boyagi yigitlar mixlarni sug‘urib, to‘sinlarini arralab ketgan joy 
bunchalik og‘ir yukka bardosh berishi amrimahol edi. Buning ustiga, xuddi o‘sha joyda 
bir cho‘bir otning ikki oldingi oyog‘i mixi ko‘chirilgan yog‘ochlarning yorig‘iga tushib 
ketdi. Ot o‘mrovi bilan yiqilib tushib, oyog‘ini sug‘urib ololmay tipirchilay boshladi. 
Egarda o‘tirgan navkar otning boshidan oshib, boshqa otlarning oyog‘i tagiga uchib 
tushdi. Hozir behisob tuyoqlar ostida qolib yanchilishini sezdi-yu, dod solib qichqirdi. 
Hamrohlari beixtiyor jilovlarini tortishdi. Ba’zi otlar qo‘rqib orqaga tisarilib ketdi. 
Orqadagilar esa hech narsadan bexabar, yopirilib kelmoqda edi. Bir lahzada ko‘prikning 
shu joyi haddan tashqari tiqilinch bo‘lib ketdi. Arra va bolta zarbalaridan nochorlashgan 
ko‘prik yog‘ochlari to‘satdan qarsillab sindi. Tiqin bo‘lib yotgan o‘nlab otlar, odamlar 
ko‘prik yog‘ochlariga qo‘shilib suvga qulab tushdi. Toshib turgan soyning suvi qulab 
tushganlarni lopillatib oqizib ketdi. 
Ko‘prik ustida qolganlar jonholatda orqaga burilib, qochmoqchi bo‘lishdi. Ammo orqadan 
hamon otliqlar, aravalar, tuyalar ko‘chkiday bostirib kelmoqda edi. Oldinda nima hodisa 
bo‘lganidan bexabar podshoh eng yaqin beklari bilan soyning narigi chetida turib, 
qo‘shinni ko‘prikka tomon yo‘naltirmoqda edi. Lekin ko‘prik o‘rtasidan ko‘tarilgan qiy-
chuv, to‘polon tobora zo‘rayib borardi. Vahimaga tushgan qo‘shin birdan o‘zini orqaga 
tashladi, ammo ur-sur to‘polonda ko‘prikka sig‘may, ot-ulovlari bilan suvga tutday to‘kila 
boshladi. 
Ko‘prik qanotlarining ancha joyi sindirib tashlangani ularning qulab tushishini 
osonlashtirardi. Tartibi buzilgan aravalar bir-birini itarib, ko‘prikning butun turgan 
qanotlarini ham sindirib qulamoqda edi. Ba’zi navkarlar yo‘lida uchragan tirik jonning 
hammasini qamchilab o‘tmoqchi bo‘lsa, ba’zi beklar qilich yalang‘ochlab, to‘polonni tig‘ 
bilan bosmoqchi bo‘lishadi. Ammo g‘ij-g‘ij bo‘lib, qurt-qumursqaday qaynab yotgan 
qo‘shin ko‘prikka shunday tiqilib qolgan ediki, unga na qamchi kor qilar edi, na qilich. 
Tuyalar bo‘kiradi. Odamlar qichqiradi. Talvasaga tushgan olomon tig‘ ko‘targan 
beklarning o‘zini otlari bilan surib borib, ko‘prikdan ag‘anatib yuboradi. 
Podshoh bilan birga qirg‘oqda turgan xos navkarlar suvda oqib borayotganlarni 
qutqarishga farmon oldilar. Ular qamishlarni shaldiratib, suvga yaqin borganlarida o‘zlari 
ham balchiqqa botib keta boshladi. Keyin orqada qolganlari arqon tashlab ularning uch-
to‘rttasini zo‘rg‘a qutqarib oldi. Boshqalarini qamishzor balchiq qa’riga tortib ketdi. 
Suvga qulab tushganlarning cho‘kkani cho‘kib o‘ldi. Suzishni biladiganlari esa otlarning 
bo‘yniga yopishib qamishzor qirg‘oqqa chiqay deganda balchiqqa botdi. Sassiq botqoqlik 
ajdahoga aylanib odamni ham, otni ham oyog‘idan pastga tortar edi. Otlar jon 
achchig‘ida siltanib kishnar, odamlar qamishlardan qo‘llari tilinib dod solar, ammo ular 
talvasa qilganlari sari balchiqqa chuqurroq botib, yuz azoblar bilan jon berishar edi. 
O‘rtasi sinib tushgan ko‘prikning ustida — ag‘darilgan aravalar, yiqilib yotgan ot va 
tuyalar orasida talay navkarlarning ezg‘ilangan jasadlari qoldi. Yovning shu bir-ikki soat 
ichida ko‘rgan talafoti urush boshlangandan beri ko‘rgan hamma talafotlaridan ko‘proq 
va dahshatliroq edi. Yana bu falokatning sababini hech kim bilmas edi. Shuncha 
odamning mislsiz qiynoqlarda jon berganini ko‘rgan jangchilar mag‘lubiyatga 
uchragandan battar esankirab, ruhsizlanib qoldilar. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish