Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
46
zinapoya bilan chiqurlarmi? 
Soddaroq odam bo‘lgan Qosimbek taklifi o‘rinsiz chiqqanini sezdi-yu, izzat-nafsga 
bormay, gapni kulgiga burdi: 
— Amirzodam, lutf qildilar. Kaminani bu terlab-hansirashlardan zinapoya ham 
qutqarolmas edi. 
Endi Qutlug‘ Nigor xonim ham kuldi: 
— Qosimbek janoblari haqdir. Ot-ulov o‘tolmaydigan bu cho‘qqilarga shoh ham piyoda 
chiqur, malika ham! 
— Hatto, xonzodalar ham! — deb Bobur opasiga qarab sho‘x kulimsiradi. 
Shunaqa hazil-huzullar bilan hujraga yetib bordilar. Niliy gumbazli jajji bino ko‘klam 
quyoshida shunday nafis jilolanib ko‘rindiki, Boburning dili birdan ravshan tortib ketdi. 
Atrofdagi tabiatning go‘zalligi, bahor va tog‘lar ayvonga ishlatilgan naqshlarni, 
gumbazdagi koshinlar rangini allanechuk juda ochib ko‘rsatar edi. 
Qosimbek Boburni, uning onasi va opasini tavoze bilan ichkariga kuzatib qo‘ydi-yu, o‘zi 
marmar zinapoya oldida qo‘l qovushtirganicha qoldi. U ayollar bor joyga podshohdan 
ishora bo‘lmaguncha kirmas edi. 
Mulla Fazliddin Qosimbekdan beriroqqa — ayvon tagiga kelib turdi. 
Hujra eshigi yong‘oq yog‘ochidan o‘ymakor qilib, zar bilan ishlangan edi. Bobur go‘zal 
o‘ymakorliklarga, devor va shift bezaklariga bir-bir ko‘z tashlab chiqdi-da, hujraning 
eshigini ochdi. Onasi bilan opasiga yo‘l berib keyin o‘zi ichkariga kirdi. 
Hujraning ichi qorong‘i bo‘lmasa ham qoidaga binoan g‘arb tomonidagi mehrobga sham 
yoqib qo‘yilgan edi. Kunduzgi yorug‘lik qarshisida ko‘zga zo‘rg‘a tashlanayotgan sham 
yog‘dusi yon-veridagi gulgun naqshlarga tushib, elas-elas jilvalanardi. 
Bu hammasi Boburda g‘alati bir zavq uyg‘otdi. U sham yonidagi to‘q-qizil naqshlarni 
Xonzoda begimga ko‘rsatib: 
— Islimi gulxan shumi? — deb so‘radi. 
Xonzoda begim bir ukasiga, bir naqshga qaradi-yu, sho‘x jilmaydi: 
— Bir qoshiq qonimdan kechsangiz, ayturmen. 
Bobur ham kulimsirab: 
— Kechdim, aytingiz, — dedi. 
Xonzoda begim o‘ngga qayrilib, eshik tepasidagi qip-qizil naqshlarni ko‘rsatdi. 
— Islimi gulxan mana bu. Siz naqshi lolani bunga o‘xshatmishsiz, amirzodam. 
Xonzoda begim ko‘rsatgan naqshlar haqiqatan qip-qizil olov tillarini eslatar, uning eshik 
tepasiga naqshlanishi ham bejiz emas edi. «Keluvchiga ergashgan balo-qazoni olov olib 
qoladi», degan qadimiy e’tiqod va kelin-kuyovni eshik oldiga yoqilgan olovdan aylantirib 
olib o‘tish odatlari Boburning esiga tushdi. U opasiga tan bergan kabi qarab: 
— Siz haqsiz, men sahv qilibmen, — dedi. 
Shunda Qutlug‘ Nigor xonim gap qo‘shdi: 
— Bobur mirzoning sahvlari uzrlik. Chunki bu hujrada naqshi lola ham xuddi gulxandek 
yonib ko‘rinur! 
Onasining lutf qilib aytgan so‘zlari Boburning hujradan olgan zavqini yana bir darajada 
oshirdi. 
Uchovlari ayvonga qaytib chiqar ekanlar, pastda turgan mulla Fazliddin Boburning 
chehrasi ochilib ketganini ko‘rdi. Bobur zinapoya oldida turgan Qosimbekka qarab: 
— Buratoqqa juda munosib! — deb qo‘ydi. 
Buratog‘ni Bobur yoshligidan yaxshi ko‘rar edi. Tekis vodiyning o‘rtasiga tushgan bu 
baland tog‘ odamlarni hayratlantirish uchun yaratilganga o‘xshardi. Go‘yo u ulkan 
tog‘ning bir parchasini ilohiy bir kuch shunday ko‘tarib olib kelganu tomosha uchun 
sayhon joyga chiroyli qilib o‘rnatib ketgan. Mana shunday toqqa munosib bo‘lish hujra 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish