Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet317/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
317
yubordi. 
Aytilgan paytga yetib kelgan mavlono Fazliddin Boburning o‘lim to‘shagida yotganini 
ko‘rdi-yu, tug‘yon ichida: 
— Hazratim, xudo sizga quvvat bersin! — deb qo‘lidan o‘pdi. 
— Men... podshohlikni Humoyunga topshirdim... Minba’d hazratim, demang, mavlono. 
Munosib ko‘rsangiz... meni ham mavlono deng. 
— Biz Navoiyni ulug‘ ijodlari uchun «hazrat Alisher» der edik. Siz turkiy adabiyotimizning 
Navoiydan keyingi eng ulkan siymosidirsiz. Shu sababli sizni shoir va adib sifatida 
«Bobur hazratlari» deyishga haqlimiz». 
— Minnatdormen, mavlono... Siz Agrada, Sekrida, Dehalpurda ajib ko‘shklar, 
oromgohlar barpo etdingiz... Xudo umr bersa men... Samarqanddagi Bibixonim 
madrasasidek ulug‘ bir... madrasaning tarhini sizga... chizdirmoqchi edim... Opa-
singillarimizning qadrini boshimizga... ko‘tarsak arzigay... 
Mavlono Fazliddin Boburning so‘nggi kuchlarini to‘plab, qiynalib so‘zlayotganini sezdi-
yu, uning fikrini o‘zi davom ettirdi: 
— Dono so‘zlarni aytdingiz, hazratim! Chindan ham xalqimizda bu odat azaldan 
mavjud... Samarqandda Bibixonim madrasasidan tashqari Turkan og‘o maqbarasi bor. 
Hindlarda ham ayol zotiga ehtirom zo‘r ekan, hatto sig‘inadigan xudolari orasida ham 
ayollar bor... Bizning Hirotu Samarqanddagi eng yaxshi me’morchilik an’analarimizni 
Hindistonning eng ezgu ajib an’analariga payvand etib, ayol zotini ulug‘lovchi bir 
madrasa qurish mening ham eng ezgu orzularimdandir! 
Bobur mavlono Fazliddinning Xonzoda begimga bo‘lgan yoshlik mehri zamona zayli bilan 
qanday qurbon bo‘lganini esladi-yu: 
— Mavlono, — dedi, — mening egachim Xonzoda begim... insoniylikda tengsizlar!.. Agar 
siz orzu qilgan... madrasani qurish bizga nasib bo‘lsa... uni «Xonzoda begim 
madrasasi...» deb atasak arzir edi... 
Mavlono Fazliddinning ko‘zlarida yashin kabi bir olov chaqnadi: 
— Hazratim, siz hozir mening ko‘zimga muqaddas bir maqsadni ko‘rsatdingiz! Agar bu 
maqsadni ro‘yobga chiqarishga mening umrim yetmasa, uni farzandlarimizning diliga jo 
etib ketgaymen. Toki ular hind me’morlari bilan hamkorlikda xalqlarimizning ayol zotiga 
bo‘lgan ehtiromini ulug‘ bir me’morchilik obidasida ifoda etsinlar! 
Boburni ter bosdi. Uning harir oq ko‘ylagi qorayib tanasiga yopishib qolganini ko‘rgan 
Tohir bezovtalanib o‘rnidan turdi: 
— Mulla tog‘a, hazratimni charchatib qo‘ymaylik!.. Tabib «ko‘p hayajonlanmasinlar!» 
deb tayinlagan edi... 
Suhbatning tafti chindan ham baland bo‘layotganini endi sezgan mavlono Fazliddin 
o‘rnidan ko‘tarildi: 
— Hazratim, endi orom oling! Men keyin yana kelurmen!.. 
Bobur Mavlono Fazliddinga qarab: 
— Yana bir o‘tinchim bor,— dedi.— Olamdan ko‘z yumsam... Kobulda o‘zingiz tarhini 
chizgan bog‘ bor... Tog‘ tepasida... Abadiy oromgohim... o‘sha Guzargohda bo‘lsin... 
Ortiqcha dab-dabasiz... shoirona bir tarh chizing... 
Mavlono Fazliddin o‘pkasi to‘lib gapirolmadi. Tasdiq ma’nosida bosh irg‘adi-yu, ko‘zidan 
oppoq soqoliga oqib tushgan yoshni artib eshikdan chiqdi. 
Tohir Boburning terdan ho‘l bo‘lgan ichki kiyimlarini almashtirdi. U o‘zini odatdagiday 
osuda tutib, kundalik xizmatlarini qunt bilan ado etar edi. Bobur chanqasa suv beradigan 
ham, nafasi qayta boshlasa yelpiydigan ham Tohir edi. U shu yerda bo‘lsa, Bobur 
sokinroq yotishini mavlono Yusufiy ham bilar, shuning uchun Tohirni tunu kun 
bemorning oldidan ketkizmas edi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish