Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet316/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
316
tushganini Bobur ham ko‘rdi. 
Sendan iltimosim, — deb davom etdi Bobur. — Buni avlodlaring ham o‘qisin.. 
Xatolarimni takror etmanglar. Yaxshi ishlarim... oz bo‘lsa, ko‘paytiringlar. Bu kitobdan 
nusxalar ko‘chirtirib, Samarqandga... Toshkentga... Andijonga... munosib odamlarga 
yuborgin... Men tug‘ilgan yurt bilan aloqani uzmanglar. Shoyad men bitgan kitoblar... 
ikki oradagi aloqaning rishtalari bo‘lsa... 
Bobur o‘g‘liga vasiyat qilayotganini sezib turgan Xonzoda begim o‘zini ortiq tutib 
turolmadi. 
Boburjon, men egachingiz!.. Men... men sizdan besh yosh kattamen! Bu dunyodan 
ketish navbati avval meniki! Siz taslim bo‘lmang! Boburjon, inim! 
Xonzoda begim uning podsholigini unutib, «Boburjon!» deganda Bobur bolaligini eslab
ko‘ngli bir orziqdi. U beklardan ham, savdarlardan ham, begonalardan ham, hatto 
suyukli o‘g‘li va xotinidan ham nuqul «hazratim» degan murojaatni eshitar, ko‘p 
ishlatilaverib siyqa bo‘lib ketgan bu so‘z uning me’dasiga tekkan edi. 
Piq-piq yig‘layotgan Mohim begim oldingi og‘ir suhbatlarni eslab: 
— Mening xarxashalarim ham sizni xasta qildi, hazratim! — dedi. — Meni kechiring! 
— Mohim, siz meni kechirsangiz bo‘ldi... Men sizdan rozimen... faqat endi meni hazratim 
demang... 
Mohim Boburni: «Ko‘z ochib ko‘rgan tanho yorimsiz, jismimdagi jonsiz!» demoqchi bo‘lib 
og‘iz juftlab ko‘rdi-yu, lekin atrofidagilardan uyaldi. Yig‘i aralash: 
— Xo‘p, — deya oldi, xolos. 
Bobur uning aytilmagan so‘zlarini ovozidan, ko‘zlaridan sezdi. So‘ng o‘g‘liga yuzlandi: 
— Humoyun, men sendan ham «ota» degan so‘zni hali eshitganim yo‘q. 
«Ota» degan jo‘ngina so‘zga o‘rganmagan Humoyun: 
— Padari buzrukvor! — deb ko‘rdi. Bundan otasining ko‘ngli to‘lmaganini sezdi-yu: — 
Otajon! — dedi. — Siz saltanatni menga bermoqcshi bo‘libsiz. Lekin ishoning, men bu 
toju taxtdan sizning bir nafaslik umringizni afzal ko‘rurmen! 
— Men sendan rozimen... Endi mendan ham rozi bo‘linglar! 
Xonzoda begim rozilik so‘rashga tili bormay o‘rtanib yig‘ladi. Uning yig‘isiga Mohim 
begim qo‘shildi. Bu og‘ir ahvolning ustiga kirib kelgan mavlono Yusufiy Boburning 
ko‘zlari bejo bo‘layotganini, uni qattiq ter bosganini ko‘rdi. 
— Endi hazratim orom olishlari kerak! — deb qo‘liga oq dokani olib, Boburning yuzidan, 
bo‘yinlaridan terlarini arta boshladi. Qiynalib nafas olayotgan Bobur bosh tomonda 
turgan Tohirga shivirlab: 
— Yelping!.. — dedi. 
Yig‘i-sig‘i bilan Boburni qiynab qo‘yganlarini endi sezgan begimlar sekin chiqib ketdilar. 
Bobur Humoyunga: 
— Endi eshik og‘a bilan... a’yonlar kirsin, — dedi.— Ko‘zim tirikligida... hokimiyatni 
senga topshiray. 
Tashqarida kutib turgan Muhammad Do‘lday va boshqa nufuzli beklar kirdilar. Bobur 
ularning oldida podsholik tojini o‘g‘li Humoyunga topshirdi. Rozi-rizolik so‘rash paytida 
beklardan bir-ikkitasi ko‘ziga yosh olganday bo‘ldi. Lekin chiqib ketayotganlarida 
hammalari endi Humoyunning atrofida parvonaday aylanib, yangi inoyatlar umidida 
ko‘zlari tama bilan yonganini Bobur ko‘rib qoldi. 
Xonada Tohir bilan ikkovlari qolgandan so‘ng: 
— Endi... beku sultonlarga mening keragim yo‘q, — dedi. — Tohirbek, kechga... Mavlono 
Fazliddinni chaqirtiring. 
Tohir Boburga tabib Yusufiy buyurib ketgan suyuq doridan ichirtirdi, uning qiyshayibroq 
qolgan yostig‘ini to‘g‘rilab qo‘ydi. So‘ng savdarlar xonasiga o‘tib, tog‘asiga odam 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish