Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
24
Sherimbek Boburning egariga bir qo‘lini qo‘yib, yuzini unga yaqinlashtirdi-da, past 
tovush bilan. 
— Mirzom, qo‘rg‘onga kirmangiz, xatarli, — dedi. 
Bu so‘zlarni Qosimbek ham eshitdi. Umarshayx mirzo tirikligida durustroq lavozim 
ololmay ko‘ngli cho‘kib yurgan Sherimbek endi Bobur mirzoga boshqalardan oldinroq 
mehru oqibat ko‘rsatib, uning ishonchini qozonmoqchi va kattaroq martabaga 
erishmoqchi edi. Qosimbek buni sezib Boburga osoyishta gapirdi: 
— Amirzodam, ortiqcha tahlikaga o‘rin yo‘q. Tezroq qo‘rg‘onga kirib, sodiq beklarni 
to‘playlik. 
Sherimbek ot ustidagi Qosimbek bilan yerda turib so‘zlashishni o‘ziga ep ko‘rmadi. 
Shoshib otiga mindi-da, shiddat bilan dedi: 
— Siz hali ahvolni bilmaysiz, janob Qosimbek! Sodiq beklaringiz Xo‘jandni yog‘iyga 
topshirdi! Isfarani topshirdi! Marg‘ilonni topshirdi! 
— Marg‘ilonni?! — seskanib so‘radi Bobur. — Qachon? 
— Hozir xabar keldi! ?g‘iy mo‘ri malaxday yopirilib Quvaga yaqinlashdi! Endi navbat 
Andijonga. Sodiq beklar Andijonga qo‘shib Mirzomni ham yog‘iyga bersinlarmi? Yo‘q! 
Men tirik bo‘lsam, bunga yo‘l qo‘ymaymen! 
Og‘ir musibat ustiga qo‘shilgan bu shum xabarlar Boburni juda esankiratib qo‘ydi. O‘zi 
kuni bilan ro‘za tutib, darmoni ketib borar, nihoyatda qattiq chanqaganligidan tili 
tanglayiga yopishib qolgandek tuyular edi. Uning tashna ko‘zlari qo‘rg‘on devori tagidagi 
xan-daqqa to‘ldirilgan qoramtir suvga tushdi. Turib qolgan shu qora suv ham unga 
allanechuk jozibali ko‘rindi. U quruqlashgan lablarini namsiz tili bilan yalab qo‘ydi. 
Sherimbek dadil borib, Bobur mingan bo‘z otning oltin bezakli yuganidan oldi: 
— Men sodiq tog‘oyingizmen, Mirzom, ijozat bering, sizni bu xatarlardan uzoqqa olib 
ketay! 
Bobur Sherimbek aytayotgan xatarlarni hozir uncha o‘ylamas va aniq his qilmas edi. 
Ammo uning qayg‘udan ezilgan ko‘ngli ham, tashnalikdan qiynalayotgan tani ham ko‘z 
oldidagi bekik va dim qo‘rg‘ondan ko‘ra, uzoqdagi daraxtzorlarni, keng, ochiq joylarni 
afzal ko‘rardi. Shuning uchun Sherimbek uning otini orqaga burayotganda Bobur 
qarshilik qilmadi. Qosimbek sarosima bo‘lib: 
— Mirzom, volidangizning tayinlaganlari boshqa edi!— dedi. 
— Volidalari bu yerdagi ahvolni bilmaganlar! — deb Boburning o‘rniga Sherimbek javob 
qildi. Ammo Qosimbek uning gapiga quloq solmay Boburga yondashdi: 
— Xonim hazratlari bugun dafn marosimini o‘tkazib ertaga Andijonga kelurlar. Ulug‘ 
onangiz ham chorbog‘dan qo‘rg‘onga ko‘chmoqchi edilar. Ular sizni qayerdan topurlar? 
Bobur endi sal xayolini yig‘ib, Sherimbekdan so‘radi: 
— Qayoqqa bormoqchimiz? 
Sherimbek Qosimbekka eshittirmaslikka tirishib, Boburning qulog‘iga shivirladi: 
— Olatog‘ tomonlarga. O‘shga. Balki O‘zganga. Bobur buni Qosimbekdan sir tutishni 
istamay, sekin unga aytdi: 
— O‘sh yo‘lida bo‘lurmiz. Onamga xabar bering. 
— Men avval qo‘rg‘ondagi beklar bilan so‘zlashay, amirzodam! Ularning kayfiyatini bilay! 
— Undan ko‘ra, Xo‘ja Abdullaga uchrang. 
— Bu amringizni darhol bajo keltirurmen! 
Qosimbek otini qo‘rg‘on darvozasi tomonga burdi. Bobur esa yonidagi ellikka yaqin otliq 
bilan qo‘rg‘ondan uzoqlashib keta boshladi. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish