Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
bu ikkilanishlarni bo‘lajak podshohga aytib, dorug‘alik amalini tortib olishlari mumkin 
emasmi? Yo‘q, Uzun Hasan bunga yo‘l qo‘ymasligi kerak: 
— Pirim, menga fotiha bering, Bobur mirzoning huzurlariga men o‘zim boray. Beklarning 
nomidan sadoqat izhor qilib, qo‘rg‘onga taklif etay! 
— Niyatingiz tahsinga sazovor, janob Hasanbek. Ammo siz dorug‘asiz. Siz avval 
shahardagi g‘uluni bartaraf qiling, fitnaning uyasini toping, ana unda Bobur mirzoning 
inoyatlariga sazovor bo‘lg‘aysiz. 
— Yana karomat qildingiz, pirim! Biz zudlik bilan bu ishga kirishurmiz! 
* * * 
Yoz oftobi yeru ko‘kni shunday qizdirmoqdaki, ot tuyoqlaridan ko‘tarilgan chang yuzga 
alanga tillaridek tegadi. Havo dim. «G‘ir» etgan shamol yo‘q. Tuprog‘i bilqillab yotgan tor 
ko‘chadan o‘tayotganlarida Boburni ter bosdi. U benihoya chanqaganligidan og‘zi taxir 
bo‘lib ketgan edi. Kecha shu paytlarda Andijonsoy bo‘yida salqinlab yotgani esiga tushdi. 
Bundan bir necha soat oldingi hayoti, chorbog‘ning musaffo havosi, zilol suvli hovuz, 
salqin ko‘shk, betashvish damlar — hammasi birdan uzoq o‘tmishga aylangan edi. 
Nazarida, shiddatli bir quyun uni o‘sha mas’ud hayotdan yulib olib, allaqayoqlarga 
chirpirak qilib uchirib ketayotibdi. Ot tuyoqlaridan ko‘tarilgan chang unga mana shu 
quyunning changidek tuyuladi. Uni otasidan judo qilgan, pushti-panohidan ayirib, xavf-
xatarlar komiga tortgan mash’um bir kuch go‘yo mana shu quyunning kuchi edi. Uni 
qo‘riqlab borayotgan ellik chog‘li otliqlar ham Boburga mana shu quyun ichida 
yurganday xira ko‘rinardi. Ro‘za tutib kuni bo‘yi tuz totmaganligidan uning boshi 
aylanmoqda edi. Atrofidagi otliqlar to‘g‘ri yurib borayotgan bo‘lsalar ham, Boburning 
nazarida ularning hammasini o‘sha quyun chirmab aylantirayotganday bo‘lardi. 
O‘zgan yo‘li bilan borib Namozgohga yetganlarida uzoqda qorli tog‘lar ko‘rindi. Bobur 
tog‘ salqinini ko‘zi bilan his qilganday bo‘ldi va o‘sha yerga tezroq yetib borgisi kelib, 
otining biqiniga niqtadi. Qaqroq lablarini qiyinlik bilan ochib Sherimbekka: 
— Tezroq! — dedi. 
Sherimbek esa orqaga o‘girilib qarab: 
— Chopar bor! — dedi. — To‘xtaylik. 
Andijon beklari yuborgan chopar Xo‘ja Abdullaning qo‘li bilan yozilgan maktubni Boburga 
topshirdi. Bobur o‘ram qilib yuborilgan maktubning ipak bog‘ichini uzib, yonida turgan 
No‘yon Ko‘kaldoshga berdi: 
— O‘qing. 
Maktubda Andijon beklarining Boburga sadoqat bildirganlari aytilgan edi. So‘z orasida 
yomon ovozalar tarqalayotgani, noma’lum fitnachilar «Bobur mirzo qo‘rqib qochdi», 
degan tuhmatni tarqatib, bunga elni ishontirmoqchi bo‘layotgani aytilgan edi. 
— Men sizni ana o‘sha fitnachilardan ehtiyot qilgan edim, amirzodam! — dedi Sherimbek 
Boburga. — Hozir vaziyat yomon. Qo‘rg‘on — ig‘voning uyasi. Qo‘rg‘onga qaytmang, 
amirzodam! Sodiq beklar bo‘lsa ketingizdan kelsinlar! 
«Ota yurtini tashlab qo‘rqib qochdi» — bu ovoza og‘izdan-og‘izga o‘tib shaharma-
shahar, qishloqma-qishloq tarqab ketishi mumkin! 
— Yo‘q! — dedi Bobur otini orqaga burib. — Men qochmoqchi emasmen! 
— Amirzodam, bu hammasi ig‘vo! 
— Men buning ig‘voligini isbot qilurmen! Qayting hammangiz. Qo‘rg‘onga qayting! 
Bobur orqaga burgan otining yuganini bo‘shatdi-yu, sag‘risiga qamchi urdi. Ot chopib 
borayotganda ko‘kragiga shamol tegib, o‘zini bir oz yengil sezdi. Boyagi dahshatli quyun 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish