Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
185
— Ko‘chib borish osonmi, jiyanim? Bir oy-qirq kunlik yo‘l... Ayolmand odammiz... 
Mavlono Fazliddin xomush bo‘lib Boburning qabulxonasiga qarab ketdi. Bir vaqtlar 
Alisher Navoiyning qabulxonasi bo‘lgan ko‘rkam tanobiyning zarrin o‘ymakor eshigi 
oldida yasovul yigit turgan edi. U ichkariga kirib, tez qaytib chiqdi-yu, eshikni ochib, 
mavlonoga yo‘l berdi. 
Uy to‘rida Bobur bilan suhbatlashib o‘ltirgan kishilarni mavlono bir qarashda tanidi. 
Navoiyning nadimlaridan bo‘lgan qirq besh yoshlardagi ko‘sa odam— shoir Sulton 
Muhammad edi. Undan beriga mashhur xattot Sulton Ali Mashhadiy cho‘kkalagan. 
Boburning o‘ng tomonida Kamoliddin Behzod va Xondamir o‘tirishibdi. 
Bobur mavlono Fazliddin bilan o‘rnidan turib ko‘rishar ekan, boshqalar ham oyoqqa 
turdilar. Mavlono Fazliddin poygahga o‘ltirmoqchi edi, yoshi undan kichikroq bo‘lgan 
Xondamir: 
— Siz oliy mehmonimizning vatandoshisiz, — deb uni o‘zidan yuqoriga o‘tkazdi. 
Ma’yuslanib o‘ltirgan Xondamir suhbatni to‘xtatgan joyidan davom ettirib: 
— Ajab kajraftor falak bu! — dedi. — Amirzodam, siz Hirotning yuksak san’atiyu ajoyib 
iste’dodlariga havasingiz kelib so‘zladingiz. Biz esa bugungi Hirotga xudo sizdek 
ma’rifatli, sizdek iste’dodli podshoh bermaganidan dog‘damiz! 
Bobur o‘zini shuncha izzat-ikrom bilan mehmon qilgan podshohlarning sha’niga 
tegadigan gap aytishni istamas edi. 
— Mavlono, podshohlaringiz ham ma’rifatli zotlar,— dedi. 
Kalta jingalak soqoli o‘ziga yarashgan nafis yuzli ozg‘in Behzod kinoya bilan dedi: 
— Amirzodam, podshohlarimizning biri oftob bo‘lsa, biri mohtob. Xalq orasida hozir bir 
she’r tarqalmish. Mazmuni shuki, Husayn Boyqaro haqiqiy podshoh edi. Uning ikki o‘g‘li 
ikki taxt ustida o‘ltirib, biri «oymen» desa, biri «kunmen» derlar, ertayu kech bir-biri 
bilan raqobat qilurlar. Bularning o‘zaro  kurashlari xuddi shatranj taxtasi ustidagi 
shohlarning kurashlariga o‘xshaydir. Chunki bu ikkovi otalaridek haqiqiy shohlar emas, 
balki shatranj taxtasi ustidagi yasama shohlardir. 
Bu o‘xshatish Boburning ikki podshohdan olgan taassurotlariga shu darajada mos kelar 
ediki, u beixtiyor kulib yubordi. 
— Lekin og‘a-inining raqobati — shatranj o‘yiniga o‘xshashligi rost! 
— Falokat shundaki, — dedi Xondamir, — bu o‘yinda ular Xurosonni boy bermoqdalar! 
Buni ularga so‘z bilan uqtirish esa imkondan xoli! 
Shoir Sulton Muhammadning ko‘zlari isyonkorona chaqnadi. 
— Ularga buni so‘z bilan emas, faqat shamshir bilan uqtirish mumkin! 
Xondamir eshik tomonga xavotirli ko‘z tashlab qo‘ydi. Bir vaqtlar Alisher Navoiydek 
odamga maxfiylarini yuborib qo‘ygan podshohlar Boburning ketiga ham odam qo‘ygan 
bo‘lishlari mumkin edi. 
Sulton Ali Mashhadiy suhbatni xatarli mavzulardan nariroq olib ketish uchun yonida 
turgan charm juzdonni ochdi-da, bir dasta zarvaraq oldi. 
— Faqir oliy mehmonimizning g‘azallaridan bir nechasini ko‘chirib kelgan edim. 
Varaqlar qo‘ldan-qo‘l o‘ta boshladi. Xattotning ajoyib san’ati tufayli har bir harf nafis va 
tirik tasvirga aylangan edi. Xondamir satrlarga ko‘z yugurtirib: 
— O! — dedi hayrat bilan. Ko‘p shoirlar «yor»ni ilohiylashtirib, butun najotni «yor» dan 
izlab o‘rganmishlar. Amirzodam bu odatiy aldanishlarga qarshi isyon qilgan kabi 
yozmishlar: 
 
Jonimdan o‘zga yori vafodor topmadim, 
Ko‘nglimdan o‘zga mahrami asror topmadim... 
Bobur, o‘zingni o‘rgata ko‘r yorsizki, men — 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish