Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
184
— Undoq bo‘lsa, xon endi Xuroson yurishiga chiqmoqchidur? — so‘radi Bobur. 
— Darhol-a? Xorazm yurishidan so‘ng biror yil dam olmasmikin? 
Badiuzzamon mirzoning tusmol gaplari — uning dushman orasidan aniq xabar yuborib 
turadigan maxfiysi yo‘qlig‘idan dalolat berardi. O‘z inisining barcha mayda-chuyda 
sirlarini bilib turish uchun behisob maxfiylar yuborib qo‘ygan podshoh bu ishni ashaddiy 
dushmani Shayboniyxonga nisbatan qilmayotgani Boburni tang qoldirdi. 
— Hazratim, Shaybonixonning revu rangini* faqir ozroq ko‘rganmen. Xonning maxfiylari 
hozir Hirotda darvish, yo savdogar, yoki navkar qiyofasida yurib, barcha zarur xabarlarni 
Samarqandga yetkazib turgan bo‘lsalar kerak. 
Boburning koyinib gapirganini sezgan Badiuzzamon mirzo kinoyamuz kuldi: 
— Amirzodam, siz ham shohsiz, ehtimol, sizning maxfiylaringiz Samarqanddan yangi 
xabar yuborgandirlar? 
— Men sizni otamdek e’zozlaymen, hazratim. Gap maxfiylarda emas. Faqir tajribadan 
shuni bilamenki, Shayboniyxon charchagan askarlarini bosib olgan viloyatda dam olish 
uchun qoldirib, avvaldan dam olib yotgan qo‘shini bilan darhol yangi yurishga otlanur. 
Uning butun kuchi shundaki, barcha og‘a-ini, qarindosh-urug‘lari bilan bir tan-bir jon 
bo‘lib, maydonga chiqur. Biz bu xatarli yog‘iy qarshisida ichki nizolarni unutmog‘imiz 
kerak. Biz ham bir tan-bir jon bo‘lib, yagona sarkarda boshchiligida jangga astoydil 
tayyorlanib kirmasak, oqibati yomon bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas. 
— Yagona sarkarda, dedingizmi? Kim bizga sarkarda bo‘lmoqchi, amirzodam? 
Birinchilikni talashayotgan bu ikki og‘a-ini «Menga bo‘lmasa, unga ham bo‘lmasin!» 
deyishga tayyor ekanligi Boburga hozir aniqroq sezildi. Raqib og‘a-ini talashayotgan 
mamlakat ulardan faqat biriga yoki amakivachchalari Boburga tekkanidan ko‘ra yetti yot 
begonaga tekkani afzalroq. Chunki begonalar ularning bunchalik baxilligini keltirmas edi. 
— Nahotki jangga ham alohida-alohida chiqmoqchisizlar? — dedi Bobur. 
— Nachora? Har kimning o‘z cherigi, o‘z sarkardasi bor. Men Muzaffar mirzoga 
ishonmaymen. Ammo siz bilan har qanday jangga birga kirishga tayyormen. Chunki 
sizga ishonamen. Amirzodam, siz Hirotda qoling! Neki darkor bo‘lsa ayting! Muhayyo 
qilurmiz. 
Bobur og‘a-inining faqat shu nuqtada yakdil ekanini sezdi. Jang ko‘rgan Bobur butun bek 
va navkarlari bilan Hirotda qolsa-yu, vaqti kelib, jangga birga chiqsa ularning 
mushkullari osonroq bo‘ladiganga o‘xshardi. 
Ammo og‘a-inining qo‘sh hokimiyati Boburga tagi chirib teshilgan kemaga o‘xshab 
ko‘rinardi. U bu kemada qolsa paymonasi to‘lgan og‘a-iniga qo‘shilib g‘arq bo‘lishi 
muqarrarligini tobora aniq his qilmoqda edi. 
Ertasi kuni peshin namozidan keyin Unsiyaga Boburni ko‘rish uchun kelgan mavlono 
Fazliddin navkaru savdarlarning ko‘ch yig‘ishtirayotgan va safarga hozirlanayotganlarini 
sezdi. Yo‘lakda tog‘asiga duch kelib qolgan Tohir: 
— E, xayriyat, o‘zingiz keldingiz, mulla tog‘a! — dedi. 
— Ha, ne gap jiyanim? 
— Ertaga tongda Hirotdan jo‘nab keturmiz. 
— Kobulgami? 
— Ha, — deb shivirladi Tohir. — Lekin podshohlar buni bilmasinlar. Ruxsati oliy shahar 
tashqarisida qishlamoq uchun berildi. Hammaga «Xurosonda qishlagaymiz» deb e’lon 
qilindi. Siz ham bildirmang. 
Mavlono Fazliddinning ruhi tushib: 
— Obbo, — dedi. — Bizni sag‘irdek mung‘aytirib ketar ekansizlar-da? 
— Qish chiqsa, siz ham Kobulga ko‘chib boring. O‘tgan gal uchrashganingizda Bobur 
mirzo o‘zlari taklif qildilar-ku. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish