Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
48
jilmayib bosh irg‘adi. 
Qosimbek zar yoqali kimxob to‘nini yechib, mulla Fazliddinning yelkasiga tashladi. 
— Mavlonoga  bizdan  bitta  ot  anjomi  bilan in’om qilinsin, — qo‘shimcha qildi Bobur. 
Mulla Fazliddin ta’zimga egilib minnatdorchilik bildirar ekan, bir necha kishining. 
— Muborak! Muborak! — degan so‘zlarini eshitdi. 
Bu so‘zlarning orasida eng yoqimlisi — Xonzoda begimning muborakbodi bo‘ldi. Mavlono 
Fazliddin unga ikkinchi marta qarashga jur’at etolmay yerga ko‘z tikib turgan bo‘lsa 
ham, shu daqiqalarda o‘zini baxtiyor sezar edi. 
 
________________ 
* Chindan ham, O‘shdagi bu hujra to‘rt yuz yildan ortiq mustahkam turdi. Tog‘ tepasida oqarib ko‘ringani uchun xalq uni «Oq uy» deb 
ataydigan bo‘ldi. Asrlar o‘tishi bilan ta’magir shayxlar bu binoni «Sulaymon payg‘ambar tomonidan qurilgan qadimjoy» deb e’lon qildilar, 
tarixdan bexabar odamlarni bunga ishontirib, nazr-niyoz undirish vositasiga aylantirdilar. 
Yigirmanchi asrning o‘rtalarida akademik Ibrohim Mo‘minov Qirg‘iziston olimlari bilan hamkorlikda tarixiy haqiqatni tiklab, bu hujrani Bobur 
mirzo qurdirganini ilmiy jihatdan asoslab berdilar. Oq uyning peshtoqiga buni bildiradigan marmar yodgorlik o‘rnatildi. 
Ammo Bobur nomining bunday ulug‘lanishi mustabid sho‘ro mafkurachilarining qahrini keltirdi. Ular hujraning ziyoratgoh bo‘lganini bahona 
qilishib, dinga qarshi kurash shiori ostida 1963 yilda Oq uyni askariy qismlar yordamida portlatib buzib tashladilar. 
Lekin hujraning mustahkam qoyatoshga o‘rnatilgan poydevori butun qolgan edi. Uning tasviri tushirilgan suratlar bor edi. Adolatparvar 
odamlarimiz orasida Bobur mirzo qurdirgan bu ajoyib obidani qayta tiklash niyati yillar o‘tgan sari kuchayib bordi. 
Saksoninchi yillarning oxirida milliy uyg‘onish shabadalari esa boshlagan davrda O‘sh shahrining o‘zbek, qirg‘iz va boshqa millatlarga mansub 
vakillari Oq uyni qayta tiklash uchun maxsus jamg‘arma tashkil qildilar. Bu jamg‘armaga Bobur mirzoning barcha muxlislari tomonidan 
to‘plangan mablag‘lar hisobiga Oq uy tarixiy asliga mos go‘zal shaklda qayta tiklandi. (Muallif)
 
4 
 
Kechki payt hujrada Boburning yolg‘iz o‘zi qoldi. Qosimbek kerakli odamlarga: «Hujra — 
mirzo hazratlarining xilvatgohlari bo‘ldi, kechasi ham o‘sha joyda tunamoqlari mumkin», 
deb bildirib qo‘ydi. Qo‘rchilar Boburning ko‘ziga tashlanmaslikka tirishib, hujraning orqa 
tomonida qo‘riqchilik qila boshladilar. 
Doimo ko‘pchilikning diqqat-markazida bo‘lish va podshohning har bir gapi, har bir 
harakati kimningdir taqdiriga ta’sir qilishini unutmay hamisha ziyrak va ehtiyotkor turish 
Boburni juda siqiltirar edi. Yosh tanasi erkin bo‘lishni, oddiy tengdoshlari kabi ochiq-
sochiq yayrab yurishni qo‘msar edi. Hozir u hujra ichkarisiga to‘shalgan beqasam 
ko‘rpachalar ustida boshiga yostiq qo‘ymasdan birpas chalqancha yotdi. Keyin ag‘anab 
yuztuban bo‘ldi-da, engagini kaftiga tirab, devordagi naqshlarga tikildi. Kuni bo‘yi otda 
yurib toliqqan bo‘lsa ham dam olib yotgisi kelmas edi. O‘rnidan sakrab turib bir-ikki 
marta qulochini yozib kerishdi, esnadi. So‘ng ayvonga chiqdi-da, yana atrofni tomosha 
qila boshladi. 
To‘rt tomon bahor nafosatiga to‘la. Havo musaffo bo‘lgani uchun pastda yoqilayotgan 
olovning tutuni ham odatdagidan tiniqroq ko‘rinadi. Oxiri qorli tog‘lar bilan tutashib 
ketgan vodiyning ko‘z ilg‘agan hamma joyi ko‘kalamzor. Bir yog‘ida O‘zgan, bir yog‘ida 
Marg‘ilon, uzoqlarda Isfara, Xo‘jand, Koson va Axsi — bu o‘rchin*larning hammasida 
bog‘-rog‘lar chaman bo‘lib gullaganini Bobur go‘yo xayol ko‘zi bilan ko‘rib turibdi. 
Ulug‘vor tog‘lar afsonaviy Qal’a devorlaridek atrofni o‘rab turgan bu go‘zal vodiy hozir 
avvalgidan xiyla osuda. Urush tugaganiga ikki yildan oshdi. 
Bunday tinch, mas’ud damlarda uni qog‘oz-qalam o‘ziga tortardi. Savdarlar hujraga olti 
oyoqlik miz* keltirib qo‘yishgan. Bobur miz yoniga o‘tirib «Vaqoi’» deb atagan xotira 
daftarini ochdi. So‘nggi yozuvlari— o‘zi yaqinda ko‘rgan Konibodom va Isfara haqida edi. 
Endi bu yozuvlarini davom ettirib, O‘sh to‘g‘risida bita boshladi: «O‘sh qasobasi 
Andijondan to‘rt yig‘och yo‘ldir... Boratog‘ning tumshug‘ida tarix to‘qqiz yuz ikkida3 men 
bir ayvonlik hujra soldim. Bu hujra bisyor yaxshi voqe’ bo‘libdur. Tamom shahar va 
mahalla oyog‘ ostidadur...» 
Bobur O‘shning binafshasi, lolalari, oqar suvlari, oq mavjli qizil toshlari haqida ham 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish