Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
51
degan unvonni qo‘shib aytar edi. Hozir ham Qutlug‘ Nigor xonim: 
— Janobi amirul umaro, — dedi unga. — Siz boshqa beklarning rizoligini olishda Bobur 
mirzoga ko‘mak berurmisiz? 
— Jonim bilan! Ammo beklarning ba’zi andeshalaridan faqir xabardormen. Gustohlik 
sanalmasa aytay. 
— Aytingiz, — dedi Bobur. 
Qosimbek yerga qarab, bir lahza o‘y surdi, hali oq tushmagan g‘ayir qo‘ng‘irtob 
soqolining uchlari sakarlot chakmani*ning zarrin, yoqasiga tegib, qayrildi. Nihoyat 
Qosimbek boshini ko‘tarib Boburga qaradi-yu, Samarqanddagi ulug‘ obidalar ulkan bir 
davlatning kuchi va butun viloyatlarning ishtiroki bilan qurilganini, hozir o‘sha yagona 
davlat parchalanib ketganini, Farg‘ona katta vodiy bo‘lsa ham, ammo Movarounnahrning 
faqat bir qismi ekanini gapira boshladi. Uning nima demoqchi ekanini sezgan Xonzoda 
begim istehzoli jilmayib so‘radi: 
— Janobi amirul umaro, Andijonda obidalar qurishga kuchimiz yetmaydi, 
demoqchimisiz? 
— Oliy nasab begim, siz Samarqanddek ulug‘ shahar qurish haqida so‘z ochdingiz. 
Beklar ayturlarki, ulug‘ shahar bunyod etmoq uchun yana o‘sha ulug‘ davlatni tiklamoq 
kerak. Butun viloyatlarning kuchini bir joyga yig‘moq kerak. Hozirgi parokandalik ulug‘ 
qurilishlar qilishga imkon bermagay. 
Qosimbekning bu gaplari Boburga juda mantiqli tuyuldi. U onasiga qarab bundan ham 
mantiqliroq bir so‘z kutdi. 
— Janob Qosimbek, ulug‘ obidalarni faqat Amir Temurdek sohibqironlargina qurgan 
emas, — dedi Qutlug‘ Nigor xonim. — Hirotda Alisherbek Ixlosiya, Unsiya otliq binolar 
qurmishlar, Bobur mirzoning hokimiyatlari Alisherbekning hokimiyatlaricha emasmi? Axir 
Alisherbek bir tojdorning musohibi* bo‘lsalar, Bobur mirzo mustaqil davlatning 
podshosilar-ku! 
Qutlug‘ Nigor xonimning bu so‘zlari Boburning qalbida cho‘kib yotgan eng o‘tli istaklarini 
yuzaga qalqitib chiqarganday bo‘ldi. Uning yoshlik ehtirosi bilan qalbiga tugib yurgan 
eng kuchli orzusi — janglarda katta g‘alabalarga erishib yoki ajoyib she’rlar, dostonlar 
yozib el og‘ziga tushish, so‘ng Navoiydek ulug‘ odamlarga tanilish va ularning maxsus 
e’tiborlariga sazovor bo‘lish edi. Yetti oy ovora bo‘lib Samarqandni ololmay kelganidan 
keyin, janglarda katta g‘alabalarga erishish hali ushalmaydigan bir orzu ekaniga uning 
ko‘zi yetib qoldi. Ulug‘ shoir bo‘lish orzusi ham qo‘l yetmas bir balandlikda uchib yurgan 
baxt qushiga o‘xshaydi. Bobur uni tutishga hali kuchi yetmasligini sezadi. Ammo hozir 
onasi Navoiy qurgan imoratlarni tilga olishi bilan Boburni o‘sha o‘tli orzusiga 
yetkazadigan boshqa bir yo‘l «yalt» etib ko‘ziga ko‘rinib ketdi. Navoiy qurgan Ixlosiya va 
Unsiyalarning shuhrati og‘izdan-og‘izga o‘tib, Farg‘ona vodiysiga yetib kelgan ekan, endi 
bu yerda o‘n besh yoshlik podshoh o‘shanaqa obidalar qurdirsa, ovozasi Hirotga ham 
yetib bormasmikin? Keyin, ehtimol, Navoiy ham buni eshitar, Boburning kimligini so‘rab 
bilar, uni orqavoratdan tanib qolar. Keyin balki Bobur Hirotga borar yoki Navoiy o‘zi bu 
tomonlarga kelishni ixtiyor qilar. Navoiy Husayn Boyqaroning saroyidan bezib yurganini 
Bobur ham eshitgan edi. Balki ulug‘ shoir Xurosondan Farg‘ona vodiysiga kelib, yosh 
Boburga murabbiy bo‘lar. O‘yi shu yerga yetganda Bobur juda hayajonlanib ketdi. 
Ko‘zlari yonib, Qosimbekka qaradi-yu: 
— Onam haqlar, — dedi. — Beklarni ko‘ndirmoq kerak!  
Boburning so‘nggi so‘zi farmondek eshitildi-yu, Qutlug‘ Nigor xonim bilan Xonzoda 
begimning chehralari ochilib ketdi. Ular, «Qosimbek endi yengildi», deb o‘yladilar. Ammo 
ulkan gavdali Qosimbek o‘zining keng yelkalari ortida zo‘r beklar turganini his qilganday 
hamon taslim bo‘lmas edi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish