Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
139
Yuqoridan yog‘ilayotgan ajal shotiga chiqqanlarni tutday to‘kayotgan bo‘lsa ham, bir 
necha yuz kishi shovqin-suron bilan devor tepasiga chiqib bordi. Devor tepasidagi 
jangda ikki tomondan ham juda ko‘p odam qirildi, o‘liklar tuynuklarni bekitib 
qo‘yganidan pastga o‘q otish mumkin bo‘lmay qoldi. Xon qo‘shini son jihatdan bir necha 
barobar ko‘p bo‘lib, shotilardan orqama-orqa chiqib bormoqda edi. 
Boburdan yordam so‘rab ketgan chopar Samarqandga yetib borguncha bo‘lmay 
Shayboniyxon Dabusiyani qonga belab axiri oldi-yu, himoyachilarni bitta qoldirmay 
qilichdan o‘tkazdi. 
Bu zafar xon qo‘shinining ruhini ko‘tardi. 
Endi Shayboniyxon Dabusiyani tog‘day bir tayanchga aylantirib, undan Samarqand 
ustiga sakrash tayyorligini ko‘ryapti. 
Hozir pastda o‘tkazilayotgan poyga ham — shunchaki ko‘ngil ochish uchun emas, Bobur 
bilan bo‘ladigan hal qiluvchi janglarda Shayboniyxonga eng zo‘r, eng chopqir otlar 
tanlash uchun kerak. 
Kuni kecha Samarqanddan kelgan darvish kiyimidagi bir maxfiy Boburning xotini qiz 
tuqqanini, otini Faxriniso qo‘yganlarini aytib bergan edi. 
Shayboniyxon poygada bir-biridan o‘zib, sor burgutlarday uchib borayotgan yigitlariga 
zavq bilan tikildi-yu, o‘zicha dedi, «Mayli, Bobur kuzdagi g‘alabasidan faxrlanib, qiziga 
Faxriniso deb ot qo‘ysin, kerilib, she’rini yozib yotaversin! Ungacha men burgutlarimning 
hammasini ovga o‘rgataman». 
Shayboniyxon hali hech qaysi jangga bunchalik jon-jahdi bilan tayyorlangan emas. U 
Boburni yengish oson emasligini sezardi. Bobur endi o‘n to‘qqizga kirgan yosh yigit 
bo‘lsa ham nihoyatda iste’dodli, nihoyatda dovyurak sarkarda ekanini Shayboniyxon 
amalda ko‘rdi. Hozir bu atrofdagi shaharu qishloqlarning ko‘pchiligi Boburga yon bosadi. 
Shayboniyxonning dushmanlari esa behisob. Sulton Ali mirzoning ko‘pchilik bek va 
navkarlari bultur Shayboniyxonga qo‘shilgan edi, Bobur Samarqandni olgandan keyin 
hammasi uning tomoniga qochib o‘tib ketdi. Boburning qo‘shini kun sayin ko‘payib 
boryapti. Hatto Andijondagi Ahmad Tanbal ham ukasi Sulton Xalilni ikki yuz navkari 
bilan Boburning  ixtiyoriga yuboripti. Shayboniyxon shuni eshitgandan keyin, hozir 
Boburning obro‘si juda baland ekanini, undan hatto Ahmad Tanbal ham qo‘rqib qolganini 
sezdi. Bu ketishda yozga borib Boburning qo‘shini yana ham ko‘payadi. Shayboniyxon 
hal qiluvchi jangni tezlatmasa, keyin yutqizadi. 
 
_____________ 
* D a b u s i ya — «Temir qo‘rg‘on» demakdir. Ziyoviddin degan joyda hozir bu qal’aning xarobalari bor.
 
*  *  * 
 
Shayboniyxon sultonlari bilan kengashib, erta bahorda Buxoro va Dabusiya qal’asini 
ishonchli odamlariga qoldirdi-yu, o‘zi Samarqand tomonga qo‘shin tortib kela boshladi. 
Shundan sal oldin Shayboniyxon Boburga maktub yo‘llab, uni masof urushga* 
chaqirgan, «Mardlar maydonda sinalgay, qal’ada bekinib yotish yosh bolaning ham 
qo‘lidan kelur!» degan mazmunda achchiq kinoyalar qilgan edi. 
Nihoyat, Bobur ham Samarqanddan qo‘shin bilan keldi-yu, Saripulda* Shayboniyxon 
askarlaridan bir tosh berida to‘xtab, jangga tayyorlana boshladi. Bobur Zarafshon 
daryosi ko‘rinib turgan bir joyni o‘rda qilib, atrofiga chuqur xandaqlar qazitdi, shox-
shabbalardan o‘q o‘tmaydigan ihotalar yasatdi. 
Shunga qaraganda Bobur masof urushga uncha tez kirishmoqchi emas edi, orqadan 
yana yangi kuchlar yetib kelishini kutmoqchi edi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish