Kutubxonasi



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/34
Sana12.12.2019
Hajmi0,91 Mb.
#29736
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
choliqushi ziyouz com


www.ziyouz.com kutubxonasi 
202
O‘nboshining shunday bemahalda Qushadasidan kelishi bejiz bo‘lmasa kerak. Doktor: 
— Inshoolloh, tinchlikdir. Men pastga tushib bilib chiqay. Kechikib qolsam yotaver, 
kichkina, — dedi.  
Xayrullobey o‘nboshining oldida bir soatcha qolib ketdi. Yuqoriga yuzi qizarib, 
qovoqlari osilib chiqdi. 
— O‘nboshi nimaga kelibdi, doktorbey? — dedim. 
U jahli chiqib, baqirib berdi: 
— Senga borib yot demadimmi? Nima qilasan surishtirib? Voy bu qizlarning miyasizli-
gi-ey! O‘zimga tegishli ish. 
Xayrullobeyning tabiatini yaxshi bilib olgan edim. Bunday paytlarda gapini qaytarib 
bo‘lmaydi. Chor-nochor shamdonni olib, xonamga chiqib ketdim. 
Ertasiga ertalab uyg‘onsam, Xayrullobey muhim ish bilan shaharga tushib ketibdi. Bu-
gun qaytmasam, tashvish qilmasin, deb tayinlabdi. 
O‘nboshi keltirgan xabar doktorni qattiq bezovta qilgan ko‘rinadi. 
Choshgoh mahalida doktorning uyini yig‘ishtirib turib, karavoti yonida konvert parcha-
siga ko‘zim tushib qoldi. Oldim. Kattakon bir idoraning muhri bosilgan bu konvert ustida 
faqat “Qushadasi maktabi mud” degan so‘zlargina qolibdi. Harholda, bu xat menga tegi-
shli bo‘lishi kerak... Konvert parchasi meni chuqur o‘ylatib qo‘ydi. Ajabo, buni kecha 
o‘nboshi keltirdimikan? Unday bo‘lsa nima uchun Xayrullobey mendan yashirdi? Innay-
keyin, menga tegishli rasmiy xatni qanday qilib ochadi? Yo‘q, bunday bo‘lishi mumkin 
emas, miyamga boshqa fikr kela boshladi: bu konvert, albatta, kitob orasida Qushadasi-
dan kelgan. 
 
*  *  * 
Qusha-da-si, 25 sen-tyabr. 
Hayotni rasvogarchilikdan iborat deganlar naqadar to‘g‘ri aytishgan! 
 
*  *  * 
So‘nggi voqeani daftarimning so‘nggi sahifasiga boricha yozayotibman. O‘zimdan na 
bir e’tiroz so‘zi va na bir tomchi ko‘z yoshi qo‘shaman. Men buni istamayman.  
Xayrullobey meni chorbog‘da ikki kun kutdirdi. Uchinchi kecha tashvishim shu daraja-
ga yetdiki, ertasiga ertalab nima bo‘lsa ham arava qo‘shtirib, o‘zim shaharga tushishga 
qaror qildim. Lekin ertalab uyg‘onsam, o‘zi kelib qolibdi. 
Beg‘am, beparvo Xayrullobeyni hech mahal bunchalik parishon, bunchalik charchagan 
avzoda ko‘rmagan edim. Har mahalgiday sochlarimga lablarini tegizdi-da, yuzimga 
diqqat bilan qarab: 
— Eh, xudo jazolarini bersaydi! Tuf!.. — dedi.  
Boshimga yangi falokat tushganini payqadim, lekin so‘rashga jur’at etmadim. 
Xayrullobey qo‘llarini cho‘ntaklariga solib olib, ancha o‘ylanib yurdi. Keyin qo‘llarini 
yelkalarimga qo‘yib: 
— Kichkina, bir nima bilganga o‘xshaysan, — dedi. 
— Yo‘q, doktorbey.  
— Bilasan, bo‘lmasa indamay o‘tirmas eding. Albatta surishtirarding. 
G‘oyat og‘ir, jiddiy hayajon bilan: 
— Yo‘q, doktorbey, hech narsadan xabarim yo‘q, — dedim. — Faqat ta’bingizning tir-
riqligini, iztirob chekayotganingizni ko‘rib turibman, biron qayg‘ungiz bor. Mening ham 
homiyim, ham otam bo‘lganingiz uchun sizning qayg‘ungiz mening ham qayg‘um, shun-
day emasmi? Nima bo‘ldi? 
— Farida qizim, o‘zingni yetarli darajada quvvatli sezasanmi? 

Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
203
Maroqim vahmimdan oshib tushdi. O‘zimni vazmin ko‘rsatishga kirishib: 
— Men dadil qizman, buning isbotini bir necha marta o‘zingiz ham ko‘rgansiz. Aytave-
ring, doktorbey,— dedim. 
— Farida, mana bu qalamni qo‘lingga ol, aytgan narsalarimni yoz. Tur, qizim, qari 
do‘stingga bahuzur ishonaver. 
Xayrullobey to‘xtab-to‘xtab, o‘ylab-o‘ylab shu satrlarni yozdirdi: 
“Qushadasi maorif prezidiumi kengashi oliylariga. 
Maorif sohasidagi xizmatimni davom ettirishga salomatligim yo‘l qo‘ymagani sababli, 
Qushadasi qizlar rushdiyasi mudirligidan meni ozod qilishingizni so‘rayman, afandim”. 
— Endi, qizim, o‘ylanib o‘tirmasdan, bir nima so‘ramasdan qog‘ozga qo‘l qo‘yu, menga 
ber. Qo‘llaring titrayapti, Farida. Yuzimga ham qaray olmayapsan. Mayli, qizim, mayli, 
qaramaganing yaxshi. Chunki pok ko‘zlaring bilan menga qarasang, o‘zimni yo‘qotib 
qo‘yaman. Yomon hodisa bo‘lganini tushunding, shunday emasmi? Endi quloq sol, Fari-
da. Agar o‘zingni uradigan, hayajonga tushadigan bo‘lsang, gapimni shartta kesishga 
majbur bo‘laman. Sen hamma gapdan xabardor bo‘lishing kerak. Farida, hayotga ara-
lashgan shu uch yilning ichida odamlarning qanday maxluq ekanligini bilib oldim, deb 
o‘ylaysan, shundaymi? Bekor o‘ylabsan, men oltmishga kirib qolibman-u haligacha odam 
bolasining nimaligiga aqlim yetmaydi. Men dunyoda ming xil pastkashlik, sharmandagar-
chilikni ko‘rdim-u, lekin bundaqangisini qari kallamga hech sig‘dira olmayman. Bilasan, 
ikkalamiz dunyoda eng toza, eng halol, qadrdon do‘stlarmiz, shunday emasmi? Kasal 
vujudingni oylarcha o‘z qo‘lim bilan parvarish qildim, xuddi o‘z qizimday parvona 
bo‘ldim. Bilasanmi, bizning to‘g‘rimizda nimalar o‘ylashyapti, nimalar deyishyapti, Fari-
da? Yo‘q, tasavvur qilolmaysan. Men sening oshig‘ing emishman! Yuzingni to‘sma, yo‘q, 
boshingni baland ko‘tar. Yuzi qoralargina shunday qilishi mumkin, sen bo‘lsang, aksin-
cha, pok qizsan. Biz nima qildikki, bir-birimizdan uyalaylik? Gapimga quloq sol, Farida, 
quloq sol, oxirigacha eshit. Bu la’nati bo‘hton eng avval maktablaringda tug‘ilibdi. Mualli-
malaring orqavoratdan bizning to‘g‘rimizda har xil bo‘lmag‘ur narsalar ayta boshlashibdi. 
Sababi ma’lum: ular turganda sening mudira bo‘lishing-da. Men bundan olti oy avval 
senga bildirmasdan, Izmirda daftardor bo‘lib ishlovchi bir do‘stimga ikki enlik xat yozib, 
sening martabangni ko‘tarishlarini iltimos qilgan edim. Senga bir xizmat qilib qo‘yay 
devdim-da. Bu harakatning men tomondan bo‘lishi shubhalarini orttiribdi. 
Bu fisqi fasod olovi oylardan beri tutab kelar ekan. Axiri bu narsa maorif kengashma-
siga, hatto qaymaqom*ning qulog‘igacha yetib boribdi. Ana shundan ke-   yin uzundan-
uzoq qog‘ozlar yozishib, tekshira boshlashibdi. Viloyat maorif mudirligida tarjimai holing-
ni tekshirib boqishsa, bir nechta qorong‘i nuqtalar topilgan emish. Masalan, Istambuldan 
B...ga kelishing, keyin markaziy rushdiyadan o‘z ixtiyoring bilan bo‘shab, bir xilvat qish-
loqqa ketishing — ularda qochib yurmaganmikan degan shubha tug‘diradi. Bir necha oy-
dan so‘ng noma’lum bir yerdan yordam keladi. Maorif maydonida misli ko‘rilmagan bir 
sur’at bilan martabang oshib borgan, ya’ni oddiy qishloq o‘qituvchiligidan xotin-qizlar bi-
lim yurti o‘qituvchiligi darajasiga ko‘tarilgansan. Ke-  yin u yerdan ham sababsiz bo‘shab 
ketgansan. Bu safar boshqa viloyatga ketgansan, lekin u yerda ham qo‘nim topolmagan-
san. Ch... maorif kengashmasidan kelgan javobni o‘qib chiqdim, ichimga bir chelak 
zahar quyilganday bo‘ldi, Farida! Go‘yo sen u yerda... Yo‘q, yo‘q, aytmayman!.. Tarbiya-
li, yuksak ilmli urfon xodimlarining qalamlaridan, og‘izlaridan chiqqan narsalarni mening 
betayin askar og‘zim ham aytishga nomus qiladi. Bilasan, men og‘zimga kelganini qay-
tarmayman, eng jirkanch so‘zlarni ham og‘zimda tutib qololmayman. Xullasi, Faridajon, 
yarali ohuni ov itlari qanday o‘rab olishsa, sening atrofingni ham shunday o‘rab olishgan. 
Eng mas’um harakating o‘zingga qarshi dalilga aylangan, protokollarga, tergov qog‘ozla-
riga tushgan. O‘quvchi qizlaring kasal bo‘lgan paytlarda meni maktabga chaqirganing, 

Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
204
kichkinamiz o‘layotganda chidayolmasdan boshingni bir zumgina yelkamga qo‘yganing, 
kasal bo‘lib qolganingdan keyin tepangda kechirgan soatlarim — bularning hammasi ji-
noyat emish! Yuzsizligimiz shu darajaga yetgan emishki, bu yerlarning urf-odatini, no-
mus va iffatini poymol qilibmiz. Atrofimizdagi odamlarni pisand qilmagan emishmiz. 
Hammaga seni kasal deb e’lon qilib, o‘zimiz dalalarda qo‘ltiqlashib yurgan, molaga minib 
o‘ynagan emishmiz. Maktabdagi ishingni tashlab qo‘yib, bog‘imda ot choptirib yurgan-
mishsan. Bular ham ozlik qilib, endi shahar tashqarisidagi xilvat chorboqqa chiqib ketgan 
emishmiz! 
Faridajon, senga bu gaplarni qanday eshitgan bo‘lsam, xuddi shunday, bo‘yamasdan 
aytib berdim. Yolg‘on tasallilar bilan seni yana bir necha vaqtgacha ovuta olardim. Umid-
laringni sekin-sekin, birma-bir sindira bilardim. Lekin unday qilmadim. Nima uchun, bila-
sanmi? Kasbim, yoshim menda bir ishonch hosil qildi: odam zaharni birato‘la yutishi ke-
rak, unda yo o‘ladi, yo qutuladi. Zaharni sirop bilan, bilmayman, yana nima balolar bilan 
aralashtirib qultum-qultum ichishdan yomon narsa yo‘q. Falokatni jinday-jindaydan ay-
tish nima-yu, odamni arralab o‘ldirish nima! 
Shunday, Farida, hayotdan qattiq shapati yeding. Yolg‘iz bo‘lsang, seni bu zarba o‘ldi-
rardi. O‘ylab ko‘r-a, shuncha odam qushday bir bolaning ustiga tashlansa, nima bo‘ladi? 
Shukr qil, tasodif seni chirindi chuquriga tashlangan bir qari chol bilan uchrashtirdi. Um-
rim soati allaqachon o‘n birni urib bo‘lgan. Mayli, ziyoni yo‘q. Senga xizmat qilish uchun 
qolgan umrim ham yetadi. Shunga muyassar bo‘lsam, bir to‘da ahmoqona g‘iybatlar 
ichida xazon bo‘lgan kunlarimga achinmay o‘taman. Qo‘rqma, Farida, bu ham o‘tib keta-
di. Yoshsan, umidingni uzma, hali baxtli kunlaring bo‘ladi, ko‘rasan. 
Iste’fongni o‘zim eltib bermoqchi edim, aynidim. Seni shu ahvolda yolg‘iz tashlab ke-
tib bo‘lmaydi. Yosh bolalar hayotida ba’zan ahamiyatsiz narsalar ham ahamiyat kasb 
etib qoladi. Yur, Farida, ochiq havoga chiqaylik, qo‘ylar, sigirlar oldiga boraylik. Bu hay-
vonlar ko‘rgan yaxshiliklarini evazsiz qoldirishmaydi, ishonaver. 
Qari doktor iste’fomni konvertga solib, o‘nboshiga berdi. 
Bu bir parcha qog‘oz umrimning bir bo‘laginigina emas, ko‘nglimning so‘nggi tasallisini 
ham olib ketdi. Naqadar alamli, yo rabbiy, naqadar alamli! Nimagaki umid bilan qo‘l 
cho‘zsam, umidim puch chiqadi, nimagaki mehr qo‘ysam o‘lib ketadi! Mana, uch yil avval 
kuz oqshomlarining birida qizlik ro‘yolarim, bular bilan birga o‘z bolalarim haqidagi orzu-
umidlarim, keyin esa Munisam o‘ldi. Bular orqasidan zora yetim ko‘nglimni ovutishsa, 
deb umid qilgan o‘quvchilarimdan ayrildim. Jo‘jalarini tahlikada ko‘rgan ona qush singari 
meni talpintirgan, titratgan bu narsalar kuz yaproqlari kabi birin-ketin xazon bo‘lib, 
to‘zg‘ib ketyapti. Men hali yigirma uchga to‘lganim yo‘q. Yuzimdan, tanimdan bolalik iz-
lari ketgani yo‘q, lekin ko‘nglim o‘zim mehr qo‘ygan narsalarimning o‘liklari bilan to‘ldi! 
 
*  *  * 
Xayrullobey uch kungacha yonimdan bir qarich ham jilmadi. Shunchalik katta falokat 
oldida o‘zimni og‘ir tutishimga, sukut qilishimga ishona olmas edi. Kechalari yotganim-
dan so‘ng eshigimga kelib: 
— Farida, bir nima kerak emasmi? Uyqung kelmayotgan bo‘lsa, kirayin, — deydi. 
Uchinchi kuni ertalab barvaqt turdim. Havo iliq, osmon ochiq, xuddi may kunlari dey-
siz. Xayrullobeyga o‘zim sut sog‘ib keldim, nonushta tayyorladim. 
Qo‘limda patnis, chehramda nash’a bilan uyiga kulimsirab kirganimda, doktor meni 
ko‘rib suyunib ketdi. 
— Ofarin, Farida! Juda xursand bo‘ldim. Nima qilasan, dunyoning dardini tortmagan 
endi sen qoluvdingmi? — dedi. 
Derazasini ochdim, ivirsib yotgan narsalarini yig‘ishtirdim. Keyin chorbog‘dan, qo‘ylar-

Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
205
dan, cho‘ponlardan gap ochdim. Tinmay gapirar, kular, hatto bir mahallardagi, eski 
maktabimdagi singari ora-sira hushtak ham chalib qo‘yardim. 
Xayrullobey ta’rif qilib bo‘lmaydigan darajada suyundi. Uning xursandligini ko‘rgan sa-
rim ko‘nglim ochilib bordi. 
Nihoyat, ko‘nglimdagi gapni aytish payti keldi. Doktorning kursisini derazaga yaqin 
keltirib qo‘ydim, tizzalarini issiq narsa bilan yopdim, o‘zim esa deraza tokchasiga o‘tirib 
oldim. 
— Sizga aytadigan gaplarim bor edi, doktorbey, — dedim. 
Xayrullobey ko‘zlarini qo‘li bilan to‘sib: 
— Ayta qol, lekin pastga tush. Xudo ko‘rsatmasin, yiqilib-netib ketma, — dedi. 
— Xavotir qilmang, doktorbey, mening yoshlik chog‘larim daraxt shoxlarida o‘tgan. 
Hozir sizni xursand qiladigan bitta gap aytaman. Ko‘ryapsizmi, men qanday og‘irman? 
Kecha kechasi muhim bir qarorga keldim. 
— Nima qilmoqchisan? 
— Yashamoqchiman.. 
— Bu nima deganing? 
— Tushunmayapsizmi? O‘zimni o‘zim o‘ldirmayman deganim-da! Chunki bir necha 
kun avval chindan ham shunday qarorga kelgan edim. 
Bu so‘zlarni hazillashayotgan bola tili bilan, kulib turib aytdim. Qari doktor vahimaga 
tushib, o‘rnidan sakrab turib ketdi. 
— Nima deb laqillayapsan, zing‘archa! Bu nimasi? Agar sening o‘rningda men o‘tirgan 
bo‘lsam, vahmdan pastga yiqilib chalpak bo‘lib ketardim. Bas, tush pastga, xudo xay-
ringni bersin, tusha qol. Yana biron falokat bo‘lib-netib qolmasin... 
Men kulib yubordim. 
— Yashamoqchi bo‘lganimni aytganimdan keyin ham yiqilib ketishimdan qo‘rqish 
g‘alati emasmi, a, doktorbey? Nima uchun yashashga qaror qilganimni bilasizmi? Hozir 
aytib beraman. Anchagina sabablari bor. Avvalo, o‘zimni o‘ldirishga yuragim dov ber-
maydi. Siz mening hadeb o‘limdan gapirishimga parvo qilmang. Har nima bo‘lganda ham 
o‘lishdan juda qo‘rqaman. O‘lishdan boshqa chora qolmasa ham, baribir, qo‘rqaman, 
doktorbey. 
Bu so‘zni qo‘llarimni uzatib, bo‘ynimni egib turib, samimiyat bilan aytdim. 
Xayrullobey hayajon bilan qo‘limdan ushladi, tortib tushirib bir kichkina kursiga 
o‘tqazdi. 
— Hech tushunib bo‘lmaydigan maxluqsan-da, Farida! Bir qarasang — mushtumday 
kichkina bolasan, bir qarasang — donishmandlarga o‘xshaysan, g‘alati odatlaring, odam 
ishona olmaydigan dovyurakliging bor... Juda soz, ayt, Farida, qulog‘im senda. 
— Siz birdan-bir do‘stim, ayni zamonda otamsiz. Xo‘p, yashayman. O‘zimni o‘ldira ol-
masligimni tushunganimdan keyin yashamay nima ilojim bor? Lekin qanday yashayman? 
Menga yo‘l ko‘rsating. Biron ma’qul narsa o‘ylab topsangiz, qanday yaxshi bo‘lardi! 
Xayrullobey qoshlarini chimirib, o‘ylanib qoldi. Bir ozdan keyin: 
— Farida, — dedi, — bu narsalarni men ham o‘ylovdim. Faqat o‘zingga kelguningcha 
aytish fikrim yo‘q edi. Modomiki, o‘zing o‘zingni tetik seza boshlabsan, xo‘p, qizim, ayt-
sam ayta qolay. Eng avval muallimalik qilishdan butunlay umid uzishing kerak. Bo‘lib 
o‘tgan voqea to‘g‘risida bugun senga ba’zi tafsilotlarni berishim mumkin. Bundan o‘n kun 
avval viloyatdan bir inspektor keldi. Morjniki singari og‘zidan so‘yloq tishlari turtib 
chiqqan, badbashara bir nusxa! Ana shu nusxa raisligi ostida bir tekshirish komissiyasi 
tashkil qilishgan ekan. Arizangga binoan bo‘shatishdan avval seni tergab ko‘rishmoqchi 
bo‘lishibdi. O‘sha kechasi o‘nboshi keltirgan qog‘oz chaqiriqnoma edi. O‘ylab ko‘r-a, Fari-
da, sen shunday bir hay’at oldiga qanday qilib borarding? Qabihlarning og‘zidan chiqqan 

Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
206
iflos tuhmatlarga qanday javob qilarding? Bu xabarni eshitib aqlim boshimdan uchdi. Ko-
missiya yig‘ilgan xonani ko‘z oldimga keltirdim: seni u morj tishli nusxa qarshisida qora 
chorshafda, sarg‘aygan bola chehrasida, bo‘yningni egib turganingni ko‘rdim. Seni par-
chalab tashlash qasdida bo‘lgan u nusxa “Bo‘ri bilan Qo‘zichoq” masalidagi yirtqich sin-
gari suvdan bahona izlar, o‘zi singari iflos, sharmanda bo‘htonlarni takrorlardi. Aqlini yeb 
qo‘ygan soldatning sal-pal qo‘pol so‘zlari oldida rangdan rangga kiradigan mas’um 
yuzing, hurkak ohu ko‘zlaring o‘sha morj ro‘parasida termilib tursinmi?.. 
Xayrullobeyning halim, moviy ko‘zlarida men hech mahal ko‘rmagan g‘azab olovi 
chaqnadi. U iyagini qaltiratgan, tishlarini g‘ijirlatgan bir titroq bilan mushtini silkitib: 
— Shu chiroyli og‘zimni bir ochdim, morjnusxani shunaqayam boplab savaladimki, Fa-
rida... Shunda sassiq vujudiga o‘q urishsa, bir tomchi ham qon chiqmas edi. Ilgari kuni 
eshitdim, meni sudga beribdi. Qani endi sud tezroq bo‘la qolsa! U ifloslarning qilmish-
qidirmishlarini sudda betlariga solib bir xumordan chiqayki!.. 
Qari doktor ko‘zlaridagi u g‘azab olovi, yuzidagi u dahshat qizilligi yo‘qolguncha jim 
turdi. Keyin yana eski iliqlik, mehr bilan menga qarab, ilgarigi halim tovushi bilan gapira 
boshladi: 
— Ikki o‘rtada nima bo‘lsa ham senga bo‘ldi. Kaltak sening boshingda sindi. Meni 
zo‘rlab iste’fo yozdirdi, deb keyincha xafa bo‘lib yurishingni xohlamayman. O‘qituvchilik 
bilan aloqangni butunlay kesishing kerak edi. Olloh bu ko‘zlarni, bu lablarni kulish va te-
varakdagilarni baxtiyor etish uchun yaratgan. Morjnusxalar oldida titrasin, yig‘lasin deb 
emas... Farida, senga yana bir narsa aytmoqchiman. Endi sening oldingdagi mas’uliya-
tim ikki baravar ortdi. Chunki bu falokatning tushishiga men sababchi bo‘ldim. Shuning 
uchun buni daf qilish ham mening zimmamga tushadi. Yana qayta aytaman: bir yerga 
borib ishlash fikrini miyangdan chiqar. Bugungi mushkuldan bir amallab qutulib ketar-
miz, lekin ishga kirguday bo‘lsang, ertaga boshqa bir bahona bilan yana sho‘ringni quri-
tishadi. Buning ustiga, balki u vaqt men dunyoda bo‘lmasman. Qani, kel, ikkalamiz birga 
o‘ylashaylikchi. Istambulga, qarindoshlaring oldiga qaytishning iloji bormi? 
Boshimni solintirdim. 
— Yo‘q, doktorbey, ular men uchun tamom bo‘lgan odamlar. 
— Bo‘lmasa, yana bitta chorasi bor: ajoyib bir yigitga turmushga chiqsang qalay 
bo‘lar ekan? 
— Yo‘q, doktorbey. Dunyodan toq o‘tishga ahd qilganman. 
— Erga tegsang baxtli bo‘lishingga mening ham uncha ishonchim yo‘q, Farida. U la’-
nati qalbingga shunday kirib olibdiki, chiqarib tashlashning hech iloji yo‘q. 
— Doktorbey, oyoqlaringizni o‘pay, xohlagan narsangizdan gapiring, lekin bu to‘g‘ri-
da... 
— Xo‘p, xo‘p, kichkina, xo‘p. 
— Qulluq, doktorbey. 
Xayrullobey mo‘ylovlarining uchini tishlab turib, anchagina o‘ylandi. 
— Xo‘p, bo‘lmasa nima qilamiz? Muhtojlikdan qo‘rqmasang ham bo‘ladi, buning xavfi 
yo‘q. Chunki mana shu kichkina bog‘u chorbog‘imdan tushib turadigan daromad ikkala-
mizga ham bahuzur yetadi. Gapning rosti, pullarimni nima qilsam ekan, deb o‘zim ham 
boshimni qotirib yurardim. Sening baxting yo‘liga sarf qilmasam, nimaga sarf qilaman? 
Beradigan javobim uni xafa qilishini bilardim, nachora, aytmasdan ilojim yo‘q. Tizzala-
rini silab, qo‘rqib turib: 
— Lekin, doktorbey, sizdan pul yordamini qaysi sifatda qabul qilishim kerak? Shundan 
keyin men nima degan odam bo‘laman? — dedim. 
Xayrullobeyning jahli chiqmadi, biroq ko‘ngli ozor topib, yuzimga o‘pkalanib qaradi. 
— Ayb, Farida, ayb! — dedi. — Bir-birimizga shunchalik suyanib qolganimizdan keyin 

Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
207
bunday deyishing ayb. Lekin, afsuski, sen hech nimani parvo qilmaydigan, mustaqil, er-
kin ko‘rinsang ham, haqiqatda to‘pori, burnidan narisini ko‘rmaydigan, sho‘ri qurigan qiz 
ekansan. “Xinali  qo‘zi” deb atalganlar toifasidan chiqib qolding... Bunday bo‘lmasligi ke-
rak edi, nima qilaylik, bo‘lar ish bo‘ldi. Endi mening gaplarimga diqqat qil, Farida. Qari, 
samimiy do‘stidan kichkinagina yordam olishni ham o‘ziga ep ko‘rmaydigan sen singari 
mag‘rur bir qiz ana shuncha gap-so‘zdan, g‘iybatdan, tuhmatlardan ke-   yin qanday 
qilib yakka o‘zi yashay oladi? Shuning uchun ham boshingni ikkita qilib qo‘ysak qalay 
bo‘lar ekan devdim, Farida. Birovdan yordam olishni xohlamaysan, ishlashni xohlaysan, 
lekin buning imkoni yo‘q. Birga turaylik, ajrashmaylik desam, bunga ham ko‘nmaysan, 
shunday emasmi? Ana, boshingni solintirib olding, javob berging yo‘q-da. Lekin rostini 
aytganda, mening o‘zim ham buni mushkulni oson qiladigan to‘g‘ri yo‘l deb hisoblamay-
man. Ko‘nglimizda bor gaplarni nega endi shartta-shartta ochib aytmaylik? Xabaring 
yo‘q, mahalla nomidan shahar boshlig‘iga elchilar boribdi. Meni uyimda oila a’zoyimdan, 
qarindosh-urug‘larimdan bo‘lmagan bir qiz bilan turadi, bu urf-odatimizga, shariatimizga 
to‘g‘ri kelmaydi, deb shikoyat qilishibdi. Hatto, hatto sening boshqa yurtga yuborilishing-
ni ham talab etishibdi. Hammaning aybini betiga soladigan “ko‘rqozi” bo‘lganim uchun 
meni odamlar uncha yoqtirishmaydi. Shu bahonada nima uchun menga ham bitta tayoq 
tushirib qolishmasin, shunday emasmi? Gapning qisqasi, Faridajon, na men bilan yasha-
shingning imkoni bor va na o‘z boshingga yashashingning. Nohaq shubhalar bilan 
hayotingni zaharlashadi. Bu la’nati dog‘ qaerda bo‘lsang ham seni tinch qo‘ymaydi. 
O‘tmishingdagi kichkina qora dog‘ ham har bir muttahamga, har bir firibgarga seni 
haqorat qilish huquqini beradi. Nima qildik endi, Farida? Nima chora topsak ekan? Seni 
qanday qilib himoya qilsak ekan? 
O‘lim to‘shagida yotgan kasal mazlumligi bilan yuziga qaradim, qalbimdagi chuqur 
umidsizlikka qaramay kulimsirab turib: 
— Nihoyat, o‘limni o‘ylashga haqqim borligini siz ham tan ola boshladingiz. Mana shu 
quyoshga, mana shu daraxtlarga, hov anovi uzoqdagi dengizga bir qarang-a, doktorbey. 
Menchalik joni bo‘g‘ziga kelmagan bir inson o‘z qalbining rizoligi bilan mana shu ajoyib 
dunyodan ketgisi keladimi? 
Xayrullobey qo‘li bilan og‘zimni yopdi. 
— Bas endi, Farida, bas qil! Umrimda qilmagan noma’qulchiligimni hozir qildirasan. 
Hali zamon yosh boladay ho‘ngrab yig‘lab yuboraman. 
Yaproqlari to‘kilgan yalang‘och shoxlar orasida porlab turgan kuz quyoshiga qo‘l 
cho‘zib: 
— Men anchagina qarib qolganman. Men o‘z umrimda odamlarning qayg‘u alamlarini, 
bechorachilik va muhtojliklarini juda ko‘p ko‘rganman. Mana shu qo‘llarim bilan qancha 
ochiq qolgan ko‘zlarni yopganman. Lekin men oldimda o‘lish majburiyatida shu qadar 
xotirjamlik bilan so‘zlayotgan mana shu chiroyli qiz yuzidan, kulish bahonasini qidi-
rayotganday titrayotgan yaramas lablaridan ham zo‘rroq fojiani ko‘rmaganman! 
Xayrullobey tizzalari ustidagi yopiqni irg‘itib tashlab, xona ichida anchagina o‘y surib 
yurdi. Keyin oldimda to‘xtab: 
— U holda oxirgi chorani qo‘llaymiz, — dedi. — Seni shariatlariga muvofiq shart bilan 
uyimda olib qolaman, shu tariqa himoya qilaman. Tayyor bo‘l, Farida. Kelasi payshanba-
da... 
*  *  * 
Bir haftadan beri Qushadasidaman. Ertaga kelinchak bo‘laman. Xayrullobey ham o‘zining xu-
susiy ishi, ham uyga ba’zi yangi buyumlar olish niyati bilan ilgari kuni Izmirga tushib ketdi. Bu-
gun kechqurun kelar ekan, telegramma oldim. 
Yangi buyumlarning hojati yo‘qligini aytib edim. G‘alati dalillar keltirib, qarshi chiqdi: 

Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
208
— Yo‘q, nishonli xonim, bu qarib qolganligimni pesh qilish bo‘ladi. Ha, taqdir oramizga 
o‘ttiz besh-qirq yilni suqib qo‘yib, katta xato qilgan, lekin buning ahamiyati yo‘q. Asl 
yoshlik — ko‘ngil yoshligidir. Sen menga qarama. Men yigirma yoshli yigitlardan ham 
bardamman. Innaykeyin, seni yasangan-tusangan kelinchak holingda ham ko‘rgim kela-
di. Men beva erkak hisoblanaman, shuning uchun orzum ichimda ketmasin. Senga Iz-
mirdan alomat kelinlik sarpolari olib kelaman. 
Men ro‘paramga qarab, indamay turdim. Xayrullobey so‘zini davom ettirdi: 
— Innaykeyin, senga ko‘rmana sovg‘asi beraman, shunaqayam alomat sovg‘a bo‘ladi-
ki! Qani top-chi: baldoq, uzuk, marjon, inju, qaysi biri? Yo‘q, topolmaysan, bularning 
hech bittasi emas. Boshingni qotirma, topolmaysan. Men senga bitta yetimxona sovg‘a 
qilaman! 
Ajablanib yuziga qaradim. U xursand bo‘lib kular edi. 
— Ko‘rdingmi, senga yoqadigan narsani topganimni,— dedi. — Olajaqoyadagi chor-
bog‘imizni o‘ttiz-qirq kishilik yetimxonaga aylantiraman. Tevarak-atrofdagi yetim-esirlar-
ni to‘playmiz. Men doktorlik qilaman, sen bo‘lsang muallimalik, ham onalik qilasan. 
Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish