www.ziyouz.com kutubxonasi
222
kutilmagan baxt-a!” desa bo‘ladimi? Boyoqish Narmin menga yaxshilik qilaman deb,
o‘zini sharmanda qilib qo‘ygani menga shunaqayam qiziq tuyuldiki, men piqillab kulib
yubordim. Bechora ofitser yanglishganini tushunib, qochvordi... Qochmay nima ham qil-
sin: Narmin o‘rnida kap-katta xotinni ko‘radi-yu...
Komron kulimsirab turib eshitdi. Farida davom etdi:
— Lekin bechora qizning sirini senga aytib, ko‘p yomon ish qildim. Tiyilib o‘lmagan ti-
lim qo‘ymadi-da... Jon Komron, xudo haqqi, birovga og‘zingdan chiqarma, xo‘pmi? Balki
kelajakda, kim bilsin, Narmin unga ko‘ngil qo‘yib qolar... Og‘zingdan chiqarmasang,
ularga qiladigan yaxshiliging shu bo‘ladi...
— Va’da beraman, Farida. Lekin Narmin hali juda ham yosh-ku...
Farida:
— Ehtimol. Lekin bunaqa yoshlarning qalbi ko‘ringaniday bo‘lib chiqavermaydi, — de-
di.
Uning so‘zlarida zaif bir gina bor edi.
Shu so‘zlardan keyin anchagacha jim borishdi. Hamon yonma-yon ketishardi. Shamol
asta-sekin susayib, ularning qadamlari ham sekinlashib bordi. Bechoralar yo‘lning tuga-
shidan qo‘rqar edilar.
Komron ichida ezilib o‘ylardi: “Boyagina tabiat menga ma’nosiz, o‘zim esam keraksiz
bir narsa bo‘lib ko‘ringan edi... Endi esa pushtirang qizaloq chorshafi ichida titrayotgan-
day ko‘ringan nozik, kichik, chiroyli narsani shamoldan bir ozgina himoya qilish menga
qanchalik baxt keltirdi. Hamma vaqt shunday bo‘lishi mumkin edi. Men bu kichkina,
ko‘hlikkina vujudni xohlasam baxtiyor qila olar, o‘zim ham baxtiyor bo‘la olardim... Af-
sus!”
Farida xayolga cho‘mib, qadamlarini asta-asta sekinlashtirib borardi. U birdan yana
gapira boshladi, gapirganda ham hozirgi suhbatlariga hech aloqasi bo‘lmagan narsalar
to‘g‘risida gapirardi:
— Har nima bo‘lganda ham, bu kichkina sayohat bahrimni ancha ochdi. Bir-ikki yil ga-
shtini surib yuraman... Keyin, xolalarimni, hammangizni sog‘insam, tag‘in kelaman...
Ana shunday qilib, yillar o‘tadi, sekin-sekin sochlarim oqara boshlaydi, seniki ham shun-
day bo‘ladi, albatta. Bir-birimizni ko‘rganimizda yana xursand bo‘lamiz, ayrilganimizda
esa achinishimiz balki ozayib borar... Kim biladi, bir kun emas-bir kun butunlay qaytib
ham kelarman, shunday emasmi? Hayot bu, har narsa bo‘lishi mumkin... Ana shunda
sen mening chinakam akam bo‘lib qolasan... Qarilar birin-ketin ketishgan sari biz ham
bir-birimizning qadrimizga ko‘proq yetadigan bo‘lamiz. Mayda, ahamiyatsiz kamchilikla-
rimizga ortiqcha parvo qilmaymiz. Shunday qilib, umrimizning so‘nggi damlarini yoshlik
chog‘larimiz o‘tgan yerlarda...
Ovozining billuridagi ko‘rinmas darz jarangi kuchayib, so‘zlariga yashirin huzun va
alam ohangi berib borardi...
Yo‘lda bolasi bilan ketayotgan bir tilanchi xotinga duch kelishdi. Yalang oyoq bola Fa-
ridaning atrofida parvona bo‘lar, ozg‘in qo‘llari bilan uning etaklarini silardi.
Komron xotinga xayr berdi. Farida esa kichkina yetimchalarni suyib-siypashga o‘rga-
nib qolgani uchun gadoy bolaning boshini silashdan jirkanmadi.
Ular yana yurib ketishganda, tilanchi xotin orqalaridan duo qilib qoldi:
— Xudoyim bir-biringizdan ayirmasin. Xudoyim shu chiroyli qizni senga ehson qilsin!
Yoshlar ixtiyorsiz to‘xtab qoldilar. Komronning qalbidagi alamli o‘tmish ko‘z o‘ngida
aks etdi.
— Farida, eshitdingmi nima deganini? — deb so‘radi u.
Bu savolga Faridaning ko‘zlaridan yumalagan bir juft yirik tomchi javob bo‘ldi. Endi
ular bir-birlariga yaqin kelishga botinishmay, ayri-ayri yurib ketishdi.
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
www.ziyouz.com kutubxonasi
223
* * *
Ular chorboqqa oqshom olaqorong‘isida yetib kelishdi. Shamol tinib, havo ochilib ket-
gan edi. Daraxtlar esa uzoq kurashdan charchab, mudrab qolgandek ko‘rinardi. Qoyalar-
da xuddi ichidan sizib chiqayotganday nozik sadaf shu’la goh porillab ko‘rinadi, goh
uchib qoladi.
— Hozir vaqt erta, Farida. Hali ular shahardan qaytib kelishgani ham yo‘q. O‘sha qoya
tomonga borib, aylanib kelsak, nima deysan?
Farida boshini solintirib, majolsizlik bilan:
— Menga ruxsat ber, Komron. Borib yechinmasam bo‘lmaydi, shamol boshimni og‘ri-
tib yubordi, — deb uzr so‘radi.
Haligina Faridaning jonli, o‘ynoqi vujudi atrofida xuddi jonli narsaday uchib, ko‘ksini,
tizzalarini ehtiros bilan quchib turgan pushtirang chorshaf endi jonsiz lattaday yelkalari-
da solinib turardi.
Farida qimirlashga madori qolmagandek, darvoza yonidagi toshga sekin o‘tirdi-da,
qumga shamsiyasi bilan umidsizligi qadar chuqur, hayoti kabi shikasta chiziqlar chiza
boshladi. Bir ozdan so‘ng Komron ham yoniga o‘tirdi, yelkasini Faridaning yelkasiga tegi-
zib, qo‘lini sekin o‘z qo‘liga oldi. Qiz bir seskandi-yu, qayoqqa qochsam ekan degandek,
atrofiga javdirab qaradi. Komron uning chuqur-chuqur xo‘rsinganini, hozirgina yovvoyi-
larcha chaqnagan ko‘zlariga bir dam mo‘minlik, itoatkorlik malohati cho‘kkanini ko‘rdi.
Farida muzlagan, titragan qo‘lini eski nishonlisining qo‘llariga taslim qildi. Ikkalasi ham
ko‘zlarini yumdi. Komronning yopiq qovoqlari ichida mayda uchqunlar jivirlashar, u:
“Mana, qo‘limda Faridaning qo‘li titrab turibdi. Demak, odam bolasi ro‘yobga chiqmaydi
degan tushlar ham amalga oshar ekan-da!” deb o‘ylardi. U axiyri ko‘zlarini ochdi.
Farida yig‘lay-yig‘lay uxlab qolgan yosh bola singari ahyon-ahyonda xo‘rsinib qo‘yar,
hamon og‘irlashib borayotgan boshini uning yelkasiga qo‘yib o‘tirardi. Faridaning holida,
qo‘llarini topshirishida mazlum kishi taslimligi bor edi.
Komron har qimirlaganda uning o‘ziga yana ham yaqinroq suqulganini, qo‘lini yana
ham qattiqroq siqayotganini sezib turdi.
Birdan yigit lablari past, nihoyatda past tovush bilan:
— Men gulbashakarni yaxshi ko‘raman, — deb shivirladi.
Eshikning g‘itillab ochilishi yoshlarni shirin uyqudan uyg‘otib yubordi. Farida o‘q ovozi-
ni eshitgan qush chaqqonligi bilan o‘rnidan sakrab turdi. Oldinda Narmin kirdi. Cho-
liqushi hayajonli sevinch bilan uning bo‘yniga osildi. Yosh qizni mahkam-mahkam
quchoqlar, sochlaridan, ko‘zlaridan cho‘lp-cho‘lp o‘pardi. Hech kim bu sevinch sababini
bilmas edi. Choliqushining bir zumgina avvalgi horg‘inligidan asar ham qolmagan edi.
Kichkintoylarni qo‘liga olib, boshidan yuqoriga irg‘itar, ularni chinqirtirardi.
Hamma ichkariga qarab yurganda, Farida o‘zini orqada olib qolib, ichkarigi eshik pa-
nasida Komronni kutib turdi. Uni ko‘rgach, past tovush bilan:
— Mersi, Komron, — dedi.
VII
Ertasiga Farida yana o‘zi yolg‘iz shaharga tushib, tush mahalida horib-tolib keldi.
Charchab, o‘zi zo‘rg‘a turganiga qaramay, bolalarni yana to‘pladi-yu, hovlida baland
arg‘imchoq qildi.
Komron Azizbeyning qari, ezma bir mehmonidan zo‘rg‘a qutulib, hovliga chiqqanda
Farida Najdad bilan arg‘imchoq uchayotgan edi. Choliqushi kuchining boricha arg‘im-
choqni uchirar, Najdad esa mushuk bolasidek bo‘yniga osilib chinqirardi.
Komron o‘n yil avvalgidek, Oysha xolasining:
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
www.ziyouz.com kutubxonasi
224
— Farida, qizim, jinnilik qilma, bolani yiqitasan! — deb qichqirganini eshitdi.
Choliqushi quloq osmadi, aksincha, butun qalbi bilan quvonib qichqirdi:
— Voy xola-ey, nimaga qo‘rqasiz? Najdadning asl egasi zorlanmayapti-yu! Shunday-
mi, Komron?
Farida bolalarning eng kattasi, ayni zamonda eng qo‘rqog‘i bo‘lgan Narminni chinqirti-
rib, jonini olgandan so‘ng o‘zi ham arg‘imchoqdan tushdi. Sochlari terlab, qizarib ketgan
peshonasiga, yuziga yopishib qolgan edi. U qo‘liga yopishgan arqon iplarini tushirish
uchun hovuchlarini bir-biriga ishqab turib:
— Nazarimda, hamma uchib bo‘ldi shekilli, — degan edi, Komron yuragi betlamaygi-
na:
— Meni esdan chiqarding, Farida, — dedi.
Choliqushi beholgina jilmaydi. “Yo‘q” deyishga ko‘ngli bo‘lmas, “xo‘p” deyishga esa
botina olmas edi. Ana shundan keyin bir arqonga, bir daraxt shoxiga qarab olib:
— Hayronman, qanday bo‘lar ekan, — dedi. — Arqon ikkalamizni ko‘tara olmas dey-
man, a, Mujgon?
Mujgon arqonni ushladi, keyin Komronning ko‘zlariga sekin tikilib:
— Gap arqonda emas... Farida juda charchagan. Ahvoliga qara, Komron. Charchab
zo‘rg‘a turgan xotinni yana beshbattar charchatish gunoh bo‘lar deb o‘ylayman, — dedi.
Farida avval “Hechqisi yo‘q, nima bo‘lardi” deb turgan bo‘lsa ham, keyin Mujgonning
so‘zlari va ko‘zlaridagi ma’noni tushundi-yu, gunoh qilib qo‘ygan yosh bola singari izza
bo‘lib, qo‘rqib boshini solintirdi. So‘ngra past tovush bilan:
— Ha, juda charchaganman, tobim ham joyida emas,— dedi.
Chindan ham ahvoli kasal kishinikiga o‘xshardi, haligina ko‘zlarida chaqnab turgan
sho‘xlik o‘tlari ham so‘ngan edi.
Mujgon haligacha ko‘zlarini Komrondan olmagan edi, u past ovoz bilan:
— Men o‘ylaganimdan ham battarroq bag‘ring tosh ekan, Komron! — dedi.
Komron ham Faridaga eshittirmaslik uchun past tovush bilan:
— Nega endi? — deb so‘radi.
Mujgon uni xilvatga sudrab ketdi.
— Bechoraning ahvolini ko‘rmayapsanmi? Baxtini qora, qalbini yara qilganing ham
yetmadimi?
— Mujgon!..
— Uni shuncha yildan beri birontamiz yo‘qlamadik. Sog‘inib-sarg‘ayganiga chidamay,
ozorlarini, alam va qayg‘ularini unutib qaytib keldi. Kelgan kunlari juda yaxshi edi. Sen
bo‘lsang, qalbida anchagina bitib qolgan yarasini yana ochib yubording... — Mujgonning
ko‘zlariga yosh keldi. — Ertaga jo‘naydi, lekin bechoraning qanchalik azob, qanchalik iz-
tirob ichida jo‘nashini men yaxshi bilaman... Shunday, Komron, Farida ertaga ketadi!
Hammayog‘ini tayyorlab qo‘ydi. Men ham bundan bexabar edim. Farida bu safar menga
na qalbini ochdi va na hayotiga doir biron narsa aytdi. Tuyqusdan jo‘nayotganligini aytdi.
Imonim komil, bu gapi yolg‘on. Aslida, Farida sendan qochib ketyapti, axir qachongacha
azob tortadi? Men bu gaplarni senga shunchaki aytayotganim yo‘q, Komron. Men bu ay-
riliqning Farida uchun juda ham og‘ir bo‘lishidan qo‘rqaman. Farida bardam, odamning
aqli ishonmaydigan darajada bardam, lekin har holda xotin kishi. Sen uni juvonmarg qil-
gan kishisan, shuning uchun undan qarzdorsan! Endi har nima bo‘lsa ham shu ayriliq soatlari-
da o‘zingni bardam, og‘ir tut, Faridaga ham iloji boricha kuch ber, quvvat ber.
Komron bu so‘zlarni eshitib, yashil ko‘zlarigacha oqarib ketdi.
— Faqat Faridaning xazon bo‘lgan hayotini gapirasan, xo‘sh, meniki-chi? — dedi.
— Seniki o‘zingning xohishing bilan bo‘ldi.
— Bunchalik bag‘ritosh bo‘lma, Mujgon!
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
www.ziyouz.com kutubxonasi
225
— Tushungin axir, iloji bo‘lganda edi, men bunday tisarilib turmas edim. Nima qilay-
lik, qo‘limizdan hech narsa kelmaydi. Axir Farida boshqa odamning xotini, bechoraning
boshi bog‘liq. Ko‘rib turibman, sen ham juda baxtsizsan. Ilgarigiday sendan xafa emas-
man. Lekin, nima qilaylik, nochormiz...
* * *
Faridaning ertaga ketishi hammaning qulog‘iga yetgan bo‘lsa ham, uydagilarning hech
bittasi bundan og‘iz ochmadi. Kechki ovqat chuqur jimlik ichida o‘tdi. Shu oqshom Azizbey
yana ham qarib ketganday ezgin ko‘rinardi. U Faridani yoniga o‘tqazib olib, tez-tez yelkalari-
ni silaydi, iyagidan ushlab yuzini o‘ziga o‘giradi, ko‘zlariga tikilib:
— Oh, Choliqushi! Qariganimda meni xarob qilding-da, — deyar edi.
Shu kecha hamma o‘z xonasiga barvaqt kirib ketdi.
VIII
Vaqt yarim kechadan oshgan. Chorbog‘ dong qotib uxlamoqda. Mujgon xonasidan
chiqdi. Boshiga yupqa ro‘mol tashlab olgan, bir qo‘lida shamdon. Goh oyoqlarining uchini
bosib, goh to‘xtab, Komron yotgan xonaning eshigiga keldi. Ichkarida na sharpa va na
chiroq. Juvon eshikni sekin taqillatdi, keyin juda past tovush bilan shipshidi:
— Komron, uxlayapsanmi?
Eshik darhol ochildi. Komron yechinmagan edi. Sham yorug‘ida yuzi yana ham
so‘lg‘in, yana ham horg‘in ko‘rindi. Bu xira yorug‘ ko‘zlarini qamashtirayotganday, kiprik-
larini pirpirata boshladi.
— Hali ham yotganing yo‘qmi, Komron?
— Ko‘rib turibsan-ku.
— Nega chirog‘ingni o‘chirding?
— Shu kecha chiroq ko‘zlarimni achishtiryapti.
— Qorong‘ida nima qilyapsan?
Komron achchiqqina kuldi.
— Hech, umidsizlik, baxtsizlik zahrini yutib o‘tiribman. Xo‘sh, o‘zing nega bemahal
kelding? Nima ishing bor?
Mujgon hayajonini zo‘rg‘a bosib:
— Bitta g‘alati xabar olib keldim. Hovriqma, Komron, o‘zingni bos, aytib beraman, —
dedi.
Mujgon ichkariga kirdi, shamni stolga qo‘yib, eshikni sekin yopdi, keyin gapini nima-
dan boshlashini bilmayotganday bir oz ikkilanib turgach, yurak dukurini bosishga hara-
kat qilib, vazmin tovush bilan:
— Hovriqma, o‘zingni bos, Komron, — dedi. — Yomon xabar olib kelganim yo‘q, ak-
sincha, yaxshi xabar. Lekin hayajoning shunday balandki...
Juvon uni bosishga harakat qila turib, o‘zi hovriqar, ko‘zlariga yosh chiqib, ovozi titrar
edi.
— Komron, bir oz avval Farida mening hujramga kirdi. Rangida qon qolmapti, ahvoli
allaqanday. “Mujgon, men shu mahalgacha qalbimni faqat sengagina ochib kelganman,
— dedi. — Dunyoda sendan yaqinroq hech kimim yo‘q. Senga aytadigan yana bitta sirim
bor, buni ertaga men ketgunimcha saqlaysan, keyin aytishing mumkin. Bilaman,
qo‘qqisdan kelib qolganimni ko‘rib, hammanglar hayron bo‘ldinglar. Sizlarni shunchalik
sog‘indimki, ortiq chidayolmadim, deb aytdim, to‘g‘ri aytdim. Lekin asosiy sabab bunda
emas. Men bu yerga dunyoda eng yaxshi ko‘rgan kishim uch oy avval o‘lim to‘shagida
yotganda unga bergan va’damni bajarish uchun kelganman. Mujgon, sizlarga yolg‘on ay-
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
www.ziyouz.com kutubxonasi
226
tishga majbur bo‘ldim. Men tulman, erim uch oy avval rak kasalidan vafot etdi”.
Farida shu so‘zlarni aytib turib, boshini yelkamga qo‘ydi, ho‘ng-ho‘ng yig‘ladi. Ko‘z
yoshlarini to‘xtata olmay, hiqillab, nafasi tiqilib turib gapirdi: “Doktorim jon beradigan
kuni meni oldiga chaqirib: “Farida, endi muhtojlik chekmaysan, bunisidan qo‘rqmayman,
chunki hamma narsam senga qoladi. Senday sodda, og‘ir bir xotinning umriga bahuzur
yetib ortadi. Lekin meni boshqa narsa tashvishga soladi, Farida. Har qancha boy-badav-
lat bo‘lganda ham, kimsasiz xotinning yolg‘iz yashashi qi- yin bo‘ladi. Innaykeyin, pul
boshqa-yu, shafqat boshqa. Farida, meni go‘rimda tinch yotsin desang, va’da ber: o‘lga-
nimdan keyin Istambulga, qarindosh-urug‘laring oldiga borasan. Basharti, ular oldida
butunlay qolging kelmaganda ham, harholda, ikki-uch oy borib tur. Dunyo bevafo. Balki
bir kun emas-bir kun yana o‘shalarga ishing tushar. Balki borib-borib qalbingda oila
shafqatiga ehtiyoj tug‘ilar. Qisqasi, Faridaginam, oilang bilan yarashishingdan ko‘nglim
to‘q bo‘lsa, o‘lganimda ko‘zim ochiq ketmaydi, go‘rimda ham tinch yotaman”, — dedi.
Men uning bu so‘nggi orzusini yeriga yetkazish to‘g‘risida yig‘lab turib va’da berdim.
Lekin doktorimning bu bilan ko‘ngli to‘lmadi. U eski nishonlim bilan ham yarashishimni
istadi, axir bir kun Komron akang bo‘lib qolar-ku, dedi. O‘z qo‘ling bilan Komronga top-
shirgin, deb menga muhrlangan, bitta paket ham berdi. “Buning ichida bitta eski ko‘ngil
kitobi bor, meni bir mahallar juda qayg‘uga solgan kitob. Eski nishonling ham buni albat-
ta o‘qishini xohlayman. Buni qanday holda bo‘lsa, shunday topshirishga qasamyod qil”,
— dedi.
Haqiqat shunday, Mujgon. Endi hamma gapni bilding. Boyoqish doktorim juda pok,
halol odam edi. U oilam bilan yarashishimni hayotimdagi yolg‘izlikdan, yetimlikdan qutu-
lishimning birdan-bir yo‘li deb bilardi. Bechora, bu narsa men uchun naqadar alamli,
naqadar og‘ir bo‘lishini xayoliga ham keltirmagan. Shunday qilib, doktorimni Munisaning
yoniga qo‘ydim-u, Istambulga qarab jo‘nadim. U yerda eshitgan narsalarim doktorim-
ning vasiyatini yeriga yetkazishim mushkul bo‘lishini ko‘rsatdi. Komronning xotini vafot
qilganini faqat o‘sha yerda eshitdim. Keyin men to‘g‘rimda har xil bo‘lmag‘ur gaplar
tarqalganini bildim. Komronning xotini tirik bo‘lganda ham boshqa gap edi. Menga eri
yaqinda o‘lgan tul xotin, deb qarashar, oilasida bir necha kun turib ketishga kelgan, deb
o‘ylashardi. Mana endi hammangiz, Komron ham, sen ham — meni hammadan ko‘proq
tushunding. Sen men to‘g‘rimda qanday yomon narsalar o‘ylashing mumkin edi. “Yillar-
cha yolg‘iz, sarson bo‘lib yurdi, somondek sarg‘aydi, boshidan ne-ne savdolarni kechirdi,
mana endi, kim biladi, qanday tuban niyat bilan o‘zini bir qari cholga sotdi... Eski ni-
shonlisining boshi ochiqligini eshitib, yana o‘sha tuban niyat bilan darrov oramizdagi,
besh yil ilgari o‘zi nohaq haqoratlar, la’natlar bilan tashlab ketgan oilasiga, nishonlisi ol-
diga qaytib keldi”, deyishlaringiz mumkin edi. Oralaringizda shunday deb o‘ylamaydigan
darajada marhamatli, rahm-shafqatli kishilar bo‘lsa, ular oldida ham ichimdan ezilib
o‘lardim.
Mujgon hamon kuchayib borgan hayajon va alam bilan so‘zlardi.
— Oh, Komron! Farida bu so‘zlarini qanday alam bilan o‘zini urib, ko‘z yoshlarini to‘kib
turib aytganini ko‘rsayding! Mana, shu oxirgi so‘zlarini o‘la-o‘lguncha esimdan chiqar-
mayman: “Oila o‘chog‘imdan qanday dog‘u hasratda ketganimni, hayotimning qanchalik
alam va ko‘z yoshlari bilan to‘liq bo‘lganini, qaysi bag‘ritosh sabablar meni er qilishga
majbur etganini so‘z bilan aytib berishning imkoni yo‘q. Yoshi yigirma beshga yetgan,
umrining besh yilidan bir qismini mojarolar ichida, bir qismini erining uyida kechirgan
xotinning yuziga, badaniga erkak labi tegmagan bokira qiz ekani aytilsa, albatta, hamma
kuladi, hamma uni hayosiz, yolg‘onchi deydi, shunday emasmi, Mujgon? Buning aksini
isbot qilib bo‘lmaydi, iloji yo‘q. Boshqa aytadigan gapim yo‘q. Doktor Komronga tayinla-
gan paketda nima bor ekan, bilmayman. Ehtimol, ichida kutilmagan biron narsa bordir.
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
www.ziyouz.com kutubxonasi
227
Menga qanchalik og‘ir iztirobli bo‘lsa ham, rahmatlining so‘nggi orzusini yeriga yetkaz-
dim. Lekin paketni o‘z qo‘lim bilan topshirishga qurbim yetmaydi. Buni ertaga kemaga
o‘tirganimdan so‘ng, oramizdagi hamma narsa bitgandan so‘ng Komronga berib qo‘yar-
san”, — dedi.
Mujgon jimidi. Hayotning eng achchiq va alamli damlarida ham o‘zini tetik, bosiq ush-
laydigan bu juvon hozir yosh boladek yig‘lar edi. U Komronga qaltiroq qo‘llarini cho‘zib:
— Uni yolg‘iz qo‘yib yubormaylik, Komron, — dedi.— Kerak bo‘lsa, zo‘rlik bilan olib
qolaylik. O‘tgan ishga salavot, nima bo‘lgan bo‘lsa bo‘ldi, endi bir-biringizdan ayrilmasli-
gingiz kerak! Ko‘rib turibman, ortiq chidolmaysizlar.
Komronning vujudi muzlab borardi. Eng ahamiyatsiz bir tushdan, eng zaif bir xotira-
dan oylarcha kasal bo‘lib, kichikkina umid bilan yashab kelgan bir xayolparast uchun bu
umid, bu baxt haddidan ziyod edi. Uzun muddatli hushsizlikdan keyin o‘ziga kelgan og‘ir
kasal singari Komron ham hech nimaga tushunmay qorong‘ida ko‘zlarini javdiratib teva-
rakka qarar, nuqul kipriklarini pirpiratardi.
Mujgon ro‘moli ichidan qizil muhr bosilgan bir paketni chiqardi.
— Faridaga bergan va’damga qaramay, buni senga hozir topshiryapman, — dedi.
Juvon ro‘molini tuzatib, uydan chiqmoqchi bo‘lgan edi, Komron ushlab qoldi:
— Mujgon, sendan bitta iltimosim bor. Bizning savdoimizni hammadan ko‘ra sen
ko‘proq bilasan. Paketni birga ochib, ichidagi narsani birga o‘qiylik.
Mujgon stol ustidagi chiroqni yoqquncha, Komron paketni ochdi. Ichida bitta xatu
yana bitta kattakon konvert chiqdi. Yo‘g‘on, yirik harflar bilan yozilgan maktub Komron-
ga xitob qilar edi:
“O‘g‘lim, Komronbey!
Sizga bu maktubni yozgan odam umrining bir ozini kitoblarga, bir qismini esa hayot
deb atalgan chigal mushtlashish yaradorlariga bag‘ishlagan tarki dunyo bir cholki, xati
qo‘lingizga yetmasdan ancha burun olamdan o‘tgan bo‘ladi. U cholning butun borlig‘i bi-
lan yaxshi ko‘rgan bir bechoraga oxirgi marta yaxshilik qilib ketish tilagi bu maktubni
sizga o‘lim to‘shagida yotgan joyida yozishga majbur qildi. Quloq soling.
Bir kun uzoq qishloqdagi vayrona maktabda yog‘du kabi toza, umid kabi go‘zal bir is-
tambullik qizni uchratdim. Qorong‘i qish kechasida, qor elab yog‘ib turgan bir paytda uy-
ingizning derazasini ochsangiz-u, qorong‘ilikdan bulbul nag‘masini eshitsangiz, shunda
qanday bo‘lasiz? Men ham o‘shanda shunday bo‘ldim. Bu mas’um nozik kibor qizni, tabi-
atning bu go‘zal va nodir xilqatini qaysi la’nati tole va tasodif bu qorong‘i qishloq xaroba-
siga keltirib tashladi? Qalbi yig‘laydi-yu, ko‘zlari bilan lablari kuladi, fidokorlik haqidagi
hangomalar bilan meni aldaydi. Men esam “Oh, bechora qiz! Men seni Istambulda tash-
lab ketgan nodon, johil yoringmidimki, bu gaplaringga ishonsam!” deb o‘yladim. Uyquga
qonmay uyg‘ongan yosh bolaniki singari xumorli ko‘zlari, qaerga qadam tashlashini bil-
magan kishiniki singari ahvoli, xayoliy lablarining bo‘sasi bilan titrayotgandek ko‘ringan
dudoqlari, xayoliy quchoqda talpinayotganga o‘xshagan atvori, harakatlari menga butun
sirni ayon qildi.
Eski zamon dostonlarida Laylisini qidirib, sahrolarda sargardon bo‘lgan Majnunni goho
shukuh va mamnuniyat bilan eslab qo‘yardim. Faridani ko‘rgan kunimdan boshlab u do-
stonni esdan chiqardim. Endi yangi zamonning mozorlar bilan to‘liq qorong‘i qishloqlari-
da ilojsiz ishq ro‘yolarini axtargan bu oydin ko‘zli, ipakday mayin, mas’um, olijanob
“Layli”sini tez-tez eslaydigan bo‘ldim. Ikki yildan keyin tag‘in uchrashdik. Hamon eski
dardi boshida, qalbini ichdan kemirmoqda edi. Eh, attang, dastlab ko‘rgan kunim nega
uni otimga o‘ngarib, zo‘rlab bo‘lsa ham Istambulga, oilasiga eltib tashlamadim! G‘aflatda
qoldim, g‘aflatda!
Farida bilan ikkinchi marta uchrashganimizda, fursat qo‘ldan ketgan edi. Siz uylanib
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
www.ziyouz.com kutubxonasi
228
olgan edingiz. Faridani hali yosh, esidan chiqarib yuboradi, deb o‘ylagan edim. U kasal
yotgan paytda ittifoqo qo‘limga daftari tushib qoldi, qarasam, eh-ha, qalbining yarasi tu-
zaladigan yaralardan emas. Daftarga butun hayotini yozibdi. Ana shundan keyin butun
umidim uzildi, holbuki, uni o‘z bolamday davolamoqchi edim. Ammo bunga ham odam-
larning fisqu fasodlari, tuhmat va g‘iybatlari imkon bermadi. Ana shundan keyin menda
yaxshiroq odam topib, Faridani o‘shanga berish fikri tug‘ildi. Lekin bu ham xavfli edi. Eri
har qancha odamoxun bo‘lganda ham, Faridadan muhabbat talab qilishi turgan gap edi.
Garchi qizginam muhabbat uchun tug‘ilgan, muhabbat yo‘lida sarg‘aygan bo‘lsa hamki,
begona ishqi unga go‘r azobidan battar bo‘lishi aniq edi. Mana shu xavfdan qo‘rqib,
chor-nochor o‘z nikohimga oldim. Shu tariqa uni o‘lgunimcha himoya qilishim mumkin
edi. O‘lganimdan keyin esa besh-o‘n qurushlik davlatim, uch-to‘rt yerdagi mulkim uni
muhtoj qilib qo‘ymas edi. Shubhali qiz bo‘lib yashashdan ko‘ra tul bo‘lib xotirjam
yashash uning uchun ham o‘ng‘ay bo‘lardi. Shunisi ham borki, axir bir kun murodi hosil
bo‘lishiga imonim ham komil edi. Hayotda nimalar ro‘y bermaydi!
Nihoyat, xotiningizning vafoti menga yangi umid bag‘ishladi. Sizning to‘g‘ringizda
hammavaqt Istambuldan xat-xabar olib turardim. Xotiningizning vafoti sizni qayg‘urtir-
gan bo‘lishi mumkin, biroq meni ham qayg‘urtirdi desam tilyog‘lamalik qilgan bo‘laman.
Faridani bu xo‘jako‘rsinga qilingan yolg‘ondakam nikohdan bo‘shatib, siz bilan topishtirish
uchun o‘ng‘ay payt poylab yurardim. Bilmayman, odamlar bu harakatimga qanday qarashar
ekan? Lekin men odamlarning g‘iybatlariga, men to‘g‘rimda aytgan yo o‘ylagan narsalariga al-
laqachon tuflagan odamman.
Qarorimni amalga oshiraman, deb turganimda birdan kasalim zo‘riqib ketdi. Ana shundan
keyin masalaning uch-to‘rt oy ichida o‘z-o‘zidan hal bo‘lishiga aqlim yetdi. Qaydam, taf-
silotga hojat bormikan? Endi muddaoga o‘taylik, Faridani bir bahona bilan Istambulga
yuboraman. Xatimni o‘z qo‘li bilan topshirishiga shubham yo‘q. Men uning tabiatini yax-
shi bilib oldim, alomat qiz. Ehtimol, injiqlik va yo e’tiroz qilar, lekin sen bo‘sh kelma, xa-
zon bo‘lmasin desang, javob berma! Zarur bo‘lsa, xotin-qizlarni olib qochadigan tog‘liklar
singari yovvoyi va qo‘pol bo‘l. Quchog‘ingda jon bersa, bilginki, quvonchdan, baxtiyorli-
gidan jon beradi.
Shuni ham eslatib o‘tayki, bu ishda seni zarracha ham o‘ylaganim yo‘q. Ko‘nglimnig
roziligiga qarasam, senga nainki Farida kabi nodira qizni, hatto uyimdagi mushukni ham
bermas edim. Nachora, bu telba qizlarga hech aql o‘rgatib bo‘lmas ekan. Senga o‘xshash
quruq, qalbsiz odamlarning nimasini yaxshi ko‘risharkin, hayronman...
Marhum Xay-rul-lo.
Eslatma. Paketda Faridaning daftari bor. O‘tgan yil Olajaqoyaga ko‘chib borganimizda,
ichiga shu daftar solingan sandiqchasini bekitib qo‘yib, izvoshchilar o‘g‘irlab ketishibdi,
deb aytgan edim. Farida churq etmagan bo‘lsa ham, lekin juda qattiq ezilganini ko‘rdim.
Bu daftarining axir bir kun kerak bo‘lib qolishi mumkinligini o‘ylab, juda to‘g‘ri ish qilgan
ekanman!”
Do'stlaringiz bilan baham: |