Kredit-modul tizimida o‘quv jarayonining tashkil etilishi. - Kredit modulida ishlashni o‘rganish.
- Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qaroriga 1-ILOVA
- Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida
- NIZOM
- Kredit ilk marotaba XVIII va XIX asrlarda AqSh universitetlarida joriy etilgan boʻlib, oʻquv jarayonlarini liberalizatsiya qilish, talabaning haftalik akademik yuklamasini belgilab berish maqsadida yaratilgan.
- 1869-yilda Garvard universiteti prezidenti, Amerika taʼlimining taniqli arbobi Charlz Uilyam Eliot “kredit soati” tushunchasini isteʼmolga kiritadi. Shunday qilib, 1870 — 1880-yillarda kredit soatlari bilan oʻlchanadigan tizim joriy qilinadi. Kredit tizimi bilan oʻqish va oʻquv dasturlarini oʻzlashtirish talabalarga oʻquv jarayonini mustaqil ravishda rejalashtirish, uning sifatini nazorat qilish, taʼlim texnologiyalarini takomillashtirish uchun imkoniyat yaratib berdi.
- Bugungi kunda mazkur kredit oʻlchovi tizimini amaliyotga tatbiq etish boʻyicha toʻrtta model keng tarqalgan.
- Bular Amerika qoʻshma Shtatlarining kredit tizimi (USCS); Yevropa mamlakatlarining kredit tizimi (ECTS); Osiyo — Tinch okeani mamlakatlarining kredit tizimi (UCTS); Buyuk Britaniyaning kredit tizimi (CATS).
1-bob. Umumiy qoidalar - 1. Ushbu Nizom oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga Kredit to‘plash va ko‘chirishning Yevropa tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS) asosida ta’limning kredit-modul tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.
- Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari, oliy harbiy ta’lim muassasalariga, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini yuritayotgan, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
- 2. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
- 3. O‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishning tashkiliy masalalariga oid ma’lumotlar, jumladan, ta’lim dasturi, fanlar katalogi, akademik mobillikni ta’minlash, kreditlarni tan olish va ko‘chirib o‘tkazishga taalluqli hujjatlar hamda diplomga ilovaning shakllari, shuningdek, akademik mobillik davrida talabaning bilim darajasini aniqlash bo‘yicha ko‘rsatkichlar va boshqa zarur hujjatlar namunalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Respublika oliy ta’lim kengashi bilan birgalikda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |