Kutilayotgan natija



Download 21,34 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi21,34 Kb.
#75047
Bog'liq
AQL QAYROGI matematika 8-mashg'ulot


AQL QAYROG'I

Maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik

tasavvurlarni shakllantirish mashg'ulotlari ishlanmasi

(Kichik guruh uchun)

8-MASHG'ULOT

o'ng va chap qo'lni farqlashni o'rgatishni davom ettlrish

MAQSAD:

• Bolalarga o'ng va chap qo'lni farqlashni o'rgatish.



KUTILAYOTGAN NATIJA:

• Bolalar o'ng va chap qo'lni farqlashni o'rganadilar.



KERAKLI JIHOZLAR:

  • Bayroqchalar (har bir bolaga 2 tadan).

  • 2 ta koptok va 2 ta savatcha.

  • Tugmalar, yong'oqlar.

MASHG'ULOTNING BORISHI:

TARBIYACHI: - Bolajonlar, siz bu qo'limiz o'ng, bu qo'limiz chap deyilishini bilib olgansiz, to'g'rimi? (Bolalarning javobi.)

Bugun biz siz bilan turli o'yinlar o'ynaymiz. Bu o'yinlar yordamida o'ng va chap qo'limiz haqida yaxshiroq bilib olamiz. Siz bilan birinchi o'ynaydigan o'yinirniz: "Bayroqchani ol", deb nomlanadi.

Bu o'yinda tarbiyachi bolalarga qaysi qo'l o'ng qo'l ekanini eslashlarini, shu qo'l bilan bay­roqchani olishni; bayroqchani chap qo'lga o'tka-zishni, chap qo'lni yuqori ko'tarishni, bayroq­chani silkitishni va o'ng qo'lga o'tkazishni taklif qiladi, Yoki ko'k bayroqchani o'ng qo'lga, sariq bayroqchani chap qo'lga olish. Bayroqchalarning o'rnini almashtirish. Shundan so'ng tarbiyachi so'raydi: "Bayroqning rangi qanday? U qaysi qo'lingizda?"

"Qaysi qo'l bilan aniqroq?" o'yini.

TOPSHIRIQ: koptok bilan nishonga, — masalan, yarim metrdan uzoq bo'lmagan masofaga qo'yilgan to'siqqa o'ng (yoki chap) qo'l bilan urish, koptokni mahkamlangan savatga (qutiga) tushirish, yerga chizilgan doiraga tushirish.

Mashqning amaliy ahamiyati: bolalar o'ng va chap qo'llarini farqlashni o'rganadilar, irg'itish-ni harakatning asosiy turlaridan biri sifatida o'zlashtiradilar, harakat reaksiyalarining fazoviy aniq bo'lishini mashq qiladilar. (Shu maqsadda koptokni darvozaga yumalatib kiritishni taklif qilish mumkin. Joylashish masofasi dastlab bir metr­dan oshmasligi kerak.)



"Qaysi qo'l bilan tezroq?" o'yini.

TOPSHIRIQ: tugmalarni, yong'oqlarni oldin o'ng qo'l bilan, keyin chap qo'l bilan terish. Tarbiyachi bolalarga qaysi (o'ng yoki chap) qo'l epchil ekanini o'zlari aniqlashlarini taklif qilishi mumkin.

TARBIYACHI: - Bolajonlar, biz qaysi o'yinlarni o'ynadik, o'yinlarimiz sizlarga yoqdimi? Bolalarning javobi.

O'ng va chap qo'lni yaxshi bilib oldingizmi? Qani, o'ng qo'lni belga qo'yamiz, chap qo'lni yelkaga, endi chap qo'lni belga, o'ng qo'lni yelkaga qo'yamiz, qo'llarni tushiramiz juda yaxshi, barakalla, bolajonlar. (Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda harakatni bajaradilar.)



  1. Koptokni chap qo'l bilan nishonga otish osonmi, o'ng qo'l bilanmi?

  2. Tugmalarni qaysi qo'lda terish oson bo'ldi, o'ng qo'ldami, chap qo'ldami?

  3. Siz o'ng qo'lingizni ko'p ishlatasizmi yoki chap qo'lingizni?

  4. O'ng qo'lingizni ko'taring, tushiring.

  5. Chap qo'lingizni ko'taring, tushiring.

  6. O'ng qo'lingiz bilan chap ko'zingizni ko'rsating.

  7. Chap qo'lingiz bilan o'ng oyog'ingizni ko'rsating.

(Mashg'ulot davomida va yakunida bolalarni rag'batlantirib boriladi.)
Download 21,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish