Kursni yoritish ishida yoritilgan masalalar


Monologik nutqni shakllantirish usullari



Download 223,49 Kb.
bet5/6
Sana16.03.2022
Hajmi223,49 Kb.
#494017
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Rasulov Rasul kurs ishi SLAYD

Monologik nutqni shakllantirish usullari. Bolalarda grammatik tizimni – sintaksis, morfologiya, so‘z hosil qilishni shakllantirish o‘zining alohida xususiyatlariga ega bo‘lib, ularni rivojlantirish uchun pedagog turli vositalarni qo‘llashi darkor. Morfologiya va so‘z hosil qilishni o‘zlashtirish uchun rag‘batlantiruvchi til o‘yinlari; sintaksisni rivojlantirish uchun esa, keng fikr bildirish uchun motivatsiyani yaratish muhim. Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalarni shakllantirishni yozma nutq vaziyatida, ya’ni bola matnni aytib turadigan, katta yoshli kishi esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish tavsiya etiladi. Bolaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so‘zlarning to‘g‘ri tartibini qo‘llashni o‘rganishda yordam beradigan mashqlarga alohida e’tiborni qaratish zarur. Buning uchun bolalarga gapda so‘zlarni biriktirishning turli usullarini, so‘zlar o‘rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog‘liqliklardan foydalanishni hamda gapni intonatsion jihatdan rasmiylashtirishni
o‘rgatish zarur.
Tarbiyachi bolalarning tafakkurini va uning nutqining barcha jihatlarini, shu jumladan, obrazlilikni ham ularga atrofdagi hayot, oila va maktabgacha ta’lim muassasasining maishiy hayoti, kishilar mehnati, ijtimoiy voqea va hodisalar bilan, jonli tabiat va predmetli olam bilan tanishish imkonini beradigan darajada rivojlantiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar borliqni faol qabul qiladilar va atrof-muhitdagi hayotga qo‘shilib ketadilar, bu esa ularda so‘z zaxiralarining tez ortishiga
olib keladi.
Turli yosh bosqichlarida monologik nutqni o‘rgatish ishining
mazmuni va uning vazifalari
Hikoya qilib berish (monologik nutq)ga o‘rgatishdir. Ravon nutqni rivojlantirishda monologik nutq katta yordam berishi amaliyotda o‘z isbotini topgan. Tafakkurning rivojlanlanganligi lug‘at boyligi, jumla tuzish malakasi, o‘z fikrini erkin va ravon bayon eta olish ko‘nikmasi bilan chambarchas bog‘liq. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga muayyan mavzular bo‘yicha ertaklar, rasmlar asosida hikoya tuzish topshirig‘i ham berilishi lozim. Bunday topshiriq ustida ishlash orqali ularda mustaqillik, ijodiy faollik rivojlantiriladi. «Bizning oila», «Bahor fasli», «Qo‘g‘irchoq teatrida», «Ertaklar mamlakatida», va boshqa mavzularda hikoya tuzishni tavsiya etish bolalarni nihoyatda qiziqtiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari badiiy adabiyot namunalari bilan har kuni tanishtirilib boriladi. hikoyatlar, rivoyatlar, ertaklar, maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar va qo‘shiqlar ular nutqining ifodaliligini ta’minlab qo‘ya qolmaydi, balki so‘z zaxirasini ham boyitadi, adabiy til imkoniyatlaridan bahramand qiladi. «Bolalar maktabgacha ta’lim muassasalari uchun dastur»da badiiy adabiyot namunalari bilan tanishish uchun tavsiya etilgan ro‘yxatdan mashg‘ulotlar o‘tkazishda keng foydalaniladi. Bolalar nutqini rivojlantirishda eng muhim vazifalar sifatida ularning lug‘atini boyitish va faollashtirish, nutqining grammatik tuzilishini, tovush madaniyatini, dialogik va monologik nutqni shakllantirish, badiiy adabiyot namunalaridan foydalanish juda muhimdir.
Ma’lumki, bolalarning kundalik faoliyatida hikoya tuzishga yo‘naltirishda ularni so‘zlashga undamoq zarur. Masalan, «Kecha biznikida to‘y bo‘ldi» mavzusida bolalarning o‘zi tuzgan hikoyani quyidagicha yo‘naltiruvchi savollar bilan to‘ldirish mumkin. Sizlarnikida «Qanaqa to‘y bo‘ldi?», «To‘yga kimlar keldi?», «Sen to‘yda nima ish qilding?», «To‘y yaxshimi?» yoki bolalardan biri betob bo‘lib qoldi deylik. Sog‘aygandan so‘ng maktabgacha ta’lim muassasasiga kelgan kuni, albatta, savol-javob bo‘ladi: «Sobir, Zokir yoki Gulchehra nima uchun maktabgacha ta’lim muassasalariga kelmay qo‘yding? – «Men kasal bo‘lib qoldim». Shunda tarbiyachi bolani so‘zlatish, hikoya qilishga undash uchun quyidagi savollarni beradi: «Qanday kasal bo‘lding?», «Uyga shifokor chaqirdilaringmi?», «Qanday davolanding?», «Betobligingda zerikmasliging uchun senga qanday kitob o‘qib berishdi?», «Bizga ham aytib bergin-chi?» . Bundan tashqari, mashg‘ulotlar xonasi jihozlarini o‘zgartirib borish, bolalar chizgan rasmlar ko‘rgazmasi, kichkintoylar uchun kitoblar ko‘rgazmasini uyushtirish jarayonidagi dialogik yoki monologik hikoyalar ham katta ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu borada bizga bolalarning oilalari yaxshi yordam berdilar. Natijada sovg‘a qilingan kitob, kasb haqida suhbat, musiqiy lahzalar, mehnat jarayoni, bolalarning oilasidagi yaqin kishilari – yozuvchi, shoir, rassom, bastakor, quruvchi, haydovchi, doktor, o‘qituvchi, chilangar va boshqalar haqida maroqli hikoyalar tuzishga sabab bo‘ldi. Bolalarning turli ko‘katlar, gullar bayramida gullar, yangi yil ertaligida turli hayvonlar rolida chiqishlari, qo‘g‘irchoq teatri spektakli kabi turli hikoyalarda o‘z ifodasini topdi.

Download 223,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish