Kursish I mavzu: soliq va narxlar


Dividend va foiz ko‘rinishidagi daromadlar



Download 1,89 Mb.
bet10/13
Sana22.07.2022
Hajmi1,89 Mb.
#836922
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Копия Пробной курс иши 3

Dividend va foiz ko‘rinishidagi daromadlar joriy yilning I yarmida 257,5 mlrd so‘mni tashkil qildi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 98,1 mlrd so‘mga ko‘pdir. Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar 107,6 mlrd so‘mni tashkil qildi — o‘sish 73,1 mlrd so‘m. Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar 193,4 mlrd so‘mni tashkil qilib, 58,2 mlrdso‘mga oshdi.
Bilvosita soliqlar

1.6-rasm 2020-yil va 2021-yilgi qo`shilgan qiymat soliq tushumlarining tarkibi
2021 yilning I yarmida qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumlari 16,8 trln so‘mni tashkil qildi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 trln so‘mga ko‘pdir.
Soliq organlari nazoratidagi QQS 12,2 trln so‘mni tashkil qildi yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 50,5% ga oshdi.
Soliq idoralari nazorati ostidagi QQS tushumlarining asosiy qismi neft-gaz tarmog‘i (14,1%), elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilari (8,3%), mobil aloqa operatorlari (3,9%), avtomobil sanoati (2,5%), tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari (1,6%) sohalari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Bojxona organlari tomonidan undiriladigan QQS 12,2 trln so‘mni tashkil etdi yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 55,5% ga o‘sdi.
Tushumlarning asosiy qismi avtomobil va ehtiyot qismlar (87-tovar guruhi) bo‘yicha 1,4 trln so‘m (+18%), bug‘doy 313,1 mlrd so‘m (+182%), yoqilg‘i 438,5 mlrd so‘m (-5%), yog‘och materiallari 301,8 mlrd so‘m (-6%), sement 119,5 mlrd so‘m (234%) hisobidan shakllandi.
2021 yilning I yarmida aksiz solig‘i tushumlari 6,3 trln so‘mni tashkil etdi, ya’ni 8,4% ga o‘sdi. Bunda 2021 yil 1 fevraldan aksiz solig‘i stavkalarining indeksatsiya qilinishi hisobiga tushumlar quyidagicha o‘zgardi:

Alkogol mahsulotlari uchun aksiz solig‘ining stavkalari indeksatsiya qilinishiga qaramasdan (8 -19% ga) ushbu soliq turi bo‘yicha tushumlar atigi 1,6% ga (+12 mlrd so‘m) o‘sdi.
Qat’iy belgilangan soliq stavkasining 15,4% ga hamda advalor stavkasining 9% dan 10% gacha oshirilishi natijasida tamaki mahsulotlaridan aksiz tushumlari 22,1%ga (+164,9 mlrd so‘m) o‘sdi.
Benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yakuniy iste’molchiga sotishda aksiz solig‘i stavkalari o‘rtacha 20% indeksatsiya qilindi, bu 345 mlrd so‘mlik qo‘shimcha tushumlarni ta’minladi.
Shuningdek, mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i stavkasining 20% dan 15% ga kamaytirilishi ushbu soliq to‘lovchilar ixtiyorida 50,4 mlrd so‘m qolishini ta’minladi.
Bojxona idoralari tomonidan 167,2 mlrd so‘m aksiz solig‘i undirildi (o‘tgan yilning 1 yarmiida 397 mlrd so‘m undirilgan edi). Tushumlarning kamayishiga asosan 2020 yil 1 avgustdan avtomobillar uchun aksiz solig‘ining bekor qilinishi hamda 2021 yil 1 yanvardan boshlab 73 ta tovar importiga aksiz solig‘ining bekor qilinishi sabab bo‘ldi.

Hisobot davrida bojxona boji tushumlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 917,1 mlrd so‘mga (+ 66,9%) ko‘payib, 2,3 trln so‘mni tashkil qildi. Bunga valyuta kursining o‘sishi (o‘rtacha 7,3% ga), ayrim imtiyozlarning bekor qilinishi va import tovarlari tarkibining o‘zgarishi ta’sir qildi.



Resurs soliqlari
Joriy yilning I yarmida resurs soliqlari va mol-mulk solig‘i bo‘yicha jami tushumlar 2020 yilning mos davriga nisbatan 1,6 trln so‘mga oshib, 11,3 trln so‘mni tashkil etdi.
2021 yilning I yarmi uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari qariyb 8,0 trln so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,5%ga o‘sdi. Resurs soliqlarining asosiy qismi — qariyb 70% oldingi yillardagidek yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqqa to‘g‘ri keladi.
Joriy yilning 1 yanvaridan oltin, palladiy, kumush uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarining 20% dan 15% gacha pasayishiga qaramasdan, qo‘shimcha tushumlar quyidagilar hisobiga ta’minlandi:

  • joriy yilning I yarmida qimmatbaho metallar bozorida oltin narxining o‘rtacha 9,8%ga va misning narxi 2020 yilning I yarmiga nisbatan 58%ga o‘sishi;

  • ayrim qurilish foydali qazilmalari (qurilish qumi, qum va shag‘al aralashmasi, qumtoshlar va qurilish toshlari) uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarining birxillashtirilishi. Qo‘shimcha tushumlar 10,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Yer qa’ridan olinadigan soliq tushumlarining asosiy ulushi (76,6%) oltin va mis qazib chiqarish korxonalari hissasiga to‘g‘ri keladi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan tushumlar joriy yilning birinchi yarmida 2 barobarga oshdi va 317,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. Tushumlarning o‘sishiga quyidagilar sabab bo‘ldi:

  • soliq stavkalarini 15 foizga, iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari uchun esa 30 foizga indeksatsiya qilish;

  • birinchi yarim yillikda qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 117,4 mlrd so‘m miqdorida soliq to‘langanligi (Ma’lumot uchun: qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun soliq to‘lash muddati joriy yilning 15 dekabri etib belgilangan).

Birinchi yarim yillikda mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha tushumlar o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda 1 trln so‘mga o‘sdi va taxminan 3 trln so‘mni tashkil etdi. Bunda resurs soliqlari bo‘yicha umumiy tushumlarda mol-mulk solig‘i va yer solig‘i ulushi joriy yilda o‘tgan yildagi 20,5% dan 26,7% gacha oshdi. Tushumlarning asosiy ulushi (67,6%) yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan soliqlarga to‘g‘ri keladi. Qo‘shimcha daromadlar quyidagilar hisobiga ta’minlandi:

  • ilgari soliq imtiyozlari berilgan obyektlarga nisbatan molmulk solig‘i bo‘yicha pasaytirilgan soliq stavkasini 2 baravarga, yer solig‘i stavkasiga nisbatan pasaytirish koeffitsiyentining 2,5 baravarga oshirilishi. Bunday obyektlarga jamoat temir yo‘llari, magistral quvurlar, aloqa liniyalari va elektr uzatish liniyalari, ularni konservatsiya qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlari va boshqa obyektlar kiradi;

  • qishloq xo‘jaligiga tegishli bo‘lmagan yerlar uchun yer solig‘i bo‘yicha bazaviy soliq stavkalarini 15 foizga indeksatsiya qilish.

  • Bunda soliq stavkalarining aniq miqdorlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan hududlarning iqtisodiy rivojlanishi va nufuziga qarab ushbu stavkalarga oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llash bilan bazaviy stavkalar asosida belgilanadi;

  • turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort muassasalari, shuningdek, dam olish va onalar sog‘lig‘ini yaxshilash joylari, dam olish uylari egallab olgan yer uchastkalari uchun soliq imtiyozlarining bekor qilinganligi.

Bundan tashqari, yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tushumlarining o‘sishi o‘tgan yilning II choragidan boshlab karantin cheklovlari paytida ayrim soliq to‘lovchilarga ushbu soliq turlari bo‘yicha vaqtinchalik soliq imtiyozlari va preferensiyalar berilganligi bilan bog‘liq.
Joriy yilning I yarmida jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha tushumlar ham oshdi, xususan, mol-mulk solig‘i — 84,8 mlrd so‘mga va yer solig‘i — 160,6 mlrd so‘mga.
Ushbu turdagi soliqlardan qo‘shimcha tushumlar soliq stavkalarini 15 foizga indeksatsiya qilish va jismoniy shaxslarning ushbu soliqlarni to‘lashining birinchi muddati kelishi (15 aprel) hisobiga ta’minlandi.
2020 yildan boshlab yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga muvofiq ikkita soliq to‘lash muddati (15 aprel va 15 oktyabr) joriy etildi, 2020 yilgacha bitta to‘lov muddati amal qilgan edi — 15 oktyabrgacha. O‘tgan yilning ikkinchi choragida ishbilarmonlik faolligining pasayishiga olib kelgan koronavirus pandemiyasi boshlanishi munosabati bilan, shuningdek aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lash muddati 2020 yil 15 oktyabrgacha uzaytirilgan edi.

Boshqa tushumlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar


Boshqa tushumlar hamda soliq bo‘lmagan to‘lovlar bo‘yicha tushumlar sezilarli darajada ko‘paydi va 9,8 trln so‘mni tashkil etdi (+35,6%). Ularning asosiy qismi davlat korxonalari (4,3 trln so‘m) tomonidan to‘lanadigan dividendlarga to‘g‘ri kelmoqda, qolgan daromadlar, xususan, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • davlat daromadiga o‘tkazilgan tovar-moddiy qimmatliklar realizatsiyasidan tushumlar — 255,5 mlrd so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 63,7 mlrd so‘mga oshgan);

  • avtotransport vositalariga utilizatsiya yig‘imi — 120,6 mlrd so‘m (ushbu yig‘im 2020 yil 1 avgustdan joriy qilingan);

  • avtotransport vositalari uchun «chiroyli» raqamlar kombinatsiyasi sotilishidan daromadlar — 117,7 mlrd so‘m (o‘sish 75,2 mlrd so‘m) ;

  • davlat aktivlarini xususiylashtirishdan daromadlar (byudjetga o‘tkaziladigan qismida) — 305,6 mlrd so‘m;

  • davlat boji — 843,3 mlrd so‘m, yig‘imlar — 909,5 mlrd so‘m va jarimalar — 481,7 mlrd so‘m.

«Gazeta.uz» Moliya vazirligi ma’lumotlariga tayangan holda ish haqidan soliq to‘laydigan o‘zbekistonliklar soni yil davomida qariyb 500 ming kishiga ko‘payib, 4,64 mln nafarga yetgani haqida yozgan edi. Ularning aksariyati haligacha 1 mln so‘mgacha miqdorda maosh olmoqda, biroq iqtisodiy faollik o‘sishi bilan 2 mln so‘m va undan yuqori miqdorda oylik oluvchilar soni o‘sib bormoqda.
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i 10 foizga oshishi kutilmoqda:
2022 yilda jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalarini 10 foizga oshirish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, aksiz solig‘i stavkalarining o‘rtacha 10 foizga oshishi kutilmoqda. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi esa amaldagi 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirish ko‘zda tutilgan.

2022 yilda UzAuto kompaniyasi to‘laydigan soliqlar budjet tushumlarining 0,7 foizini tashkil qiladi. Vazirlik UzAuto faqat respublika ichidagi soliqlar bilan cheklanmasligini ma'lum qilgan.


1.7-rasm UZAUTO MOTORS binosi ko`rinishi


Vazirlik xabariga ko‘ra, “Fuqarolar uchun budjet”da ko‘rsatib o‘tilgan yirik soliq to‘lovchilar, faqat respublika ichida to‘laydigan soliqlari bo‘yicha ro‘yxat qilingan bo‘lib, bu to‘lovlar tarkibiga respublika hududiga olib kiriladigan tovarlar uchun to‘lanadigan bojxona to‘lovlari kiritilmagan. Shuningdek, Moliya vazirligi kompaniya 2020-2021 yillarda to‘lagan soliqlar haqida ma'lumot berdi:

  • 2020 yilda UzAuto Motors AJ tomonidan davlat budjetiga jami 1,3 trln so‘m soliq va boshqa majburiy to‘lovlar (tovarlar importi uchun to‘lovlar bundan mustasno) to‘langan. Jami davlat budjeti daromadlaridagi salmog‘i 0,98 foizni tashkil qilgan;

  • Shu bilan birga, tovarlar importi uchun to‘langan bojxona to‘lovlari 2,3 trln so‘mni tashkil qilgan;

  • Joriy yilning yanvar-oktyabr oylari mobaynidagi budjetga to‘lovlar 751,5 mlrd so‘mni tashkil etib, yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkich 950 mlrd so‘mga yetishi kutilmoqda, davlat budjetining umumiy daromadlari kutilayotgan miqdorida 0,56 foizni tashkil qiladi;

  • Bundan tashqari, import qilingan tovarlari uchun shu davrda to‘langan bojxona to‘lovlari 2 376,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2022 yilda ularning eng yiriklarining davlat budjeti tushumlaridagi ulushi haqida ma'lumot berilgandi. UzAuto Motors ham 10ta yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxatiga kiritilgan. Ro‘yxatda eng ko‘p soliq to‘lovchi sifatida «Navoiy kon-metallurgiya kombinati»ni ko‘rish mumkin, kelgusi yil uning budjetdagi ulushi 17,82 foiz deb prognoz qilinmoqda.
Ma'lumot uchun, 2021 yilning birinchi yarmida yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘langan soliqlar jami soliq tushumlarining 66,2 foizini tashkil etgan. Ularning soni esa 1124taga yetgan.
QQS bo‘yicha imtiyozlarning bekor qilinishi GM Uzbekistan kompaniyasini logistika va xarajatlarni optimallashtirishga majbur qiladi, deb hisoblaydi Moliya vazirligi. DSQ raqobat muhitini yaratish maqsadida chet el mashinalari uchun bojlarni qayta ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda qo‘shilgan qiymat solig‘i GM Uzbekistan avtomobillari narxlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligiga izoh berdi.
Soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etish tartiblari bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, 1 oktyabrdan QQS bo‘yicha, jumladan qishloq xo‘jaligi texnikasi, avtotransport vositalari, butlovchi qismlar, avtotransport vositalarini ishlab chiqarishda foydalanuvchi materiallar va texnologik uskunalarga nisbatan bir qator imtiyozlar bekor qilish rejalashtirilmoqda. GM Uzbekistan kompaniyasining ham QQS to‘lovchisiga aylanishi kutilmoqda.
Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonovning fikricha, QQS joriy etilganidan so‘ng kompaniya o‘z logistikasi, tashish va xarajatlarini to‘liq qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ladi.
«Bu bozor talabiga aylanadi. Biz 3 foizlik aksizni bekor qilib, qaysidir darajada yordam berishimiz mumkin. Biroq zavodning o‘zi tannarxlarni 10 foizga kamaytirishga harakat qilishi kerak. Busiz iloj yo‘q», — dedi u.
DSQ raisi o‘rinbosari Mubin Mirzayev Andijonga tashrifi vaqtida mahalliy avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchilari bilan uchrashgan, import qilinayotgan ehtiyot qismlardan 2−3 barobar arzon turuvchi mahsulotlar bilan tanishgan. Biroq GM Uzbekistan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan mahsulotlarni sotib olayotgani yo‘q, dedi u.
«Zavod import qiladi. Biz [kompaniyaga] imtiyozlar berdik, biroq u ichki bozordan 2−3 barobar qimmatga import qilmoqda. Ertaga QQSni joriy etganimizdan so‘ng, hujjat bo‘ladi, hisob-faktura bo‘ladi. Unda barcha import narxlari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Hozir hech qanday hujjatlar yo‘q: qayerdan, kimdan, qanchaga [sotib olayapti]. Hech kim tekshirmaydi. Chunki imtiyozlar bor. Soliqchiga bu kerak emas, chunki hatto tekshirgan taqdirda ham u: „Soliqlarni to‘lamasam, bu menga nima uchun kerak“, — deb javob beradi», — deya ta’kidladi DSQ rahbari o‘rinbosari.
GM Uzbekistan avtomobillari narxining ehtimoliy qimmatlashishi mumkinligi to‘g‘risidagi savolga javob berar ekan, Mubin Mirzayev shusiz ham hozirgi narxlar baland ekanini ta’kidladi.
«Biz kompaniyalar uchun raqobat muhitini yaratamiz, import bo‘yicha [bojxona bojlarini] qayta ko‘rib chiqamiz. Avtomobil yoki har qanday texnika ishlab chiqaruvchilariga ular o‘z xohishlari bilan narxlarni istagancha oshirmasliklari uchun raqobat muhitini yaratishimiz kerak», — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, GM Uzbekistan kompaniyasi yillar davomida imtiyoz olganiga qaramasdan, bu avtomobilsozlik sohasini rivojlantirish uchun sharoit yaratishga yordam bermadi.
2018 yil dekabrida General Motors Uzbekistan, SamAuto va JV MAN Auto-Uzbekistan kompaniyalari uchun QQSdan tashqari barcha soliqlar bo‘yicha imtiyozlar bekor qilingan edi.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish