O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
“MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI” TA’LIM YO’NALISHI
3 “V”- KURS TALABASI SAFARBOYEVA MAFTUNANING
“MATEMATIKA O’QITISH TEXNOLOGIYALARI VA LOYIHALASHTIRISH” FANI BO’YICHA
“OLIY TA’LIMDA MATEMATIKA FANLARINI O’QITISHNING ILMIY NAZARIY MUAMMOLARI” MAVZUSIDAGI
K U R S I S H I
Kafedra mudiri: Dotsent B.Prenov
Ilmiy rahbar: Atabaeva B
Bajargan: Safarboyeva Maftuna
REJA
Kirish………………………………………………………………………..3
Ⅰ bob.Oliy ta`limda matematika fanini o`qitishning dolzarb
muommolari…………………………………………………………………6
1.1 Ta`lim mazmuniga tizimli yondashuv va tahlil………………………8
1.2 Didaktik transpozitsiya nazariyasiga tizimli yondashuv…………….9
1.3 Didaktik vaziyatlar nazariyasiga tizimli yondashuv………………...11
1.4 Didaktik taqdimotni loyihalash va uning tahlili……………………..12
II bob. Pedagogika nazariyasi va amaliyotida ta’lim vositalari muammolari………………………………………………………………….12
2.1. Ta’lim vositasi tushunchasi……………………………………………..13
Ⅲ bob Oliy ta`lim jarayonida ta`lim prinsiplari………………………….14
3.1 Ta`lim tizimining izchilligi ……………………………………………...17
Xulosa………………………………………………………………………..20
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………...21
KIRISH.
Kurs ishining dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakali kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta‘minlashni yanada takomillashtirishga oid chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ta‘lim mazmunini, uning samaradorligini yanada yaxshilashga qaratilgan. Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari uchun tayyorlanayotgan pedagog kadrlar sifatini tubdan yaxshilash, ta‘lim muassasalaridagi o‘quv jarayonini zamonaviy talablar asosida qayta tashkil etish va tayyorlanayotgan o‘rta bo‘gin mutaxasislari malakasining raqobatbardosh bo‘lishiga erishish asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu vazifalarning samarali bajarilishining asosiy omili o‘quv vositalaridir. Ta‘lim vositalari svilizatsiyaning ajralmas qismi umuminsoniy madaniyatning muhim elementi hamda dunyoni ilmiy o‘rganish tilidir.
Shiddatli axboratlashuv jarayoni amalga oshib borayotgan hozirgi davrda har bir soha kishisi zamon bilan hamnafas ravishda innovatsion texnalogiyalarga, innovatsion vositalarga murojaat qilishiga to‘g‘ri kelmoqda shu jumladan matematika fani ham bunday oqimdan chetda qolayotgani yo‘q. O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotida xalqning boy ma‘naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so’nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta‘lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega. Ma‘lumki, kadrlar tayyorlash milliy dasturida ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o’zlashtirish zarurligi ko’p marta takrorlanib yangi pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib, talabalarni o’qitishni jadallashtirish ko’zda tutilgan. Pedagogik texnologiyaga UNESCO ning bergan ta‘rifini keltiramiz:
“Pedagogik texnologiya – bu butun o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’z oldiga ta‘lim shakllarini samaradorlashtirish vazifasini qo’yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning o’zaro aloqasini hisobga olib, bilimlarni yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli usulidir” . Bu ta‘rifdagi asosiy tushuncha “tizimli usul” bo’lib, aynan tizimli yondashuv pedagogik texnologiyaning, o’qitishga boshqa yondashuvlardan farqlanuvchi asosiy belgisi hisoblanadi. Ta‘lim maqsadlari, uning mazmuni, o’qitish va ta‘lim berish usullari, nazorat va natijalarni baholashni o’zaro bog’liqlikda loyihalash ko’pincha an‘anaviy o’quv jarayonida yetishmaydigan narsadir.Jahon pedagogika fani ilmiy – texnika taraqqiyoti ta‘sirini boshdan kechirib, psixologiya, kibernetika, tizimlar nazariyasi, boshqaruv nazariyasi va boshqa fanlar yutuqlarini birlashtirib, hozirgi davrda faol yangilanish innovatsiya jarayonlari bosqichida turar ekan, inson imkoniyatlarini samarali rivojlantirish amaliyotiga boy mahsul bermoqda. Pedagogik texnologiya usullari dastlab o’qitishning harakatini namunaviy vaziyatdagi belgilangan qoida bo’yicha o’zlashtirish talab etiladigan mahsuldor darajasi uchun ishlab chiqilgan. Mahsuldor ta‘lim har qanday ta‘limning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanib, u insoniyat jamg’argan tajribani aniq o’quv fani doirasida o’zlashtirish bilan bog’liq. Ta‘lim oluvchilarda bilim va ko’nikmalarning ma‘lum “poydevori” hosil qilingandan keyingina ta‘limning natijali va ijodiy yondashish usullariga ko’chish mumkin. Pedagogik texnologiya oqimi 70-80 yillarda AQSh da yuzaga keldi va UNESCO kabi nufuzli tashkilot tomonidan tan olindi va qo’llab – quvvatlandi va hozirgi kunda ko’pgina mamlakatlarda muvaffaqiyatli o’zlashtirilmoqda. Ma‘lumki, tubdan farq qiluvchi uchta ta‘lim turlarini ajratish mumkin. Bular: og’zaki- ko’rgazmali, texnologik va izlanuvchan-ijodiy ta‘lim turlari hisoblanadi. 1. Og’zaki – ko’rgazmali an‘anaviy bo’lib, o’qituvchining axborot berishi, talabalarning bilimlarni qabul qilishi, to’plashi va xotirasida saqlashi bilan belgilanadi. Ta‘limda og’zaki - ko’rgazmali yondashuv juda katta tajribaga ega bo’lib, qismlarga ajratib ishlab chiqilgan va ta‘lim tizimida ulkan xizmat ko’rsatdi. Jadal sur’atlar bilan o’sib borayotgan fan va texnika talablari, ta‘lim tizimidagi istlohatlar, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, shaxsni rivojlantirish, uning ma‘lumot olish istaklarini to’laroq qondirishga bo’lgan jamiyat ehtiyojlari o’qitish usullariga yangicha yondashishni talab qilmoqda.
1. Ta‘limga texnologik yondashuvning umumiy tavsifnomasi qismlarga ajratilmagan holda, ta‘limning juda oddiy mahsuldor darajasi sifati misolida qaraladi. O’quv ishlari yuqori natijalarga erishishga qaratilgan bo’lib, yo’naltirilganlik, mashg’ul bo’lish, musobaqalashish va o’zaro yordamlashish tushunchalari mavjud bo’ladi.
2. Izlanuvchan yondashuvdagi maqsad, talabalarda muammoni hal etish, yangi, oxirigacha tugallanmagan tajribani o’zlashtirish, ta‘sir etishning yangi yo’llarini yaratish qobiliyatlarini, shaxsiy idrokni rivojlantirishdan iboratdir. Izlanuvchan ta‘lim andozasining ta‘lim mazmuni, tabiat va jamiyat bilan o’zaro ta‘siri natijasida shaxsda tadqiqotchilik va jadal ijodiy xarakterli faoliyat yo’li boshlanadi.
An‘anaviy o’quv jarayonlarida asosiy omil – bu pedagog va uning faoliyati hisoblansa, pedagogik texnologiyada birinchi o’ringa o’qish jarayonidagi o’quvchilarning faoliyati qo’yiladi. Har bir vazifa raqamlanib, u bitta natijani ko’zlashi lozim. Har bir vazifani shunday qo’yish kerakki, u o’qituvchining o’tadigan darsining bosqichlarini emas, balki, talabaning o’zini keyin qanday tutishi kerakligiga ishora qilsin. Ma‘lumki, ilg’or texnologiyalarni qo’llashda asosiy e‘tibor loyihalash bosqichiga qaratiladi, bunday tizimli yondoshuv asosida o’quv jarayonini loyihalash, kutilayotgan natija shaklidagi o’quv maqsadlarini mumkin qadar aniqlashtirish, rejalashtirilgan o’quv maqsadlariga kafolatli erishishga undaydi. Biz ushbu mavzuda o’quv jarayonini tashkil etishning shakllari, sinf-dars tizimining vujudga kelishi va zamonaviy dars va unga qo’yiladigan talablar bilan tanishib chiqamiz.
Ⅰ BOB. OLIY TA’LIMDA MATEMATIKANI O’QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI.
1-Prezidentimiz I. Karimovning Respublikamizda uzliksiz ta'lim tizimini ilmiy –nazariy asosi bo'lgan «Ta'lim to'g'risida» gi Qonun va «Kadrlar tayorlash milliy dasturi» qabul qilingan. Oliy majlisning 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida so'zlagan nutqida o'qituvchilarning shaxsiy hamkasblik tayyorgarligidagi satr kamchiliklar, xususan, o'qituvchilarning o’quvchilarga zamonaviy bilim berishiga imkoniyat yaratdilik zamonaviy bilim, ko'nikma va malakalarga ega emasligi, o'qituvchi ta'lim -tarbiya jarayonida yolg'iz hokim ekanligi, pedagogik munosabatlar mualliflik ta'moyiliga asoslanishi, o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi munosabat majburiy itoatkorlikka asoslanganligi, o'quvchilarda ongli intizomni hosil qilishga e'tibor berilmayotganligi, o'quvchilarning bilim faoliyati bo'lsa bilim va ko'nikmalarni reproduktivlik darajada o'zlashtirishga qaratilganligi, o'quvchilarning faoliyati xoli va mustaqil fikrlashga yo'naltirilmayotganligi tákidlanib, ularni bartaraf etish dolzarb muammo ekanligini ta’kidlagan.
O'zbekston Respublikasidagi ta'limni rivojlantirishning yangi bosqichida pedagogika OTMlarining asosiy vazifasi jahon talablari darajasida yangilanib borayotgan shart-sharoitlariga moslasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash, ushbu jarayonda asosiy omil sifatida beriladigan axborotlar hajmini e'tirof etish emas, balki ularga qiyosan ijodiy yondoshuv va mustaqil fikrlash kabi sifatlarni tarbiyalashdan iborat.
Matematika so’zi qadimiy yunoncha so'zdan olingan bo'lib, manosi «fanlarni bilish» demakdir. Matematika fanining o'rganadigan narsasi (ob'ekti ) materiyadagi mavjud narsalarning fazoviy shakllari va ular orasidagi miqdorlik munosabatlardan iborat.Matematikani o'qitishdan ko'zlangan maqsad uning jamiyat rivoji va shaxsni shakllantirishdagi o'rni bilan aniqlanadi. Tarixdan matematikaning amaliy -inson produktiv faoliyati uchun zarur bo'lgan vositalarni yaratish, qo'llashga va ruhiy-inson o'ylashi bilan aloqador bo'lgan olamni tafakkur etish, o'zgartirishga qaratilgan matematik metodlarni egallashga asoslangan qirralari shakllanib kelgan.
Matematika o'quvchilarda tetik , diqqatni tóplab olishni, qobiliyat va faollikni, tasavvurini, shaxsning ahloqiy sifatlarini (qat'iyatli, aniq maqsadga intilish, ijodkor, mustaqil, javobgarchilikli, mehnatsevar, intizomli va tanqidli ) hamda o'zining qarash va e'tiqodlarini isbotlar asosida qo'riqlash ko'nikmalarini rivojlantiradi.
Matematikani o'rganish jarayonida inson o'ylashining usul va metodlari safiga induksiya va diduksiya, umumlashtirish va aniqlashtirish, tahlil va sintez, abstraktsiyalash, anologiya, tasniflash va sistemalashtirish kabilar qo’shiladi. Matematikani o'rganishda o'quvchilar o'zlarining fikr, mulohazalarini aniq va tugal, qisqacha va mundarijali bayon qilishga, matematik yozuvlarni tushunarli, tartib, bajarish malakalarini egallaydilar.Matematik o'ylash obyektlari va ularni yasash haqida mantiqliy xulosalar chiqarish, mulohazalarni shakllantirish, asoslash va tasdiqlash ko'nikmalarini shakllantiradi va bu asosda mantiqiy o'ylash rivojlanadi. Bundan tashqari algoritmik o'ylashni shakllantirish, belgili bitta algoritm bo'yicha ishga layoqatlilik ko'rsatish va yangilarini qurish ko'nikmasini tarbiyalaydi. Matematikadan misol va masalalarni yechish jarayonida o'ylashning ijodiy va taqribiy qirralari rivojlanadi.Matematik isbotlardagi aniq, qisqa, ravon o'ylash, geometrik tashqi ko'rinishlarni tasavvur, ulardagi simmetriya, qat'iy qonuniyatlar asosida go’zallikni ko'ra olishga o'rgatish xususiyatlari o'quvchilarga estetik ta'lim -tarbiya beriladi.Ulug' allomalarimiz Al -Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Ahmad Farǵoniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ǵiyosiddin al - Koshiy, Umar Xayyom, Nasiriddin at –To’siy, Mirzo Ulug'beklarning matematikaga qo'shgan hissalarini o'rganish jarayoni o'quvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi, ularni vatanparvarlik, milliy g’urur ruhida tarbiyalaydi. Mishel Artike ( Miche'le Artigue ) ning «Didaktik muhandislik o'qitishning asosiy konsepsiyasi sifatida» sarlavhali maqolasida quyidagi fikrlarni takidlaydi :Fransuzlarning matematik didaktikadagi izlanishlarida talabalarni matematik tayyorgarligi mustaqil bo'lim bo'lib ajralmagan, didaktik transpozitsiya nazariyasi Yu. Shevallard 1980 yillar boshidan (Shevallard, 1991, 1992), va didaktik vaziyatlar nazariyasi G. Brusso (1986 ) tashabbusi bilan 1970 yillar boshida bir qancha tadqiqotchilar tomonidan shuǵullanib kelingan.
Maqolaning birinchi qismida matematikaning nazariylik asoslariga tayangan holda talabalar bilimini egallaganlik darajisini tekshirishni qaysi tarzda olib borish haqidagi, unsurlar bilimlarni tekshirishdagi tashqi ko'rinishlardan farq etadi. Men didaktik muhandis tushunchasini misollar asosida nazariylik amallarni qanday qilib o'qish -metodik jarayonga kiritilganini tushuntirib beraman. Maqola sónǵıda xali javobsiz qolayotgan ko'plab umumiy savollarga qaytib ularga javob berishga harakat qilaman.
TA’LIM MAZMUNIGA TIZIMLI YONDASHUV VA TAHLIL
Yuqorida aytilgandek, ushbu mavzu talabalarni matematik tayyorgarligiga mo’ljallangan ikki har xil nazariylik tamoillari bir - biridan farq qiluvchi : didaktik transpozitsiya nazariyasi va didaktik vaziyatlar nazariyasining metodologik kontsetsiyasiga asoslangan. Albatta, bunday qisqa matnda bu nazariyalarni bitta tushuncha ichida bog'lab tushuntirish mushkul (kerakli ma'lumotlarni, quyida keltiritgan manbalardan o'qib olishingiz mumkin ), o'shanaqa bo'lsa - ham, bu nazariylik asoslar, shakl va ta'riflarni belgili darajada bitta yondoshuv asosida qarab chiqamiz. Men birinchi navbatda shunga oydinlik kiritishga harakat qilaman.Yuqorida keltiritgan ikkita nazariy yondoshuvning didaktik jihatdan tahlili har xil :
1. Didaktik traspozitsiya nazariyasi shunday jarayonlar asosida tahlil etilganki, xususan ma'lumotli bilimlar asosida, kundalik o’tiladigan hayotiy darslarda (uzatiladigan bilimlar ), o'rganish obyektlariga (bilim olish ) olib keluvchi, Matematika institutidagi malumotlarda ko'riladi.
2. Belgili bitta darajada didaktik vaziyatlar mahalliy o'rinda bo'ladi. Bu ta'lim holatlari modeli asosida ishlab chiqiladi va nazorat etiladi.
Shunga qaramay bu ikkita yo'nalish har xil maqsadlar va ishtiyoqlarga tayangan bo'lsada, bizning tanlagan bitta mavzuimizni ochib berishga xizmat qiladi. Tizimli tahlil asosida didaktik hodisalarni o'rganish zarurligini ko'rsatadiki. Shunday qilib, ikkita qol ham matematik mundarijani egallashga qaratilgan bilim va qobiliyatlariga asoslangan talabalarni oddiy matematik tayyorgarligini bilim olishdagi doimgi jarayon sifatida qarash shart emas. Bu global tizimli tahlilni taqozo etuvchi didaktik vazifa sifatida o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |