3.4. O‘zgartgichning ventillari umumiy sonini hisoblash
O‘zgartgichni butlash uchun zarur bo‘lgan ventillarning umumiy soni o‘zgartgichning yelkalari soniga va yelkada ketma-ket va parallel ulangan ventillar soniga bog’liq.
To‘g’rilagichning ventillari umumiy soni:
. (3.7)
Invertorning tiristorlari umumiy soni:
. (3.8)
Umumiy tiristor guruhli TIO‘ uchun tiristorlarning umumiy soni:
, (3.9)
bunda - o‘zgartgich yelkalari soni;
- mos holda invertor, to‘g’rilash va umumiy guruxlarda-gi parallel ulangan ventillar soni, dona;
- mos holda invertor, to‘g’rilash va umumiy guruxlardagi ketma-ket ulangan ventillar soni, dona.
4. KUCH SXEMASINI ISHLAB CHIqISH
O‘zgartgichning normal ishlashi uchun ketma-ket ulangan ventillar o‘rtasida kuchlanishlar va parallel ulangan ventillar o‘rtasida toklarning tekis tahsimlanishini ta’minlash zarur.
4.1. Kuchlanish tekislovchi qurilmani hisoblash va tanlash.
Ventillar volt-amper xarakteristikalarining teskari shaxchalari va yopiq tiristorlarning to‘g’ri volt-amper xarakteristikalaridagi farqlar mavjudligi tufayli ketma-ket ulangan ventillar o‘rtasida kuchlanish notekis taqsimlanadi. Bu esa minimal teskari tokka ega bo‘lgan ventildan boshlab ventil yelkasining teshyokishiga olib kelishi mumkin. Yopiq tiristorlar o‘rtasidagi to’g’ri kuchlanishning notekis taqsimlanishi ularning beixtiyor o‘tkazuvchi yo‘nalishiga qayta ulanib qolishini keltirib chiqarishi mumkin.
Ketma-ket ulangan ventillar o‘rtasidagi kuchlanishni tekislash uchun ularga parallel holda shuntlovchi rezistorlar va rezistor-sig’imi zanjirlar ulanadi.
Shuntlovchi rezistor qarshyligi
, (4.1)
bunda - mA da o‘lchanadi.
Shuntlovchi rezistorni quyidagi formula bilan aniqlanuvchi sochyokish quvvati bo‘yicha tanlanadi:
. (4.2)
Shuntlovchi kondensator sig’imi:
. (4.3)
Shuntlovchi kondensator quyidagi ishchi kuchlanish uchun tanlanadi:
. (4.4)
Rezistor qarshyligi:
(4.5)
Rezistor ning 10-15 Vt quvvatlisi tanlanadi.
Bog’lovchi rezistor 0,2-0,3 Om qarshylikli qylib d =0,8 mm diametrli nixrom simdan tayorlanadi.
Yuqorida keltirilgan formulalarda:
- takrorlanuvchi kuchlanish ga to‘g’ri kelgan teskari tokning maksimal qiymati, mA;
va - yuqorida keltirilgan;
- - to‘g’rilagich uchun, - invertor uchun.
Rezistorlar sifatida PE yoki PEV (simli emallangan namga bardoshli) simlar qo‘llaniladi. Ularning texnik xarakteristikalari 6,7-ilovalarda keltirilgan.
Sig’im kondensatorlar MBM, MBGP (metal-qog’ozli germetik chastotali) dan yig’iladi. Ularning texnik xarakteristikalari 8-ilovada berilgan.
Agar bita rezistor yoki kondensator yetarli bo‘lmasa, u holda ularni ketma-ket, parallel yoki ketma-ket-parallel ulanadi.
Kurs loyixasida rezistor, kondensator tiplarini tanlash va zarur bo‘lgan sonini to‘g’rilagich va invertor uchun aniqlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |