KIRISH.
O‘zbekiston Respublikamiz mustakillikka erishgandan sung er osti kazilma boyliklariga bulgan extiyoj juda xam oshdi. Mavjud konlardan unumli foydalanish, qazib olishning samarali usullarini yaratish lozimdir. SHuning uchun xam keyingi yillarda yangi texnologiyalar ustida ilmiy tadkikot ishlari olib borish va ularni konlarda kullash yaxshi yullarga kuyilyaptiKon ishlarini erning ustki kismida turib bajarish kulay texnik shart-sharoitlar yaratadiki, bunda tog‘ jinslarini buzish, kazish va tashish uchun, karerlardagi katta xajmdagi kon ishlariga katta kuvvatli jixozlarni, vositalarni ishlatish mumkin.Foydali kazilmalarni, koplovchi va uz ichiga oluvchi tog‘ jinslarini kazish ishlari tabakalangan xolda yukoridan pastga karab olib boriladi. Natijada kazish ishlari olib borilayotgan tog‘ jinslari massivi pog‘ona shaklini egallaydi. Tabaqalarga (pog‘onalar) orasida ekskvatorlarni va transportlarning aloka yulini joylashtirish uchun xamda boshka ishlab chikarish ishlari maksadida maydonchalar koldiriladi. Foydali kazilmalarni va koplovchi tog‘ jinslarni qazib olish natijasida er kobigidagi qazib olingan maydonda pog‘onasimon yuza vujudga keladi. Gorizontal joylashgan konlarni ochik usul bilan qazib olishda kon ishlari maydoni ulchamlari fakatgina planda uzgaradi, kiya va tik joylashgan konlarni qazib olishda esa xam planda, xam chukurligi buyicha uzgaradi. CHunki asta-sekinlik bilan uyumning chukurligiga karab yangi pog‘onalar paydo bulib boradi. Tik joylashgan katta uyumlarni qazib olish kon ishlari maydoni chukurligi bir necha yuz metrni tashkil etish mumkin.
Xar xil tog‘ jinslarini qazib olishda va turli-tuman kazilmalar, chukurliklarni kovlash maksadida er ustida turib olib boriladigan ishlar yigindisiga ochik kon ishlari deb aytiladi. Katta mikyosdagi ochik kon ishlari foydali kazilma boyliklarini qazib olish bilan uzviy alokadadir. Bunda er ostida yotgan foydali kazilma boyliklarini qazib olish bilan alokador barcha ishlar va jarayonlar, ochik kon inshootlari orkali amalga oshiriladi. Foydali kazilmalarni ochik usul bilan qazib olishda juda xam kimmat va mexnatni kup talab kiladigan jarayon tog‘ jinslarini tashish xisoblanadi. Vositalarning minimal sarf-xarajatiga erishish uchun, tog‘ jinslarini oxirgi manziligacha eng kiska yul bilan tashish yoki uzok masofaga ancha arzon bulgan transportlar yordamida tashish orkali erishish mumkin.
Foydali kazilmalar va tog‘ jinslarini qazib olishdagi jixozlash kompleksida amaldagidek transport vositalari kulaniladi. Ular ustki texnologik kompleksdagi yoki kabul kilib oluvchi joylardagi bo‘shatish moslamalari bilan fark kiladi.
|