Kurs loyiha ishi


Korxona tomonidan libos ommaviy qo’llanadigan buyum sifatida texnika- iqtisodiy talablar



Download 27,82 Mb.
bet5/16
Sana13.11.2022
Hajmi27,82 Mb.
#865346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
TURSUNOVA SHAXZODA KURS ISHI 2U-16

1.2. Korxona tomonidan libos ommaviy qo’llanadigan buyum sifatida texnika- iqtisodiy talablar:
1. Texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar  kiyim konstruksiyasining texnik jihatdan takomilligini, uni loyihalash va tikish, usullarini, kiyimni ishlab chiqarishga ketgan sarf-harajatlarni harakterlaydi. Texnik - iqtisodiy ko’rsatkichlarda standartlash va unifikatsiyalash, konstruksiyasining ishlov berishga qulaylik darajisini va tejamlilik ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi Texnik - iqtisodiy ko’rsatkichlarda standartlash va unifikatsiyalash, konstruksiyasining ishlov berishga qulaylik darajisini va tejamlilik ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi.
Ayollar libosini yaratayotganda uning texlogik jihatdan ishlov berishga qulayligi hamda choklarning pishiqligini taminlovchi va qayta ishlov berishga qulaylik yaratishda eksplutatsion ko’rsatkichlarni ham hisobga olish zarur.
Konstruksiyaning standartlashtirish va unifikatsiyalashtirishga model seriyasining ishlov berishga qulaylik jihatdan yaqinliligi, model seriyasining konstruktiv jihatdan yaqinliligi ko’rsatkichlar kiradi.
Konstruksiyaning ishlov berishga qulayligiga ekspluatatsiya jihatidan ishlov berishga qulayligi, ishlab chiqarish jarayonida ishlov berishga qulayligi ko’rsatkichlari kiradi.
Tejamkorlik ko’rsatkichlariga bir dona maxsulotga sarf xarajatlar darajasi hamda buyum eksplutatsiyasiga sarf harajatlar kiradi.


2. Ma'lum mo’ljal uchun buyumni o’xshash inodellarini taxlili.
2.1. O`zbek milliy matolari.
O‘zbek zamini asrlar osha avloddan avlodga o‘tib kelayotgan va xalqimizning bebaho madaniy merosi bo‘lmish matochilik ana'nasi bilan xaqli ravishda faxrlanadi. O’zbek milliy kiyimlarini tikishda ishlatiladigan asosiy matolarga ip-gazlama, ipak, nimshoyi va jun gazlamalar kiradi.
Ip-gazlama matolarning turlari va navlari juda ham ko’p.
O’tmishda o’lkamizdagi butun shaharlar faqat ma’lum bir nav va ranglardagi gazlamani to’qishga ixtissoslashgan edi. Badiiy to’quvchilikning mahalliy maktablari ham mavjud edi. Bularning bari matolarni bo’yash san’atining yuksakligi, mahalliy gazlama to’qish uslublari, ular qo’lidan chiqadigan matolar rang-bo’yog’i va gullarining bir-biriga o’xshashligi, nafisligi bilan ajralib turadi.
Quyida mana shu matolarning ayrimlariga bir-ikki og’iz ta’rif berib o’tamiz:
A
dras- abr iplar bilan gul solingan nimshoyi gazmoldir. Shuningdek, kanovuz, shoyi, xonatlas, guldor kimxob, duxoba kabilar ham keng qo’llanilgan.
Shoyi va nimshoyi matolar- beqasam, adras, yakro’yo, katak shoyi, tovlanma shoyi, abrshoyi va hokazolarga turli-tuman gullar solingan.
1-rasm. O`zbek milliy adraslari
tayyorlangan ip gazlamalar: chit, bo’z, kolenkor, xom surpdan tikilgan kiyim-kechaklar kiyish rasm bo’ldi. Boy-badavlat kishilar esa kimxob, ipak, atlas, duxoba, rango rang movutlardan kiyim tiktirib kiya boshladilar.
Shunga qaramay, kosiblar dastgohidan chiqqan mahalliy gazlama: mato, bo’z, nimshoyi gazmol, adras, beqasam, podshoi, kimxob, xonatlas, katakshoyi kabilarning turli xillariga ham ehtiyoj katta edi.
Markaziy Osiyo gazmollarini ishlash va ularga gul solish texnikasi hiyla murakkab ish edi. Ularga gul-naqsh solishda ikki xil uslub qo’llanilganki, bu esa yo’l-yo’l va abr uslubida to’qilar edi. XIX asrga kelib, yo’l-yo’l gul solingan matolar xillari keng rasm bo’lib ketdi. Ip gazlama, shoyi, nim shoyi gazmollarga shu uslubda gul solina boshlandi. Mazkur turdagi gazlamalarni chiqaradigan to’quvchilik markazlari Samarqand, Urgut, Nurota, Buxoro, G’ijduvon, Zandona, Farg’ona vodiysida Namangan, Beshariq tumanlarida mavjud edi. Xorazm ustalari tayyorlagan gazlamalar ham o’ziga xos gullari bilan ko’zga tashlanib turadi.
Matolarga gul bosishning usullaridan abrli iplar bilan gul solingan, bo’yoqlari yoyiq, qimmatbaho ipak gazmollarni ishlab chiqarishda qo’llanilgan. Abrband usuli bilan iplarni o’rab-bog’lab qo’yishdan iborat mazkur murakkab va sermehnat jarayon asosan Farg’ona vodiysi shaharlari va Samarqand, Buxoroda xonatlas to’qishda qo’llanilgan.
Yengil sanoat asosan, xususan, to`qimachiik sanoatining jadal rivojlanishi kishilar didining tinimsiz o`sib borishi, xalqlar orasidagi aloqalarning kuchayishi kiyim modasining tez-tez o`zgarib turishiga olib keladi, hayot ham shuni taqozo qiladi. Aqniqsa, ayollar kiyimlari modasi tez-tez o`zgarib turadi. Hozir kiyim inson tanasini tashqi ta`sirlardan asaydigan vosita bo`lish bilan birga o`ziga va atrofdagilarga estetik zavq bag`ishlaydigan badiiy san`at asariga ham aylanib bormoqda. Kiyim tikishda turli-tuman bezak materiallardan, kashtalardan foydalaniladi.

Download 27,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish