3. Jahon moda yo’nalishi. Dizaynerlarimiz tomonidan yaratilayotgan milliy liboslarimiz jahonni lol qoldirib kelmoqda. Ularning milliy liboslarimizga, matolarimizga qiziqishining ortishi bizning tajribali va yosh dizaynerlarimizning yanada o`z ustida ishlashlariga undaydi.
M
illiy qarashlar hech qachon zavol ko`rmaydi. O‘zbekistonlik dizaynerlar mamlakat sarhadlarini oshib, dunyoga yuz tutganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Xalqaro podiumlarda o‘z namoyishlarini munosib ravishda o‘tkazib kelayotgan dizaynerlar
3-rasm. Jahonni lol qoldirgan milliy liboslarimiz
esa barmoq bilan sanarli. "ANOR" modalar uyi asoschisi Dilnoza Umirzoqova esa
xalqaro maydonda ham shuhrat topayotgan dizaynerlardan biri. O`tgan yil uning o‘zbek matolaridan tikkan liboslari Italiya podiumlarini zabt etdi. Ahamiyatli jihati shundaki, endilikda yosh dizaynerlar ham Italiyada o‘tadigan namoyishlarda o‘z liboslari bilan qatnashishlari mumkin.
Loyiham aynan o`zbek xalqining milliy liboslariga qaratilgan bo‘lib, yo‘qolib ketayotgan xalqona uslublarni, bichimlarni, qo‘l mehnati kashtalarini, turli xalqlar tomonidan ishlab chiqarish texnikasi asrdan asrga o‘tib kelayotgan matolarni zamonaviy moda bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan.
Bizning milliy liboslarimiz yevropani nimasi bilan lol qoldirmoqda? Avvalo biz shuni tushunib yetishimiz kerak. Biz sevgan Yevropalik mehmon modani mezbon moda bilan uyg`unlashtiramiz. Bizning milliy matolarimizning o`zi go`zal. Oldin milliy matolarimizdan tikilgan liboslarni xotin-qizlarimiz asosa bayramlarda masalan “Navro`z” bayramida va yosh kelin qizlarimiz salomlarida kiyishgan. Hozir esa nafaqat kundalik hayotda balki har qanday to`y-marosimlarda, ko`chalarda milliy matolarimizdan tikib kiyim kiygan qizlarimizni ko`p uchratamiz. Chunki hozirgi dizaynerlarimiz milliy va zamonaviylikka tayangan holda milliy matolarimizni zamonaviy matolar bilan uyg`unlashtirib murakkab bichimli va noan`anaviy liboslari bilan nafaqat o`zbek yosh zamonaviy qizlarimizni balki Yevropani ham lol qoldirib kelmoqda. Shu o`rinda savol tug`iladi: bular qanday liboslar? Masalan paranji elementini asos qilib olib, har bir chopon, har bir ko`ylakda paranjidagi singari foydalanilamaydigan bir juft yeng yelka osh ortga tashlab qo`yilgan. Xuddi plashdek. Mana bu milliy va zamonaviy bichimni uyg`unlashtirilganligidir. Biz bu uslubni dizayner Dilnoza Umirzakovaning Milan moda haftaligida namoyish etilgan DANCE OF SILK kolleksiyasida ko`rishimiz mumkin va liboslarimizdagi bu g`oya Italiya moda naomoyondalarining juda kata qiziqishiga sabab bo`lgan.