12. KURS ISHLARI MAVZULARI BANKI VA
ULARNI BAJARISHGA OID USLUBIY TAVSIYALAR
Kurs ishlarini bajarishga oid uslubiy tavsiyalar
Abdirashidov A. «Hisoblash matematikasi» fanidan kurs ishini bajarishga oid uslubiy ko‘rsatmalar. Uslubiy ko‘rsatma. – Samarqand: SamDU nashri, 2013. – 58 bet.
Kurs ishining maqsadi – hisoblash matematikasining aniq masalalarini yechish uchun hisoblash usullarini qo‘llab, hisob algoritmini va yuqori bosqichli algoritmik tillardan birida dasturiy vositani yaratish; masalani yechishga yaroqli bir yoki bir necha hisoblash usullarini tanlab, ulardan samaralisini ko‘rsatish; natijalarni taqqoslash va kerakli xulosalar chiqarish; misol va masalalar yechishga amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.
Bu maqsadga erishish uchun talabalarga fan dasturidagi mavzular mazmunidan kelib chiquvchi hamda talabaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan bir qator amaliy masalalar ichidan birini tanlash taklif qilinadi.
Buning uchun mavzular namunasi quyida keltirilgan. Bundan tashqari talabaning fanga ijodiy yondashishiga alohida etibor beriladi. Talabaning xoxishiga va bilim saviyasiga, o‘zlastirish ko‘rsatgichiga qarab shu fan o‘qituvchisi (ilmiy rahbari) tomonidan topshiriq yanada oydinlashtiriladi.
Agarda talaba biror ilmiy tadqiqot yoki muhandislik-loyihalashtirish instituti va shu kabi biror ilmiy tadqiqotlar olib borilayotgan ilmiy laboratoriyalarda o‘z ilmiy rahbari bilan ijodiy ish olib borayorgan bo‘lib, ularning shu ijodiy ishi davomida biror amaliy masala o‘rganilayotgan fan nuqtai nazaridan tahlil qilinishi zarurati tug‘ilgan taqdirda, talabaning ilmiy rahbari bilan kelishilgan holda, kurs ishini shu muammoning soddaroq masalalaridan biri sifatida tanlanishi ham mumkin. Bu bilan talabaning bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilishiga bir qadar zamin yaratiladi.
Kurs ishini bajarishda qo‘yilgan amalaliy masalani yechish uchun zamonaviy hisob usullaridan va dasturiy vositalar (Fortran, Pascal, Delphi, C++ va boshqa) hamda matematik paketlar (MathLab, MathCad, Mathematica, Maple va boshqa) dan unumli foydalanish maqsadga muvofiq. Buning uchun tavsiya etilgan adabiyotlarni izchil o‘rganish, muammoning holatini tahlil qilish va masalani yechishning mukammal va zamonaviy hisob usulini tanlash zarur.
Bu kurs ishini bajarish jarayonida talaba murakkab ilmiy tadqiqotlar muamolarini hal qilishga bir qadar tayorgarlik bosqichidan o‘tadi va kurs ishida bajarilgan ishlar bitiriv malakaviy ishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |