Kurs ishining mazmuni



Download 144 Kb.
bet1/4
Sana14.07.2022
Hajmi144 Kb.
#799588
  1   2   3   4
Bog'liq
yer kadastri


Mundarija.

  1. Kirish

  2. Ob’ekt to’g’risidagi umumiy ma’lumot

  3. Asosiy qism

  1. Tuproq bonitirovkasi.

  2. Yerlarni iqtisodiy (me’yoriy) baholash.

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.

  3. Ilovalar.

  4. Chizma ishlari.


Kirish
Respublikamizning dehqonchilik tumanlaridagi tuproqlarning sifati u yoki bu qishloq xoʻjalik ekinlarini oʻstirish imkoniyatini aniqlovchi agroiqlim bilan uzviy bogʻliq qilib belgilangan. Shunday qilib, Oʻzbekistonning sugʻoriladigan tuproqlari bonitirovkasini aniqlash uslubiyati tuproqlarning ekologik sharoitlarini ham hisobga olgan holda tuziladi.Unumdorlik boʻyicha baholash ishlari muayyan yerdagi qishloq xoʻjaligi ekinlariga boʻlgan talablarni hisobga olingan holda oʻtkaziladi. Oʻzbekistonning sugʻoriladigan yerlari sharoitida gʻoʻzaning talablari hisobga olingani eʼtiborda tutiladi. Gʻoʻzaning talablari hisobga olingan holda aniqlangan unumdorlik koʻrsatkichlari paxtachilik majmuiga kiruvchi boshqa hamma ekinlar (sholi, kanop va koʻp yillik mevali daraxtlardan tashqari) ekiladigan sugʻoriladigan yerlarni baholash uchun xam toʻgʻri keladi.
Yerlarni baholashda tuproqning asosiy xususiyatlari va tabiiy sharoitlari: genetik alomatlari, sugʻorila boshlangan davr muddati, mexanik tarkibi, tuproq hosil qiladigan jinslar genezisi, tuproq qatlamining sizot suvlarini oʻtkazuvchanligi, shoʻrlanish darajasi, eroziyaga uchraganligi, toshloqlik va gipslashganlik darajasi va hokazolar hisobga olinadi.Baholash 100 balli yopiq shkala boʻyicha oʻtkaziladi. Eng yaxshi xususiyatlarga ega boʻlgan va eng yuqori unum beradigan tuproqlarga 100 ball belgilab qoʻyiladi.Sugʻoriladigan tuproqlarning bonitirovka shkalasidagi sifat bahosi ularning genetik mansubligi, sugʻorish davri va madaniylashganlik darajalariga nisbatan bonitet ballarida aks ettirilgan. Shkalada bundan tashqari tuproqning gumus zahirasi va oʻsimlik ozuqa elementlari bilan taʼminlanganligi, singdirish sigʻimi, fizik hususiyatlari va biologik aktivligi integral tarzda hisobga olingan.Oʻzlashtirish davriga qarab sugʻoriladigan tuproqlarning hususiyatlari ham tubdan oʻzgaradi. Masalan, eng qadimdan sugʻorilib kelinayotgan tuproqlar bazis tuproqlar boʻlib, barcha xususiyatlari boʻyicha unumdor hisoblanadi.Oʻzbekistonda sugʻoriladigan tuproqlarning bonitirovka shkalasi madaniylashish boʻyicha past, oʻrtacha va yuqori turlarga boʻlingan. Chirindi zahirasi va fosforning harakatlanuvchi birikmalarining ozligi, biologik jarayonning sustligi, tuproqning past darajada madaniylashganligidan dalolat beradi. Yuqori darajada madaniylashgan tuproqlar asosan yuqori agrotexnik, tizimli tarzda yuqori darajada mineral va organik oʻgʻitlardan foydalanish hamda shunga mos holda azot va fosforning harakatlanuvchi birikmalari bilan yuqori darajada taʼminlanganligi, shu tariqa chirindiga boyitilishi sharoitida shakllangan.
Bonitirovka qilishning asosiy maqsadi tuproqlarning tabiiy unumdorligi boʻyicha nisbiy hamda barqaror xususiyatlari boʻyicha bir tuproq xilining ikkinchisidan necha marta yaxshi yoki yomonligini koʻrsatishdan iborat. Bonitrovkaning obyekti boʻyicha aniqlangan, qatʼiy taksonomik birliklarda ifodalangan tuproq xillari xizmat qiladi.
Tuproq bonitrovkasining mezoni qilib, ishlab chiqarish natijalariga taʼsir etuvchi tuproqlarning tabiiy diagnostik va madaniylashish jarayoni olinadi.
Tuproq bonitirovkasining mintaqaviy xarakterga ega boʻlishi maʼlum bir tabiiy mintaqalarga va ularda yetishtiriladigan qishloq xoʻjalik ekinlariga bogʻlanishi zarur. Buning uchun ilmiy asoslangan tabiiy qishloq xoʻjalik mintaqalashtirishni oʻtkazish, maʼmuriy chegaralarda qatʼiy qoʻllanish maqsadida yirik mintaqalar uchun oʻzlarining tuproq bonitirovkasini oʻtkazish uslubiyatini ishlab chiqish zarur.

Sirdaryo viloyati


Sirdaryo viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1920_yil 1-noyabrda tashkil etilgan. Respublikaning janubi-gʻarbida, Qashqadaryo Davlat Kursdosh, Pomir-Olay togʻ sistemasining gʻarbiy chekkasida, Amudaryo va Zarafshon daryolari, Hisor va Zarafshon tizma togʻlari orasida. Shimoli-gʻarbdan Buxoro, janubi-sharqdan Surxondaryo, janubi-gʻarb va gʻarbdan Turkmaniston, sharqdan Tojikiston va Samarqand viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 28,6 ming km². Aholisi 3,225,800 kishidan ziyod (3-oʻrin) (2020). Viloyat hokimi Murotjon Azimov (2021-yil 18-noyabrdan) Tarkibida 14 tumani (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Qamashi, Qarshi, Gʻuzorko'kdala tumani ), 12 shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tallimarjon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Yangi Nishon, Qamashi, Qarshi, Gʻuzor), 4 shaharcha (Yangi Mirishkor,Dehqonobod, Miroqi, Eski Yakkabogʻ, Pomuq), 147 qishloq fuqarolari yigʻini, 1064 qishloq bor (2005).Relyefi, asosan, toʻlqinsimon tekislik boʻlib, janubidan shim.gʻarbga pasayib boradi. Mirzachoʻl dashtining bir qismi viloyat hududiga kiradi. Bal. shimubida 230 m, markaziy qismida 400–450 m, jan. va jan.gʻarbda 600–650 m. Sharqida keng Sirdaryo vodiysi joylashgan. Mezozoy va kaynozoy davrida, asosan, choʻkindi jinslarning qalin qatlami bilan qoplangan. Shoʻroʻzak, Mirzarabot, Sardoba kabi botiqlar mavjud. Tekislik qismi daryolar oqizib keltirgan yotqiziklardan hosil boʻlgan, baʼzi joylarini koʻl, botqoq va shoʻrxok yerlar egallagan. Sirdaryo viloyatida yangi kanallar, zovurlar qazilib, choʻl oʻzlashtirildi va ekin maydonlarga aylantirildi. Tekislik qismida irrigatsiya inshootlari qurilib, paxtazor, bogʻ va tokzorlar barpo qilindi. Adirlar lalmikor yerlar va yaylovlardan iborat.
Ob-havosi keskin oʻzgaruvchan va quruq. Yillik oʻrtacha temperaturasi 14°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimolida —6°, janubida —2°. Qishda havo tez soviydi va tra —30° gacha (Gulistonda —35°) pasayadi. Baʼzan, qish oʻrtalarida havo birdaniga isib, keyin sovib ketadi. Kech koʻklamda va erta kuzda ham kora sovuq tushib oʻsimlikning oʻsish davrini qisqartiradi. Yozi quruq va issiq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27—29°. Yozda tra 32—45° gacha koʻtariladi. Koʻpincha issiq shamol (garmsel) tuproqni quritadi va oʻsimliklar rivojlanishiga yomon taʼsir qiladi. Vegetatsiya davri 218 kun. Yillik yogin 180–220 mm, asosan, qishda yogʻadi. Yozda kuchli bugʻlanish sababli yer osti suvlari yuza maydonlarning (Sharof Rashidov, Oqoltin, Guliston tumanlari) tuprogʻini shoʻr bosadi. Noyabrdan martgacha teztez esib turadigan "Bekobod shamoli" tezligi 20–25 m/sek. (Boyovut tumanida 40 m/sek.)ga yetadi. Bahorda esadigan bu xildagi shamol unib chikayotgan gʻoʻzalarni baʼzan nobud qiladi. Keyingi yillarda ixota daraxtzorlari barpo qilindi. Tuproqlari, asosan, och tusli kuchsiz joylashgan boʻz tuproq boʻlib, kam va oʻrtacha shoʻrlangan, mexanik tartibiga koʻra, qumoq va soz tuproqlardir. Tekisliklarda shoʻrxok va shoʻrxoksimon tuproq uchraydi. Yer osti suvining chuq. 5–6 m. Shoʻroʻzak massivida, hali oʻzlashtirilmagan pastqam joylarda shoʻrxoklar keng tarqalgan. Sugʻoriladigan yerlarning 32% shoʻrlangan, 25% kuchsiz shoʻrlangan, 16% shoʻrxoklardan iborat. Oʻsimliklardan lolaqizgʻaldoq, boychechak, chuchmoma, qoqi yalpiz, ismaloq, yantoq, shoʻra, shuvoq, qoʻngʻirbosh, qoʻziquloq, tuyatovon, quyonsuyak. juzgʻun, qovul, oqquray, qiltiq, karrak, rang, iloq, betaga, qiyoq, qamish, yulgʻun, oqbosh, qushqoʻnmas, naʼmatak, mingboshi, chitir, gʻumay, pechak, saksovul, har xil butalar, jiyda, doʻlana, tol, terak, qayragʻoch, oq akatsiya, zarang, shumtol va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan: jayra, tulki, boʻri, chiyaboʻri, qobon, jayran, nutriya, ondatra, koʻrsichqon, suvkalamush, tipratikan, yumronqoziq, kaltakesak, ilon, toshbaqa, falanga, chayon, qoraqurt; qushlardan xoʻjasavdogar, moyqut, bulduruq. Paxtachilik, gʻallachilik, pillachilik, mevachilik, sabzavotpolizchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Sirdaryo viloyatida 30 shirkat va 6170 fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi (2004). Viloyatning jami ekin maydonlari 245,0 ming ga, shundan 115,3 ming ga yerga paxta, 86,3 ming ga yerga gʻalla, 6,0 ming ga yerga sholi, 1,9 ming ga yerga sabzavot, 2 ming ga yerga poliz, 450 ga yerga kartoshka, 19,5 ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi. 1233 ga bogʻ va tokzor bilan band. Shuningdek, sugʻoriladigan yerlarga beda, noʻxat, mosh, kunjut, tariq, loviya, kungabokar va boshqa ekiladi. Guliston va Xovos tumanlari sabzavot va poliz ekinlari ekiladigan asosiy joylardir. Viloyatda yetishtiriladigan qovun, tarvuz, piyoz Ural, Sibir va Uzok, Sharqdagi shaharlarga ham joʻnatiladi. Bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Sirdaryo viloyatidagi jami jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 181,1 ming krramol (shundan 75,9 ming sigir), 120,5 ming qoʻy va echki, 376,3 ming parranda, 6,1 ming ot boqiladi (2004). Viloyatda 2 ta baliqchilik xoʻjaligi mavjud.
Boyovut tumani
Boyovut tumani — Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1955-yil 19-aprelda Toshkent viloyati tarkibida tashkil etilgan. 1960-yilda Yangiyer tumaniga qoʻshilgan. 1963-yil Sirdaryo viloyati tarkibida qayta tashkil etildi. Boyovut tumani Sirdaryo viloyatining sharqida joylashgan. Sharqda Toshkent viloyatining Bekobod tumani, jan.gʻarbda Xovos tumani, shim.da Guliston tumani, g'arbda Mirzaobod tumani va jan.da Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,435 ming km². Aholisi 80,2 ming kishi (1999). Boyovut tumani da 1 shahar (Boyovut) va I qishloq fuqarolari yigʻini (Boyovut, Dehqonobod, Darvozaqir, Doʻstlik, Laylakkoʻl, Madaniyat, Mingchinor, Olmazor(shaharcha), Tinchlik, Usmonobod, Gʻallakor) bor. Markazi — Boyovut shahar.Boyovut tumani Mirzachoʻl dashtining janubida joylashgan. Relyefi tekislik boʻlib, yer yuzasi allyuvial yotqiziqlar bilan qoplangan. Iqlimi kontinental iqlim. Iyulning oʻrtacha temperaturasi "26—28", yanvarniki —2°, —4°. Yiliga oʻrtacha 200– 300 mm yogʻin tushadi. Tuman hududida Bekobod shamolining taʼsiri kuchli. Tuman hududidan Janubiy "Qalin matn" Mirzachoʻl kanali va Toshkent viloyati Bekobod tumani chegarasidan "Doʻstlik" kanali oʻtgan. Grunt suvlari shoʻr va shoʻrtob. Tuproqlari lyoss ustida vujudga kelgan har xil boʻz tuproqlar. Koʻp yerlarini shoʻr bosgan. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyaboʻri, yovvoyi mushuk, quyon, sudraluvchilardan turli xil ilonlar, suvda va qurukda yashovchilardan choʻl qurbaqasi uchraydi. Sultonhovuz koʻlidan baliq ovlanadi.Tuman xoʻjaligining asosiy tarmoklari — paxtachilik, chorvachilik, bogʻdorchilik va gʻallakorlik. Tuman markazidagi mahalliy sanoat korxonasida xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqariladi. 2 paxta tozalash, gʻisht va non zavodlari bor. Tumanda 39 kichik va xususiy korxona, 250 oʻrta biznes bilan shugʻullanuvchi korxona, 2 avtokorxona. aloqa boʻlimi faoliyat koʻrsatadi (1999).Q.xda sugʻoriladigan yerlar 29,7 ming ga, ekinzorlar 29,2 ming ga, shu jumladan 16,7 ming ga yerga paxta, 126 ga yerga sabzavot, 11,7 ming ga yerga donli ekinlar, 787 ga yerga yemxashak ekinlari ekiladi. Boyovut tumani da 10 shirkatlar uyushmasi, yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, 2 dehqonfermer xoʻjaligi birlashmasi bor. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 21,7 ming qoramol, 18,8 ming qoʻy va echki, 25,6 ming parranda, 688 ot boqiladi (1999).Aholisi, asosan, oʻzbeklar; rus, tojik, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 161 kishi toʻfi keladi. Shaharliklar 13,8 ming kishi, qishloq aholisi 66,4 ming kishi (1999).

Download 144 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish