Kurs ishimizning maqsad va vazifalari


Xristianlik cherkovi-protestantizm va pravoslaviya



Download 188,5 Kb.
bet4/5
Sana14.07.2022
Hajmi188,5 Kb.
#794144
1   2   3   4   5
Bog'liq
Otaboyev Bobur

Xristianlik cherkovi-protestantizm va pravoslaviya.

Papa inkvizitsiyasi o‘z faoliyatini kuchaytirib yubordi. U olimlarni ta’qib etar, eng yaxshi kitoblarni yo‘q qilar, ularni necha martalab qayta nashr etilgan va “Taqiqlangan kitoblar ro‘yxati” deb atalgan qora ro‘yxatga kiritar, “dinning pokligi uchun” degan munofiqona shior ostida begunoh, kishilarni tiriklay o‘tda kuydirar edi.


Inkvizitsiya ayniqsa Ispaniyada quturib ketgan va davlat hokimiyatining qonli quroliga aylangan edi. U erda davlat amaldorlariga yoqmagan o‘nlarcha taraqqiyot arboblar inkvizitsiya qurbonlari bo‘ldilar. Polshadagi inkvizitsiya hamkukmron to‘daning ana shunday quroliga aylandi. Ajoyib belorus-litva faylasufi-daxriysi Kazimir Lishchinskiy inkvizitsiya yordami bilan vahshiyona jazolanib, 1689 yilda Varshavada olovga tashlab kuydirildi. 1724 yilda Torun shahrida inkvizitorlarning g‘iybatchiligi bilan “qonli qirg‘in” uyushtirilib, unda ko‘pgina “eretik”- protestantlar halok bo‘ldilar.1
Fransiyada mudhish inkvizitsiya jarayonlari butun XVIII asrda to‘xtovsiz davom etdi. Tuluzalik savdogar Jon Kalasning, o‘z o‘g‘lini o‘ldirdi, degan tuhmat bilan sud qilinib, 1762 yilda charxpalakda qiynab o‘ldirilishi, yosh yigit De la Barrning diniy marosim oldida boshidan shlyapasini olmaganlikda ayblanib, 1766 yilda tiriklay o‘tda kuydirilishi, odam o‘ldirdi, degan nohaq ayb bilan Monbal va uning xotinini olovda kuydirishga hukm etilishi va yana boshqa bir qancha kishilarning inkvizitsiya qurboni bo‘lishi ilg‘or jamoatchilikni yoppasiga harakatga keltirdi, bu ilg‘or jamoatchilikka Volter boshchilik qilib, “Ecrasez Linfame!” (“Gazandani yanchibtashlangiz!”) degan shiorni maydonga otdi.
Inkvizitsiya tomonidan avj oldirilgan vahshiyona fanatizm “jodugarlar”ni ommaviy ravishda ta’qib qilishda namoyon bo‘ldi, bu ta’qiblar XVII-XVIII asrlarda ko‘p mamlakatlarda, ham katolik mazhabidagi va ham protestant mazhabidagi mamlakatlarda keng tarqalgan dahshatli hodisa tusiga kirdi. YUzlab va minglab kishini, ko‘pincha xotin-qizlarni nohaq ravishda jodugarlik va sehrgarlikda ayblab, aksari vaqtda ularni haddan tashqari qiynoqqa solib, “ayblari”ga iqror qilar va gulxanlarda tiriklayin kuydirar edilar. “Jodugarlarni ovlash” Evropa mamlakatlarida” tashqariga ham yoyildi. 1692 yilda Salem shahrida (hozir bu shahar AQSH da) “Salem sehrgarlari” fojiasi yuz berdi. YUzlab xotinlar sehrgarlikda ayblanib, dahshatli qiynoqlarga solindi, 19 ta ayol dorga osildi. Biroq bular zahshiyona jazo choralarining so‘nggisi emas edi, mutaassib ruhoniylarning va cherkovning quvvatlashi bilan bunday yovuzliklar keyinchalik ham qilindi.
Protestantizm Vestfaliya sulhiga binoan sulola erlarida “cujus region,ejus religio” formulasi asosida umumiy-siyosiy jihatdan e’tirof qilingandan so‘ng XVII asrda G‘arbiy Evropaning bir qancha mamlaktalarida mustahkam joylashib oldi va uning lyuteranlik, kalvinizm va angliganlik deb atalgan uchta asosiy turi bor edi: lyuteranlik Daniya, SHvetsiya, Norvegiya, Brandenburg - Prussiya, Saksoniyada va Germankyaning boshqa bir qancha shimoliy va markaziy o‘lkalarida, kalvinizm Niderlandiya, SHveysariyada, anglikanlik Angliya va SHotlandiyada tarqalgan edi.1
Protestantizm Fransiya, Avstriya va Polshada XVII asr davomida siqib qo‘yilgan edi va undan keyin ham u bu mamlakatlarda ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘ldi. Fransiyada Nant farmoni bekor qilinganidan (1685) so‘ng gugenotlarningko‘pchilik qismi jabratan yo katolik diniga kirishga, yoki o‘z vatanidan boshqa joylarga (aksarisi Prussiya, Gollandiya va Angliyaga) ko‘chib ketishga majbur bo‘ldi. Qattiq ta’qib qilinishiga qaramay, gugenotlarning anchagina qismi (1760 yilda butun Fransiyada 600 ming gugenot qolgan edi) o‘z ota-bobolarining urf-odatlariga sodiq bo‘lib qolaverdi va to fransuz inqilobigacha yarim yashirin holda yashab keldi. Avstriya va Polshadagi protestantlar qonli ta’qiblarga duchor qilindi, XVII asrda iezuitlar bu mamlakatlarda juda hukmron bo‘lib olib, protestantlarni bir necha marta ko‘plab qirib tashladilar.1
Lyuteranlik Brandenburg -Prussiyada va Skandinaviya mamlakatlarida alohida ahamiyat qozondi, davlat dini tusini oldi.
XVII asrda kalvinizm o‘z amr-farmonlaridagi dastlabki qattiq talablarini yumshatdi. Bu hol SHveysariyada kalvinizmning uzil-kesil qaror topishiga yordam berdi. Gollandiyada esa kalvinizmdan arminianlar (remonstrantlar) mazhabi ajralib chiqdi.
XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida Germaniyada lyuteran pietizmi tarqaldi, u orzu-havasga berilmaslikni,o‘yin-kulgilardan (raqs, muzika, teatr, karta o‘yini va hokazolardan) voz kechishni talab qilardi, “dinga dilda ishonishni” (din dindorning ichki ma’naviy ishi, u ko‘z-ko‘z qilishlarga muhtoj emas), “haqiqiy” dindorlikni, diyonatli, xudogo‘y bo‘lishni va savob ishlar qilishni va hakazolarni targ‘ib qildi.Pietizmning asosiy namoyandalari SHpener va Franke bo‘lib, bular Germaniyada va undan tashqarida pietistlarning juda ko‘p jamoalarini tuzdilar va bu harakatni ancha faollashtirdalar. SHpener va Frankening muxlislari o‘z muxoliflari Xristian Tomazius, Xristian Volf va boshqa shular singari mashhur faylasuflar bilan qattiq bahs-munozara olib bordilar.2
Guschilar urf-odatini davom ettirgan, “Bogemiyalik brodarlar” nomli mazhab bilan qo‘shilib ketgan pietizmning o‘ziga xos tarmog‘i XVIII asrda paydo bo‘lgan gernguterlar jamoalari (gernguter Saksoniyadagi bir joyning nomi “gernguterlar” so‘zi o‘sha joy nomidan kelib chiqqan) edi. Bu jamoalarda tarki dunyo qilish, xotin olmaslik va erga chiqmaslik, itoat-ibodatda bo‘lish va zaxmat chekish targ‘ib qilinardi. Lekin gernguterlar protestantizmning “dinga e’tiqod qilishning o‘zi bilan gunohlarni yuvish” degan ta’limotini rad qilar, zohirda ham taqvodor bo‘lishni talab etar edilar. Ular o‘z cherkov tashkilotlarini-pog‘onalarni (presviterlik, episkoplik lavozimlarini) tuzdilar va Evropaning ko‘p mamlakatlariga (shu jumladan, Rossiyaga) hamda Afrikaga o‘z ta’limotlarini yoydilar.
Buyuk Britaniyada protestantizm alohida yo‘l bilan rivojlandi. “Vijdon erkinligi haqidagi deklaratsiya” (1687) va “Din erkinligi to‘g‘risidagi farmon” (1689) chiqarilgandan keyin, sanoat va texnika sohasidagi inqilobning gurullab rivojlanishi, ratsionalistik asoslari “g‘ayri tabiiy kuchlar”ga ishonishni tobora yo‘q qilib, ommaga singib kirayotgan ilmiy bilimlarning o‘sishi bilan bu mamlakat aholisining dinga ishonchi umuman yo‘qolayotganligi ko‘zga tashlana boshladi (Volter Angliyani “dunyoda eng dinsiz mamlakat” deb atagan edi). Qeskinlashib ketgan sinfiy ziddiyatlar natijasida cherkovda ham ajralish yuz berdi, anglikanlik cherkovidan uch xil cherkov paydo bo‘ldi, bular: siyosatda “tori” bilan bog‘langan, diniy jihatdan esa bor-yo‘g‘i faqat papa hokimiyatini inkor etishi bilangina katolizmdan farq qiladigan - “oliy cherkov” (“high church”); “vigilar” bilan bog‘langan va puritanlik urf-odatlariga hamon ma’lum darajada amal qiluvchi mayda burjuaziya orasidan o‘ziga muxlislar to‘plagan “quyi cherkov” (“lov church”); muxlislari orasida o‘z mazhabdoshlarining din va cherkov haqidagi tushunchalariga ta’sir ko‘rsatib, ko‘pincha ularning dindan hafsalasini sovituvchi ratsionalistik elementlarning kuchaygani tobora ko‘proq ayon bo‘lgan “keng cherkov” (“broad church”)dir.
Lekin Angliya taxti qo‘li ostidagi mamlakatlarda butun XVIII asr mobaynida Angliya “dissenterlar” yoki “nonkonformistlar”, deb atalgan katoliklarni, puritanlarni va ba’zi bir mazhablarni (“unitariyalar”, “kvakerlar” va boshqalarni) ta’qib etish davom etaverdi., chunki “Din erkinligi to‘g‘risidagi xujjat” ularga joriy qilinmagan edi.
Angliyada dinga ishonish umuman kamaygan bo‘lishiga qaramay, aholining ba’zi tabaqalari orasida bir qancha mistik va yashirin (okkult) mazhablar: o‘z tarafdorlarvni asosan aristokratlar va yuqori darajali intelligentlar orasidan to‘plagan frankmasonlar (“erkin toshteruvchilar”) mazhabi; o‘z ta’limotini avval Oksford universiteti studentlari orasida targ‘ib qilish bilan ish boshlagan metodistlar mazhabi; kalvinistlarning ba’zi odatlarini jonlantirgan va asosan shahar mayda burjuaziyasi orasida ish olib borgan baptistlar mazhabi kabi mistik va yashirin mazhablar yuzaga keldi.
Burjua g‘oyasining va ratsionalizm hamda empirizm bilan sug‘orilgan yangi fanning rivojlanishi ijtimoiy-siyosiy va davlat hayotining va ijtimoiy ongning “sekulyarizatsiya”si bilan birga bordi. Boshqacha qilib aytganda, cherkovning, ruhoniylarning, diniy g‘oyaning ta’siri tobora kamaydi. Bunga klerikalizm reaksion rolining fosh qilinishi va papa hokimiyati obro‘yining ancha pasayib ketishi ham yordam berdi.1
Falsafa (Angliyada Gobbs va Lokk, Fransiyada Dekart va Monteske. Gollandiyada Spinoza, Germaniyada Leybnits va Xristian Volf), huquq va birinchi galda tabiiyot ilmi aqidalardan ozod bo‘ldi. Davlat haqidagi g‘oyalarning ilohiyotdan xoli rivojlanishi katta ahamiyat qozondi, axloqni yangicha tushunish paydo bo‘ldi, yaxshilik “gunohlarni yuvish” maqsadidagina cherkov amr-farmonlarini bajo keltirish bo‘lmay, balki insoniyatning “umumiy baxt-saodati” va taraqqiysi uchun intilishdir,- degan yangi axloqiy tushuncha paydo bo‘ldi, insoniyatning “umumiy baxt-saodati” va taraqqiysi tobora ko‘proq “aqlning hukmronligi” deb tushunila boshlandi.
Dunyoviy maktablar ko‘paya boshladi, bu maktablar cherkov ta’siridan qutulmagan bo‘lsada, lekin ular o‘qitishning mazmuni va usullari jihatidan o‘zidan oldingi o‘lik sxolastik ta’lim maktablaridan ko‘p yuqori turar edi. Bir qancha mamlakatlarda dunyoviy oliy o‘quv yurtlari, ilmiy jamiyatlar va akademiyalar barpo qilindi. Fan, avvalo tabiiyot ilmi yangi usul va yo‘nalishlarni o‘zlashtiradi, hodisalariing o‘zaro sabab va oqibat kategoriyalari bilan bog‘lanishlarini ratsionalistik tushunishga asoslanadi va o‘z vazifalarini kuzatish hamda eksperiment qilish yo‘li bilan hal kila boshlaydi.
XVII-XVIII asr ilmiy fikr tarixida yuz bergan eng muhim voqea unda materialistik asoslarning kuchli suratda rivojlanishi bo‘ldi, bu materialistik asoslar bir qancha ajoyib mutafakkirlar (Gobbs, Gassendi, Spinoza, Lokk, Toland, Didro, Dalamber va boshqalar)ning falsafiy ta’limotlarida o‘zining rang-barang ifodasini topdi.
Kapitalistik ishlab chiqarish usuli va ilk burjua inqiloblarining o‘sishi sharoitida rivojlangan materialistik fikr diniy g‘oyalarning obro‘yini tushirib yubordi, diniy e’tiqodlarga raxna soldi. Ammo, shundayligiga qaramay, uning o‘zi cheklakgan va subutsiz edi. U mexanistik materializm formasida maydonga chiqar edi, ko‘p hollarda ayniqsa ijtimoiy masalalarda, g‘oyaviy tasavvurlar bilan o‘ziga xos ravishda qo‘shilib ketgan bo‘lar edi. U davrdagi falsafiy tizimlar materialistik va ratsionalistik negizlarga asoslanganligiga qaramay ko‘pincha diniy g‘oyalardan ham xoli bo‘lmaganligining sababi ana shunda.
YAngi, “sekulyarizatsiyalashgan” g‘oyalarning tarqalishi hayotning boshqa sohalarida ham cherkov ta’sirini ancha kamaytirishga olib keldi: bir qancha mamlakatlarda monastirlarning soni ozaydi va ularning “faoliyati”ni tartibga soluvchi qonunlar chiqarildi, cherkov sudlari va inkvizitsiyalarning huquqi va vakolati cheklab qo‘yildi, ruhoniylar senzurasi o‘rniga davlat senzurasi joriy qilindi va hokazo.
CHerkovning obro‘yi juda tushib ketishi, iezuitlarning nafratga qolishi, klerikalizmning reaksion roli fosh qilinishi va ikkinchi tomondan, ilmiy bilimlarning oshib borishi hamda g‘oyaning diniy ta’sirlardan xalos bo‘lishi ko‘p mamlakatlarda erkin fikrlilik va antiklerikalizmning yoyilishiga yordam berdi. Spinoza, Toland, Kollinz, Per Beyl singari ilg‘or mutafakkirlar daxriylik yo‘liga o‘tdilar, lekin ular o‘z daxriylik qarashlarini goho diniy ifodalar bilan pardali qilib bayon etishga majbur bo‘lardilar. Ba’zi burjua g‘oya tarafdorlari falsafiy masalalarda daxriylik xulosalarga kelsalar ham, lekin dinni xalqni tutib turadigan “ijtimoiy tizgin” deb himoya qilar edilar (Tomas Gobbs va boshqalar).1
Ingliz va fransuz “ma’rifatparvarlari” jaholatparastlikka va diniy taassublarga qattiq zarbalar berdilar.
Xalq orasida erkin fikr qiluvchi kishilar ko‘paydi, dindan qaytish keng miqyosda, ayniqsa yirik shaharlarda, kuchaydi. Klerikalizmga qarshi yozilgan pamfletlar, ko‘chma varaqalar, karrikaturalar ko‘pchilik tomonidan sevib o‘qildi.
XVIII asrda cherkov kuch-qudratining emirilishi, ommadagi dindorlikning kamayishi aql-idrokning diniy taassub ustidan, ilm-ma’rifatning bid’at-xurofot ustidan, progressning reaksiya ustidan qozongan dastlabki g‘alabalari edi. Bu jarayonlar feodalizmning g‘oyaviy jihatdan qurolsizlantirilganligini ko‘rsatardi, ular buyuk siyosiy janglarning boshlanishi edi.
Garchi XV asr oxirlaridan boshlab pravoslavie (grek-pravoslavie) cherkovining ta’sir markazi Moskva davlati hamda boshqa rus va ukrain erlari bo‘lib qolgan bo‘lsa ham, lekin pravoslavie cherkovi Bolqon yarim orolida ham, YAqin SHarq va Janubi-SHarqiy Evropaning Turkiyaga tobe mamlakatlarida ham o‘z xalqaro ahamiyatini qisman saqlab turar edi, Barcha dinlarga erkinlik berib qo‘ygan bo‘lsa ham, lekin g‘ayri musulmonlarga katta soliqlar solgan turklarning soliq siyosati natijasida ko‘pgina xristianlar o‘z dinidan chiqib islom diniga kirdi, Ammo har holda Usmon sulolasida xristian aholi anchagana sonni tashkil etar va milliy ozodlik kurashi ko‘p vaqt diniy shiorlar ostida borar edi. To‘rt grek-pravoslavie patriarxligi - Iskandariya, Antioxiya, Quddus patriarxliklari va ularga boshchilik qilgan “butun dunyo” Istambul patriarxligi ham yashashini davom ettiraverdi. Lekin bularning ta’siri ko‘pincha faqat mahalliy cherkovlarga o‘tar edi. Pravoslavlarning ziyoratgoh joylari, ayniqsa Afon tog‘lari va unda qurilgan monastirlargina ma’lum darajada pravoslavie cherkovining xalqaro markazi bo‘lib xizmat qildi,
Grek-pravoslaviya cherkovining “qadimgi taqvodorligi” haddan tashqari eskirib turg‘unlikka tushib qolganligi Usmon sulolasida yashovchi mazlum xalqlar-slavyan xalqlari, greklar, armanlar, gruzinlarning ijtimoiy fikridagi ilg‘or tendensiyalarni bo‘g‘ib turar va ularning rivojlanishiga xalal berar edi. Bu turg‘unlik Evropaning boshqa bir rayonidagi - vujudga kelgan tarixiy sharoitlar natijasida ukrainlar va beloruslar o‘z ota-bobolarining qadimgi dini uchun kurashni milliy ozodlik uchun qurash timsoli, polyak feodallariga va katolik cherkoviga qarshi kurash simvoli qilib olgan ko‘p millatli Polsha-Litva davlatidagi xalqlarning madaniy taraqqiyotida ham o‘z izini qoldirdi. 1596 yildayoq katolitsizm Berst ittifoqi deb atalgan ittifoq vositasi bilan turli cherkovlarni bir-biriga qo‘shib yuborishga urindi. “Ittifoqchilar”ga va katoliklarga qarshi kurash ukrain xalqini milliy jihatdan jipslashtirish harakatida pravoslavie ruhoniylariga uzoq vaqt ma’lum darajada obro‘ tug‘dirib bordi, pravoslavie diniy maktablari, seminarlari va jamiyatlarya esa uzoq muddatgacha cherkov dogmatizmi, jaholatparastligi, ruhi bilan sug‘orilgan ta’lim-tarbiya va kitob bosish ishlarining asosiy o‘chog‘i bo‘lib qoldi.
Mustahkamlanib borayotgan podsho hokimiyatiga tayanchlik xizmatini bajarib, rus pravoslavie cherkovi o‘z navbatida uning yordami bilan o‘z iqtisodiy yo‘llarini mustahkamlab olishga va o‘z ta’sirini kuchaytirishga intildi. Patriarx Nikon o‘zini “ulug‘ podsho” deb atab, hatto cherkovga dunyoviy hokimiyatni bo‘ysundirmoqchi bo‘ldi, podsho yo‘qligida uning o‘rnida vaqtincha turib, mamlakatni boshqarishga faol aralashdi.1
Nikonning ibodat kitoblariga tuzatishlar kiritishi podsho hokimiyatining kuchayishiga qarshi chiqqan boyarlar o‘rtasidagi eski cherkov urf-odatlari tarafdorlarining va patriarx tomonidan bo‘lgan o‘zboshimchaliklardan zorlangan ruhoniylarning hamda qaramchilik zulmi ostida jafo chekkan dehqonlardan bir qismining ochiqdan-ochiq norozilik bildirishiga bahona bo‘ldi. CHerkovni “raskol” harakati qattiq larzaga soldi. Eng mutaassib raskolniklar ko‘plab o‘rmonlarga chiqib ketib, yaqinda qiyomat qoim bo‘ladi, xudo qozi bo‘lib, gunohkor bandalarini jazolaydi, deb va’z qildilar. Raskolniklar quvg‘in qilindi, ko‘plari dorga osildi, shu jum-ladan, mamlakatning eng katta voizlaridan biri bo‘lgan protopop Avvakum ham qatl etildi.
Lekin Nikonning diniy hokimiyatni dunyoviy hokimiyatdan yuqori qo‘yishga intilishi (ruhoniylar podsholardan yuqori turishi kerak,- deyardi) uning podsho bilan aloqasining uzilishiga va patriarx ustidan sud qilinishiga olib keldi.
Oliy martabali ruhoniylarning 1667 yilgi yig‘iniga sharqiy mamlakatlardagi patriarxlar kelishdi va Nikonga pravoslavie cherkovining to‘rtta patriarxi nomidan hukm chiqa-rildi.
Nikonning islohotlari va uning sud qilinishi munosabati bilan 1665 va 1667 yillarda Moskvada sharqiy mamlakatlarning patriarxlari ishtirokida yig‘in o‘tkazildi. XVII asrda Moskva amalda pravoslavie cherkovining jahon miqyosidagi markaziga aylana boshladi.
Podsho hokimiyatining yangi o‘lkalar va xalqlarini: Oka orti mordvalarini, Qozon tatarlarini, Sibirda Toboldan to Amurgacha bo‘lgan erlarda yashovchi qabilalarni o‘ziga bo‘ysun-dirib olishida rus cherkovi tomonidan berilgan madad ham rus cherkovi rolining mustahkamlanishiga yordam berdi. XVII asr boshlarida pravoslavie missiyasi hatto Pekinda ham o‘rnashib oldi. CHerkov podshoning faqat sharqda emas, balki Kavkazda ham olib borgan istilochilik siyosatining quroli bo‘lib xizmat qildi. XVII asr oxirida pravoslaviya dinini himoya qilish bahonasi bilan Gruziyaning yana bir qancha xududlari Rossiyaga qo‘shib olindi.
XVII asrda Rossiyaning g‘arbida va janubi-g‘arbida bir tomondan, pravoslaeie cherkovi va, ikkinchi tomondan, Rim-katolik hamda ittifoqchilar cherkovi o‘rtasida ayniqsa qattiq kurashlar boshlanib ketdi. Katolitsizmning diniy-siyosiy ekspansiyasiga qarshi ish olib borish uchun 1594 yildayoq Kievda pravoslaviya oliy aqoid maktabi ochildi, ammo bu maktab katolik Rim kollegiyalari nusxasida tashkil topganligidan yuqori martabali cherkov-siyosiy doiralari unga ishonchsizlik bilan qaradilar. SHuning uchun XVII asr oxirida Moskvada diniy akademiya ochildi, unda rus va grek kitobshunoslari pravoslavie aqoid ilmining asosiy markazini tashkil qildilar. XVIII asr boshlarida Moskva akademiyasiga o‘xshash boshqa diniy maktablar Rostov, Novgorod, CHernigovda ham paydo bo‘ldi. Pravoslaviya cherkovi katolitsizmning Rossiyadaga ekspansiyasiga qarshi dunyoviy hokimiyat yordamida xam kurash olib bordi, Moskvada joylashib olgan iezuitlarni u erdan chiqartirib yubordi, ittifoqchilarga yoki katoliklarga bosh ekkan ruhoniylarni uzoq joylardagi monastirlarga surgun qildi va unvonidan mahrum etdi.
SHu bilan bir vaqtda pravoslavie cherkovi protestantizmga qarshi kurash olib bordi, chunki protestantizm namoyandalari ham Rossiyaga kelar va bu erda o‘z dinlarini tarqatishga urinar edilar. Protestant mutaassiblaridan biri, o‘zini payg‘ambar, xudo farzandining farzandi deb atagan mistik Kvirin Kulman pravoslavie aholisi o‘rtasida protestantizmni targ‘ib qilgani uchun tutib olinib, o‘z muxlisi Moskva savdogari nemis Norderman bilan birga 1689 yilda o‘tda kuydirildi.
CHerkovni idora qilish oliy huquqi patriarx o‘rniga “oliy hokimiyati muborak Sinod”ga topshirildi, bu Sinodni esa haqiqatda podsho amaldori - ober-prokuror, ya’ni podshoning ko‘zi va davlat ishlarining mutasaddisi” idora qilardi.
Rus pravoslaviya cherkovining xalqaro ahamiyatini yana bir karra ta’kidlamoqchi bo‘lib, Pyotr I sharqiy patriarxlarga tegishli xat bilan murojaat qilganidan keyin ular Sinodning tuzilganini tasdiqladilar.1
Pyotr I tomonidan o‘tkazilgan va so‘ngra uning vorislari davrida, ayniqsa Ekaterina II davrida rivojlantirilgan cherkov isloxotlari cherkovni davlat hokimiyatiga bo‘ysundirish va uni “pravoslavie dini mahkamasiga” aylantirishgina emas, balki cherkovning iqtisodiy kuch-quvvatidan pomeshchik tuzumini mustahkamlash va mamlakatda savdo-sotiq ishlarini avj oldirish uchun foydalanishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi. Ikkinchi tomondan, cherkovga politsiyachilik funksiyalari yuklangan edi, bu funksiyalar tamomila uni samoderjavie-qaramlik rejimiga xizmat qiluvchi davlat boshqaruvining bir qismiga aylantirdi.
Xulosa


Prezidentimiz o‘zining “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” nomli asarida shunday yozadi:” Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda”1
YUqorida ko‘rib o‘tilgan yuz ellik yil- butun jahon tarixining anchagina kichik bir bo‘lagidir. U insoniyat dunyosi o‘z boshidan kechirgan juda uzoq muddatli taraqqiyotning izchil ravishda ulanib ketgan halqalaridan biri, xolos. Bu davr butun jahon miqyosidagi umumiy tarixiy jarayonda qanday o‘rin tutganini yaxshi bilib olmay turib, uning ichki mantiqiy tartibini aslo tushunib bo‘lmaydi. YAngi tarixning birinchi bo‘limi bir butunni, emas, balki bir qismni tashkil etadi, binobarin bu qism nimadan nimaga o‘tishda xizmat qilishini yaxshi anglab olish kerak. Insoniyat tarixi bir butun va, shu bilan birga, jadal tezlashib boruvchi jarayondir.
XVII asr o‘rtalaridan XVIII asrning so‘nggi o‘n yilligigacha o‘tgan vaqt kapitalistik ijtimoiy tuzum feodal ijtimoiy tuzum ichidan chiqqan va xalos bo‘lgan muhim davr edi. Biz bu davr g‘oyat katta ijtimoiy tangliklar, nihoyatda xilma-xil, aniq xarakterdagi stixiyali ommaviy harakatlar, inqilobiy larzalar, ko‘pgina urushlar davri bo‘lganini ko‘rdikki kapitalizm ba’zi mamlakatlarda sezilarli yutuqlarga erishgan bo‘lsa, ba’zi mamlakatlarda esa yuzaki qaraganda sokin ko‘ringan issiqlik molekulyar harakatiga o‘xshash qandaydir notinch turg‘unlikka uchradi, dunyodagi ko‘p xalqlar va mamlakatlar qaramlik va qullikning dahshatli suratda takrorlanishini boshdan kechirdilar, ba’zilari esa xonavayron qilindilar va halok bo‘lib ketdilar. Evropa va Amerikadagi ayrim davlatlarning tarixini o‘qigan kishida, bu davlatlarning taqdiri tushunib bo‘lmas holda xilma-xil bo‘lgan ekan, degan taassurot tug‘iladi. Tarixchi har holda bu xilma-xillikni mulohaza qilishi, undagi umumiylikni (birlikni) ko‘rishi kerak. Bu ishda xalqaro munosabatlarga hamda mamlakatlar o‘rtsidagi savdo va madaniy aloqalarga ancha katta ahamiyat berilgan.1
Haqiqatan ham, har qaysi ayrim mamlakatning har bir ayrim vaqtdagi hayoti ikki asos bilan belgilanadi, bu asoslarning biri - o‘sha mamlakatning tarixiy merosi uning shu vaqtdagi o‘ziga xos inersiyasi va tendensiyasidir, ikkinchi asos esa shu mamlakat mansub bo‘lgan mamlakat va davlatlar tizimsida mazkur vaqtga kelib yuz bergan o‘zgarishlardir. Albatta, XVII-XVIII asrlardagi tezgina o‘tib ketadigan xalqaro janjallar va ittifoqlar biron xalqning hayotida va keyingi taraqqiyotida unchalik chuqur iz qoldirmadi. Lekin tarixchining ko‘zi davlatlar tizimsidagi uzoqroq davom qiladigan, shu sababli chuqurroq ta’sir ko‘rsatadigan harakatlarni ham ko‘radi. Masalan, XV asr o‘rtalaridan to XVI asrning so‘nggi o‘ttiz yiligacha Evropaning siyosiy hayotiga o‘sib borayotgan Usmonli sulolasining tazyiqi g‘oyat kuchli ta’sir ko‘rsatardi. U ba’zi xalqlarning taqdirini o‘ziga bo‘ysundirib, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri istilo qilish bilangina qolmay, boshqa davlatlarning siyosiy ahvolidagi ko‘pgina tomonlarni ham bevosita belgilab berardi. XV asr o‘rtalaridan XVI asrning so‘nggi o‘ttiz yiligacha o‘tgan davrda uning asosiy muxolifi Ispaniya davlati bo‘lib qoldi, Ispaniya davlati Evropaning ko‘pgina qismiga va boshqa qit’alarga o‘z hukmronligini yoydi. Jahon savdo yo‘llarida keskin o‘zgarish yuz berdi. Islom dini hujum qilib kelayotgan bir paytda hatto inqilob va kontrreformatsiyalar bo‘roni ma’lum darajada xristian cherkovini inqirozga va qayta qurilishga olib keldi, xolos.
Lekin tobora kuchaygan Rossiyaning Evropa siyosiy hayotiga ko‘rsatgan ta’siri eng uzoq muddat davom etgan, XVII-XVIII asrlarda ham o‘sib borgan ta’sir bo‘ldi. Rossiya davlatining G‘arbda unga qarshi turgan uchta qo‘shnisi - SHvetsiya, Polsha-Litva davlati va Usmonli sulolasi bilan olib borgan murakkab kurashi: XVIII asr oxirida bu “g‘ov” ni butunlay o‘pirib, yakson qilib tashlash bilan tamom bo‘ldi; XVIII asrda bu g‘ovni suyab turgan Prussiya va Avstriya endi tamomila yangi vaziyatga tushib qolgan edi. Xullas, bu yo‘nalishda ham tarix davlatlar tizimsining juda uzoq davom etadigan katta qayta qurilishini ko‘rsatadi, bu qayta qurilish bir qancha mamlakatlarning siyosat, savdo, madaniyat tarixiga doir ko‘pgina narsalarii izohlashga yordam beradi.
Tarixchi ommaning tarixdagi roli haqida gapirganida: u kishilar haqida gapiradi, omma esa ana shu kishilardan tashkil topadi. Tarix qonunlari kishilardan tashqarida amal qilmaydi, kishilar orqali amal qiladi, ularning manfaatlarini, his-tuyg‘ulari va hatti-haraqatlarini belgilaydi.


Download 188,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish