Iezuitlar ordenning faoliyati va uning tugatilishi.
XVII asr o‘rtalarida iezuitlar ordeni juda kuchayib ketdi. Iezuitlar diniy taassub va xurofotlarni har qanday yo‘l bilan avj oldirishga intildilar. Ular “Isoning muborak yuragi”, “Dunyoga pok kelish” deb atalgan yangi bidatlarni joriy qildilar; “Isoning qonli teri”, “Bibi Maryamning ko‘z yoshlari” singari “tabarruk narsalar”ga sajda qilishni xalq orasiga tarqatdilar; jaholatparastlarni va yolg‘onchilarni eng yaxshi fazilatyai aziz-avliyolar deb maqtab, ularni hammaga namuna qilib ko‘rsatishga urinar edilar.
Iezuitlar tomonidan to‘qib chiqarilgan va eng elementar axloqiy tushunchalarni hayosizlarcha masxaralashdan iborat bo‘lgan axloq alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu “axloq” yolg‘onchilikni, qasamni buzishni, do‘q-po‘pisa bilan ta’magirlik qilish va qo‘rqitib pora olishni oqlar edi, u iflos tuyg‘ularga yo‘l qo‘yar, jinoiy ishlarga rag‘batlantirar edi. Bu “axloq” tizimiga cherkovning biron mo‘‘tabar namoyandasi bayon qilgan muayyan bir fikrni “taxminan” sharhlash va hatto bu sharh umum tomonidan e’tirof qilingan axloqiy tushunchalarga xilof kelsa ham uni to‘g‘ri deb, o‘shanga amal qilish huquqini beradigan (“taxminiy” degan ma’nodagi latincha “rgobalisis” so‘zidan olingan) probabilizm; “kishi aqli kamolga etmagan” (“odamlar o‘z qilmishlaridan bexabar”) degan bahona balan ma’naviy javobgarlikni yumshatuvchi laksizm (“yumshatish” manosidagi latincha Laxage so‘zidan olingan); ilgari aytilmay, ko‘ngilda saqlab yurilgan qo‘shimcha izoh, eslatma yoki tuzatishni o‘z ichiga olgan va shu sababli to‘g‘ri hisoblangan yolg‘on guvohlik huquqini beruvchi pinhoniy pisanda (reservation mentalis) singari tushunchalar kiritildi. Iezuitlarning o‘zlari o‘z axloq tizimlarini “moslashtirish tizimi” deb atar va shu bilan uning munofiqona va tamoyilsiz tizimligini tan olar edilar.1 Iezuitlarning axloq haqidagi haddan tashqari bo‘lmag‘ur fiqrlarini, shu jumladan, probabilizm, “pinhoniy pisanda” va hokazolarni afkor ommaning siquvi ostida hatto papa hokimiyati ham qoralashga majbur bo‘ldi.
Iezuitlarning diniy targ‘ibot niqobi ostida olib borgan ishlari XVII asr o‘rtalaridan diniy targ‘ibot doirasidan tobora ko‘proq chetga chiqa boshladi. Ular savdo-sotiqni, erlarni qo‘lga kiritish, evropaliklar bosib olgan mustamlakalardagi ho‘jalik xo‘jaliklarini ezish yo‘li bilan ordenni boyitishga harakat qilar edilar. Iezuitlar qul savdosi, turli moliyaviy va bankalar orqali bo‘ladigan nayranglar bilan shug‘ullanishdan ham jirkanmadilar. Iezuitlar da’vatchilik niqobi ostida uzoq mamlakatlarga borib, keng miqyosda katolik mazhabini tarqatdilar va bu mamlakatlarda evropalik mustamlakachilarning mahkam joylashib olishiga yordam berdilar.
Iezuitlar Afrika yoki Janubiy Amerika qabilalari va xalqlari orasidagina emas, balki qadimda yuksak madaniyati bo‘lgan Hindiston, Xitoy, YAponiya singari mamlakatlarga ham makon qurib oldilar. Ular “moslashtirish tizimsi”dan keng foydalanib va maxalliy aholini diniy tarbiyalash haqida kamroq o‘ylab, ko‘p mamlakatlarda mahalliy aholi kishilarini ommaviy suratda katolik diniga “kirgizish”ga harakat qildilar va tez muvaffaqiyatga erishdilar, lekin ularning bu yutuqlari mustahkam emas edi. Qatolik diniga “kirgiziluvchilar” ning qadimgi diniy urf-odatlarini avvalgicha bajaraverishlariga va hatto o‘z ma’jusiy ibodatxonalarida toat-ibodat qilishlariga ruxsat berardilar. Iezuitlar SHarq mamlakatlarida, ayniqsa Hindiston va Xitoyda yuz minglab yangi xristian borligini xabar qilgan edilar. Ammo ko‘p o‘tmay iezuitlarning yolg‘onchiliklari fosh bo‘lib qoldi. Buni fosh qilishga, bir tomondan bunday “yutuqlar”ga erisha olmagan boshqa xristian missionerlari (fransiskchilar, dominikanchilar va ayniqsa protestantlar) harakat qildilar; ikkinchi tomondan, mahalliy ma’murlar va ma’jusiy kohinlar iezuitlarning harakatlaridan g‘azablanar edilar. SHuning uchun pana hoqimiyati surbet yolg‘onchi iezuitlarga qarshi choralar ko‘rishga majbur bo‘ldi. 1742 yilda Benidikt XIV iezuitlarning amalda g‘oyat katta tovlamachilik va firibgarlikdan iborat «xristianlashtirish» usullarini qo‘llanishlarini ta’kidladi.
Mazkur “moslashtirish usuli” taqiqlanganidan keyin xristian diniga “kirgizilganlar”ning soni kamaya bordi va XVIII asr oxirida ularning soni Hindistonda o‘sha asr boshlaridagi sonining yarmidan ham ozayib ketdi, Hindistonda XVII asrda xristian dinini tarqatgan 3500 iezuitdan 300 tagina qolgan bo‘lib, bular ham obro‘-e’tiborini butunlay yo‘qotib qo‘ygan edi.
Katoliklar targ‘ibotining Xitoydagi “muvaffaqiyatlari” ham bundan qolishmas edi. Iezuitlar xitoy hukmdorlarining ishonchiga sazovor bo‘lish uchun qo‘llaridan kelgan hamma xiyla-nayranglarni ishlatar, ularga o‘zlarini goh olim, goh munajjim va folbin, goh zambarak yasovchi qilib ko‘rsatar edilar. 1661 yildayoq iezuitlarning 38 ta kollegiya va qarorgohsi hamda 151 ta cherkovi bo‘lib, xristian diniga “kirgizilgan” kishilarning soni 300 mingdan oshar edi. XVII asr oxirida iezuitlar Xitoyda xristian dinining qonunlashtirilishiga erishdilar. Lekin iezuitlarning bu “muvaffaqiyatli” faoliyati, Hindistondagi singari, iezuitlarning o‘zi uchun yomon natija bilan tugadi. Mahalliy aholining iezuitlarga dushmanligi tobora kuchaydi va 1772 yilda ular mamlakatdan tamomila haydab yuborildi.
Iezuitlar da’vatchilik ishlarini Hindi-Xitoyda, Filippin orollarida, Seylonda, Afrikada, Qanadada va Latin Amerikasi mamlakatlarida ham olib bordilar.
Iezuitlarning Paragvaydagi faoliyati alohida o‘rin tutadi, ular u erda o‘ziga xos “davlat” barpo qildilar, bu “davlat” 150 yildan ko‘proq vaqt (1609-1767) umr ko‘rdi, Ular mahalliy hindu qabilalarini-garanlarni o‘zlariga bo‘ysundirib, bosib olgan hududlarini boshqa ispan-portugaliyalik mustamlakachilarning bostirib kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qurol kuchi bilan qo‘riqladilar, o‘z ma’muriy idoralarini tashkil qildilar va mamlakatda istaganlaricha xo‘jayinlik qila boshladilar. Iezuitlar garanlarning diniy tasavvurlaridan ustalik bilan foydalanib, o‘zlarini “xudoning elchisi” deb e’lon qildilar va butun aholini qattiq feodal-qaramchilik zulmiga duchor etdilar. Garanlarni qoramol, ot va qo‘ylar boqish hamda ularni ko‘paytirishga majbur qilardilar. Paragvayda tashkil etilgan ho‘jaliklarda shakarqamish, ipak, paxta, tamaki, kakao, choy etishtirilar, turli rezavor va dorivor o‘simliklar ekilar edi.
Iezuitlar Lissabonga but tamg‘asi bosilgan qoplar, toylar va yashiklar liq to‘la ortilgan katta-katta kema karvonlarini yuborar edilar. Garanlarning mashaqqatli mehnati bilan hosil qilingan tovarlar butun Evropaga tarqalar va iezuitlarga juda katta boyliklar keltirar edi.1
Bu boyliklarni ishlab chiqargan kishilarning o‘zlari esa qashshoqlikda va nodonlikda kun kechirar edilar. Garanlar haqiqatda har qanday mulkdan mahrum etilgan edi. Iezuitlar ularning hamma mol-mulklarini va ishlab chiqargan hamma narsalarini “xudoning mulki” deb e’lon qilib, garanlardan hamma mehnat samaralarini “xudo uchun” topshirishlarini talab qilar edilar.2 Iezuitlar garanlarga ibodat qilishdan boshqa hech narsdni o‘rgatmadilar, ularning hamma vaqtini og‘ir mehnat yoki ibodat bilan o‘tkazar, turli-tuman “aziz-avliyolar” sharafiga bo‘ladigan cherkov bayramlari va hokazolar bilan band qilar edilar. Lekin iezuitlar har qancha ehtiyot choralari ko‘rsalar ham, ya’ni qal’a va turmalar qurib, qo‘shin va zambarakli flot tashkil qilgan bo‘lsalar ham mamlakatdagi mazlum xalq qo‘zg‘olonlarining oldini ololmadilar.
Ikkinchi tomondan, mehnatsevar garanlar tomonidan etishtirilayotgan boyliklarga suqlanib qarovchi ispan va portugaliyalik qulfurushlar, er egalari va savdogarlarning ham siquvi kuchaydi: 1750 yildan chinakam urush boshlandi, bu urush iezuitlarning mag‘lubiyati bilan tugadi (1761). Iezuitlar bir necha yildan so‘ng Paragvaydan butunlay haydab chiqarildi va “xristian kommunizmi” namunasi deb butun Evropada ko‘klarga ko‘tarib maqtalgan va aslida esa “xudo xizmatkorlari” niqobi ostidagi mustamlakachilarning uchchiga chiqqan firibgarlik namunasi bo‘lgan iezuit davlati yo‘q bo‘ldi.
Iezuitlar o‘z qilmishlari bilan turli xil doiralarni qattiq g‘azabga keltirar edilar. XVIII asr o‘rtalarida ilg‘or faylasuflar va xalq namoyandalarigina emas, balki ruhoniylar, olimlar, burjua doiralarining namoyandalari ham iezuitlarga qarshi nafratlanish tufayli birlashdilar.
Ammo papa hokimiyatining taqiqlashlarini nazar-pisand qilmay, iezuitlar ordeni savdo, chayqovchilik va kontrabanda bilan shug‘ullanaverdilar.
Jamoatchilik orasida norozilik to‘lqini tobora kuchaydi va oxiri ordenning barbod bo‘lishiga olib keldi. Uning halokati Portugaliyada boshlandi, bu erda iezuitlar Pombalning islohotchilik faoliyatiga xalal bermoqchi bo‘lgan edi. Firibgarligi va chayqovchiligi fosh qilingan, qirolni o‘ldirishda. qatnashgan barcha iezuitlar Pombalning buyrug‘i bilan 1759 yil sentyabrida qamoqqa olindi va kemalarda Italiyaga keltirilib, papa hududsiga tushirildi.
So‘ngra Portugaliya ma’murlari iezuitlarni bitta qo‘ymay o‘z mustamlakalaridan ham haydadilar. Ularning hamma mol-mulklari davlat foydasiga musodara qilindi.
Portugaliyadan Fransiya ham ibrat oldi. Fransuz mustamlakalarida, ayniqsa Martinika orolida ish olib borgan iezuitlarning savdo targ‘ibotchilik faoliyati to‘satdan Fransiyada ham fosh bo‘lib qoldi. 1762 yili Parij parlamenti Fransiyadagi orden tashkilotlarini tarqatib yuborish va ordenning mol-mulklarini musodara qilish haqida qaror chiqardi. Orden generali Lorenso Richchidan darhol ordenni boshdanoyoq qayta tuzish talab etildi. Bu talabga: “Sin tut sunt, ocut non sint” (“Borlari shunday turaveradi yoki butunlay bo‘lmaydi») deb javob qaytarildi.
Fransiyaning Dalamber, Volter va boshqa “ma’rifatparvarlar” boshliq ilg‘or jamoatchiligi iezuitlarni qutqazib qolishga uringan klerikallarga qarshi kurash ,boshladi. Nihoyat, 1764 yilning noyabrida qirol farmoni bilan Parij , parlamentining Fransiyadagi “Iso jamiyati”ni tugatish haqidagi qarori tasdiqlandi.1
Bundan so‘ng iezuitlar ordeni Ispaniya va Neapolda (1767), undan keyingi yilda esa papa hokimiyatining sobiq erlari - Parma va Pyachenseda ham taqiqlandi. Papa hokimiyati umumiy norozilik to‘lqiniga qaramay iezuitlarni himoya qilaverdi. Lekin 1773 yilda papa hokimiyati Evropadagi umum ilg‘or jamoatchilikning va ularni quvvatlab chiqqan ko‘pgana hukumatlarning qat’iy talabiga qarshilik ko‘rsata olmadi. Papa Kliment XIV “Iso jamiyati”ni “tag-tomiri bilan” tugatish haqidagi farmonga imzo chekishga majbur bo‘ldi. Bu farmonga binoan ordenning hamma mol-mulki davlat foydasiga musodara qilinishi kerak edi. Iezuitlar behisob boyliklarni o‘z qo‘llariga to‘plab olganliklari ma’lum bo‘lib qoldi. Ularning har yilgi daromadi Ispaniyada 2,5 million frank, Portugaliyada 4 million frankdan ortiq, Italiyada qariyb 8 million frank, Polshada 3 million frank edi va hokazo. Ordenning ko‘chmas mulki juda ko‘p edi, bu mulklar ham ayrim davlatlar ixtiyoriga o‘tdi.
Lekin ordenning tugatilishi iezuitlarning o‘zi yo‘q bo‘ldi Degan so‘z zmas edi. Ular o‘zlarini panaga olib, yashirinchasiga ishlay boshladilar, yarim diniy tusdagi turli tashkilotlarga suqilib kirib, “yaxshi kunlar”ni kutib yashayverdilar. SHu maqsad bilan iezuitlar XVIII asrda tuzilgan redemptoristlar ordenidan (uni ta’sis etgan Alfons Liguori katolik cherkovi tomonidan “avliyo” deb e’lon qilingan edi), lavozimlar ordenidan, illyuminatlar ordenidan hamda Evropaning bir qancha mamlakatlarida o‘taketgan reaksion o‘rin tutgan rozenkreyserlarning yashirin mazhabidan foydalandilar.
Iezuitlar ordenining tugatilishi - bu feodal munosabatlarning chirishi va kapitalistik ishlab chiqarish usulining rivojlanishi natijasida XVIII asrda Evropadagi ko‘pchilik mamlakatlarda vujudga kelgan ijtimoiy kuchlardagi yangi nisbatning ifodasi edi. Feodalizmni ko‘p asrlar davomida ulug‘lab kelgan, u bilan bir tan-bir jon bo‘lib qo‘shilib ketgan katolik cherkovi o‘zining hukmron ma’naviy kuch sifatidagi mavqeini muqarrar suratda qo‘ldan boy berishi kerak edi. Biroq papa hokimiyati bu jarayonlarga qattiq qarshilik ko‘rsatdi, jaholat va xurofotni hamda diniy adovatlarni kuchaytirib, G‘arbiy Evropa xalqlarining aqliy faoliyatiga nazorat qilishni saqlash uchun kurash olib borishga urindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |