1-Ilova.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
Kimyo o’qitish metodkasi yo’nalishi
2-bosqich 16-25 guruh talabasi
XOLIQOV BAXTIYORJONNING
“Noorganik kimyo” fanidan
FOSFORLI O’G’ITLARNI ISHLAB CHIQARISH VA ULARNING XOSSALARI.
mavzusidagi
Farg’ona -2018
2-ilova.
I Kirish.
Mаvzuning dоlzаrbligi, kusr ishining maqsad va vazifalari
II Asosiy qism..
1 Fosfor haqida qisqacha ma’lumot. Fosforli o’g’itlar
2 Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan fosforli o’g’it turlari
3. Fosforli o’g’itlarni ishlab chiqarish texnologiyasi
4 O’g’itlarning tuproq xossalariga salbiy ta’siri
5 O’zbekistonda fosforli o’g’itlar ishlab chiqaradigan zavodlar
III Xulosa.
IV Foydalanilgan adabiyotlar.
3-ilova.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, organik va noorganik kimyo sohasida o’g’itlar ishlab chiqarishda keng ko`lamda ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda yangi-yangi zavodlar qurilib yuksak darajali kaliyli, azotli, fosforli va meniral o’g’itlar ishlab chiqarilmoqda. Yangi texnalogiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan bunday o’g’itlar o`ta sifatlidir. Shuni aytib o`tish kerakki, fosforli o’g’itlar ham juda katta ahamiyatga ega bo’lib, qishloq xo`jaligi uchun juda ham zarur bo’lgan o’g'it hisoblanadi.
O’z vaqtida kerakli joy o`g`itlansa tuproq unumdorligi oshib mo’l hosil olishga va hosilni tez yetilishiga zamin yaratiladi. Ammo bunday o’g’itlarni keragidan ortiq yerga berish yaramaydi. Meyoridan ortiqcha solingan o’git yerni meniral holatini buzibgina qolmay balki hosildorlikni anchagina pasaytiradi. Agar tuproq unumdorligi past joylarga 1-gektarjoyga 40-60 kggacha berilsa bunda yerlar o’z samarasini bermasdan qolmaydi.
O’g’itlar o’simliklarga har xil ta’sir qiladi. Masalan, azotli o’g’itlar o’simliklarning o’sishini tezlashtirsa, fosforli va kaliyli o’g’itlar mo’l hosil to’planishiga va uning tez pishib yetilishiga tyordam beradi.Qisqa qilib aytganda, o’g’itlar mo’l hosil garovidir. Lekin o’g’it solishda uning me’yoriga qat’iy rioya qilish zarur. Agar tuproqqa mineral o’g’itlar me’yoridan ortiqcha solinsa, uning ekologik holati yomonlashadi. Chunonchi, me’yoridan ortiqcha solingan o’g’it tuproqdagi tirik mavjudotlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi va uning tarkibini buzadi. Eng muhimi, ko’p miqdorda mineral o’g’it solingan yerda yetishtirilgan hosil (qovun, tarvuz, kartoshka va boshqalar) tez buziladi, uni iste’mol qilgan odam zaharlanishi mumkin. Demak, me’yorida ishlatilgan o’g’itlar tuproqning holatini yaxshilaydi va o’simliklarning hosildorligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |