Kurs ishi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti O’zbek tilshunosligi kafedrasida bajarilgan


Mavzuning o’rganilganlik darajasi



Download 71,01 Kb.
bet2/13
Sana09.07.2022
Hajmi71,01 Kb.
#766327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mirzayeva Gulnozaning O\'zbek tilini o\'qitish metodikasidan kurs

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslari boshlang’ich sinflarda o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita
bog’liq. O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish ko’nikmalarini shakllantirish dolzarb metodik manba ekanligini aniqlash, ularning didaktik asosini belgilash ham mashg‘ulotning predmeti hisoblanadi.
Og’zaki va yozma inshoga o’rgatish jarayonida o’quvchilarda mavzuni tushunish va yoritish, o’z inshoini aniq fikrga bo’ysundirish, material to’plash, uni tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va nutq vaziyatiga mos ravishda til vositalaridan foydalanish, yozgan inshosini takomillashtirish ko’nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari, ‘texnik’ vazifalar ham amalga oshiriladi, ya’ni matnni yozishda imloviy va husnixatga doir matnni abzaslarga bo’lish, xat boshidan yozish, hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham amal qilinadi. Og’zaki va yozma insho material manbaiga, mustaqillik darajasiga, tayyorlash usuli, janri va til xususiyatiga qarab tasnif qilinadi.
Tadqiqotning maqsadi va vazifasi. Savod o’rgatish mashg’ulotlarida va unga ma’lum bir o’zgartirishlar kiritishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali usullarini shakllantirish, insho yozish orqali o’quvchilarning aqliy va ijodiy faolligini oshirishbitiruv malakaviy ishi mavzusi bo’yicha olib borayotgan tadqiqot ishimizning maqsadi hisoblanadi.
Jamiyatdagi buyuk evrilishlar, tub o’zgarishlar hamma davrlarda, birinchi galda, tilde o’z in’ikosini topishi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. XX asr so’nggi choragida, til uslublarida sezilarli darajada o’zgarishlar sodir bo’ldi: ona tili taqdiri dolzarb masalaga aylandi. Bu haqda Respublika Prezidenti Islom Karimov “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” nomli asarida: “Ona tilini bilmaydigan odam o’zining shajarasini, o’zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo’q odam1”, - deya o’z fikrini bildirib o’tgan. Yurtimizda barcha sohalarga, ayniqsa, ta’lim sohasiga juda katta e’tibor berilmoqda. Chunki insonning kelajakda qanday shaxs bo’lib voyaga yetishishi, uning yoshligida qanday ta’lim-tarbiya olganiga bog’liqdir. Bu borada ayniqsa, o’z kasbining fidoyi egalari – ustozlarning xizmatlari kattadir. Maktab o’quvchilarining ijodiy fikrlashini kengaytirish o’qituvchilar oldiga qo’yilgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki bugungi kunda o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish umumta’lim maktablari ona tili ta’limining bosh maqsadidir. Ijodiy fikrlashni va yozma nutqni rivojlantirish uchun, asosan, yozma ish, bayon va insho kabi nazorat usullaridan foydalaniladi. Bularning orasida inshoning o’rni alohidadir. Chunki u mustaqil ishlash ko’nikmasini hosil qilishda asosiy vazifani bajaradi. Ya’ni inshoning imkoniyatlari keng bo’lishi bilan birga undan ham bilim va ko’nikmani mustahkamlovchi vosita sifatida, ham nazorat usuli sifatida foydalanish mumkin. Bugungi kunda biz unchalik e’tibor bermayotgan, ko’zga ko’rinmas, lekin asosiy muammolarimizdan biri ham o’quvchilarning insho yozishdagi saviyasining pastligidir. Bunga bir necha omillar sabab bo’lmoqda: birinchidan ta’lim tizimida yozma nazoratlarga, xususan, inshoga samarasiz nazorat usuli sifatida qaralib unga e’tibor kamaygan. Shuningdek, ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari ham insho tekshirish o’qituvchining ko’p vaqtini olganligi bois bu vositadan foydalanishni unchalik ma’qul ko’rishmaydi. O’zbekiston Respublikasining ‘Ta’lim to’g’risidagi’ Qonuni, ‘Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’, “Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi”ni ta’lim jarayoniga tatbiq etish bilan ta’limda sifat va samaradorlikka erishish va shu orqali modernizatsiya qilingan ta’lim standartlari to’liq bajarilishi ta’min etish davri boshlanadi.(3,9,11)
Davlatimiz tomonidan yangi maktablar qurilishi, minglab maktablarni yangidan rekonstruksiya qilish, joriy ta’mirlash ishlari jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda.
Maktablarni yangi jihozlar, asbob-uskunalar, takomillashtirilgan dasturlar, modernizatsiya qilingan, tajriba-sinovdan o’tgan standartlar, darsliklarni yangi avlodi bilan (ijara tariqasida) ta’minlash, kompyuterlashtirish Davlat umummilliy dasturi asosida izchil amalga oshirilmoqda.
Respublikamizda mustaqillik yillarida olib borilgan ta’lim sohasidagi islohotlar bevosita o’quv jarayonini yangilangan dastur va standart talablariga javob beradigan zamonaviy darslar asosida tashkil etishni taqozo etmoqda.(14,15)
Boshqacha qilib aytganda, zerikarli darslar o’rniga darslarni tashkil etishga mas’uliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdon, metodik mahoratga ega, mas’uliyatli, zamonaviy, interfaol pedagogik texnologiyani mukammal o’zlashtirib olgan, innovatsiyalar asosida ta’limni tashkil eta oladigan o’qituvchilarga talab oshib bormoqda. Ta’limda moddiy baza, standart, o’quv rejalar, dastur va darsliklar qanchalik takomillashtirilmasin, kutilgan asosiy natijaga erishish, chuqur va puxta bilim berish, yuqori sifatdagi o’zlashtirishga erishish bevosita nazariy va amaliy mashg’ulotlarni olib boruvchi o’qituvchining ijodkorligi, izlanuvchanligi, malakasiga pedagogik mahoratiga bog’lanib qolaveradi, o’quv- biluv markazida esa o’quvchi turmog’ini taqozo etadi.( 5,6,10,33)
Yuqorida oldimizga qo’ygan maqasadimizdan kelib chiqib:
1. Bitiruv malakaviy ishida tanlangan mavzu bo’yicha ijtimoiy-pedagogik, falsafiy-ma’rifiy, ilmiy-metodik hamda o’quv adabiyotlarni o’rganib chiqish va umumlashtirish.
2. O’qish darsligidagi tabiat mavzusiga oid matnlar bilan ishlash jarayonini o’rganish va tahlil qilish.
3. Mavzuga oid ilmiy metodik manbalarni o’rganish va tahlil qilish asosida savod o’rgatish mashg’ulotlarini shakllantirishga oid mashg’ulot mazmuni,
maqsadi va qurilishini o’rganish hamda qayta takomillashtirish dolzarb nuammo ekanligini aniqlash.
4. Boshlang’ich sinflarda tabiat mavzusi bilan bog’liq o’qish mashg’ulotlariga oid mashqlarning samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars ishlanmalarini yaratish.
5. Tabiat mavzusiga bag’ishlangan insholarni tashkil qilish orqali o’quvchilarda ona tabiatga bo’lgan ijobiy munosabatini shakllantirish.

Download 71,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish