ABDULLLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
TARIX FAKULTETI
Tarix o`qitish metodikasi yo’nalishi
303-guruh talabasi
Yunusova Ozodaning O`zbekiston tarixi fanidan
“IX-XII asrlarda yurtimizda tashkil topgan mustaqil davlatlar(Somoniylar,Qoraxoniylar)”
mavzusidagi
Kurs ishi
Topshirdi: Yunusova O.
Kurs ishi rahbari: Mirkomilov B.
Jizzax-2022
KIRISH 3-4
I.BOB.Movarounnahrda mustaqil davlatlarning tashkil topishi
1.1.Tohiriylar va Somoniylar davlatlari 5-8
1.2.Qoraxoniylar,G`aznaviylar davlatlari 9-16
1.3.Xorazmshohlar davlati 17-19
II.BOB. IX-XII asrlarda madaniy hayot
2.1Movarounnahrda markazlashgan davlatlarning tashkil topishi hamda uning davlat boshqaruvidagi ishlari 20-23
2.2.Movarounnahrda mustaqil davlatlarning hukmronligi davrida ilm-fan va madaniyat 24-26
XULOSA 27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 28
IX-XII asrlarda yurtimizda tashkil topgan mustaqil davlatlar(Somoniylar,Qoraxoniylar)
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Tarix fani turli dunyo xalqlari qanday yashaganligi, ularning hayotida qanday voqealar sodir bo’lganligi, odamlar hayoti
qanday va nima uchun o’zgarib, hozirgiday bo’lib qolganligini o’rgansa, O’zbekiston tarixi esauning ajralmas qismi bo’lib, shu tarixiy-madaniy jarayonlarga mos holda Ona zaminimizda o’tmishda yashagan xalqlarning hayoti va ularning rivojlanishi davomida sodir bo’lgan o’zgarishlar,
voqea-hodisalar, ularning turmush tarzi, iqtisodi, ijtimoiy munosabatlari, davlatchiligi, madaniyati va shu kabilarni to’laligicha aniqlash bizning vazifamizdir.
Yurtboshimizning shu haqdagi fikrlari katta ahamiyatga egadir: «Hozir O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya`ni bizning vatanimiz nafaqat Sharq balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganligini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdanallomalar, fozilu fuqarolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari ana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan
keyin qurilgan suv inshootlari, shu kungacha fayzini, mahobatini yo’qotmagan osori-atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo’lganidan dalolat beradi»1.
IX-XII asrlarda vujudga kelgan markazlashgan davlatlarning qay tariqa tashkil topganligi hamda ularning jahonda tutgan o`rni,ularning Movarounnahrga o`tkazgan ijobiy va salbiy ta`sirlarini manbalarga asoslanib to`g`ri tahlil etish hamda o`rganish bizning vazifamizdir.Bu davrda tashkil topgan Somoniylar,Tohriylar,Qoraxoniylar hamda Xorazmshohlarning markazlashuvi Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi uchun juda katta tamal toshi bo`ldi.Bu davlatlar davrida boshqaruv tizimlari zamon o`zgarishi bilan isloh qilindi va buning natijasida bir qancha salbiy yoki ijobiy holatlar vujudga keldi hamda tarix buniung guvohidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |