Kurs ishi Topshirdi: Yunusova O. Kurs ishi rahbari: Mirkomilov B. Jizzax-2022 kirish 3-4


Qoraxoniylar,G`aznaviylar davlatlari



Download 32,67 Kb.
bet3/7
Sana20.07.2022
Hajmi32,67 Kb.
#827722
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ozoda

1.2.Qoraxoniylar,G`aznaviylar davlatlari
Qoraxoniylar davlatiga X asr o’rtalarida Sotuk Bugroxon (915-955) tomonidan asos solindi.Qoraxoniylar davlati Yettisuv hududlarida Qorluk davlati (756-940) o’rinda tashkil topdi va 942 yilSotuk Bugrxon Bolasogunni bosib olgach, yozini xoqon deb e’lon qildi. Qoraxoniylar davlatigayag’mo va chigil qabilalar ham birlashdilar. Sotuk vaqtidayoq davlat ikki qismga bo’linib ketgan
bo’lib, birining poytaxti Bolasogun, ikkinchisining markazi dastlab Taroz, keyinchalik Koshgarbo’lgan va ularni xoqonlar yoshlariga asosan boshqarganlar. Qoraxoniylar davlati kuchayib bordi va ayni vaqtda inqirozga uchray boshlagan somoniylarga qarshi xarbiy yurishlar uyushitirib, 996yilda uni mag’lubiyatga uchratdi. 1001 yilda Sulton Maxmud G’aznaviy qoraxoniylar xoni Nasr
bilan shartnoma tuzib, Amudaryoni Qoraxoniylar va G’aznaviylar o’rtasidagi chegara etib belgiladi.Shu tariqa Qoraxoniylar davlati hududlari Qoshg’ardan Amudaryogacha cho’zilgan SharqiyTurkistonning bir qismini, Yettisuv, Shosh, Farg’ona kabi viloyatlar bilan chegaralandi.XI asr o’rtalarida tamgachxon unvonini olgan qoraxoniy Ibroxim ibn Nasr g’arbiyQoraxoniylar davlati poytaxtini O’zgandan Samarqandga ko’chirdi. 1068 yildan boshlab Ibrohim
ibn Nasr o’g’illari o’rtasida taxt uchun kurashlar boshlanib ketdi va unda Shamsulmulk AbulxasanNasr ibn Ibrohim (1068-1080) g’alabaga erishdi.
1080 yilda Shamsulmulk vafot etgach, xokimyat uchun kurash avj oldi va bundan
foydalangan saljuqiy Malikshoh 1089 yilda Movarounnaxrga bostirib kirdi2. Buxoro va Samarqandbosib olingach, xon Axmad asir olindi. Malikshoh Axmad bilan sulx tuzib, uni taxtida qoldirdi,biroq Axmadning saljuqiylarga itoatkorligi uchun 1095 yilda o’ldirishdi.1102 yilda Qoraxoniylar taxtiga Arslonxon o’tirdi (1102-1130) va saljuqiylardan yarimmustaqil siyosat yurita boshlaydi. Arslonxon nisbatan norozilik oshgach, u xokimyatni o’g’li
Nasrga topshirdi, biroq Nasr fitnachilar tomonidan o’ldirildi. Arslonxon Marvdan Sulton Sanjarniyordamga chaqirdi va bu imkoniyatdan foydalangan Sanjar 1130 yilda Samarqandni bosib oldi.XII asr boshlarida Bolasogunni egallagan qoraxitoylar Movarounnaxr ichki hududlarigaxujum qilib kelib, 1138 yilda Xo’jandni, 1141 yilda Katvon cho’lida Sulton Sanjar va Samarqand
xukmdori Maxmudning qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratib, Samarqand va Buxoroni egalladilar.So’nggi qoraxoniylar qoraxitoylardan ozod bo’lgan bo’lsada, 1212 yilda ularning oxirgi xukmdori Usmon Muxammad Xorazmshoh tomonidan o’ldirildi va davlat Xorazmga qo’shib olindi3.Qoraxoniylar Movarounnaxrni egallagach, bu yerda markazlashgan boshqaruv xokimyati
o’rnini alohida mulk boshqaruvi tizimi egalladi. Xar bir viloyat mahlum siyosiy mavqega ega xoldaelikxonlar tomonidan boshqariladigan bo’ldi, davlatning oliy xukmdori xoqon, xonlar xoni yokitamgachxon deb yuritilgan.
Yettisuvdan turib Movarounnaxrni boshqarishning murakkabligi bu yerdagi Samarqandelikxoni mavqeini kuchaytirib yuborgan. Qoraxoniylar saroyida Somoniylarda bo’lganidek birqancha amaldorlar bo’lsada, imom, sayid, shayx, sadrlarning mavqei kuchli bo’lgan.Qoraxoniylar davlat boshlig’i lavozimi merosiy xisoblanib, ma’muriy idoralar ikkiga-dargoxva devonga bo’lingan. Ulug’ xojib lavozimidagi amaldor xoqon va fuqaro o’rtasidagi qushi (xarbiy
lageri) xonto’y deb atalgach, bu yerda xar doim to’qqizta bayroq xilpirab turgan. Elchilar yalavochyoki yalafar deb atalgan, davlat el va viloyat hududlariga bo’lingan.Qoraxoniylarning davlat tepasiga kelishi Movarounnaxr jamiyati xayotida ham o’zgarishlaryasaldi. Alohida mulklar boshqaruvi, ma’muriy idoralar somoniylar davridagi tartiblarga muvofiqkelar, ijtimoiy mansab va boshqalarda farq katta emasdi. Bu davrda dexqonlar o’zlarining ijtimoiytuzumdagi xukumronlik mavqeini yo’qotdi. Qoraxoniylar davriga kelib, jamiyatning ijtimoiy
bo’g’inlari quydagicha shakilga ega bo’ldi:eloqxon-xoqondan keyingi pog’onada turuvchi amaldor. U xoqon xonadoniga mansub bo’lib,viloyatning mulk soxibi xisoblangan:iqtidorlar-qoraxoniylar davlatining tayanch qatlami, martabalariga ko’ra bir-birlaridan farqqilganlarislom dinining peshvolari-imomlari, sayyidalar, shayxlar, sadrlar.Xokimlar, raislar, muxtasiblar va xokazo.Tariqchilar-ziroatchilarning turkcha nomi. XunarmandlarSavdogarlar Ko’chmanchilar-chorvadorlar. Qoraxoniylar davrida oddiy xalq butun deb atalgan. Soliq to’lovchi fuqaro raiyat, qabilaboshliqlar bek, savdogarlar sart deb atalgan. Xoqon, vaqf, jamoa mulklari qoraxoniylar tasarrufidagiasosiy yer-mulklar xisoblangan. Qoraxoniylarda xuquqiy munosabatlar islom dini an’analariga
asoslangan xolda yuritilgan va islom dini peshvolarining mavqei davlatda birmuncha yuqoribo’lgan. Shuningdek, qoraxoniylar ko’chmanchi turkiyqabilalarga xos tartib-qoidalarga ham rioyaetganlar manbalarda keltirilgan (Nizomulmulk, Ibn al Asir va boshq)4.Shunga qaramay, qoraxoniylar raxbarlari islom dini va shariatga amal qilish bilan o’z
davlatlarining xuquqiy asoslarini saqlay olganlar, va unga qattiq rioya etganlar.
Xorazm davlati o’z mustaqilligiga g’aznaviylar va saljuqiylar xukmronligiga qarshi kurashjarayonida erishdi. Xorazmshohlar markaziy davlat boshqaruvi «al-majlis ul oliy al faxri at-toji»deb nomlangan bo’lib, unga vazir boshchilik qilgan.
Vazir bevosita shohga bo’ysingan va uning vazifalari Quyidagilardan iborat bo’lgan:-asxob ad-davovin, ya’ni, devon amaldorlarining boshlig’i bo’lib, yuqori mansab soxiblarini ishga tayinlash va bo’shatishbilan shug’ullangan.-davlat amaldorlariga nafaqa(arzaq) belgilash.-davlat amaldorlarini hayot uchun zaruriy maxsulotlar bilan ta’minlashni belgilash.-soliq va xazinani nazorat qilish.
hukmdorni xalqaro aloqalar, rasmiymarosimlarda rasmiy tanishtirish,raiyatbilan munosabatlarda vositachilik qilish.-xukmdorni xalqaro aloqalar, rasmiy marosimlarda rasmiy tanishtirish, raiyat bilan
munosabatlarda vositachilik qilish:-xukmdorga muntazam xamroxlik qilish, qo’shinga boshchilik qilish. Vazirliklarda sadr, dastur, xojayi buzurg kabi unvonlar bo’lgan. Xorazm vazirlari asosan Xorazm, Buxoro, Nishopur, Isfaxon, Balx, Xirotdan chiqqan shaxslardan tayinlangan.Xorazmshohlar saroyida shuningdek, quydagi qator lavozimlar ham mavjud edi: Xojib ul-kabir yoki xojib ul-xos xukmdor shaxsi bilan bog’liq masalalar va ularga doimiy
xamroxlik, eng zarur vazifalarni bajarish bilan shug’ullanganlar.
Ustozdor-barcha xo’jalik ishlari bilan shug’ullanuvchi amaldor. Amir oxur-otxona boshlig’i lavozimi. Amir shikor-sultonning ov ishlari boshlig’i. Tashtdor, Sharobdor, kissador, choshnigir, davotdor, farrosh, amir al-alam va boshqa
unvonlar xorazmshohlar saroyi boshqaruv tizimini tashkil etgan5.
G’aznaviylar sulolasi qandaydir “o’ljaparastlik” ketidan emas, balki mintaqada
kechgan ijtimoiy-siyosiy munosabatlar muhitida yuzaga kelganligiga doir guvohliklar manbalardayetaruli darajada topiladi. Yuqorida biz somoviylarsaroyida yirik lashkarboshilar tutgav mavqehaqida aytib o’ggan. 961 yili somoniy hukmdorAbdumalik o’limidan so’ng vazirlar taxggamarhumning o’g’lini o’tkazadilar. Bunga, manba tili bilan aytganda “Somoniylar xonadoni uchun
maqtovga loyiq xizmatlar qilib kelgan hamda noiblik va lashkarboshchilik yo’lini tuggan” Alptegin
qarshilik qiladi. Shu tariqa davlat arkonlari va Alptegin o’rtasidagi muxoliflik kuchayib avjigachiqadi. Lashkarboshi Buxoroni tark etadi. Xatto shundan keyin ham ziddiyatlar tugamay, oxiridaAlptegin va Buxoro qo’shinlari o’rtasida to’qnashuv sodir bo’lib, buxorolik lashkar mag’lubiyatta
uchraydi. Somoniylar xonadoni va Movarounnahr bilan aloqani uzgan Alptegin G’azna viloyatini o’z hukmronligini o’rnatadi. Uning vaftidan (963) so’ng G’aznada navbati bilan Amir Is’hoq ibn Alptegin, Amir Bilgategin, Amir Piriy, Amir Sabukteginlar hukmronlik qiladilar.G’aznaviylar sulolasiga asos solgan ham aslida ana shu Sabuktegin bo’ladi. Shu bilan birgaG’aznaning mintaqa siyosiy markazlaridan biriga aylanishda birinchi salmoqli qadamni Alpteginqo’ganini ham esdan chiqarmaslik kerak. Zikr qilinganidek Alptegin somoniylar bilan aloqani uzgan bo’lishiga qaramay somoniylar G’aznada mujassamlashgan va quloch yoyib borayotgan siyosiy-harbiy kuchga doimo ehtiyoj sezib
kelganlar. Buning yaqqol isbotini Sabuktegin va somoniy Nux III (976—997) o’rtasida Keshatrofida bo’lib o’tgan uchrashuv (bunda Sobuktegin Nuxni qo’llab-quvvatlashi haqida vada bergan) yo bo’lmasa 994 yili somoniylarning eng ashaddiy dushmanlaridan Abu Ali Simjuriyning tor-mor
etilishida Sabuktegin tuggan asosiy o’rin orqali ko’rish mumkin. Sabukteginning obro’-e’tibori so’ngi yillarda shu darajada yuqori bo’lganki u “dinu davlat himoyachisi (Nosir ad-din va addavla)” faxriy unvoni bilan mashhur edi.
G’aznaviylarning ham rasman, ham amalan siyosiy kuch sifatiad tan olinishi
996-yiliga to’g’ri keladi. Yuqorida ko’rib chiqilganidek, qoraxoniylar bir necha marta Buxoroga tahdid soladilar.Tilga olingan yili esa Sabuktegin somoniylarni qoraxoniylar “changali” dan saqlab qoladi. Somoniy Nux III raqib oldidagi zaifligini sezgan hodda unga murojaat qiladi. Sabuktegin esa Buxoroni
qo’lga olib, qoraxoniylar bilan kelishuvga imzo chekadi. Bunga ko’ra Amudaryodan janubda joylashgan barcha viloyatlar Sabukteginning nomiga muxirlanadi. Uning vafotidan (997) keyin avqaliga taxgga bir oz muddat uni yg’li Ismoil va 998 yildan esa boshqa farzandi Mahmud chiqadi.
G’aznaviylar qudrati va shuhratini oshirgan hukmdor ham aslida ana shu Mauhmud hisoblanadi.Chunonchi, uning hukmronligi davrida (998—1030) Xorazm, Xuroson, Seyiston, Qobul, G’azna,Shimoliy Hindiston qabi viloyatlar va makonlar g’aznaviylar izmida bo’lgan. Mahmudning o’limidan so’ng taxtga uni o’g’li Muhammad o’tiradi, vaholanki, undan katta o’g’li (Mas’ud) ham
bor edi. O’sha zamonda yozilgan manbalar sharhiga ko’ra, Mahud taxtni kichik o’g’li Muhammadga vasiyat qilish bilan birga, unga “Akang Masud bilan qarama-qarshilikka borma, agar u senga qarshi chiqsa, urushib yurma, (bekor) nobud bo’lasan” degan. Haqiqatdan ham tez orada Mas’ud va Muhammad o’rtasida muxolifat yuzaga keladi. Mas`udning Muhammaddan ustun
bo’lganligi zamondash tarixchilar ham tan oladilar. Xulldas, shu yilning o’zidayoq Masьud taxtni egallaydi. Ilgarilari ham ko’p marta ko’ganimizdek odatda, buron-bir sulala tarixida muayyan bekamu ko’st, doimi “oshig’i olchi” siyosatchi tarix sahnasiga bir marta chiqadi. G’aznaviylar ham bundan
mustasno emasdilar. Shushning uchun ham Mas’ud davri (1030—1041) asosan Mahmud sa’yharqatlari bilan qo’lga kiritilgan natijalarini saqlab qolish yo’lidagi urinishlari yillari bo’ldi, desak to’g’ri bo’ladi. Birinchidan 1034 yili Xorazm g’aznaviylar ta’sir doirasidan chiqadi Ikkichidan esa
Xurosonda boshqa bir siyosiy sulola saljuqiylarning kuchayib borishi ham xuddi mana shu Mas’ud davriga to’g’ri kelgan. 1035 yilgi kelishuvga binoan Mas’ud saljuqiylarga (Yabg’u, To’g’ril, Dovud boshqa qabilalarga) Niso, Farova Dehiston valoyatlarin maskan va yaylov sifatida berishga majbur
bo’ladi. Vaqt o’tishi bo’lib kuch-qudrat orttirgan saljuqiylar 1038 yili Nishopurni egallaydilar. Shu yilgi Saraxs atrofidagi Mas’ud bilan jangda mag’lub bo’lishlariga‚ qaramay, ko’p o’tmay – 1040 - yili Marv va Saraxs oralig’idagi Dandonaqonda saljuqiylar g’aznaviylarga chunonan zarba
beradilarki, shundan so’ng Subuktegin avlodlari o’zlarini o’nglay ololmaydilar. Xuroson qo’ldan ketadi. Garchi Mas’ud o’g’li Mavdud (1041—1049) o’z xonadonining ilgarigi mvqeini tiklashga uringan bo’lsada, buning uaddsidan chiqa olmagan. Chunki fursat qo’ldan ketgandi. G’aznaviylar bundan buyon faqat G’azna viloyati va Shimoliy Hindistondagina hukm yurgizishga qodir bir
xududiy sulolaga aylanib qolganlar. Biroq nima bo’lgnada ham 1187 yilga qadar ular o’z faoliyatlarini to’xtatmaganalari yo’q. Mavduddan so’ng sulolaga navbati bilan Ali, Abdurashid,Ibrohim, Mas’ud II, Arslonshoh, Bahromshoh, Xisravshoh, Xisrav Maliklar Yetakchilik qilganlar.G’aznaviylar davri boshqaruv tizimi o’zining murakkabligi bilan diqqatini jalb etadi. U ko’p jihatdan somoniylar, qoraxoniylar zamonidagi davlat boshqaruvi tizimlariga yaqin va o’xshash. Bu
tabiiy hol. Chunki ilgari ham ta’kidlab o’tganimizdek, har qanday boshqaruv tizimi (shakli) mavjud ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-madaniy sharoitga bog’liq bo’ladi. Boshqa tomondan esa g’aznaviylar hukmronligi ostida bo’lgan Xuroson, Seyiston, Kobul, G’azna kabi viloyatlar mintaqaning ajralmas tarkibiy qismlari bo’lib kelganliklari nazarda tutsak, boshqaruvchilik taraqqiyotidagi o’xshashliklar,
yangiliklar sababi ma’lum bo’ladi. Demak, boshqaruv tizimining markazida dargoh va devonlar (vazirliklar) turgan. Avvallari ham ko’rilganidek, dargohga oliy hukmdor (g’aznaviy hukmdorlar “Amir” unvoniga ega bo`lganlar)
hayoti va faoliyati bilan aloqador xizmatlar, amallar kirgan6. Ular orasida “hojiblik” xizmati alohida e`tiborga loyiq. G’aznaviylar davri bo’yicha manbalarda biz hojiblikning quyidagi shakllariga duch keldik: ulug’ hojib, saroy hojibi, navbatchi hojib, hojib-jomador. Ulug’ hojib nafaqat boshqa hojiblar orasida, balki umuman mamlakat va davlat hayotida alohida mavqega ega bo’lgan. Bunga
ishora beruvchi bir necha misollar keltiramiz. Mahmudning o’limidan keyin Muhammadning taxtga o’tirishiga bosh-qosh bo’lgan va qisqa muddatga bo’lsada boshqaruv ishlarini o’z ixtiyorida mujassamlashtirgan ham ulug’ hojib Ali Qarib bo’ladi. Rasmiy marosimlarda ulug’ hojib oily hukmdorga eng yaqin joyni egallagan. Unga g’oyat muhim vazifalar yuklatilgan. Katga ahamiyat
uasb etuvchi janglarda ulug’ hojibga qo’shinning eng salmog’li va mas’uliyatli qismiga boshchilik qilish vazifasi yuklatilgan. Masalan, oliy hukmdor markazni boshqarsa, sipohsolar o’ng qanotga, ulug’ hojib esa chap qanotga qumondonlik qilgan. Ulug’ hojib o’ta jiddiy harbiy yurishlar, maxsus saralangan qismlarni tekshirish, ta’minotini joyiga qo’yish tadbirlarida ham faol bo’lgani ma’lum.
Oliy hukmdor va ulug’ hojiblararo munosabatlar nechog’lik bo’lgan shundan ham ko’rish mumkinki, Mas’ud ulug’ hojib Ali Qaribga yo’llagan bir maktubida unga “fozil (ulug’) hojib, birodar” deb murojaat qiladi. Saroy hojibining vazifasi tushunarli — u saroy eshikog’asi bo’lgan. Hojibga kelsak, fikrimizcha, hojiblik, umuman olganda, qandaydir bir ijtimoiy-siyosiy tabaqa sifatida ko’proq namoyon bo’ladi. Faraz qilish mumkinki, o’z davri uchun hojiblik ritsarlik
tushunchasiga yaqin bo’lsa ajab emas. Masalan, manbalarda shunday ma’lumotlarga ham duch kelamiski ular kengroq mulohaza qilinsa, mazkur faraz beasos emasligi ravshan bo’ladi. “Tarixi Mas’udiy” da o’qiymiz: “Amir Abdurazzoq... viloyat amirligi xal’atini kiydi... Uning ikki
g’ulomiga esa qora (chakmon) berdilar, hojiblik uchun”. “Hojib Badr va hojib Erteginlarga ikkita qimmatbaho xal’at berdilar. Badrga ulug’ hojiblik (hal’ati), Erteginga esa g’ulomlar boshlig’I (xal’ati) berildi. Hojiblar bir vaqtning o’zida shihna yo sipohsalor mansabiga ega bo’lganlarini ham eslatib o’tish joizdir. (Hojiblar odatda qora chakmon va ikki uchli kuloh kiyib yurganlar.)
Dargoh faoliyatida sipohdor (saroy xizmatchisi), davotdor (oliy hukmdor shaxsiy xujjatlari, yozuv-chizuvi bilan bog’liq ishlarga bosh-qosh xizmatchi), pardador (mahram, sir saqlovchi, pinhona vazifalarni bajaruvchi), martabador (saroydagi o’rta darajadagi amaldor), farrosh (saroydagi kichik xizmatchilardan) xazinachi, jomaxona (kiyim-kechak saqlanuvchi xona) boshlig’I kabi mansab va xizmatlarning ham o’z o’rni bo’lgan7. Devonlar (vazirliklar) ijroiya idoralari bo’lganligi o’z-o’zidan tushunarli. Manbalarda bunday
devonlardan beshtasining nomi tilga olinadi; vazir devoni, yaьni bosh vazir devoni; harbiy ishlar devoni, deplomatik va boshqa rasmiy tadbirlar, xujjatlarni rasmiylashtirish, tuzish devoni; hisobkitob, ya’ni moliya devoni; pochta-xabar devoni.



Download 32,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish