Kurs ishi tekshirdi



Download 58,12 Kb.
bet5/6
Sana05.08.2021
Hajmi58,12 Kb.
#139390
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
doc

2.3 Ertaklarning sirli olami. Ertaklar yaxshilikka yetaklar
Farzandingizga ertak aytib beryapsizmi?

Xalq badiiy so‘zning yosh avlod tarbiyasidagi kuch-qudrati va


jozibasiga alohida e’tibor berib kelgan. Badiiy so‘z bilan xalqning
barcha tajriba boyliklarini, turmush tarzi, ma’naviy va madaniy
hayotini go‘zal ifodalarda ifodalaganliklari ma’lum. Xalq orasidan
ajoyib iste’dod sohiblari -dostonchilar, ertak aytuvchilar, qo‘shiqchilar
yetishib chiqqan. Ular yaratgan maqol va matallar, ertak va afsonalar,
qo‘shiq va topishmoqlarda, xalqning aql-zakovati, orzu-istaklari, ruhi
va irodasi o‘z aksini topgan. So‘z san’atining asosiy manbai - real
borliq, tabiat, insonlar, ularning mehnati va o‘zaro munosabatlari,
xulq-atvori hisoblanadi. Badiiy so‘z orqali obrazlar aniq yaratiladi, bu
bilan bola ko‘zi oldida asar qahramonlarining sarguzashtlari, xattiharakatlari, his-tuyg‘ulari gavdalantiriladi. Shulardan biri so‘z san’atining go‘zal namunasi hisoblangan ertaklar haqida to‘xtalib o‘tsak. ertaklar xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy, ommaviy janr turi sifatida talqin qilinadi. Hayot haqiqati bilan bog‘liq bo‘lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan didaktik g‘oyalar tashuvchi, xayolot va fantastika xususiyatlari bilan yo‘g‘rilgan og‘zaki hikoyalar ertaklardir. Mahmud Qoshg‘ariy o‘zining "Devonu lug‘otit-turk" asarida ertaklar "yetuk" shaklida ishlatilganini ta’kidlab o‘tadi. Hozir fol’klorshunoslikda ertak atamasi qabul qilingan bo‘lsa-da, o‘zbeklar o‘rtasida ertaklar "varsoqi", "cho‘pchak", "ushuk", "matal", kabi atamalar bilan ham ishlatiladi. Ertaklarga nisbatan Surxondaryo, Samarqand, Farg‘onada - matal, Buxoro atrofidagi qishloqlarda - ushuk, Xorazmda - varsaki, Toshkent shahri va uning atrofida - cho‘pchak atamasi ham ishlatiladi. Ertaklar o‘ziga xos kompozitsiyasi bilan ajralib turadi. Ayniqsa kirish qism, boshlama, voqealar rivoji, tugallanmalar bu jihatdan alohida ko‘zga tashlanadi. Xalq ertaklari mazmunan uch guruhga bo‘linadi:
1. Hayvonlar haqidagi (majoziy) ertaklar. "Susambil", "Ochko‘z
bo‘ri" "Ayiq polvon" va boshqalar;
2. Sehrli fantastik ertaklar: "Guliqahqah", "Husniyabonu,
"Guljamol", "Urto‘qmoq", "Ochildasturxon", Semurg‘ va boshqalar;
3. Hayotiy-maishiy ertaklar: "Malikayi Husnobod", "Zumrad va
Qimmat", "Oygul bilan Baxtiyor", " Ziyod botir";
4. "Tohir va Zuhra", "Ozodachehra", "Uch og‘ayni botirlar" va
boshqalar. Hayotiy ertaklarda kambag‘allar bilan boylar, donishmandlar
bilan ilmsizlar o‘rtasidagi voqea-hodisalar, munosabatlar hikoya
qilinadi. Bu voqea va hodisalar hayot haqiqati asosiga qurilgan bo‘lib,
unda salbiy va ijobiy qahramonlarning istagi, xatti-harakati, erishgan
yutuq va kamchiliklari ko‘rsatiladi. Ertaklarning yaratilishiga ko‘ra
yana bir turi, yozma ertaklardir. Bunday ertaklar shoir va yozuvchiar tomonidan yaratiladi. Jahon adabiyotida fransuz ertakchisi Sharl Perro, nemis ertakchilari Gofman, aka-uka Yakob Grimm va Velgelm- Karl Grimmlar, daniyalik ertaknavis Hans Kristian Andersen, angliyalik Oskar Uayld, rus shoirlari, Pushkin, Tolstoy, Ushinskiy va boshqalar juda ko‘plab yozma ertak namunalarini yaratganlar. O‘zbek adabiyotida Hamid Olimjonning, Sulton Jo‘ra, Shukur Sa’dulla, X. To‘xtaboev, A.
Obidjon, T. Adashboev, O‘. Imonberdiev kabi adiblarimiz ham
ertaknavislik an’analarini davom ettirmoqdalar.Yertaklar o‘ziga xos g‘oyaviy tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Ertaklarning ta’limiy hamda tarbiyaviy ahamiyati juda katta. Bu haqda M. Gor’kiy: "Dunyoda ibrat bo‘lmaydigan hech narsa yo‘q, o‘zida "didaktika", ibrat vositalarini mujassamlashtirmagan birorta ham ertak topilmaydi", - degan edi. Ertaklarning muhim xususiyatlaridan biri uning hamisha xalq hayoti, kurashi, tarixi, ruhiy olami, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan bog‘lanib, insonlarga axloqiy va ma’naviy yo‘ldosh bo‘lib
kelishidadir. Ertaklar sodda va tushunarli bo‘lgani uchun har qanday
kitobxonga tez yetib boradi. Ertaklarning bola tarbiyasidagi o‘rni
shundaki, u boladagi ro‘stgo‘ylik, halollik, yor- u, do‘stga sadoqat,
vatanga muhabbat, mehr- oqibat, mehnatsevarlik, ezgulikka intilish
kabi barcha ijobiy xislatlarning shakllanishiga turtki berib, birovning
haqiga xiyonat qilishdan, dangasalik, va’daga vafosizlikdan,
ilmsizlikdan va barcha insonni to‘g‘ri yo‘ldan ozdiradigan yomon
xulqlardan saqlaydi. Ertaklar shunchalik sehrli kuchga egaki, bola butun borlig‘ini berib uni tinglaydi. Uning butun azoi- badani, quloqqa aylanadi. Demak uning olamida yashayotgan bolaning tarbiyasiga ertaklar o‘z ta’sir kuchini o‘tkazmasdan qolmaydi. Ertak eshitayotgan bola o‘zi sevgan qahramoni bilan tog‘-u toshlar qir-u adirlarga boradi, yovlar bilan kurashadi, kulsa kulib, yig‘lasa yig‘laydi. Aytayotgan tarbiyaviy gaplaringiz bola ongida abadiy muhrlanib qolishini xohlasangiz, bola qalbiga ertaklar orqali yetib boring. Ularning bor ong-u shuuri ertaklar orqali qaratilishini o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘p bora kuzatgansiz. Har kuni bolalarning ertak aytib berishlarini so‘rab harxasha qilganliklariga guvoh bo‘lgansiz. Oilada ota-onalar orzu-maqsadlarga erishishning asosiy kaliti hisoblangan mehnatsevarlik xislatini kichkintoylarda shakllantirish uchun, shu mavzuga oid ertaklar aytib berish samaralidir. Ertaklar tarbiyasi orqali boshqalarga hech bir ozor yetkazmaslikni, takabburlik qilmaslikni, rostgo‘y bo‘lishni yalqovlik va egrilik qilmaslikni tushunib yetadilar. Ertaklar bola uchun dastlabki hayot darsligi, ma’naviy boyliklarning bitmas-tuganmas xazinasidir. Dastlab kattalar ko‘magi bilan ertaklar olamiga kirib kelgan bola, keyinchalik maktabda o‘z savodini chiqargandan so‘ng, o‘zi shu
olamda o‘qib kezadi. Bola ertaklarni chanqoqlik bilan bosh ko‘tarmay
o‘qiydi. Undagi ijobiy obrazlarga taqlid qilgisi keladi. Salbiy
obrazlarga o‘xshash kimsalarni kundalik hayotda ko‘rib qolganida,
ulardan uzoqroq yurishga urinadi. Bu hol ota-ona berayotgan
tarbiyaga yana bir muhim qo‘shimcha bo‘lib xizmat qiladi. Ertak o‘zining soddaligi, ravonligi, obrazliligi bilan bolalar uchun juda tushunarli, qiziqarlidir. Ertak bolalar tomonidan oson va tez o‘zlashtiriladi. Olib borilgan so‘rovlarda shuni bildikkki, hatto kattalar 7-8 yoshlarida yodlagan she’rlarini eslolmaydi, ammo o‘qigan
ertaklarini hali unutganicha yo‘q. Zero, bu pallada bolaning ongi va
qalbi nihoyatda ziyrak, sezgir, unga kuchli ta’sir ko‘rsatgan narsa
butkul muhrlanib, hech qachon o‘chmaydi. Ertaklar orqali bolalar o‘z xalqining o‘tmish hayoti va ijodi bilan tanishadilar, shuning uchun ham bolalarni tarbiyalashda xalq ertaklaridan keng foydalanilishi bejiz emas. Siz farzandingiz yostig‘I boshida o‘tirib, ertak aytib beryapsizmi, uning jajji murg‘ak qalbida nimalar shakllanayotganiga e’tibor qaratayapsizmi? Hammamizga ma’lumki, bolada ertak tinglash istagi juda erta 2-3 yoshdan boshlanadi. Bola katta bo‘lgan sari uning ertakka qiziqishi ortib boradi. Bola ertakni butun fikri-zikri bilan tinglaydi, undagi voqealarni, kishilar, hayvonlar o‘rtasidagi munosabatlarni fikran
analiz qiladi va ertakdagi salbiy va ijobiy qahramonlarni darhol ajratib
oladi. Xalq ertaklari bolalar fantaziyasini o‘stiradi, ularni fikr
yuritishga undaydi. Bola ertak qahramonlariga o‘xshagisi keladi. Malikalarni qutqarishga intilgan shahzodalarga, o‘z vatanini himoya qilib kurashgan paxlavonlarga havas qilar ekan, bola qalbida beixtiyor
mardlik, jasurlik, vatanga muhabbat hislari uyg‘ona boradi. Bugun
zamon shiddati, texnika vositalarining rivoji hayotimiz, taqdirimizga
qaysidir ma’noda ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, bolalarning mutolaaga bo‘lgan ishtiyoqini so‘ndirgani yo‘q. Agar kichkintoylarga o‘zi yaxshi ko‘rgan biror ertakni aytib bersangiz, jon qulog‘i bilan eshitadi. Bizdan ertak kitoblar keltirib berishimizni xohlashadi. Yoshlikning go‘zal va esda qolarli onlari ko‘p. Eng baxtiyor damlari esa onajonimizdan ertak tinglaganimiz bo‘lgandir. Barchamiz ota-onamizning jondan aziz farzandlarimiz. Ota-onamiz yaxshi kitoblarni o‘qib, mehr-muruvvatli, mard, iymoni salomat insonlar bo‘lib kamol topishimizni xohlashadi. Shu yo‘ldagi ilk qadam lari biz uchun alohida vaqt ajratib ertaklar olamiga sayohat qildirganliklaridir. Ayniqsa, har kuni oila davrasida aytilgan ertaklar to‘g‘ri yashashga, mehnat qilishga mehr-oqibat, do‘stlikka, birodarlikka undagan. Bu sehrli olamning ko‘z ilg‘amas, qo‘l yetmas, quloq eshitmagan qirralarini qancha ta’rif etgan bilan ado qilolmaysan, kishi. Faqat ushbu ibratli ertaklar bolalarning fikrlash qobiliyatini o‘stirib, yorqin kelajak sari yetaklashiga ishonamiz.
Chunki har bir bola ertaklardan g‘alaba qozonishga bo‘lgan
ishtiyoqni, har qanday ishda yetti o‘lchab bir kesish kerakligini dil
shuuridan o‘tkazadi. Inson baxtiyor hayot kechirishni, orzumaqsadlarga dadil harakat qilib murod-maqsadga yetishishni xohlaydi. Mana shu ezgu maqsadlar yo‘lida barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tishga harakat qiladi. Ertaklar vositasida xalollik, vafodorlik, saxiylik kabi xislatlar ilgari surilib, kishilar harakteridagi yaramas odatlar, nomaqul illatlar qoralanadi. Ushbu ertaklarning ba’zi birlariga e’tiborimizni qaratsak.
Xalq ertaklari ichidan o‘rin olgan "Egri va To‘g‘ri" ertagi.
Ushbu ertak bayonida, egrilik oqibatidagi ishlarning barchasi faqat
afsus nadomat bilan tugashi, boshga faqat tashvishlar olib kelishi
yaqqol ko‘rsatilsa, to‘g‘ri odamning doimo ishlari olg‘a siljishi, to‘g‘ri
qadam bosmoqlik, maqsad - murodga yetmoqlikning asosiy kaliti qilib
ko‘rsatiladi. Ertak orqali bola qalbida rostgo‘ylik, halollik, va’daga
vafo, kamtarlik xislatlari jonlanar ekan, xalq nazarida ham "bo‘ladigan
bola"ning xususiyatlari ko‘rina boshlaydi. "Ikki aka-uka" ertagida bir-birini o‘ylab bir biriga mehr ulashgan yuksak hislarni ko‘rishimiz mumkin. Unda bir-biri bilan doimo axil bo‘lgan, shumlikni bilmagan, to‘gri niyat og‘a -inilar bug‘doy ekishib, teng bo‘lishib oladi. Ukasi akasining oilali ekanini o‘ylab, "akam qiynalmasin"- deb, kechasi bildirmay, o‘zining bug‘doyidan akasinikiga qo‘shib keladi. Akasi esa "ukam hali yosh endi oyoqqa turyapti"- deb, kechasi unga sezdirmay o‘zining bug‘doyidan ukasinikiga qo‘shib qo‘yadi. Mehribon aka-ukalar shundan keyin ko‘ngillari halovat topadilar. Ushbu ertak orqali farzandlar bir biriga nisbatan mehrli oqibatli bo‘lishlikni, bir biriga yelkadosh suyanchiq bo‘lish kerakligi uqtiriladi. Og‘a -inilar o‘rtasida uzib bo‘lmas mustahkam rishta o‘rnatilishi muhimligi aytib o‘tiladi.
Qo‘shnilarini bir necha bor uyimga o‘t ketdi deb aldab, qo‘shnilari kelganda ularni sinamoqchiligini aytib ustilaridan kulgani, haqiqatdan uyiga o‘t tushganda hech kim yordamga kelmay uyi yonib kul bo‘lgan yolg‘onchi haqidagi ertakni eshitgansiz. Rostgo‘ylikni tarbiyalash, bolalarni rost so‘zlashga odatlantirish birinchi navbatda oila tarbiyasi bog‘liq. Oiladagi tarbiyada bola ertak eshitib to‘g‘riso‘zlikka o‘rganadi, aldamchilikning oxiri voy ekanligini tushunib yetadi. Har bir ertak borki, avvolo uning asosiy markazida bola kamoloti go‘zal tarbiyasi turadi. Xalqimizning asrlar osha o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmay kelayotgan buyuk ulkan me’rosi borki, ularning o‘rnini hech qanday narsa egallay olmaydi. Chunki ular tajribalar sinovidan o‘tgan va shu bugungi kungacha bardosh berib kelayotgan xalqimizning qalb ijodidir. Shu ijod sarasidan alohida o‘rin egallagan ertaklarning bola tarbiyasidagi ahamiyati haqida ozgina to‘xtalib o‘tdik.

XULOSA

Xalq pedagogikasi hayotning, tafakkurning, odob-axloq, ta’lim tarbiyaning hamma jabhasini, barcha muammolarini qamrab olishi


bilan xarakterlanadi. Uning oldiga qo‘ygan maqsad vazifasi aniq,
ravshan, ayni chog‘da xayrli, savobli va ilohiydir: hayot guli, sarvari,
egasi insonni yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalashdir. 15 Har bir xalq o‘z ma’naviy taraqqiyotida o‘zining turmush tajribalarini, o‘z qarash va g‘oyalarini ma’naviy me’ros sifatida o‘g‘zaki yoki yozma tarzda kelgusi avlodga qoldirgan. Bizning xalq og‘zaki ijodimiz vaqt sinovida toblangan, tajribalar sinovidan o‘tgan, millat dunyoqrashidan kelib chiqqan o‘lmas durdonalardir. O‘zbek xalqining har bir avlodi xalq ommasining bir necha asrlar mobaynida to‘plagan tarbiya an’analarini bolani hayotga va mehnatga tayyorlashda qo‘llab kelgan. Yani, xalq pedagogikasining imkoniyatlaridan amalda foydalangan. Bizning oldimizda esa zamonaviy o‘zbek oilasida o‘quv-tarbiya jarayonida milliy tarbiya madaniyatini qo‘llash uchun ularning imkoniyatlarini aniqlash va foydalana bilish masalasi turibdi. Bu xususida fransuz psixologi E. Dyurkgeym, ulg‘ayish - kishilarning his-tuyg‘ularni o‘zlashtirishi ekanligini, shu bois, idrok qilingan tasavvurlar bolaning ruhiy faoliyatini ifodalashini, bolaning tajriba, an’ana, urf-odatlarni
taqlid orqali egallashini, biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli
bo‘lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o‘rin tutishini aytib o‘tadi. Shunday ekan biz ota-onalar o‘z farzandlarimizga ijobiy xulq -
atvorni na’muna qilsak, xalq pedagogikasining ertak, maqol, doston,
rivoyatlar va ularda ifodalangan ijobiy his tuyg‘ularni va ezgu
sifatlarni singdirishga, bolada kitobga nisbatan mehr uyg‘otishga
harakat qilsak, farzand tarbiyasida ko‘proq muvaffaqqiyatga
erishamiz va ularni jamiyat koriga yaraydigan insonlar qilib voyaga
yetkazgan bo‘lar edik. Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagicha xulosalarga kelishimiz mumkin:

1. Bugungi zamonaviy oila farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining imkoniyatlarini yetarlicha baholay olmayapti yoki qadriyatlarni anglash va ularga bo‘lgan munosabat bir qadar


sustlashgan;
2. Ota-onalar oz farzandlariga birlamchi hayotiy saboq va
tarbiya vositasi hisoblangan xalq pedagogikasining ertak, maqol,
doston, rivoyatlar va boshqa na’munalarini o‘zining farzand tarbiyasi
borasidagi ta’sirchan usul va vositalarini oshirishga intilib, bola bilan
jonli munosabatlar o‘rnatishga e’tiborsiz bo‘lmoqda.
3. Oilalardagi kitobga bo‘lgan munosabat yoki “Oilaviy
kitobxonlik” yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Bu borada ota onalar faolligi
oshsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
4. Milliy ma’naviyatimiz asosi hisoblangan xalq og‘zaki ijodi,
millat boyligi, taraqqiyotining boshlang‘ich poydevori ekanligini
unutmaslik zarur.
5. Qadr- qimmat, mehr – oqibat, insoniylik va vatanparlik, vatan
taqdiriga daxldorlik tuyg‘ulari avvalo xalq tarbiyaviy me’rosida aks
etganligini, farzandlarni shu ruhda tarbiyalashda asosiy omil bo‘lib
xizmat qilishini har bir ota –ona, pedagoglarimiz anglab yetishishi
lozim.
6. Bugungi axborot oqimida mafkuriy xurujlarga qarshi
kurashishda, milliy tarbiyaning o‘rni beqiyosdir. Bunda bolalikdan
shakllangan ma’naviy immunitet har lahza kerak ekanligini kuzatib
turibmiz.
7. Oilada farzand tarbiyasi ota – onaning ibrat- namunasi
asosiga yo‘g‘rilganligini, xalqimizning bola tarbiyasidagi o‘ziga xos
qarashlaridan anglab yetmoqdamiz.
8. Yosh ota-onalar uchun xalq pedagogikasi dastlabki hayot
darsligi ekanligi bilan, isbot talab qilmaydigan haqiqat bo‘lib yuzaga
chiqmoqda.
9. Dastlabki kitob mushohadasi va mutolaasi xalq og‘zaki ijodi
na’munalari ekanligi, bola tafakkuri, tasavvuri va dunyoqarashi
shakllanishida asosiy omil bo‘lib xizmat qilishini e’tiborda tutish
zarur.
10. Farzand va ota-onaning o‘zaro munosabatlari va olib borayotgan tarbiya yaqinligi bevosita xalq pedagogikasi poydevoriga
qurilishi bugungi kun ma’naviyatiga hamohangdir.
11. Bolalardagi tasviriy faoliyatning kurtaklari va tasavvur
olamining tarkib topib borishida ayniqsa ertaklar muhim o‘rin tutadi. - Oilada bolalarga xalq og‘zaki ijodi orqali dastlabki hayotiy
ko‘nikmalarini shakllantirsak, ularning hissiy, intelektual va
tarbiyaviy olamiga kirib borgan bo‘lar edik. Zero, hissiyot hissiyotni
uyg‘otadi;
- Bolaning rivojlanishida taqlid yuksak o‘rin tushini anglagan
holda ota-onalar xalq donishmandligidan unumli foydalansa, o‘zlari
kitobxon bo‘lsa, shundagina farzandlarida kitobga ijobiy munosabat
uyg‘ota oladi. Zero, kitob ma’naviyat gulshanidir;
- Barcha ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy jarayonga xalq
pedagogikasining imkoniyatlari kengroq tadbiq qilinsa, milliy
mafkuramizga asos bo‘lgan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni
yanada sayqal toptirishga xizmat qilgan bo‘lar edik.
- Xalqning ma’vaviy me’rosini avaylash uni kelgusi avlodga
yetkazib berish shu millatning munosib davomchilari sifatidagi asosiy
vazifamiz deb his etishimiz lozim.


Download 58,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish