Topshiriq berilgan sana: «__23.03.» 2022 y.
Raxbar: ______ Tursunov A.___dotsent_____
(imzo) (F.I.SH.mansabi)
Topshiriqni bajarishga oldim: ___________ ___ Isroilov S. X. ______
(imzo) (F.I.SH.gurux)
MAVZU:TADBIRKORLIK VA TADBIRKORLIK KAPITALI
Mundarija
KIRISH……………………………………………………………………………3
I-BOB.TADBIRKORLIK FAOLIYATI ASOSLARI.
1.1. Tadbirkorlik iqtisodiy kategoriya sifatida…………………………………….6
1.2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari.………………………………………….8
1.3. O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlanishi…………………………………...16
II-BOB. TADBIRKORLIK KAPITALINING MOHIYATI VA UNING HARAKATLANISHI
2.1.Tadbirkorlik kapitali va uning harakat bosqichlari…………………...……...19
2.2.Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital……..... ……24
2.3. Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan foydalanish. ………….....27
Xulosa…………………………………………………………………...…….....31
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………….33
Kirish
Kurs ishi mavzusi dolzarbligi. Bugungi kunda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shu bilan bir qatorda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik aholi bandligini oshirishda ahamiyatli o‘rin egallaydi. Mulkchilik munosabatlarining tubdan o‘zgarishi va mulkchilik shakllarining xilma-xilligiga, iqtisodiy subyektning tashabbusi va mustaqilligiga, tadbirkorlikning erkinligiga asoslangan yangi xo‘jalik mexanizmining yaratilishi bugungi kunda mamlakatda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning asosiy natijasi bo‘ldi. Bunday sharoitda jamiyatda bozor munosabatlarini barqarorlashtirishning muhim omili sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli keskin oshadi.
Kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda raqobat muhitini ta‘minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar yetkazib berish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va ikkilamchi bandlikni ta‘minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy-texnikaviy inqilobni jadallashtirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish, soliq tushumlari hajmining o‘sishini ta‘minlash, aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi.
Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik xo‘jalik faoliyatining shakli sifatida yuqori universalligi, faoliyatning keng doirasi, ixchamligi va moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish jamiyatni barqarorlashtirish, iqtisodiy farovonlikni oshirishning kafolatidir.
Shuning uchun ham hukumatimiz tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash dasturi, uni rivojlantirish va yanada samarali faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qator qonunlar, farmonlar, qarorlar va boshqa me‘yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |