Moliyaning xarakterli belgilaridir:
Qiymatning tovar shaklidagi harakatiga bog‘liq bo‘lmasdan, aksincha, real pullarning harakatiga bog‘liq bo‘lgan, huquqiy normalar yoki biznesni yuritish etikasiga asoslangan munosabatlarning taqsimlash xarakterdaligi;
Pul mablag‘lari harakatining, odatda, bir tomonlama yo‘nalishga ega ekanligi;
Markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini yaratish (vujudga keltirish).
Moliya quyidagilar o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlarini ifodalaydi:
tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlarni realizatsiya qilish jarayonida korxonalar o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondlarini yaratish va ularni taqsimlash borasida korxonalar va ularning yuqori organlari o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
byudjet tizimiga soliqlarni to‘lash va xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish davomida korxona va davlat o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
soliqlar va boshqa ixtiyoriy to‘lovlarni to‘lash jarayonida davlat va fuqarolar o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
to‘lovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida korxonalar, fuqarolar va nobyudjet fondlari o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
byudjet tizimining alohida bo‘g‘inlari o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
Молия тизими
Хўжалик юритувчи субъектлар молияси
Давлат молияси ва маҳаллий молия
Тижорат корхона-лари ва ташкилот-лари молияси
Молиявий воситачилар
молияси
Нотижорат ташкилотлар
молияси
Давлат
бюджети
Давлат
мақсадли
фондлари
Давлат
кредити
Moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlari - Moliya tizimining alohida sohalar va bo‘g‘inlarga bo‘linishi YAIMni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar sub’ektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Moliya tizimining har bir sohasi va bo‘g‘iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning o‘ziga xos bo‘lgan shakllari va metodlari tegishlidir.
- Masalan, korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YAIMni yaratishga, uni korxonalar o‘rtasida taqsimlashga va YAIM bir qismining byudjet va nobyudjet fondlariga qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular iqtisodiy mintaqalar, tarmoqlar va aholining sotsial guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |