Курс иши Рохила


Oliy ta’limda o‘qitish texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish masalalari



Download 54,18 Kb.
bet14/16
Sana31.12.2021
Hajmi54,18 Kb.
#226161
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Maftuna

Oliy ta’limda o‘qitish texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish masalalari

Oliy ta’limda o‘qitish texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish ko‘lamini kengaytirish, bu yo‘nalishda ilg‘or o‘qitishtajribalarni tatbiq etish, har

bir fan bo‘yicha bu sohada aniq rejalarni tuzish va amalga oshirish; darslik, o‘quv qo‘llanma, dastur, ma’ruza matnlarini tayyorlash, ilmiy-metodik ishlarda, ûquv-tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etishni rivojlantirish, ularni axborot vositalari bilan ta’minlash hamda kommunikatsion tarmoqlarga bog‘lash eng muhim vazifa hisoblanadi.

Oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayonida modulli ta’lim texnologiyasi, hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi, didaktik o‘yin texnologiyalari, muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish yo‘llari ishlab chiqildi.

Talabalarda darslik, ilmiy-ommabop va qo‘shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalari, ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish maqsadida modulli ta’lim texnologiyalaridan foydalaniladi. Modulli ta’lim texnologiyalarining o‘ziga xos jihati o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha talabalarning mustaqil va ijodiy ishlashiga imkon beradigan modulli dastur tuziladi. Talabalar modul dasturi yordamida mustaqil va ijodiy ishlab, mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsadga erishadilar.

Modul dasturlari o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan talabalar bajarishi lozim bo‘lgan topshiriqlar, topshiriqlarni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalarni o‘zida mujassamlashtiradi. Ishlab chiqilgan dasturlar mazmun va mohiyatiga ko‘ra, talabalarning individual, ikkita talaba birgalikda va kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashiga mo‘ljallangan modul dasturlariga ajratiladi. Modul dasturlarning didaktik maqsadidan kelib chiqib, o‘quv-tarbiya jarayonidan o‘z o‘rnida foydalanish yuqori samara beradi.

O‘quv-tarbiya jarayonida hamkorlikda ûqitish texnologiyasi metodlaridan foydalanish har bir talabani kundalik qizg‘in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o‘rgatish, shaxs sifatida ongli mustaqillikni tarbiyalash, talabada shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usini vujudga keltirish, o‘z kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ta’lim olishda mas’uliyat hissini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Hamkorlikda ûqitish texnologiyasi har bir

talabaning ta’lim olishdai muvaffaqiyati guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, berilgan topshiriqlarni sifatli bajarishga, ûquv materialini puxta o‘zlashtirishga zamin tayyorlaydi.

Oliy o‘quv yurtlarida olib boriladigan mashg‘ulotlarda hamkorlikda ûqitish texnologiyasining guruhlarda ûqitish, zigzag yoki arra, kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodlaridan foydalanish uchun pedagog har bir metodning didaktik maqsadini anglagan holda ûquv topshiriqlarini tuzadi va ulardan o‘z o‘rnida foydalanish yo‘llarini belgilaydi.

Hozirgi kunda juda ko‘p metodist va pedagog olimlar

«O‘qitishtexnologiyalar» talaba-o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda ko‘zlangan maqsadga erishishni to‘la kafolatlaydi, deb qaralmoqda. To‘g‘ri, zamonaviy texnologiyalar yordamida ishlab chiqarishda boshqaruvchidan katta kuch talab qilinmaydi. Maxsus texnologiyaning o‘zi qo‘yilgan maqsadga to‘la erishishni kafolatlaydi. Ammo bu nazariyani o‘qitishtexnologiyada to‘laligicha qabul qilib bo‘lmaydi, chunki bunda obekt shaxs bo‘lib, uning ongi taklif qilinayotgan texnologiyani to‘laligicha qabul qila olmaydi, aksincha uni inkor qilishi mumkin. Shuning uchun ham o‘qitishtexnologiyalarni ta’lim jarayoniga kiritishda uning boshqaruvchisi bo‘lgan pedagog ko‘zlangan maqsadga erishishning bosh kafolatchisi bo‘ladi. Demak, o‘qitishtexnologiyalarni uning asosiy negizi bo‘lgan axborotlar texnologiyasini ta’lim tizimiga joriy etishda uning boshqaruvchisi bo‘lmish pedagogning tayyorgarlik darajasini birinchi o‘rinda hal qilish bugungi kun «Pedagogika» fanining eng dolzarb muammolaridan biriga aylandi.

Umuman olganda, oliy ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir pedagog quyidagi o‘qitish texnologiyalarni, ya’ni:



  • o‘qitish texnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslari;

  • o‘qitish texnologiyalar konsepsiyasining rivojlanish tarixi;

  • ta’lim jarayoniga texnologik yondashish haqida tasavvurga ega bo‘lish;

  • o‘qitish texnologiyalarning didaktik qonuniyatlarini;

  • o‘qitiladigan fanga tegishli ilg‘or o‘qitish texnologiyalarini;

  • didaktik jarayonni ma’lum vaqt chegarasida loyihalanishi;

  • o‘qitishning faol metodlarini bilish va qo‘llay olish;

  • uy vazifalarini maqsadli, tashxisli va aniq o‘quv element turi tarzida berish, texnologiya loyihalarining mantiqiy tuzilmasi, korreksiyasi;

  • o‘quv maqsadlari tavsiyanomasini ishlab chiqish;

  • test topshiriqlarini talaba faoliyat darajalariga mos holda tuzish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish sharti;

  • internet kompyuter tarmog‘idan foydalanish;

  • o‘quv jarayoniga elektron pochtadan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish;

  • reyting nazorati va talabalarning bilimlarini obektiv baholashni bilishi kerak.

Bugungi kunda respublikamizda oliy ta’lim tizimi yangi rivojlanish pog‘onasiga ko‘tarildi: ikki bosqichli ta’lim – bakalavriat va magistratura faoliyat ko‘rsata boshladi; davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi; talabalarning mustaqil ta’lim olishini yakka tartibda amalga oshirish joriy etilyapti, ta’lim mazmunida fan va ishlab chiqarish integratsiyasi o‘z aksini tobora ko‘proq topmoqda; professor-ûqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga e’tibor kuchaytirilganligi alohida tahsinga loyiq.

Ta’lim-tarbiyaviy jarayonni rivojlangan davlatlar tajribalari asosida takomillashtirish, uning ishtirokchilari – o‘qituvchi va talaba-magistr faoliyatini

«subekt-subekt» imkoniyatlari asosida tashkil etish zarurati bugun barcha oliy ûquv yurtlarida pedagogika va psixologiya fanlarini ûquv rejasiga kiritish lozimligini isbotladi. Endigi vazifa esa, bu fanlarni ûqitishga alohida e’tibor qaratish, o‘qitishfaoliyatning siru sinoatlarini tadqiq qilish asosida amaliy xulosalarni qo‘lga kiritishdir.

Shunday qilib, mamlakatimizda shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi e’tirof etilgan bir davrda pedagogika fani erkin shaxsni shakllantirish qonuniyatlari, yoshlar shaxsini hayotga moslashtirishning shakl va metodlari, mazmuni va prinsiplarini o‘rganadi. Endilikda pedagogika o‘z predmeti, fanlar bilan aloqasi, o‘qitishbilimlar tizimi va ularning mantiqiy tuzilmasi, nazariy o‘qitishbilimlarni tarbiyaga, ta’lim amaliyotiga qo‘llash masalalariga doir muammolarni qaytadan yangicha talqinda qo‘ymoqda. Demak, pedagogikada tadqiqotlarning dolzarbligi, bir tomondan, jamiyat ehtiyoji – ûquv-tarbiya tizimini yanada rivojlantirish bilan, boshqa tomondan esa, o‘qitishbilimlarning yangilanish va rivojlanish darajasi bilan belgilanar ekan.




Download 54,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish