(Lutfiy)
Jahon ganjig‘a shoh erur ajdaho,
Ki o‘qlar sochar qahri hangomida.
Aning komi birla tirilmak erur,
Maosh aylamak ajdaho komida.
(Alisher Navoiy)
Ruboiy (arab.to‘rtlik ko‘pligi — ruboiyot) — to‘rt misradan iborat mustaqil lirik janr. «Arab tilidagi «arbaatun», «ruboiy yatun» (to‘rtliq to‘rt) so‘zlaridan olingan ruboiy termini Ajam (arab xalqlari va mamlakatlaridan boshqa ellar) shoirlari orasida to‘rt misradan iborat va qofiya tartibi a+a+b+a shaklidagi, mustaqil bir mazmunni ifodalaydigan lirik asarni anglatgan. Odatda ruboiyning birinchi misrasi tezis, ya’ni shoir
keyin isbot etishi lozim bo‘lgan fikrning da’vo shaklida o‘rtaga tashlanishidir. Ikkinchi misra antiteza, ya’ni avvalgisiga zid, uning aksidek jaranglaydi, biroq dastlab qo‘yilgan tezisning isbotiga xizmat qiladi. Uchinchi misra qofiyasiz bo‘lib,moddai ruboiyya deb ataladi. Shoir xulosa chiqarishga tayyorlanar ekan, bu go‘yo asosiy maqsadga, xulosaga olib keluvchi ko‘prik burchini o‘taydi. Nihoyat so‘nggi misra, maqsadning ochiq ravshan aytib tugatilishi sintezdir... Ruboiy to‘rt misraga singdirilgan butun bir she’riyat dunyosi, insonning g‘oyat xilma-xil va juda boy fikr-hislari, «qalb dialektikasi»ning ajoyib tarjimonidir». «Ruboiy janrining bohh xususiyati shundaki, u ko‘p vaqt inson hayotida, ichki kechinmalarida yuz bergan eng teran va keskin momentlardagi mulohaza va fikrlarni quyma satrlarda gavdalantiradi. Bunda mundarijaning yetakchiligi yaqqol sezilib turadi. Bunda yozuvchining asosiy maqsadi, bir fikrni ham tasviriy obrazlar vositasi
bilan, ham mantiqiy dalillar bilan ochiq-ravshan tasdiqlash yoki rad etish, biron muhim masalani jamoatchilik ongiga yetkazish... biron voqea yoki hodisaning oxiriga yetgan nuqtasini ko‘rsatish va unga o‘z munosabatini, fikrini bildirishdir. Bunda hamma so‘z va tasvir shu maqsadni mumkin qadar effektli ochib berishga xizmat qiladi...»
Ruboiyning shakliy poetik xususiyatlari: a) she’r hajm jihatidan, albatta, to‘rt misralik bo‘ladi; b) kompozitsiyasi tezis, antitezis, moddai ruboiyya va sintezdan tashkil topadi; v) hazaj bahrining axram va axrab vaznlari(24 vazn)da yoziladi; g) falsafiy, ijtimoiy, axloqiy va intim-ishqiy mavzularda yoziladi; d) qofiyalaniSh tartibi 2 xil: a+a+b+a hamda a+a+a+a; e) qofiyalari ko‘pincha radifli bo‘ladi.
Olimlarimizning aniqlalhicha, ruboiyning o‘zbek adabiyotida paydo bo‘lishi arab istilosidan avvalgi davrlarga borib taqaladi. Ruboiy janri va uning tarixiy taraqqiyoti adabiyotshunos Rahmonqul Orzibekovning «Lirikada kichik janrlar» kitobida mufassal yoritilganki, buni, albatta, o‘qib chiqish kerak.
Ruboiy Sharq adabiyotida keng tarqalgan. Fors-tojik adabiyoti mumtozlari Rudakiy, Sa’diy, Hofiz, Umar Xayyom kabi faylasuf -shoirlar ruboiy janrida jahonga shuhrat taratganlar. O‘zbek klassiklari ham ruboiy janrida katta madaniy meros qoldirishgan. Bular orasida, ayniqsa, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylari g‘oyaviy-badiiy yetukligi, hikmatomuzligi bilan alohida ajralib turadi. Masalan:
Ko‘z birla qoShing yaxshi, qabog‘ing yaxshi,
Yuz birla so‘zung yaxshi, dudog‘i ng yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqog‘ing yaxshi,
Bir-bir ne deyin boshtin oyog‘i n g yaxshi.
(Alisher Navoiy)
Yod etmas emish, kishini g‘urbatda kishi,
Shod etmas emish, ko‘ngulni mehnatda kishi.
Ko‘nglum bu g‘aribliqdan shod o‘lmadi, oh
G‘urbatda sevunmas emish, albatta, kishi.
(Bobur)
Bu ikki ruboiyning qofiyalanish tartibi ko‘zdan kechiriladigan bo‘lsa, ularning ikki xil tartibda qofiyalanganligini payqaymiz: birinchi ruboiyning to‘rtala misrasi ham o‘zaro qofiyalangan (sxemasi: a+a+a+a), ikkinchi ruboiyning uch misrasi qofiyalanib, bir misrasi ochiq dolgan (sxemasi: a+a+b+a). Ruboiyning a+a+a+a tartibida qofiyalanuvchi turi, odatda, taronai ruboiy deb yuritiladi. Adabiyotimiz tarixida ruboiyning a+a+a+a
shaklida qofiyalanuvchi turi kamroq uchraydi, a+a+b+a shaklida qofiyalanuvchi turi keng tarqalgan.
O‘zbek shoirlaridan Sayfi Saroyi, Lutfiy, Munis Xorazmiy, Ogahiy kabi so‘z ustalari ruboiy janrida barakali ijod etishgan. Bulardan tashqari, lirik she’riyatimiz tarixida, ahyon-ahyonda bo‘lsa-da, tuyuq-ruboiy, muammo-ruboiy, chiston-ruboiy, mustazod-ruboiylar uchrab turadi. Adabiyotshunos R. Orzibekovning aniqlashicha, Bobur va Lutfiy tuyuq-ruboiylar, Navoiy, G‘oziy, Muqimiylar ta’rix-ruboiylar, Uvaysiy chiston-ruboiylar, Ado mustazod-ruboiylar yozgan.
Tuyuq {arab, — tuslash, tuymoq) — o‘zbek poeziyasida keng qo‘llanilgan kichik lirik janr. Tuyuqning shakliy-poetik xususiyatlari: a) hajm jihatidan to‘rt misrali bo‘ladi; b) aruzning ramali musaddasi maqsur (foilotun, foilotun, foilun), ba’zan maxzuf bahri vaznida yoziladi; v) omonimli qofiya yoxud so‘z o‘yini qo‘llaniladi;
g) ba’zan tajnissiz (omonimlar ishlatilmagan) tuyuqlar ham uchrab turadi; d) mazmunan, ko‘pincha, ishqiy xarakterga ega bo‘ladi; e) kuyga solib aytishga mo‘ljallab yoziladi.
Lirik janrlar tadqiqotchisi R. Orzibekovning ta’kidlashicha, «tuyuqning keng tarqalgan turlari to‘rt misradan iborat mustaqil va to‘liq ma’noga ega bir butun asar ekanligi, ko‘proq a+a+b+a, ba’zan a+a+a+a shaklida qofiyalanishi, murabba she’rlardan farqli o‘laroq, so‘nggi misralarda shoir taxallusining ko‘rsatilmasligi kabi xususiyatlari bilan ruboiylarga o‘xshaydi. Ammo o‘ziga xos yagona vazn — ramali musaddasi maqsurda yozilishi, aksar hollarda qofiyalarining tajnisli so‘zlardan iborat bo‘lishi bilan farq qiladi. Ruboiyning tuyuqqa nisbatan imkoniyati ancha keng bo‘lib, u turli mavzularda, aruzning hazaj bahrining yigirma to‘rt tarmog‘ida yozilishi mumkin. Tuyuqda mavzu erkinligi ham ancha chegaralangan, undan ko‘proq tajnis so‘zlar ishlatilishi talab qilinganligi uchun uning mazmunini ochishga moslashtirish ancha qiyin.
O‘zbek adabiyotida yaratilgan tuyuqlarning aksari sevgi, sadoqat, visol umidi, hayot zavqi g‘oyalarini ifodalashga bag‘ishlangan. Ularni ishqiy miniatyuralar olami
deyish mumkin».
O‘zbek adabiyoti tarixida Yusuf Amiriy, Gadoiy, Lutfiy kabi shoirlar tuyuq janrida samarali ijod qilishgan. Alisher Navoiy va Zahirdddin Muhammad Bobur tuyuq
janrini yuksak bosqichga ko‘tarishgan. Keyingi davrda Uvaysiy, Rojiy Marg‘inoniy, Muqimiy, Munis, Ogahiy kabi shoirlar yaxshi tuyuqlar yozishgan. Alisher Navoiy tuyuqlaridan bir namuna:
La’lidin jonimga o‘tlar yoqilur,
Qoshi qaddimni jafodin yo qilur.
Men vafosi va’dasidin shodmen,
Ul vafo bilmonki, qilmas yo qilur.
Bu tuyuqdagi «yo qilur» so‘ziga e’tibor qiling: u birinchi misrada sevgilining qip-qizil lablaridan jonimga o‘tlar yoqilar ma’nosida, ikkinchi misrada sevgilining
jafosi qaddi-qomatimni yoyday egar va to‘rtinchi misrada sevgilim yo vafo qiladi, yo vafo qilmas ma’nosida ishlatilgan. Demak yo qilur — so‘z o‘yini. Shoir so‘z o‘yini vositasida tuyuq yaratgan.
Fard (arab. yakka, yolg‘iz) — bir baytli lirik janr.Fard o‘zida aforistik tugal bir mazmunni ifodalaydi.Fardlarda ikki misraning o‘zaro qofiyalanishi shart.
Ammo ijodda o‘zaro qofiyalanmagan fardlar ham uchrab turadi.Fard adabiyotimizning qadimiy janrlaridan biri. Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Yusuf Amiriy, Alisher Navoiy,
Bobur, Poshshoxo‘ja, Turdi, Roqim, Uvaysiy, Munis, Ogahiy, Rojiy, Anbar otin kabi so‘z ustalari yaratgan fardlar diqqatga sazovordir. Masalan:
Kishi aybing desa, dam urmag‘ilkim, ul erur ko‘zgu,
Chu ko‘zgu tiyra bo‘ldi, o‘zga aybing zohir aylarmu.
Do'stlaringiz bilan baham: |