Kurs ishi reja: Kirish



Download 137,24 Kb.
bet10/13
Sana18.04.2023
Hajmi137,24 Kb.
#929706
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kurs ishi reja Kirish

Akkomodatsiya. Akkomodatsiya (lotincha accomadatio - moslashuv) keng tarqalgan fonetik hodisalardan biri bo‘lib, talaffuz iqtisodi bilan uzviy bo’liqdir. Akkomodatsiya uch turli bo‘ladi. Keyingi tovushning ekskursiyasi o‘zidan oldin kelgan tovushning rekursiyasiga moslashsa, progressiv akkomodatsiya deyiladi. Aksincha, agar oldingi tovushning rekursiyasi keyingi tovushning ekskursiyasiga moslashsa, regressiv assimilatsiya deb ataladi. Qo‘shni kelgan tovushlarning bir-biriga ta`siri natijasida ularning artikulatsiyasi moslashuvi o‘zaro akkomodatsiya deyiladi. Akkomodatsiya unlilarning undoshlarga va undoshlarning unlilarga moslashuvida ro‘y berishi mumkin. O‘zbek tilida chuqur til orqa (uvulyar) undoshlardan (x, ‘, q) keyin til oldi unlilari (i, e, a) til orqa unlilari bo‘lib talaffuz etiladi, ya`ni ularning talaffuzi moslashadi. Aksincha, til orqa unlilari (u,o) til oldi undoshlaridan keyin til oldi unlilari bo‘lib artikulatsiya qilinadi. O‘zbek tilidagi bu xususiyat progressiv akkomodasiyaga misol bo‘la oladi. Unli tovushlar burun undoshlaridan oldin nazalizatsiya qilinishi regressiv akkomodasiyaga misoldir. Non, nom, ming so‘zlarida bir yo‘la progressiv va regressiv akkomodatsiya kuzatiladi, chunki ikki burun undoshi orasidagi unli nazalizatsiya qilinadi.
Rus, mordva, chuvash, nemis va fransuz tillarida til oldi unlilaridan oldin undoshlar palatalizatsiya qilinadi [Serebrennikov B.A. Veroyatnostn’e obosnovaniya v komparativistike. M., Nauka, 1974, s. 142]1, ya`ni regressiv akkomodatsiyaga uchraydi. Ba`zi tillarda esa, til orqa unlilaridan keyin undoshlar velyarizatsiya qilinadi, ya`ni tilning orqa qismi orqaga yoki yumshoq tanglayga tomon yo‘naladi va undoshning ton va shovqini pasayib qattiq talaffuz etiladi. Undoshlarning lablangan unlilar bilan birikuvi natijasida labializatsiya hodisasi ro‘y beradi. Ba`zan esa, velyar va lab undoshlari til orqa lablangan unlilari bilan birikishi natijasida labiovelyarizatsiya hosil bo‘ladi. Bu hodisalar ham akkomodatsiyaning turlari hisoblanadi. O‘zbek tilidagi qunt, bolta, qarta, mingta, kamchil so‘zlaridagi undosh birikmalarning har ikki elementi bir-biriga ta`sir qilib, jarangsiz undoshlar sonorlarni qisman jarangsizlashtiradi va o‘z navbatida, sonorlar ham jarangsiz undoshlarda ovoz tonini kuchaytirib, shovqinni pasaytiradi. Bu hodisa o‘zaro akkomodatsiyaga misoldir.
Akkomodatsiya tovushlarning hosil bo‘lishi o‘rni va usuli, labning holati va tovush paychalarining tebranishi va yaxshi tebranmasligiga ko‘ra moslashuv orqali amalga oshiriladi. Nutqdagi barcha tovushlar bir-biri bilan artikulatsiya fazalari orqali bo’lanadi va bu artikulatsiya strukturasini tashkil etadi. Tovushlar o‘rtasidagi bo’lanishning artikulatsiya strukturasini chuqur o‘rganish yordamida fonetik hodisalar oydinlashadi.

Download 137,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish