Tenerifedagi Ming yillik Drago
Daraxt turlari Drago Milenario de Tenerife (
Dracaena Draco Canariensis),
Uning
balandligi taxminan 16 metr balandlikda va magistralning aylanasi diametri 20
metrni tashkil qiladi. Ushbu namuna Tenerife orolida, Ispaniyaning orol
hududlarining bir qismi bo'lgan Icod de los Vinosda joylashgan. Bu daraxt 1917-
yilda Tabiat yodgorligi deb e lon qilingan va 23-yil 2017-fevralda bu e lon
ʼ
ʼ
qilinganiga 100 yil to ldi.
ʻ
2.3.O’zbekiston “Qizil kitobi”, muhofazaga muhtoj o’simlik turlari haqida.
O’zbekiston florasi bo’yicha mamlakatimizda tarqalgan o’simlik turlari 4230 tur,
1026 turkum 145 oiladan tarkib topgan. 4230 turdan 429 turi madaniy holda
ekilib kelinadi. Qolgan 3737 turi esa tabiiy holda tarqaladi. Shundan 390 tur yoki
umumiy turni 12 foizi endemik turlardir.
Turlarning hosil bo’lishi va ularning yo’qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot
jarayoni bo’lib, yerda geologik sharoitlarning o’zgarishiga ham bog’liqdir. Ammo
odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va
o’simliklarning antropogen (inson faoliyati) ta’sirlari natijasida yo’qolib borish
jarayoni tezlasha boshladi. Odam tomonidan yangi yerlarning, orollarning va
kontinentlarning o’zlashtirilishi natijasida butun sayyora
masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni
kuzatilmoqda.
O’simlik va turlarining tobora yo’qolib borish xavfi mamlakatlar va butun dunyo
miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ehtiyojini
tug’dirmoqda.
1948 yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro ittifoqi tuzildi. Bu
tashkilot flora va faunani muhofaza qilishga qaratilgan hamma ishlarni
birlashtiradi. Mazkur xalqaro uyushma 1973 yilda “qora ro’yxat”ni chop etdi,
unda batamom yo’qolib ketgan hayvonot turlari ro’yxati keltirilgan. Jahon “Qizil
kitobi” 1979 yilgacha chop etildi, shuningdek sobiq SSSRda ham “Qizil kitob”
1979 yilda chop etildi. “Qizil kitob” 1979 yilda chop etildi. “Qizil kitob” xavf xatar
belgisi. Bu kitobga kam va yo’qolib ketayotgan o’simlik va hayvonlarning turlari
to’g’risida ma’lumotlar berilgan.
O’zbekiston o’simlik va hayvon turlari soni 27000 dan ortiq bo’lib, ulardan
hayvon turlari 15000 dan ortiq, o’simliklar, zamburug’lar va suvo’tlari esa 11000
atrofidadir.
O’zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4500 ga yaqin gulli o’simlik
turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko’pgina kamyob, endem
va relikt turlar mavjud. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo’lib, ular
O’zbekiston florasining 10-12 % ni tashkil qiladi.
O’zbekiston florasining yo’qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur “Qizil kitob”
ning 1984 yilgi nashriga kiritilgan, yangi “Qizil kitob”da esa (1998) kiritilgan
o’simlik turlarining soni 301 taga yetdi.
Ta’kidlash lozimki, “Qizil kitob”ga kiritilgan o’simliklar ro’yxati yildan-yilga
aniqroq bo’lmoqda va biz ularning yangi nashrlariga guvoh bo’lamiz.
O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitob” ida o’simlik turi, oilasi, avlodi, turkumi
tartibida alfabit bo’yicha ro’yxatga olingan va har bir o’simlik ko’rgazmali tarzda
suratlari keltirilgan. Bu o’z navbatida noyob va yo’qolib borayotgan o’simlik
turlari to’g’risida keng omma tomonidan aniq tasavvurga ega bo’lishlariga
yordam beradi.
“Qizil kitob” muhofaza choralarini kuchaytirish, qo’riqxona va buyurtma
hududlarini kengaytirish, yovvoyi o’simliklar bilan savdo-sotiqni tartibga solishda
littsenziyalar tizimini joriy qilish kabi bir talay muhim tadbirlarni kun tartibiga
qo’yadi. Umuman, bu kitob barcha o’simlik va hayvonot muhofaza qilish
borasida qonun asoslariga tayangan muhim xujjat hisoblanadi. Kitobga kiritilgan
o’simlik turlari 4 kategoriyaga bo’lingan: “O” maqomi berilgan o’simlik turlari
yo’qolgan yoki yo’qolish arafasida turgan o’simliklardir.
“1” maqomidagi o’simliklar turlari esa yo’qolib borayotgan turlardir. Bunga
yo’qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlab qolish uchun maxsus muhofaza
qilishni talab etadigan o’simlik turlari kiritilgan.
“2” maqomidagi turlar esa noyob turlardir. Bu guruhga ma’lum kichik
maydonlarda o’ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo’qolib ketishi
mumkin bo’lgan va ularning saqlanishini ta’minlash uchun jiddiy nazoratni talab
etuvchi turlar kiradi.
“3” maqomidagi o’simlik turlari kamayib borayotgan o’simliklardir. Bu guruhga
kiritilgan o’simlik turlari ma’lum vaqt ichida soni va tarqalish maydonlari tabiiy
sabablarga yoki antropogen omillari ta’siri ostida qisqarib ketayotgan turlar
kiradi.
O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob va yo’qolib borayotgan,
inson muhofazasiga muhtoj o’simlik turlari to’g’risidagi ma’lumotlar matnlari
o’zgartirishlarsiz kiritildi.
Qizil kitobi kiritilgan o’simliklardan foydalanish to’g’risida»gi qonuni qabul
qilingan. O’simliklar- tabiatning eng muhim boyligi bo’lib, biosferada katta
ahamiyatga ega.
O’simliklar avvalo tuproq qoplamini himoya qiluvchi va unimdorligini oshiruvchi,
daryoning suv rejimini tartibga soluvchi, havoni toza saqlovchi, iqlimga faol ta’sir
etuvchi inson hayoti uchun normal gigenik sharoit yaratib beruvchi foydali
hayvonlar va qushlar uchun boshpana bo’luvchi, chorvachilikni yem xashaklar
bilan ta’minlovchi, kishilarni dam oldiruvchi qimmatli dorivor moddalarni olishga
imkon beruvchi universal tabiiy resursdir. O’simliklar tiklanuvchi, ammo
tugaydigan tabiiy resurs hisoblanadi. Shuning uchun o’simliklar dunyosidan
foydalanishda oldindan ularni saqlash va tiklash chora tadbirlarini ko’rib qo’yish
kerak.
Viloyatimizning o’simlik qoplami antropogen omilning ta’siri natijasida juda
o’zgarganligi va kambag’allashganligi nuqtaiy nazaridan ham uni boyitish va
tiklash muhim ahamiyatga ega. Farg’ona viloyati xududida cho’l, adir va tog’
o’simliklari rivojlangan. Viloyatdagi o’rmonzorlarning 90 foizi tekisliklarga,
qolgani tog’larga to’g’ri keladi.Tekislikdagi o’rmonzorlar vodiy va cho’l
o’rmonlariga bo’linadi.O’zbekiston Qizil kitobi kiritilga o’simliklar.
Cho’l o’rmonlari saksovul, juzg’un, qandim kabilardan iborat bo’lib, ular juda
katta xududni shamol erroziyasidan himoya kiladi, lekin tabbiiy cho’llarning
o’zlashtirilishi antropogen omil ta’siri natijasida o’simlik dunyosi qirilib ketmoqda.
Viloyat o’rmonlari daryo vodiylaridagi to’qayzorlardan, aholi yashaydigan
xududlar, suv inshoatlari, ekin maydonlari va yo’llar atrofidagi ixota
daraxtzorlaridan iboratdir. Keyingi yillarda to’qayzorlar, aholi xududlaridagi, ham
da kanallar va dalalar atrofidagi daraxtzorlar maydoni keskin qisqarib ketdi.
Viloyat xududidagi tut ipak qurtining asosiy xom ashyosi hisoblangan tut daraxti
kesilishi natijasida hozirgi kunda qariyb 35 foizga tushib qolgan.
Farg’ona viloyati bo’yicha esa 1350 turi tarqalgan bo’lib, shundan 551 tur
cho’lda, 498 tur adirda, 785 tur tog’da tarqalgan. Hozirgi kunda 400 o’simlik turi
muhofazaga muhtoj endemik va relikt turlardir. Bular orasida yo’qolib ketish
xavfi ostida turgan 163 tur o’simlik O’zbekiston respublikasi “Qizil kitobi”ga
kiritilgan.
O’simliklar resurslaridan foydalanish jarayonida dolzarb muammolar, chunonchi
yaylovlarning turli sabablariga ko’ra kamayib borayotganligi, cho’llarda ko’chma
qumlarning ko’payib borayotganligi, yaylovlarning nefьt mahsulotlari, xo’jalik va
maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi, sizot suvlari sathi ko’tarilishi tufayli
yerlarning buzilishi, yaylovlarning cho’lga aylanishi, tog’ oldi va tog’ yaylovlarida
erroziyaning kuchayishi, to’qayzorlarning yo’qolib borish, tog’ yon bag’rlarida
yaylovlardan noto’g’ri foydalanish va daraxt va butalarni qirqish, pichan o’rishni
pala-partish tashkil qilish tufayli surilma va sellarning keng miqyosida kuchayishi
va boshqa muammolar paydo bo’ldi.O’zbekiston Qizil kitobi kiritilga o’simliklar.
Vujudga kelayotgan muammolar zanjiri cho’l, tog’oldi va tog’lardagi yaylovlardan
oqilona foydalanilmayotganligi, yaylovlarning mahsuldorligini barcha joylarda
baravariga oshirilmayotganligidan darak beradi. Shuning uchun turli xodisalar
yuz berib, buning yaylovlarning bir qismi foydalanishdan chiqib qolmoqda yoki
mahsuldorlik xaddan tashqari kamayib ketmoqda. Ushbu muammolarning tez
va to’lig’i bilan hal qilish avvalo yaylovlardan ehtiyojga yarasha foydalanishni
tashkil qilish, yaylovlarga vaqti-vaqti bilan dam berib, ularni qayta tiklanishiga
imkoniyat yaratish, saksovul, cherkez, qandim quyonsuyak kabi butalarni
qirqilishini qat’iyan man etish, katta maydonlarda agrofitotsenozlar yaratish,
buzilgan yaylovlarni qayta tiklash ishlarini amalga oshirish kerak. Tog’ oldi va
tog’lik zonada, yaylovlarda, yangi nihollarni ekish, yangi o’rmonlarni yaratish
kerak.
Quvasoy adrlarining namligi bo’lgan xududlarda ularning floristik ko’rsatkichlari
ancha kamaygan holda uchraydi. Shuningdek, efemer o’simliklar senotipi
jamoalari ajralgan holda tarqalgan. Ammo, adirlarning keyingi yillarda tezkorlik
bilan o’zlashtirilishi bu o’simliklar arealining qisqarishiga olib keldi.
Vodil atrofida «Antropogen» o’simliklar jamoasi yuzaga kelgan. Yangiobod,
Yoshlarobod xududlarida o’simliklar jamoalarining yuqori pog’onasiga asosan
o’rik, shaftoli, olma turlaridan, pastki pog’onasida shuvoq turkumiga
taaluqlilaridir. Suvsizlik natijasida yangi shakllangan daraxt va butalar ancha
achinarli holga kelgan, shuvoqlar esa moslashgan suvsizlikka moslashgan.
Vodil atrofii keyingi yillarda daryo suvi toshqini natijasida tabiiy shuvoqzorlar,
xaprizorlar, na’matakzorlar yoppasiga yuvilib ketmoqda. Ayrim shifobaxsh
o’simliklar formatsiyalari qisqarib ketdi. Masalan: xarpi, choyo’t, limon o’t,
kovrak, tog’rayxon, mavrak va x.k. Ya’ni tabiiy ekosistemalar elementlarining
zaxiralari kamayishiga olib kelmoqda.
Markaziy Farg’ona o’simliklari cho’l mintaqasining qumli, sho’rxokli va gipsli
qismlariga, nisbatan o’simliklarni o’sish va rivojlaanishi uchun xar tomonlama
qulay sharoitga ega. Shuning uchun ham bu yerlarda tarqalgan o’simliklarning
hayot shakillari ham xilma-xil bo’lishi shubxasiz.O’zbekiston Qizil kitobi ga
kiritilgan va kiritilishi lozim bolgan o’simliklar. .
Olib borilgan izlanishlar va to’plangan materiallarni tahlil asosida viloyat
xududidagi to’qayzorlarda 46 oilaga mansub 140 turkum 209 o’simlik turi
o’sayotgani ma’lum bo’ldi.
Hayot shakllari tahlil qilinganda ularning 7 turi daraxt, 14 turi buta, 3 turi chala
buta, 98 turi ko’p yillik va 77 ta tur bir yillik o’simlik, 4 ta churliaxa va 6ta tur
tekinxo’r o’simliklar ekanligi ma’lum bo’ldi.
Bu yerda tarqalgan 46 oiladan eng ko’p turga boy bo’lganlari qatoriga
boshoqdoshlar (21turkum, 42 tur), murakkabguldoshlar (21turkum, 36 tur),
karamdoshlar (12 turkum,14 tur), dukkakdoshlar (8 turkum, 12 tur),
sho’radoshlar
(7 turkum, 10 tur) ni kiritish mumkin. Qolgan oilalar esa 4-5, ko’pchiligi 1-2 turga
ega.To’qay o’simliklari orasida xalq xo’jaligi uchun muhim ahamiyatga ega
bo’lgan turlar ham oz emas. Ular foydali xususiyatlarga ko’ra sinchiklab
o’rganish asosida umumiy turdan 141 turi yem-xashak bo’ladigan, 52 turi
shifobaxsh, 21 turi efir moyli, 98 turi asal beruvchi, 94 turi alkaloidli, 28 turi
oshlovchi moddali, 26 turi bo’yoqbop, 4 turi yog’och beruvchi, 12 turi oziq-ovqat
bo’ladigan o’simliklar ekanligi nisbiy holda ma’lum bo’ldi.
Farg’ona viloyatida qamish formatsiyasi 4 ta, qizilmiya formatsiya 3 ta, turong’il
formatsiyasi 3 ta, yulg’un formatsiyasi 4 ta, yantoq formattsiyasi 3 ta, sho’ra-
ajiriq formatsiyasi 2 ta, qo’g’a farmatsiyasi 2 ta, oqbosh formatsiyasi 2 ta, qora
saksovul formatsiyasi 5 ta assotsatsiya hosil qilgan. Qolgan joyda, savogich,
qalam, kumush jangal, tol, ajiriq, qamish, botauk, kakra kabi o’simliklar
qadimdan bundan 50 yil oldin keng tarqalgan.
Qalin bo’lib o’sgan yirik ekosistema hosil qiluvchi o’simliklar bo’lgan, lekin
hozirgi kunda ular egallagan maydonlar turli sabablarga ko’ra qisqarib ketgan.
Natijada ularni ekosistema hosil qilish imkoniyati asta-sekin yo’qolib bormoqda.
Agar to’qay o’simliklarga bo’lgan munosabat ijobiy tomonga o’zgartirilmasa
ularni saqlash, ko’paytirish borasida, o’rmon xujaligi xodimlari tomonidan faol
ish olib borilmasa noyob o’simliklar asta-sekin yo’qolib borishi shubxasiz.
Buning uchun sun’iy ekosistemalar chegarasini kengaytirishga chek qo’yish
lozim. Agar madaniy landshaftlar chegarasini to’qayzorlar hisobiga kengaytirib
borishga chek qo’yilmasa, kelajakda to’qayzorlardan maxrum bo’lib qolishimiz
shubxasiz..O’zbekiston Qizil kitobi ga kiritilgan va kiritilishi lozim bolgan
o’simliklar.
Viloyat o’rmonlari, daryo, kanal qirg’oqlarini yemirilib, o’pirilib ketishidan
saqlaydi, vohalarni qum bosilishini oldini oladi, tuproq va ekinlarni shamol va
suv eroziyasidan saqlaydi, yerlarni melorativ sharoitini yaxshilaydi, havoni
kislorod bilan boyitadi, zaxarli gaz va chiqindilardan tozalaydi, shovqinni
pasaytiradi, mikroiqlimni yaxshilaydi va nixoyat qurilish uchun yog’och beradi.
Yangi o’zalashtirilayotgan yerlarda tabiiy o’simlik qoplamining yo’qolishi shu
joydagi suv balansida keskin o’zgarishlarni vujudga keltiradi. Sug’oriladigan
yerlarda kanal va ariqlardagi shimilish miqdori kamaytirilishi ham da sug’orish
normasiga amal qilinishiga qaramasdan yer osti suvlarining sathi yiliga 2-6m
ko’tarilishi mumkin. Chunki tabiiy o’simliklar, masalan yulg’un, yantoq, shuvoqlar
gektariga 5 mingdan 9 ming m3 gacha, madaniy o’simliklardan paxta poliz
ekinlari esa 6-7ming m3 suv bug’latadi holos. Viloyatda ko’p joylarda yoppasiga
tol va teraklarni o’ylamasdan kesib yuborilishi kanal va kollektorlar yaqinida
shimilishini kuchaytirib, yerlarning melorativ holatini yomonlashuviga olib keldi.
Vohalarda qadimdan ko’p ekilib kelgan tol, terak jiyda kabi suvni ko’p
bug’latadigan daraxtlar ma’lum joylarda saqlanishi va muhofaza qilish
zarur.O’zbekiston Qizil kitobi kiritilga o’simliklar.
Viloyat xududida neogen davirdan qolgan va hozirda saqlanib qolgan relikt
o’simliklar (chinor, turong’i pista) bilan birga boshqa xududlardan keltirilgan ilmiy
xo’jalik va estetik jihatdan qimmatli bo’lgan o’simliklar (kiparis, kashtan Eldar
qarag’ayi va boshqalar) ham o’sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |