I.Adabiyotlar sharxi.
1.1.O`zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” haqida umumiy
tushuncha
Qizil kitob — yo qolib borayotgan yoki yo qolish xavfida bo lgan noyob o simlik
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati. Qizil kitobda o simlik va hayvon
ʻ
turlari sonining kamayishi, areallarining qisqarib borishi sabablari yoritiladi;
ularni saqlab qolish uchun tavsiyalar berib boriladi.
1948-yilda tashkil etilgan Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro
ittifoqi kamyob va yo qolib ketish xavfida bo lgan o simlik va hayvon turlarining
ʻ
ʻ
ʻ
ro yxatini tuzish g oyasini amalga oshirishga kirishdi. Turlarni saqlab qolish
ʻ
ʻ
bo yicha maxsus xalqaro komissiya tuzilib, 1966-yildan boshlab boshqa tabiatni
ʻ
muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda xalqaro Qizil kitobning dunyo va
alohida mintaqalar florasiga bag ishlangan nashrlar chop etila boshlandi.
ʻ
O zbekistonning noyob va kamayib borayotgan o simlik va hayvonlari
ʻ
ʻ
to g risidagi dastlabki ma lumotlar 1974-yil ta sis etilgan Qizil kitobda o z aksini
ʻ ʻ
ʼ
ʼ
ʻ
topgan. O zbekiston Qizil kitobi 1978 da ta sis etildi. Birinchi marta O zbekiston
ʻ
ʼ
ʻ
Qizil kitobining faunaga bag ishlangan qismi 1983-yil nashrdan chiqdi. Unga
ʻ
umurtqali hayvonlar (baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar)
ning 63 turi kiritilgan edi. O simliklar olamining kamyob, yo qolib ketish xavfida
ʻ
ʻ
bo lgan 163 turi haqida ilk bor mukammal ma lumotlar 1984-yil bosmadan
ʻ
ʼ
chiqqan Qizil kitobda keltirilgan.
Qizil kitob — davriy nashr hisoblanadi. Unga kiritiladigan o simlik va hayvon
ʻ
turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi taklif etgan tasnifga binoan 4
guruhga ajratiladi:
1) yo qolgan yoki yo qolish arafasida turgan (jiddiy muhofaza talab etuvchi)
ʻ
ʻ
turlar;
2) yo qolib borayotgan (areali va soni kun sayin kamayib borayotgan, maxsus
ʻ
muhofazaga muhtoj) turlar;
3) kamyob, bevosita yo qolish xavfi bo lmasada, kichik maydonlarda
ʻ
ʻ
kamdankam uchraydigan (muhofazaga muhtoj) turlar;
4) muayyan vaqt davomida soni va tarqalgan maydonlar tabiiy sabablarga ko ra
ʻ
yoki inson ta sirida qisqarib borayotgan (sonini nazorat qilib turish talab
ʼ
qilinadigan) turlar. Qizil kitobga, unga kirgan turlar maqomining o zgarishi,
ʻ
maxsus muhofaza choralari tufayli ba zi turlar sonining tiklanishi, aksincha,
ʼ
yashash sharoitining o zgarishi va boshqalar omillar ta sirida sonining kamayishi
ʻ
ʼ
natijasida boshqa toifaga o tkazilishini yoritish maqsadida qayta nashr etiladi.
ʻ
O zbekiston florasining yo qolib ketish xavfi ostida turgan 301 turining hozirgi
ʻ
ʻ
holatini tavsiflaydigan Qizil kitob 1998-yilda qayta bosmadan chiqdi. Keyingi
yillarda O zbekiston faunasi turlari maqomini baholashga imkon beruvchi
ʻ
ma lumotlar to planib, yangi Qizil kitob 2003-yilda chop etildi. Qizil kitobning
ʼ
ʻ
so nggi nashriga sut emizuvchilarning — 24, qushlarning — 51, sudralib
ʻ
yuruvchilarning — 16, baliqlarning — 18, halqali chuvalchanglarning — 3,
mollyuskalarning — 15, bo g imoyoqlilarning — 62 turi va kenja turi kiritilgan.
ʻ ʻ
O‘zbekiston Respublikasi hududida hozirda 4400 ga yaqin oliy yovvoyi o‘simlik
va 2000 dan ziyod zamburug‘ turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga
muhtoj ko‘plab kamyob endemik va relikt turlar ham bor. Bunday turlarning soni
300 dan ortiq bo‘lib, ular O‘zbekiston florasining 10-12 foizini tashkil etadi.
Respublika qo‘riqxonalarida muhofaza qilinayotgan o‘simliklarning umumiy
holati nisbatan yaxshi bo‘lishiga qaramay, ko‘plab yovvoyi turlarining tabbiy
zaxiralari keskin kamayib ketmoqda. Dunyoga dong‘i ketgan lola va sallagullar,
qimmatbaho o‘simlik-yetmak, dorivor o‘simlik bozulbang kabilar keyingi yillarda
keskin kamayib ketdi. Bir qancha turlar yo‘qolib ketish holatiga kelib
qoldi.Aholining tabiatga noto‘g‘ri munosabati ham o‘simliklarning kamayib
ketishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa shahar va qishloqlar atrofida qizil lola,
sallagul, shirach va shunga o‘xshash nafis gulli o‘simliklar juda kamayib ketgan.
Tabiatga, o‘simliklar dunyosiga nisbatan bepisand munosabatda bo‘lishiga chek
qo‘yish, tabiat boyliklarini muhofaza qilish va ko‘paytirish hammamizning asosiy
burchimizdir.
1992 yil 9 dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, 2004 yil 3 dekabrda
“Muhofaza etiladigan tabiy hududlar to‘g‘risida”gi qonunlar, 2016 yil 21
sentyabrda “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to‘g‘risida”, 2018 yil 16 aprelda esa “O‘rmon haqida”gi qonunlar yangi tahrirda
qabul qilindi.Bu qonunlar barcha o‘simlik turlarini saqlab qolish, ularni asrab
avaylash va muhofaza qilishda muhim hujjat hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida Qizil kitob ilk bor 1979 yilda ta sis etilgan. Mazkur
ʼ
Qizil kitobga nabotot olamining kamyob, yo‘qolib ketishi xavfi ostidagi turlari
haqidagi ma lumotlar kiritilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad, jamoatchilik va
ʼ
davlat idoralari e tiborini tabiat muhofazasi masalalariga jalb etishdan va turlar
ʼ
genoofondini saqlab qolishga ko‘maklashishdan iborat edi.
Qizil kitobning 1984 yilgi nashriga O‘zbekiston florasining yo‘qolib ketish xavfi
ostida qolgan 163 ta turi kiritilgan. Bu turlarning taqdiri respublika
mutaxassislari, olimlari mutassil shug‘ullanib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida
olib borilgan kuzatishlar ayrim o‘simlik turlarining soni va maydoni ancha
kengayganligini ko‘rsatmoqda. Masalan, anzur va Suvorov piyozlari oldingi
holatiga kelmagan bo‘lsa-da, ma lum darajada ko‘paydi. Eng kamyob
ʼ
o‘simliklardan sanalgan Minkvis teziumi turlarining soni 7 tadan 17 tagacha
ortdi. Qurama tizmasida kamyob o‘simliklardan hisoblangan Korovin shirachi
o‘simligining mavjudligi aniqlandi. Ayni vaqda ayrim o‘simlik turlarining soni
keskin qisqarib ketdi. Omonqara o‘simligi, Pskom piyozi, Margarita marmaragi
kabilar shular jumlasidandir. Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar o‘lkamiz
florasiga mansub yana 138 turdagi o‘simlikni Qizil kitobga kiritish lozimligini
ko‘satmoqda. 1998 yil ma lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Qizil
ʼ
kitobiga kiritilgan o‘simlik turlarining soni 301 tani tashkil etgan bo‘lsa, yangi
nashrdan 48 oilaga mansub 313 tur o‘simlik o‘rin oladi.
Qizil kitobning mazkur yangi nashri mutaxassislar, davlat idoralari hamda
jamoat tashkilotlari oldiga qo‘riqxonalar va buyurtmaxonalarni kengaytirish,
yovvoyi o‘simliklar sotishni taqiqlash, xomashyo uchun yig‘iladigan o‘simliklarni
terish uchun litsenziyalar joriy etish kabi bir qancha dolzarb masalalarni qo‘yadi.
O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish bu jarayonda keng jamoatchilik ishtirok
etgan taqdirdagina ijobiy samara beradi. Barcha yakdillik bilan harakat
qilsagina, nabotot olamining bebaho boyliklarini saqlab qolishga, ularni asrab-
avaylab, munosib ravishda kelgusi avlodlarga qoldirishga erisha olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |