KO'RGAZMALI METOD. Bu metod bolalarga turli hodisalarni, atrof- muhitdagi voqealarni, kishi va hayvonlarning hissiyoti, harakatni yorqin va badiiy obrazlarda ko'rsatishga, ularni hayot va turmush jixozlar bilan tanishtirishga asoslanadi.
KO'RGAZMALI METOD. Bu metod bolalarga turli hodisalarni, atrof- muhitdagi voqealarni, kishi va hayvonlarning hissiyoti, harakatni yorqin va badiiy obrazlarda ko'rsatishga, ularni hayot va turmush jixozlar bilan tanishtirishga asoslanadi.
1) yeshitishga asoslangan ko'rgazmalilik. Bunda bolani o'rgatish bevosita musiqa yeshitish orqali bo'ladi. Musiqa yeshitish maxsus mashg'ulot paytida yoki bola tomonidan qo'shiq va musiqaviy-ritmik harakatlarning ijro yetilishi paytida bo'lishi mumkin.
2) ko'rishga asoslangan ko'rgazmalilik. U musiqa sadolari bilan qushib olib boriladi. Bu usulga quyidagilar kiritiladi: qo'shiq aytish usullari, yo'llaridan, turli o'yin, raqs, mashq harakatlaridan namunalar ko'rsatish; muayyan muzika asari bilan bogliq o'yinchoqlarni, rasm, kostyum va boshqa predmetlarni ko'rsatish
SO'ZLAB BERISh METODI. Bu metod bola ongiga mo'ljallangan bo'lib, uning faoliyatini ma'noli va mazmunldor qilishga qaratiladi. Bunda pedagogning so'zi musiqa asarining programmasini tushunib olishda bolaga yordam beradi: uning tasavvurini jonlantiradi, ijodiy aktivligani oshiradi.
XULOSA VA TAVSIYALAR
Respublikamizdagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalarida, umumiy o`rta ta'lim maktablarida, maktabdan tashqari va sinfdan tashqari musiqiy ta'lim mashg`ulotlarida bolalarning musiqiy idrokini shakllantirish, rivojlantirish hamda to`g`ri yo`nalishda yo`naltirish va bunda ritmik harakatlardan foydalanish muammosi yoshlarni ma'naviy jihatdan yetuk, fidoiy vatanparvar insonlar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi Prezidentimiz o`zining « Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch » asarida : « Insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san'atisiz erishib bo`lmaydi »,- deb yozganlarida aynan mana shu haqiqatni nazarda tutganlar. O'rta umumiy ta'lim maktablarida, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqiy ta'lim mashg`ulotlarida faoliyat olib borayotgan musiqa rahbarlarining, musiqa o'qituvchilarining asosiy vazifasi - o'quvchilarni estetik, badiiy va axloqiy tarbiyalash, ularda musiqa madaniyatini tarkib toptirish orqali ularning shaxsini ma'naviy shakllantirishdan iborat. Shuning uchun ham musiqa tarbiyasi yoshavlodni uyg'unlikda kamol toptirishning muhim omili sifatida namoyon bo'ladi. Xususan, musiqa bilan shug'ullanish badiiy anglash faoliyati bo'lib, u bir qator omillarni o'z ichiga oladi. O`rta umumiy ta'lim maktablarida, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqiy ta'lim mashg`ulotlarida faoliyat yurituvchi musiqa rahbarlarining v musiqa o'qituvchilarining murakkab kasbi bir necha musiqa ixtisosliklarini o'z ichiga oladi, lekin ularning shunchaki yig'indisidan iborat emas. Musiqiy hamda pedagogik nazariyani, tajribalarni anglamay turib, zamonaviyo'qituvchi tayyorlashdagi mavjud amaliyotni tahlil qilmay va umumlashtirmay turib, bu soha o'qituvchisining qiyofasini tasavvur qilish qiyin. Musiqa tarbiyasi san'atni idrok etish, his qilish va tushunish qobiliyatlarini rivojlantiradi, estetik va musiqiy didni o'stiradi, aqliy kamolotni, ijodiy faollikni, tafakkurni,o'quvchilardagi o'ziga xos xususiyatlarni kuchaytiradi, zarur musiqiy bilim hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |