Kurs ishi Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” fanidan tayyorlagan



Download 41,48 Kb.
bet4/5
Sana13.07.2022
Hajmi41,48 Kb.
#790751
1   2   3   4   5
Bog'liq
Nasiba kurs iwi

1. Fikrga qarshi fikr.Har bir kishida haqqoniy va asosli mustaqil fikr hamda dunyoqarashni shakllantirish kerak. Buning uchun uning bilim va malumotdorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Inson internet xabarlarini o‘qish, DVD, CD ko‘rish bilan bilimli va zamonaviy madaniyatli bo‘lib qolmaydi. Aksincha, ilmiy-nazariy bilimlarni egallash insonni sharaflaydi. Shu sababli qadimiy obidamiz “Avesto”da “Bilim – ko‘zning chirog‘i,” – deb uqtirilgan15. Buning ma’nosi shuki, faqat bilim vositasida insonning ko‘zi ochilishi, ya’ni mustaqil fikr va dunyoqarashga ega bo‘lishi mumkin. Shu ma’noda mustaqil fikrga va dunyoqarashga ega odam biryoqlama, g‘arazli va zararli fikrlarni farqlay oladi. Bu “fikrga qarshi fikr” tamoyilining mazmunidir.
2. G‘oyaga qarshi g‘oya. Inson ongida uning o‘zi va o‘zgalarga manfaat keltiradigan tushunchalar tarkib topishi kerak. Biror shaxs insonda ezulikka nisbatan yovuzlikning ustuvor bo‘lishini isbotlab berolgan emas. Aksincha, insonning beg‘ubor bolalik davrini boshdan kechirishi uning ongida ezgulik ustuvor ekanliini ko‘rsatadi. Shu ma’noda inson ongi yovuz va johil g‘oyalardan himoya qilinishi kerak. Jamiyatimizda bu ish milliy g‘oya asosida amalga oshirilmoqda. Demak, milliy g‘oya asosida inson ongida ezgulik, adolat, haqiqat va mas’uliyat g‘oyalarini shakllantirish bilan uni yovuzlik, jaholat, nodonlik va befarqlik kabi illatlardan himoya qilish mumkin. Milliy g‘oyaga ega inson yovuz g‘oyalarni farqlay oladi, bu “g‘oyaga qarshi g‘oya” tamoyilining mazmunidir.
3. Jaholatga qarshi ma’rifat. Inson bu dunyoning sir-asrorlarini o‘ziga etarli darajada anglashi, o‘zining kim ekanligini bilishi va hayot mazmunini tushunishi kerak. Bugungi kunda buning yagona yo‘li professional shaxs sifatida voyaga etish bo‘lib qoldi. Professional shaxs bo‘lish uchun o‘z nafsini tiya bilish, kasb mahoratini egallash va odam bo‘lib yashash ko‘nikmasini hosil qilish kerak. Bularning barchasi bir so‘z – bilmoq (ma’rifat) zamirida jo bo‘lgan. Shu ma’noda bilgan kishi jaholat, nodonlik va yovuzlikka qo‘l urolmaydi. Bu “jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyilining mazmunidir.
Zero, I.Karimov ma’naviy tahdidlarni asosli Fikr, G‘oya va Ma’rifat bilan bartaraf etish masalasini ilgari suradi. CHunki Fikr, G‘oya va Ma’rifat har qanday shaxsni, jamiyatni himoya qila oladi. SHu sababli Prezident ma’naviy qadriyatlar masalasiga alohida diqqatni qaratadi. Unga ko‘ra, ma’naviy qadriyatlarga tayanib milliy o‘zlikni saqlab qolish mumkin16. Negaki “biron bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarni, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qoidalarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi17”. Voqean, xalqimiz ma’naviy va axloqiy qadriyatlarida vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy iftixor, bag‘rikenglik kabi xususiyatlar ustuvordir. Ularni izchil targ‘ib qilib borish bilan ma’naviy tahdidlarga g‘oyaviy zarba berish mumkin. Chunki “o‘zbek xalqi Ruhining tiklanishi, millat ma’naviy-axloqiy ideallarining shakllanishi chuqur milliylik bilan umuminsoniylik chambarchas bog‘liq bo‘lgan hodisadir. O‘zbekistonda yashayotgan xalqlar o‘ziga xoslikni yo‘qotmagan holda, umumiy ruhiyatga, xulq-atvor falsafasiga ega bo‘lmoqdalar18”.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2014 yilda matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigida bugungi kunning biz bilgan va bilmagan murakkabliklari yaqqol ochib, tushuntirib berildi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarorida ham bu masalaga alohida urg‘u berilib, “Bugun biz boshimizdan kechirayotgan o‘ta tahlikali va qaltis zamonda, yon-atrofimizda turli xavf-xatarlar kuchayib borayotgan bir sharoitda eng katta va bebaho boyligimiz bo‘lgan tinchlik-osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek saqlash, millatlar va fuqarolar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, doimo hushyor va ogoh bo‘lib, tinchlik uchun kurashib yashash hal qiluvchi ahamiyatga ega”ligi alohida uqtirildi. Madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ana shu masalani chuqur aks ettirish vazifasi yuklatildi. Demak, mana shu zamon va sharoit Sohibqiron Amir Temur bobomizning: “Adolat va ozodlik dasturingiz va rahbaringiz bo‘lsin. Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir”, degan da’vati aynan hozir aytilishini taqozo qilmoqda. Bu da’vat bugun nafaqat jurnalistlarga, balki har bir ziyoliga, har bir bog‘cha tarbiyachisiga, maktab, kollej, institut, universitetning professor-o‘qituvchisiga, “Kamolot” etakchisiga, mahalla maslahatchisiga, faoliga, internet provayderiga, san’atkorga, nuroniyga, har bir ota-onaga – barcha daxldorlarga qaratilgan.

Xulosa 
Ma’naviyat insonning ruhiy kamolot vositasi hisoblanadi. Ma’naviyatli inson hech qachon hayotda qoqilmaydi, lekin bugungi kunda bizning ma’naviyatimizga, ayniqsa, yoshlarning ongiga ta’sir qilivchi kuchlar ham oz emas. Qaysi bir insonning ongida bo‘shliq bo‘lsa uni to‘ldiruvchi g‘ayri kuchlar ham bor. Shu sababli mamlakatimizda yashayotgan har bir inson: u xoh yoshi kichik, xoh o‘rta yosh, yoki keksa avlod ham kitob mutoalasi bilan mashg‘ul bo`lishi darkor. Kitob inson ma’naviyatini oshiruvchi eng yaxshi vositadir. Muntazam kitob o‘qish bilan shug‘ullanadigan odamlar yomon yo‘lda yurishi fisq-fasod ishlar qilish juda ham kam bo‘ladi, ongida ma’naviy bo‘shliq bo‘lmaydi.Ongida ma’naviy bo‘shliq bo‘lmagan insonga ma’naviy tahdid hamda ma’naviy tazyiq o‘tkazish mushkul. Har bir xalq yo har bir millat o‘zining ma’naviyati va qadriyatiga egadir. Shu ma’naviyatni kelajak avlodga qoldirish uchun har bir xalq o‘zi harakat qilmog‘i kerak.


Muxtasar qilib aytganda o‘sib kelayotgan yosh avlodning ongi va qalbida Vatanga muhabbat, xalqqa sadoqat ruhida tarbiyalashimiz uchun har birimiz jon-jahdimiz bilan harakat qilmog‘imiz kerak. “Kelajak yoshlar qo‘lida” , agar qaysi bir millatning yoshlari yod g‘oyalarga aldanib ongini zararli g‘oyalar bilan zaharlasa ana o‘sha millat bora-bora tanazzulga yuz tutadi. Bunday holatlarni oldini olish uchun yoshlarni ma’naviyatiga juda ham katta e’tibor berish kerak. Buning uchun esa o‘sib kelayotgan yosh avlodga to‘g‘ri tarbiya berib, ularning har bir harakatini nazorat qilib borish kerak, hamda ularninig ma’naviyatini oshirish uchun esa intelektual o‘yinlar hamda ular orasida kitobxonlikni rivojlantirish kerak.


Download 41,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish