Kurs ishi mavzusi : Moddalar va energiya almashinuvi



Download 322,6 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/21
Sana14.09.2021
Hajmi322,6 Kb.
#174169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
moddalar va energiya almashinuvi

 

 

 

 

 

 

 

 


 



II.2.Oqsil, yog’ va uglevodlar almashinuvi. 

 

     Oqsillar odam organizmning sog’-normal o'sishi va rivojlanishida 

muhim rol o'ynaydi. Ular organizmda ikki xil fiziologik vazifani o'taydi: 

plastik va energetik.  

     Oqsillarning ahamiyati shundan iboratki ular barcha hujayralar va 

to'qimalarning tarkibiy qismiga kiradi, ya'ni hujayralarining eskirgan 

qismlarini yangilab turishda va ularning ko'payishida asosiy rol 

o'ynaydi.  

    Oqsillar     (proteinlar) aminokislotalardan tuzilgan yuqori molekulali 

birikmalardir, ular organizmda kislorod ishtirokida, oksidlanib

parchalanadi va o'zidan energiya ajratadi.  

    Katta odam kundalik ovqatining tarkibida 80-120 g oqsil bo'lishi 

kerak.  


   1g oqsil parchalanganda 4,1 kkal yoki 16,7 kj energiya ajratadi. Bu 

energiya odam  tanasi haroratining doimiyligini saqlash, ichki 

organlarning  normal shakllanishini ta'minlash, odamning harakatlanishi 

va har xil ishlar bajarishi uchun sarflanadi.  

     Oqsillar plastik funksiyasi.  

Oqsillar katalitik yoki ferment funksiyasida ya'ni organizmda 

biokimyoviy reaksiyalarni  tezlashtiradi.  

Hujayra va hujayraaro strukturalarning asosiy tarkibini, tog’ay, teri, 

suyaklarning asosiy moddasi tarkibiga kiradi.  

    Oqsillarning himoya funksiyasi.  

Yot bakteriyalarga immun tanachalar (antitelolar) hosil bo'lishida 

qatnashadi.  




 

10 


Irsiy xossalarining o'tishida DNK bilan RNKtarkibi bo'yicha farqi 

(nekleoprotoeidlar tarkibidagi nuklein kislotasi).  

Oqsillar transport funksiyasi, gazlarni tashiydi, lipoproteidlar yog’larni 

transportini ta'minlaydi.  

Oqsillar  aminokislotalardan  tuzilgan.  Aminokislotalar  tarkibiga 

ko'ra  sifatli  va  sifatsiz  oqsillar  bo'ladi.  Sifatli  oqsillar  hayvon  va 

parranda  mahsulotlarida  bo'ladi:  go'sht,  baliq,  tuxum,  sut  va  sut 

mahsulotlari.  Sifatsiz  oqsillar  o'simlik  mahsulotlarida  bo'ladi:  guruch, 

no'xat, loviya, bug'doy, kartoshka, makkajo'xori va boshqalar. 

Bolalar  va  o'smirlar  organizmining  normal  o'sishi  va  rivojlanishi 

uchun ularning kundalik ovqati tarkibida sifatli oqsillar yetarli miqdorda 

bo'lishi kerak. 

      Oziq-ovqat mahsulotlarida 20 ta  aminokislotalar turidan inson 

foydalaniladi. Hayot uchun zarur aminokislotalarga:  

valin, metionin, treonin,  leysin, izoleysin, fenilalanin, triptofan, lizin,  

arginin, gistidin.  

      Almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalar yetishmasligi organizmda 

oqsil almashinuvining buzilishiga olib keladi.  

Tarkibida aminokislotaning zarur yig’indisini tutgan oqsillarni biologik 

to'la qiymatli oqsillar deyiladi. Ular sut, tuxum, baliq, go'sht, jigarda 

uchraydi.  

    Ovqatda oqsil yetishmasligi fermentlarni aktivligini pasaytiradi, jigar 

va buyraklarning funksiyalari buziladi  

   Organizmdan    ajratilgan    azot    miqdoriga qarab organizmda 

parchalanayotgan oqsil miqdori aniqlaniladi.  Oqsillarning tarkibida 

16% azot bo'ladi. Azot miqdorini 6,25 koeffisientga ko'paytirish lozim. 




 

11 


Siydikdagi azot miqdori aniqlab va topilgan sonni 6,25 ko'paytirilsa 

organizmda qancha oqsil parchalangani bilinadi. Shunga ko'ra musbat 

yoki manfiy azot balansi vujudga keladi. 

     Yog’lar ham oqsillarga o'xshash odam organizmida plastik va 

energetik ahamiyatiga ega.  

    1 g yog’ organizmda kislorod ta'sirida oksidlanib, 38,9 kj yoki 9,3 

kkal energiya ajratadi.  

    Yog’lar ikki xil bo'ladi: hayvon yog’lari va o'simlik moylari.  

O'simlik moylari esa to'yinmagan moy kislotalari bo'lib, ular xolesterin 

moddasini eritadi va u organizmdan chiqib ketishiga sharoit yaratadi. 

Shuniig uchun o’simlik moylari yoshi ulg’aygan kishilarda ateroskleroz 

kasalligining oldini olishda muhim rol o'ynaydi.  

    Odam organizmining fiziologik ehtiyojiga ko'ra, sutkalik ovqat 

tarkibida yog’ va oqsil miqdori deyarli teng bo'lishi kerak.  

    Kundalik ovqat tarkibida yog’ yetmasligi bolalar va o'smirlar   

organizmining   o'sishi   va   rivojlanishi   sekinlashuviga  sabab bo'ladi.  

Bundan tashqari yuqumli kasalliklariga tashqi muhitning noqulay 

ta'sirlariga sovuqda, odamning chidamligini, aqliy va jismoniy ish 

bajarish qobiliyatini pasaytiradi.  


Download 322,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish