1.2. Iqtisodiy rayon aholisi va mehnat resurslari
Iqtisodiy rayon aholisi va mehnat resurslarini ushbu iqtisodiy rayonda joylashgan uchta viloyat aholisi hamda mehnat resurslari birgalikda tashkil etadi. Quyida ularning har biri bilan alohida tanishib o’tamiz.
Buxoro viloyati; Aholi soni 1437 ming kishi, u 1989 yilga nisbatan (1136 ming)
deyarli 1,3 martaga yoki 300 ming kishiga ko’paygan. Tug’ilish bu erda har ming aholiga 20 kishi o’lim ko’rsatkichi 4,6 kishiga to’g’ri keladi. Demak, tabiiy ko’payish 15,0-15,5 promille, yoki 1,5 foizga barobar. Tug’ilish koeffitsenti faqat Buxoro shahrida pastroq (13,1 promille), qishloq tumanlari doirasida esa u katta farq qilmaydi (20-24 promille). Aholi migratsiyasi shahar va qishloq joylarida manfiy natijaga ega. Masalan, 1997 yilda migratsiya qoldig’i shaharlarda minus 2,0 ming, 1998 yilda esa 1,9 ming kishiga teng bo’lgan, qishloqlarda mazkur ko’rsatkich 800-900 kishini (minus) tashkil qiladi. Aholi viloyat hududida nihoyatda notekis joylashgan. O’rtacha zichlik 1 km maydonga 36 kishiga teng holda u bevosita Buxoro-Qroako’l vohasida ancha yuqori ko’rsatkichga ega. Viloyatning katta cho’l qismida esa aholi zichligi juda past. Tumanlar doirasida ushbu ko’rsatkich Peshkuda o’n kishiga etmasa, u Vobkentda 350 kishini tashkil qiladi.
1-rasm. Buxoro viloyati aholisi tarkibida mehnatga yaroqli qismi va boshqalar.
Viloyatda 11 shahar va 2 shaharcha mavjud bo’lib, ularda jami aholining 31,1foizi yashaydi. Buxoro (Buxoroi Sharif) aholi soniga ko’ra respublikamizda Toshkent, Namangan, Samarqand va Andijondan so’ng beshinchi o’rinda turadi; bu erda 240 ming kishidan ziyodroq aholi istiqomat qiladi. Buxoro viloyatining ikkinchi shahri Kogon (53 ming kishi); undan keyingi pog’onani esa qo’hna /ijduvon egallaydi. Qolgan shaharlarda aholi soni 20 ming kishidan kamroq Viloyat shaharchalar soni bo’yicha O’zbekistonda eng oxirgi o’rinda-bu erda atigi Zafarobod va Jondor shaharchalari mavjud bo’lib, ularning har birida 6-8 ming kishidan aholi yashaydi, holos. Mehnat resurslari 752 ming kishi, shundan 600 ming kishiga yaqini xo’jalikning turli shakllarida band. Boshqa hududlarda o’xshash bu erda ham ishchi kuchidan samrali foydalanish muammosi mavjud. Birgina 2000 yilda qishloq xo’jaligidan 7,5 ming ortiqcha ishchi kuchi boshagan.
Xo’jaligining umumiy tarifi. Viloyat iqtisodiyoti agrar-industrial yo’nalishga ega. Mustaqillik yillarida Buxoro viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari bo’yicha respublikamizda eng oldingi o’rinlarda. Masalan, ana shu yillarda bu erda sanoat mahsuloti 3 martadan ziyodroq ko’paydi. (solishtirma narxda). Agar Buxoro viloyati sanoatining rivojlanish indeksi 1991 yilda 0,50, yani o’rtacha respublika ko’rsatkichidan 2 marta past bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda u 1,25 ni tashkil qiladi; mazkur makroiqtisodiyot tarmog’ining rivojlanishi bo’yicha viloyat O’zbekistonda 9 o’rindan 6 o’ringa chiqib oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |