Kurs ishi mavzu: Vokal turkumlaridagi shakillarning ahamiyati, Mixail Ivanovich Glinka romanslari misolida Bajardi


Alohida nomerlarga ajratish uchun mо‘ljallangan opera



Download 2,87 Mb.
bet11/24
Sana18.02.2022
Hajmi2,87 Mb.
#451494
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
Vokal turkumlaridagi shakillarning ahamiyati, Mixail Ivanovich Glinka romanslari misolida

Alohida nomerlarga ajratish uchun mо‘ljallangan opera librettosi shunday tuziladiki, uning syujeti nomerlarni ma’lum darajada rang-barang qilib joylashtirishga qanchalik imkon bersa, shunga qarab tegishli bо‘limlarga ajratib chiqiladi. Bir-biri bilan yonma-yon kelishi shart bо‘lgan solo pyesalari turli ovozlar uchun mо‘ljallangan bо‘ladi, lekin ularni ansambl nomerlari va xorlar bilan ajratib qо‘yish ma’qul kо‘riladi. Qо‘shni nomerlarning sur’atlari imkoni boricha turlicha bо‘lishi kerak.
U yoki bu kо‘rinishdagi rechitativlar kuychan yо‘nalishidagi musiqiy tamoyillar bо‘yicha tuziladigan pyesalarga qaraganda о‘zining monoton (bir ton)ligini kiritishi tufayli boshqa barcha unsurlarga nisbatan ancha kamroq vaqtni egallaydi. XIX asrda paydo bо‘lgan rechitativga kuychan elementlarning kirib kelish darajasiga qarab, rechitativ tobora monotonligini kamaytira borgan hamda kо‘pincha unga operadan о‘z mazmuni va davomiyligiga qarab kо‘proq parchalar ajratiladigan bо‘lgan.
Opera rechitativlari — qо‘shiq tipidagi (shu sо‘zning keng ma’nosida) muzikaga solingan dialoglar bо‘lib, yo sahnaviy kо‘rinishni haddan tashqari chо‘zib yuborgan yoki о‘zining mazmuniga kо‘ra bunday musiqa uchun kamroq darajada yaroqli bо‘lgan.
Operaning eng muhim qismlaridan biri — ariya, ya’ni lirik (shu sо‘zning keng ma’nosida) mazmundagi solo va orkestrga mо‘ljallangan pyesadir. Ariyaning syujeti odatda, biror kishiga yoki biror narsaga karatilgan his-tuyg‘u, о‘y-fikrlar, bayonlar va hokazolarning ifoda etilishidan iborat bо‘ladi. Dramatik asarlarda ariya odatda liriq lahzalarni tag‘in ham kengroq rivojlantirish maqsadida harakatlarning ma’lum darajadagi tо‘xtalish holatini yuzaga keltiradi. Ishtirok etuvchilarning musiqaviy xarakteristikasi ariyada konsentratsiyalashadi hamda hammadan kо‘ra kо‘proq, tо‘laroq о‘z ifodasini topadi. Operaning asosiy qaxramonlari juda bо‘lmaganda bittadan ariyaga ega bо‘ladi.
Odatda ariya atrofidagi musiqadan ravshan belgilar bilan ajratilgan bо‘ladi va о‘zicha mustaqil tо‘la ravishda shakllangan hamda yopiq musiqiy asarni tashkil etadi. Ariyaning uzunligi u yoki bu darajada sezilarli bо‘lsa-da, lekin bu sohada hech qanday muayyan talablar qо‘yilmaydi.
Ariya shakllari juda xilma-xildir. Umuman, uch qismli shaklning dastlabki namunasi bо‘lgan qadimgi de saro ariyasi XVIII asrning oxirlariga kelib deyarli butunlay iste’moldan chiqib ketdi va о‘z о‘rnini umuman hammadan kо‘proq ishlatiladigan uch qismli shaklning boshqa turlariga bо‘shatib berdi.
Rondosimon tuzimlar kamroq uchraydi. Sonata shakli vokal musiqada kam qо‘llansa-da, uni xam keng rivojlangan ariyalarda onda-sonda uchratish mumkin. Ariyalar tarkibida rechitativ va hatto xor hamda ansambl lahzalari kelishi mumqin,
Turli sur’atlarda (kо‘pincha vazmin — tez tartibida yozilgan, ikki qismdan iborat bо‘lgan ariyalar ancha keng tarqalib ketgan. Bunday ariya uncha katta bо‘lmagan turkumli shakldan iborat bо‘lib, uning birinchi qismi yo mutlaqo ajratilgan va yopiq hola bо‘ladi yoki yopiq shaklga ega bо‘lib, ikkinchi qismga muqaddima vazifasini bajaradi.
Bu turdagi ikki qismli turkum qaxramonga har tomonlama xa-rakteristika berish uchun qulay va vokal jihatdan ham foydali bо‘lib, asarning vazmin sur’atli qismida kuychanlikni va tez ijro etiladigan qismida virtuozlilikni kо‘rsatish imkonini beradi.
Kichik ariyalar ariyettalar deb ataladi.
Ariyaning oldidan kо‘pincha rechitativ keladi. Ularding har ikkalasi birga qо‘shilib,sahna deb ataladi. Bu ibora kо‘pincha boshqa ma’noda qо‘llaniladi.

Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish